Научная статья на тему 'CHIG‘ATOY ULUSI BOSHQARUVI LEGITIMLIGIDA ISLOMNING AHAMIYATI'

CHIG‘ATOY ULUSI BOSHQARUVI LEGITIMLIGIDA ISLOMNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2837
201
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Movaraunnahr / Chingizxon / Chig‘atoy ulusi / mo‘g‘ul malikalari / Duvaxon / Tarmashirin / Muborakshoh / Jamol al-Qarshiy / Qoshoniy / Haraviy / Sayfuddin Boharziy / legitimlik. / Maverannahr / Genghis Khan / Chagatai Ulus / Mongolian princesses / Duvahan / Tarmashirin / Mubarekshah / Jamal al-Karshi / Kashani / Haravi / Legitimacy.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bekmuradov Sandjar Tursunmamatovich

Mo‘g‘ullarning jamiyatdagi siyosat, iqtisodiyot yoki din kabi turli sohalarida faol ishtirok etishi imperiyaning barcha hududlarida XII asrning oxiridan tortib XIV asrga qadar kuzatish mumkin. Ushbu hududlarning aksariyatida xonlarning taxt uchun kurashi davlatchilikning turli sohalarida yondashuvlar asosida namoyon bo‘lgan. Xuddi shunday, Mo‘g‘ullar hukmronligi va uning kengayishi cho‘qqisida Chig‘atoy ulusi xonlari tomonidan ham taxt turli siyosiy usullar hamda yondashuvlar asosida boshqarilgan. Shu sababdan, XIII-XIV asrlarda xonlarning hokimiyatga ko‘tarilishdagi yoki boshqaruvda legitimlikni saqlab qolishdagi siyosiy qarashlari va “o‘yin”lari xususan, diniy qarashlar hususidagi tahlillar ushbu maqolaning asosiy maqsadi bo‘lib, bu jarayonlar hususida ma’lumot beruvchi yozma manbalar, nashrlar va tadqiqotlar asosidagi qarashlar bilan xulosalar qilinadi. Chig‘atoy vafotidan so‘ng ulusning tarixi qirollik oilasining turli a’zolari o‘rtasidagi tartibsizliklar va qarama-qarshiliklar bilan tavsiflangan. Taxt uchun bo‘lgan kurashlar avvalidan ulus taqdiriga ta’sir eta boshlagan. Shunday tig‘iz bir vaziyatda ulusning amaldagi yoki bo‘lg‘usi hukmdorlari siyosiy boshqaruvni qo‘lga kiritish maqsadida shakllanib qolgan turli xonadonlarning qarashlariga bo‘lgan yondashuvi orqali yoki mustaqil siyosati paydo bo‘lgan. Manbalarning guvohlik berishicha, XIII asrda allaqachon ulus ichida turli qarashlarga ega guruhlar mavjud bo‘lgan. Ularning har biri bo‘lg‘usi xonlarni homiysi sifatida qo‘llab-quvvatlaganlar. Garchi manbalarda Ulusning dastlabki yillardagi boshqaruvi to‘g‘risida ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa-da, ulus tarixida sodir bo‘layotgan siyosiy holatlar XIII asrning 70-yillaridan manbalarda zikr etila boshlandi. Misol uchun, boshqaruvda diniy qarashlar tadqiqotchilarning e’tiborini o‘ziga ko‘proq qaratdi. Bir gurux olimlar islomni ahamiyati Ulus xonlarini hokimiyat boshqaruvidagi o‘rni haqida alohida ahamiyat kasb etgani haqida ko‘p e’tirof etishadi. Lekin Ulusning Movaraunnahrdagi hukmronligi davrida biror diniy tanglik va qarama-qarshiliklar qayd etilmagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF ISLAM IN THE LEGALITY OF CHIGATAY ULUS

The active participation of the Mongols in various spheres of society such as politics, economy or religion can be observed in all regions of the empire from the end of the XII century to the XIV century. In most of these areas, the khan's struggle for the throne was manifested on the basis of approaches in various areas of statehood. In the same way, the domination of the Mongols and at the peak of its expansion to the throne was ruled by the khans of the Chagatai Ulus on the basis of various political methods and approaches. For this reason, in the XIII-XIV centuries, the political “games” of the khans in their ascent to power or the preservation of legitimacy in government, in particular in relation to religious views, the main purpose of this article is to draw conclusions from the point of view of written sources, publications and studies that provide information about these processes. After the death of Chagatai, the history of the Ulus was characterized by unrest and contradictions between various members of the royal family. The struggle for the throne from the very beginning began to influence the fate of the Ulus. Thus, in a given situation, the actual or future rulers of the Ulus were formed with the aim of gaining political control through an approach to the views of various householders or independent politics. Sources indicate that already in the 13th century, groups with different views existed inside the Ulus. Each of them supported the khans as their patrons. Although the sources do not contain enough information about the rule of the ulus in the early years, political events that took place in the history of the Ulus began to be mentioned in sources from the 70s of the 13th century. For example, religious views in management have attracted more attention from researchers. A group of scholars acknowledges that the importance of Islam is especially important for the role of the Ulus khans in governing. But during the rule of the Ulus in Movaraunnahr, no religious tensions and contradictions were recorded.

Текст научной работы на тему «CHIG‘ATOY ULUSI BOSHQARUVI LEGITIMLIGIDA ISLOMNING AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

CHIG'ATOY ULUSI BOSHQARUVI LEGITIMLIGIDA ISLOMNING

AHAMIYATI

Annotatsiya. Mo 'g'ullarning jamiyatdagi siyosat, iqtisodiyot yoki din kabi turli sohalarida faol ishtirok etishi imperiyaning barcha hududlarida XII asrning oxiridan tortib XIV asrga qadar kuzatish mumkin. Ushbu hududlarning aksariyatida xonlarning taxt uchun kurashi davlatchilikning turli sohalarida yondashuvlar asosida namoyon bo 'lgan.

Xuddi shunday, Mo'g'ullar hukmronligi va uning kengayishi cho'qqisida Chig'atoy ulusi xonlari tomonidan ham taxt turli siyosiy usullar hamda yondashuvlar asosida boshqarilgan. Shu sababdan, XIII-XIV asrlarda xonlarning hokimiyatga ko'tarilishdagi yoki boshqaruvda legitimlikni saqlab qolishdagi siyosiy qarashlari va "o 'yin "lari xususan, diniy qarashlar hususidagi tahlillar ushbu maqolaning asosiy maqsadi bo'lib, bu jarayonlar hususida ma'lumot beruvchi yozma manbalar, nashrlar va tadqiqotlar asosidagi qarashlar bilan xulosalar qilinadi.

Chig'atoy vafotidan so'ng ulusning tarixi qirollik oilasining turli a'zolari o'rtasidagi tartibsizliklar va qarama-qarshiliklar bilan tavsiflangan. Taxt uchun bo'lgan kurashlar avvalidan ulus taqdiriga ta'sir eta boshlagan. Shunday tig'iz bir vaziyatda ulusning amaldagi yoki bo'lg'usi hukmdorlari siyosiy boshqaruvni qo'lga kiritish maqsadida shakllanib qolgan turli xonadonlarning qarashlariga bo'lgan yondashuvi orqali yoki mustaqil siyosati paydo bo'lgan. Manbalarning guvohlik berishicha, XIII asrda allaqachon ulus ichida turli qarashlarga ega guruhlar mavjud bo 'lgan. Ularning har biri bo 'lg 'usi xonlarni homiysi sifatida qo 'llab-quvvatlaganlar.

Garchi manbalarda Ulusning dastlabki yillardagi boshqaruvi to'g'risida ma 'lumotlar yetarli bo 'lmasa-da, ulus tarixida sodir bo 'layotgan siyosiy holatlar XIII asrning 70-yillaridan manbalarda zikr etila boshlandi.

Misol uchun, boshqaruvda diniy qarashlar tadqiqotchilarning e'tiborini o 'ziga ko'proq qaratdi. Bir gurux olimlar islomni ahamiyati Ulus xonlarini hokimiyat boshqaruvidagi o'rni haqida alohida ahamiyat kasb etgani haqida ko'p e'tirof etishadi. Lekin Ulusning Movaraunnahrdagi hukmronligi davrida biror diniy tanglik va qarama-qarshiliklar qayd etilmagan.

Kalit so'z: Movaraunnahr, Chingizxon, Chig'atoy ulusi, mo'g'ul malikalari, Duvaxon, Tarmashirin, Muborakshoh, Jamol al-Qarshiy, Qoshoniy, Haraviy, Sayfuddin Boharziy, legitimlik.

Bekmuradov Sandjar Tursunmamatovich Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti katta o 'qituvchsi

Scientific Journal Impact Factor

Аннотация. Активная политика монголов в таких различных сферах общества как, политика, экономика или религия, можно наблюдать с конца XII века до XIV века во всех регионах империи. В большинстве этих областей ханская борьба за престол проявлялась на основе подходов в различных областях государственности.

Точно также господство Монголов и в пик его расширения престолом правили ханы Чагатайского улуса на основе различных политических методов и подходов. По этой причине, в XIII-XIV века политические "игры" ханов в их восхождении к власти или сохранение легитимности в управлении в частности в отношении религиозных взглядов, основной целью данной статьи является сделать выводы с точки зрения письменных источников, публикаций и исследований, которые предоставляют информацию об этих процессах.

После смерти Чагатая, история улуса характеризовалась смутами и противоречия между различными членами царской семьи. Борьба за престол с самого начала стала влиять на судьбу улуса. Таким образом, в той или иной ситуации фактические или будущие правители улуса были сформированы с целью получения политического управления посредством подхода, к взглядам различных домохозяев или независимой политики. Источники свидетельствуют, что уже в XIII веке внутри улуса существовали группы с различными взглядами. Каждый из них поддерживал ханов как своих покровителей.

Хотя источники не содержат достаточно сведений об правлении улуса в первые годы, политические события, происходившие в истории Улуса, стали упоминаться в источниках с 70-х годов XIII века.

Например, религиозные взгляды в управлении привлекли к себе внимание ученых. Некоторые ученые исследователи уделяют особое внимание важности ислама, в отношении роли ханов Улуса в управлении. Также в период правления Улуса в Мавераннахре, не было зафиксировано религиозной напряженности и противоречий.

Ключевые слова: Мавераннахр, Чингисхан, Чагатайский улус, Монгольские принцессы, Дувахан, Тармаширин, Мубарекшах, Джамал аль-Карши, Кашани, Харави, Легитимность.

Abstract. The active participation of the Mongols in various spheres of society such as politics, economy or religion can be observed in all regions of the empire from the end of the XII century to the XIV century. In most of these areas, the khan 's

struggle for the throne was manifested on the basis of approaches in various areas of statehood.

In the same way, the domination of the Mongols and at the peak of its expansion to the throne was ruled by the khans of the Chagatai Ulus on the basis of various political methods and approaches. For this reason, in the XIII-XIV centuries, the political "games" of the khans in their ascent to power or the preservation of legitimacy in government, in particular in relation to religious views, the main purpose of this article is to draw conclusions from the point of view of written sources, publications and studies that provide information about these processes.

After the death of Chagatai, the history of the Ulus was characterized by unrest and contradictions between various members of the royal family. The struggle for the throne from the very beginning began to influence the fate of the Ulus. Thus, in a given situation, the actual or future rulers of the Ulus were formed with the aim of gaining political control through an approach to the views of various householders or independent politics. Sources indicate that already in the 13th century, groups with different views existed inside the Ulus. Each of them supported the khans as their patrons.

Although the sources do not contain enough information about the rule of the ulus in the early years, political events that took place in the history of the Ulus began to be mentioned in sources from the 70s of the 13th century.

For example, religious views in management have attracted more attention from researchers. A group of scholars acknowledges that the importance of Islam is especially important for the role of the Ulus khans in governing. But during the rule of the Ulus in Movaraunnahr, no religious tensions and contradictions were recorded.

Key words: Maverannahr, Genghis Khan, Chagatai Ulus, Mongolian princesses, Duvahan, Tarmashirin, Mubarekshah, Jamal al-Karshi, Kashani, Haravi, Legitimacy.

KIRISH

Sharq manbalarining ma'lumot berishicha, Chig'atoy xonligida birinchi musulmon hukmdori oltinchi xon Muborakshoh (1266) nomi bilan bog'liq. Uning vorisi Baroq (1266-1271) esa vafoti arafasida, 1270 yilda katta harbiy mag'lubiyatdan so'ng islomni qabul qilgani haqida aytiladi.1 Har ikki holatda ham, bu xonlarning islomiy siyosatiga oid hech qanday ma'lumotlar yo'q. Zero, Abu al-G'oziy Baroqning e'tiqodi davlat boshqaruvida Chig'atoylarga hech qanday ta'sir

1 Муборакшох ва Барок хакида яна карает: Biran M. Qaidu and the rise of the independent Mongol state in Central Asia. - Curzon, 1997. - P. 23-32.

qilmaganligini ta'kidlaydi.2 XIV asrning boshlarida yana bir musulmon xon Baligu3 (tax. 1308-1309) Chig'atoy taxtini qo'lga kiritadi. U o'zining lashkarboshilari e'tiqodini o'zgartirishga ko'p urinadi. Bu siyosat bilan u, o'zining Duva xonadoni vakili bo'lmagani tufayli tezda taxtdan ag'darilishiga sabab bo'ladi.4

Shuningdek, islomlashuv siyosati XIV asr boshlarida taxtga da'vogar bo'lgan Chig'atoy shahzodasi Yasavur nomi bilan ham bog'liq. 5 Umuman, muallifi noma'lum hisoblangan "Mu'iz al-ansab" va Rashid ad-Dinning "Shuab-i panjgona"6 asarida Chig'atoylar shajarasida ko'plab shahzodalar muslim sifatida zikr etilgan. Bunda ayniqsa, Tarmashirin avlodlari va undan oldingi ajdodlar orasida Chig'atoylarning bir nechta shahzodalari allaqachon musulmon bo'lganligi haqida aniq zikr etilgan.7

Bu jarayon mo'g'ul qo'mondonlariga ham tegishli edi. Al-Umariy so'zlariga ko'ra, Tarmashirin qo'mondonlari ichida unga qadar ham islomni qabul qilganlari bo'lgan.8 Mu'iz al-ansab asarida shuningdek, Kesh hududidan o'rin olgan Barlos qabilasidan bo'lgan musulmon Chig'atoy qo'mondonlarining to'liq ro'yxati ham keltiriladi.9

Sharq manbalari ayniqsa, Tarmashirinning o'z e'tiqodini o'zgartirishi Movaraunnahrda Chig'atoy xonligining umumiy islomlashuviga yo'l ochdi deb ta'kidlaydi. Shunga qaramay, manbalar o'rtasida Tarmashirin hukmronlik qilgan sana va u boshqargan saltanatining hududiy chegarasi haqida ma'lumotlar aniq emas, bori ham baxsli.10

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Maqolada arab, fors va boshqa turdagi manbalarga asoslanib tadqiqot olib boriladi. Jumladan, arab manbalaridan Jamol al-Qarshiyning "Al-Mulhaqot bi-s-Suroh", al-Umariyning "Masalik al-absar fiy mamalik al-amsar", Maqriziyning

2 Абулгозий. Шажараи турк. - Тошкент: "ЧУЛПОН", 1992. - Б. 94.

3 Баъзи манбаларда Налику, Талику куринишида хам келади.

4 .148 - .^jUSÜl î.518-519 - .^jljn ; Biran M. Qaidu. - P. 77, 93.

5 .213 - .^sJi; Kato K. Kebek and Yasawur - The Establishment of the Chaghatai Khanate.

// Memories of the Research Department of the Toyo Bunko. №49. - Tokyo: Toyo Bunko, 1991. - Р. 100, 110.

6 Хамидова Ч.И. Рашид ад-дин. Шуаб-и панджгана. 2. Монголы и тюрки (3) // Золотоордынское обозрение. Т. 5, № 4. - 2017. - С. 848.

7 Муъизз ал-ансаб (Прославлящее генеалогии). Том III. / Отв. ред. А.К.Муминов. Перевод с арабского-персидского, предисловие, примечания, подготовка факсимиле к изданию Ш.Х.Вохидова; сост. указателей У.А.Утепбергеновой. - Алматы: "Дайк-Пресс", 2006. - С. 47-54.

8 Al-Umari. Das Mongolische Weltreich: al-Umari's Darstellung der Mongolischen Reiche in seinem Werk Masalik al-absar fi mamalik al-amsar. Ed. and tans., K.Lech. - Wiesbaden: Harrassowitz, 1968. - Р. 38.

9 .518-519 - .^JljH ^l^j

10 Петров П.Н. Хронология правления ханов в Чагатайском государстве в 1271-1368 гг. (по материалам нумизматических памятников) // Тюркологический сборник 2007-2008. История и культура тюркских народов России и сопредельных стран. - Москва, 2009. - С. 294-319.

711

"Kitob-al-mavaiz va-l-i'tibar fi zikr al-xitat va al-asar", Ibn Battutaning "Sayoxatnoma" asarlari hamda fors manbalaridan Rashid ad-Dinning "Jome' at-tavorix" solnomasi va "Shuab-i panjgona" va "Nasabnoma-i muluk" asarlari, Yaqub al-Haraviyning "Tarixnoma-i Hirot", Abdulloh Vassofning "Tarixi Vassof', Abu al-Qosim al-Qashoniyning "Tarixi O'ljaytu", Mirxondning "Ravzat us-safo", Hafizi Abruning "Majmu at-tavorix", Mirzo Ulug'bekning "Ulusi arba'-yi Chingiziy" va "Mu'iz al-ansab" asarlari hamda turkiy (chig'atoy) tildagi "Tavarix-i guzida-i nusratnoma" asarlari. Shuningdek, mavzuga doir xorijiy va mahalliy tadqiqotlardan foydalaniladi, tahlil etiladi.

Maqolada Chig'atoy ulusi xonlari, xususan Tarmashirin hukmronligini yoritish orqali xonlik boshqaruvida diniy aspektlarning ahamiyati hususida turli qarashlar, xulosalar taqdim etiladi. Jumladan, yasa qonunlari mo'g'ul xonadoni vakillarining g'ayridinlikni qoralasa-da, nima sababdan xonlarning, xususan Tarmashirinning islomni qabul qilgani haqida turli ya'ni, "uning ulusni islomlashtirish islohotlari tashqi va ichki siyosatga qanday ta'sir qilgan?", "uning bu qarashlari qanday natijalarga olib kelgan?" kabi savollarga holislik, yetarli tahlilga qaratilgan tarixiy faktlar va voqealarni baholash hamda tanqidiy taxlil qilish, qiyoslash, biografik, xronologik, retrospektiv metodlar asosida xulosalar chiqariladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Chig'atoylarning umumiy islomiylashuviga yo'l ochib bergan Chig'atoy xoni - Tarmashirin manbalardagi ma'lumotlarni o'qir ekansiz uning o'ta sirli shaxs bo'lgani ayn bo'ladi. Ayni bir paytda arab va fors manbalarida Chig'atoy xonadoni vakillari orasida islomning o'rnatilishi uchun uning islomlashtirilishi muhimligi ta'kidlangan bo'lsa-da11, ba'zi manbalarda bir vaqtning o'zida Tarmashiringa qarshi qo'zg'olon uning aynan islomiy siyosati tufayli kelib chiqqanligi haqida aytilgan.12

Tarmashirin mashhur Chig'atoy xoni Duvaning farzandi (1282-1307) va uning o'limidan so'ng qariyb 30 yil davomida Chig'atoy xonligini boshqargan xonadon vorislardan so'ngisi edi.13 Tarmashirin 726/1326 yilda Chig'atoy hukmdori, ukasi Kebek (1318-26/27) tomonidan Afg'onistonning G'azna shahriga noib etib tayinlanadi. Kebek vafotidan so'ng, uning ikki akasi - Eljigidey va Dura Temur

11 Al-Umari. K.Lech. - Р. 38.; Hamdallah Mustawfi Qazwini. Tarikh-i guzida. - Paris, 1913. - Р. 577.; Anonymous. Shajarat al-atrak ms. - Harvard University Pers. - P. 113a.; Abu al-GhazI Bahadur Khan. Histoire des Mongols et des Tatars. Trans. P.I.Desmaisons. Rpt. Amsterdam: Ad Orientem ltd. and Philo Press, 1970. - P. 159.; Khwandamir. Habibu's-Siyar. Trans. and ed. W.M.Thackston. // Cambridge: Sources of Oriental languages and Literatures 24, - Harvard University, 1994. - Р. 90.; Урунбаев А. Зафар-наме. - С. 80б, 180.; Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. - Б. 194.

12 Урунбаев А. Зафар-наме. - С. 81a, 182.; Anonymous. Shajarat al-atrak ms. - P. 113b.

13 Тармаширин 33 йил дваомида тахтда хукмронлик килган. - Босворт К.Э. Мусульманские династии. - Москва: Наука, 1971. - С. 197.

Tarmashirindan oldin taxtga o'tirishdi. Manbalarda u ikkisining taxtni qisqa vaqt davomida boshqargani hususida aytiladi. Mu'izz al-ansabda bu hususida quyidagicha ma'lumot beriladi: "Tarma-Shirin ibn Duva akasi Dura-Timurning o 'limidan so 'ng 721/1321-1322 yilning oylaridan birida taxtga o 'tirdi. U 727/1326-1327 vafot etdi.14 Iordaniya xotiralari sanalmish "Sharq mo'jizalari"da (1328-1330 yillarda yozilgan), hindistonlik rohib chig'atoy xonlaridan Eljigideyning hukmronlik davri haqida eslatib o'tiladi. 15 Xotirada Eljigidey hukmronligi davrida Tarmashirin xonlikning g'arbiy qismini boshqargani hamda uning qarorgohi taxminan Termizda bo'lgani kabi ma'lumotlar mavjud.16 Bu davrda Tarmashirin akasi Eljigideyning 1328-1329 yillarda Yuanda jang olib borayotganidan foydalanib taxtni egallamoqchi bo'lgan. Biroq, Eldjigidey o'rnini Tarmashirin emas, balki boshqa akasi Dura Temur (1330-1331) egallaydi. Shu bois, 1330 yildagi Yuan xaritasida Chig'atoy ulusining Sharqiy Turkistondan to Amudaryogacha bo'lgan hududlar "Dura Temur yerlari" deb tasvirlangan.

Numizmatik materiallarga ko'ra, Tarmashirin 731/1330-1331 yillarda o'z nomidan otasining tamg'asini davom ettiruvchisi sifatida tangalar zarb ettira boshlaydi. 17 Ammo bu uzoq davom etmagan. Dehli sultoni Muhammad ibn Tug'luqning Movaraunnahrning din ulamolari, hunarmandlar, askarlar va "shariat dushmanlarining qatag'onlik xatti-harakati qurbonlari"ni Hindistonga ko'chib o'tishga taklifi haqidagi manshurga 18 ko'ra bu yil oxirida (1334 yil yoz) Tarmashiringa qarshi qo'zg'olon boshlangan.19 Qo'zg'olonni Tarmashirinning jiyani, Dura Temurning o'g'li Buzan boshqargan hamda bunda uni Chig'atoy xonligining sharqiy qismi qo'mondonlari qo'llab-quvvatlagan. Tarmashirin G'aznaga qochishga uringan, ammo 735 yil boshida (1334 yil yoz-kuz)20 Kesh yaqinida (yoki Naxshabda)

14 Му'изз ал-ансаб. Ш.Х.Вохидов. - С. 33a, 50.

15 Yule H. The Wonders of the East by Friar Jordanus. - New York: Burt Franklin, 1863. - Р. 54.

16 Jackson P. The Mongols and the Delhi Sultanate in the Reign of Muhammad Tughluq (1325-1351)// Central Asiatic Journal 19, 1975. - Р. 123.

17 Fedorov M.N. On the Attribution. - Р. 9-11. М.Н.Федеровнинг сузларига кура, исм ёзуви 727/1327 йилдаги зарб этилган тангалардаги Тармашириннинг номи келтирилиши сиёсий жараёнлар билан хеч кандай алокаси йук. Бу иш Самаркандда унинг хокими булиб ишлаётган Тармашириннинг угли Санжарнинг ташаббуси билан амалга оширилган.; Петров П.Н. Хронология правления ханов. - С. 305-307.; Mayer T. Sylloge Numorum Arabicorum Tubingen: Nord und Ostzentrala.sien, vol. 15/2. - Berlin: Ernst Wasmuth Verlag, 1998. - Р. 16.

18 Таклиф хати. (Инвестиция хати).

19 Jackson P. The Delhi Sultanate. — P. 233-234.

20 Баъзи мамлук ёзувчилари Тармаширинни кейинги йилларда Чигатойлар устидан хукмронлик килган деб тасвирлашади. Каранг: 389 .а - .1934-1973 ц&Л j-i cLj-L yjAtiJI - .dJUI Jjj dljLJI -LS .^jjJLJl; Шунингдек, Ибн Баттутанинг Тармаширининг Диндистондаги ва Шираздаги вафотидан кейинги саргузаштлари тугрисидаги хисоботига каранг, гарчи унинг узи Тармаширинни исёнчилар томонидан улдирилганлигини айтган булса хам. Каранг: Ибн Батута. - Б. 369-383.; Фасих ал-Хавафи 729/1329-30 аник нотугри сана деб таъкидлайди. Темурийлар даври тарихчиларининг чалкашлиги Кебекдан бошланди, уларнинг фикрига кура, 721/1331 йилда вафот этган. Кебекнинг икки мартта килган хукмронлиги (1309, 1318-1326/27) уларни чалгитган булиши мумкин. - Каранг: Фасих ал-Хавафи. Муджмал-и Фасихи (Фасихов свод) / Фасих Ахмад ибн Джалал

713

Scientific Journal Impact Factor

tutib o'ldirilgan. Manbalarga ko'ra, Tarmashirin Naxshabda (yoki Samarqand) atrofidagi joylardan birida dafn qilingan.21

Xo'sh, Tarmashirinning diniy e'tiqodi va islohotining ulus boshqaruvidagi ahamiyati qanday bo'lgan va u nimalarni ko'zlagan?

Ismiga ahamiyat bersak, unga ko'ra, Tarmashirin buddist sifatida tug'ilgan.22 O'z dinini o'zgartirgandan so'ng, u ismini Ala ad-Din Muhammadga o'zgartirib, Sulton al-A 'zam (eng yuksak sulton) unvonini qabul qilgan.23 Tarmashirin Islomni chamasi, 30 yoshlarda qabul qilgan.24 Biroq, voqea 725/1325 yillarda, ya'ni siyosiy sahnada paydo bo'lishidan oldin-mi yoki 729 / 1328-29 yillarda Hindistonga tashrifidan so'ng bo'lib o'tganligi aniqlash mushkul. Al -Umariy o'zining 1340 yil boshlarida bitgan asarida keltirishicha, 725/1325 yildan keyin Chig'atoy hukmdorlari Islomni qabul qilishni boshlaganlar va Tarmashirin ularning ichida birinchisi bo'lgan.25 Ibn Xaldun ham al-Umariyning ma'lumotlarini sarhisob qilar ekan, mazkur jarayon aynan shu yilda bo'lib o'tganligini ta'kidlaydi. Ushbu nuqtai nazar ba'zan zamonaviy tadqiqotchilarning ishlarida ham aks etgan.26 Biroq Dehli sultonining 729/1328-29 yilda Elhoniy Abu Said nomiga yozgan xatini inobatga olsak, bu sana bir oz shubhali. Bois maktubda Muhammad ibn Tug'luq Abu Saidni Xorosondagi g'ayridin Chig'atoy hukmdorlariga qarshi islom nomi bilan kuchlarni birlashtirish kerakligi haqidagi harakatlar zikr etiladi. 27 Maktubda Tarmashirinning nomi uchramaydi, ammo Siddiqiy aytganidek, ehtimol bu uning 729/1328-29 yilda Hindistonga bo'lgan istilosiga nisbatan munosabati bilan bog'liq. Shu asosda Siddiqiy Tarmashirin haqiqatan 729/1328-29 yilda dinni qabul qilgan degan xulosaga keladi. Madomiki shunday ekan, Ibn Battuta ta'kidlab o'tganidek, Tarmashirin uchun Dehli Sultoni bilan do'stona munosabatlarni o'rnatishga va unga qarshi

ад-Дин Мухаммад ал-Хавафи; Пер., предисл. [с. 3-29], примеч. и указ. Д. Ю. Юсуповой. - Ташкент : Фан, 1980. -346 с.;

21 Мирзо Улугбекнинг таъкидлашича: "Тармаширин укасининг угли Пурон ибн Дувор Темурхон нафис ислом кийимда булмай, хануз ширк ва залолама булган одамлар билан Х,абадан лашкар тортиб, туркларнинг луй йилига мувофик санайи 718-йилда Кеши дилкаш нохиясидаги Кузи Мундокда Тармаширхонни шаходат даражасига етказди. Уни Самарканд каряларидан бирида дафн этдилар, унга Тангрининг рахмати булсин." -Каранг: Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. - Б. 194.; Кеш - Каранг: Урунбаев А. Зафар-наме. — С. 80б, 180.; Нахшаб - Каранг: Khwandamir. Habibu's-Siyar. - Р. 51.; Ибн Батута. - Б. 369-383.; Abd al-Razzaq al-Samarqandi. -P. 96.

22 Тармаширин - дхарма санскрит тилидан олинган булиб, "Дхарма (Будда конуни) да хурмат созовор киши" маъносини англатган. Каранг: Barthold V.V. Four Studies. - P. 134.

23 Al-Umari. Ai-Ta'rifbi'l-mustaiah ai-sharif - Beirut: Dar al-kutub, 1988. - P. 70.

24 Ibidem. - P. 70.

25 Al-Umari. Das Mongolische. - Р. 22.

26 t^jLjjül jb — .jjSVI ^LÜ^jl ^J^ ^Aj^lc jjjjJlj ^j-Jl ^u jjäjij i^jj^ji ^IjJpj jJ-J .^j^jä. jj| 425 - .1957; Jurgen P. Scheiche und Herrscher im Khanat Cagatay// Der Islam. Band 67: Heft 2. - 2009. - S. 283. DOI: https://doi.org/10.1515/islm.1990.67.2.278

27 Jackson P. The Delhi Sultanate. — P. 233.

rejalashtirilgan urushning oldini olishda bu ayni muddao edi.28 Shuni ta'kidlash kerakki, M.N.Fedorov topgan va tadqiqot olib borgan O'trorga tegishli 729 yilgi noma'lum tangadagi "al-Sulton al-az'am, xallada Allah mulkahU'29 (Eng buyuk Sulton, Parvardigor uning hukmronligini abadiy qilsin) sharqoniy formulasini Tarmashirin nomi bilan bog'liq deb ta'riflaydi. Bu esa shuni ko'rsatadiki, ushbu kungacha Tarmashirin allaqachon musulmon bo'lgan. Bizningcha, agar Tarmashirin islomni haqiqatan ham 729 yil oxirida qabul qilgan bo'lsa, Dehli bilan munosabatlarini yaxshilashdan tashqari, u Chig'atoy ulusi taxtini olish uchun kurashda o'z imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan harakatlar bilan ham bog'liq bo'lgan. Afsuski, bizda bu haqida tasdiqlovchi dalillar yo'q.

Albatta, Tarmashirin qachon e'tiqodini o'zgartirganini hamda uni kim o'zgartirganini haqida ma'lumot beruvchi manba yo'q. Biroq bir nomzod bor-ki, u ham bo'lsa mashhur Kubraviya tariqati so'fiysi shayx Yahyo Abu al-Mafaxir Boxarziy (v.e. 1336) nomi bilan bog'liq. Boxarziy nihoyatda badavlat va Chig'atoy xonadoni sultonlari hamda hukmdorlari tomonidan katta hurmatga sazovor shaxs bo'lgan.30 U XIII asrning o'rtalarida Oltin O'rda xoni Berkani (1257-1267) islomni qabul qilishda yordam bergan shayx Sayf ad-Din Boxarziyning nabirasi edi. Binobarin, Berkaxon Islomni qabul qilgan birinchi mo'g'ul shahzodasi hisoblanadi.

Boharziy tashkil etgan shifoxonada31 bo'lgan Ibn Battuta Tarmashiringa yaqin bo'lgan ikki (noma'lum) din arboblarini eslatib o'tadi: xon bilan oilaviy rishtalar orqali bog'langan shayx Xasan hamda O'trorlik fakih va shayx Husam ad -Din Yog'iy.32 Shubhasiz, ikkinchisi xonga aniq ta'sir ko'rsatgan bo'lib, Ibn Battuta, u Tarmashirini ko'z yoshiga qadar qanday tanbeh berganini tasvirlaydi. Lekin na uni, na boshqa biron bir kishini xonning dinini o'zgartirgan deb hisoblamaydi.

Ammo, biz Tarmashiringa ta'sir ko'rsatgan diniy shaxslar doirasini aniqlashda Ibn Battutaning ma'lumotlaridan foydalanishimiz mumkin. "Shayx" nomi odatda so'fiylarga ustozlik qilgan shaxslarga tegishli bo'lib, Xusam ad-Din ham "Xudoning

28 n.^eKCOH 1975 nuggaru MaKO^acuga ,3,ex^H cyrnOHH TapMamupuHra Huc6aTaH TycaTgaH y3 cnëcaTHHH y3rapTHpum ynyH hhkh ca6a6^apra эгa öy^umu MyMKHH^uruHH TaiKug^araH. EuHO6apuH, MaKTy6HUHr ë3H^Hm caHacH xaM 6upO3 MyaMMOOT, nyHKH yHH 727 ëKH 729 hhïï ge6 xaM yKum MyMKHH. yHgaH KeHHH, эмнxoнaнннr MarnyMOTura Kypa 6y caHa öom^a MaHÖa^apgaH 728 nun 6y^u6 xaM ynparaH. Arap 6y BOKea TapMamupuH HCTH^ocugaH o^guH, 729 nu^ga pyn 6epraH 6y^ca, ,3,ex^H cyrnoHH ^uraTOH xOHHHHHr hctomhh Ba6y^ KumaHugaH 6exa6ap KO^raH ëKH H^xoHHH^ap 6u^aH MyHOca6araapuHH MycTaxKaM^am MaKcaguga, myrnaKH, 6yHra эгтн6оp 6epMac^HKHH a$3a^ KypraH 6y^HmH MyMKHH. K^apaHr: Jackson P. The Delhi Sultanate. - P. 233.; ®acux a^-XaBa$u. - C. 39.; TapMamupuH Ba ^exgu cy^TOHH ypTacugaru caMHMUH MyHOca6araap xaKuga KapaHr: h6h EaTyTa. - E. 369-383.; XypocoHra Kapmu Kacoc KaMnaHuacu Ba yHHHr TapK этнflнmн xaKuga KapaHr: Jackson P. The Delhi Sultanate. - P. 263-265.

29 ^eKHH B.n. K^ag cepe6paHbix guHapoB h gupxeMOB ^araTaugoB XIV b. // Эпнrpa$нкa BocTOKa. T. XXIII. - 1985. - C. 60-62.

30 ^exOBHH O.^,. EyxapcKue gOKyMeHTbi XIV b. - C. 36.

31 h6h EaTyTa. - E. 369.

32 Yma acap. - E. 369-371.

Scientific Journal Impact Factor

muqaddas xizmatchilaridan biri" sifatida ta'riflangan. U zohidlik33ni qabul qiladi. Ibn Battuta Tarmashirinning zikr haqida so'z yuritishi so'fiylarning xonga ta'sirini ko'rsatadi deb yozadi. Ammo Al-Umariyning Movaraunnahrni islomni qabul qilishida imomlar, din ulamolari, shayxlar va sodiq odamlar (atqiya) yoki huquqshunoslar (fuqaho) va darveshlar fuqaro) yordamida amalga oshirilganligi haqidagi umumiy da'volar so'fiylarning katta hamkorlik qilganligini anglatishi mumkin.34

Umumiy qilib aytganda, Tarmashirinni aynan kim e'tiqodini o'zgartirgani va bu qachon sodir bo'lgani aniq bo'lmasada, ayon bo'ladiki, u 1331 yilda Chig'atoy ulusi taxtiga musulmon hukmdor sifatida ko'tarilgan.

Shu o'rinda savol tug'iladi. Tarmashirin musulmon hukmdori sifatida ulusni qanday boshqardi? Natija nimalarga olib keldi?

Birinchi navbatda shuni aytish mumkin-ki, Tarmashirin hukmronligi xonlikning tashqi va ichki siyosatiga jiddiy ta'sir ko'rsatgan. Tarmashirinning yangi e'tiqodi uning Dehli sultonligi bilan munosabatlarini yaxshilashi mumkin edi. Bu, shubhasiz, uning Misr Mamluklari bilan iqtisodiy aloqalarini ham yaxshilagan.35 U islomni qabul qilganidan so'ng, Movaraunnahr Misr va Suriya savdogarlari uchun ochiq edi va xon ularga katta hurmat bilan munosabatda bo'lgan.36 Shubhasiz, Tarmashirinning shariyat tomonidan ruxsat etilmagan tijorat majburiyatlarini bekor qilishi ushbu savdogarlar (va boshqalar) uchun qo'shimcha rag'batlantiruvchi omil bo'lgan. Uning bu siyosati qo'shni Muhammad bin Tug'luq va Ilxon Abu Sa'id tomonidan olib borilgan siyosatga to'g'ri kelishi mumkin edi.37 Tarmashirin unchalik yaqin bo'lishmasa-da, Mamluk sultonligi bilan diplomatik aloqalarni saqlab turdi.38 Ehtimol, Tarmashirinning murojaati uning boshqa musulmon davlatlari, Elhoniylar va Oltin O'rda bilan aloqalariga ta'sir qilgan bo'lishi mumkin, biroq bizda bu haqida ma'lumot beruvchi manbalar yoki hujjatlar yo'q.39

O'zining ichki siyosatida Tarmashirin o'z saltanatining islomiy xususiyatini kuchaytirish uchun ko'p harakatlarni amalga oshirdi. U ulus bo'ylab yangi dinni faol

33 Яратганнинг зикрига халал берувчи барча нарсаларни тарк этиш ва бунда унга ширк келтирищдан сакланиш ва ибодатда риёдан холи булиш хамда барча гунохлардан ва харом нарсалардан сакланиш ва нихоят ортикча дунёвий ашёларга мехр куймасликка касамиёд этган шахс. - https://qomus.info/encyclopedia/cat-z/zohidlik-uz/

34 Al-Umari. K.Lech. - Р. 38.; Biran M. The Chagadaids. - P. 742-752.; Jurgen P. Scheiche. - S. 283.; Хусам ад-Дин факих ва зохид сифатида тасвирланган. Моварауннахрда диний олимлари (факих, кози, муфтий) хусуида каранг: Додхудоева Л.Н. Эпиграфические памятники Самарканда XI - XIV вв. Том I. Отв. редактор А.М.Мухтаров. -Душанбе. Дониш, 1992. - 408 с.

35 Biran M. The Chagadaids. - P. 742-752.

36 Al-Umari. K.Lech. - Р. 41.

37 Jackson P. The Delhi Sultanate. — P. 266, 272.

38 Biran M. The Chagadaids. - P. 747.

39 Ibidem. - P. 747.

ravishda isloh qildi. O'z qo'mondonlari va askarlarini dinga chaqirdi hamda musulmon jangchilarni g'ayridin jangchilari oldida ko'p ma'qulladi. Shuningdek, u besh vaqt namozni jamoat bo'lib o'qishni buyurdi.40 Ibn Battutaning ta'kidlashicha, Tarmashirinning vorisi xristianlarga ibodatxonalarini qayta qurishga ruxsat bergan. Ammo Tarmashirin misolida cherkovlar va ibodatgohlarning vayron bo'lishi yoki boshqa monarxlarning manzillarining muhim qismini tashkil etuvchi buddaviylik, ruhoniylarining o'ldirilishi to'g'risida biron bir dramatik tasvir biz bilgan manbalarda keltirilmagan.41 Zero, buddist va xristian jamoalari, hatto ba'zi yahudiylar uning hukmronligi davrida ulusda mavjud bo'lgan.42

Tarmashirinning diniy sohadagi islohotlari uni mahalliy musulmon fuqarolariga yaqinlashtirdi. U o'z armiyasiga aholiga zarar yetkazmaslik haqida buyruq berdi va o'z fuqarolariga nisbatan adolatli munosabatda bo'lishini va'da qildi.43 As-Safadiyning qayd etishicha, Tarmashirin akasi boshqaruvi ostidagi biron bir shahar aholisi uning xatti-harakati ustidan shikoyat qilishganda, Tarmashirin ularga moliyaviy badal taklif qilgan. Biroq, ular yanada qattiqroq jazo talab qilishganda, u ularning talabini bajarib, akasini qatl etgan.44 As-Safadiyning bu yozganlari tarixiy haqiqat bo'lsa, unda Tarmashirin o'z fuqarolarining iltimosiga binoan xolislik holatlaridan tashqari o'z raqiblarini yo'q qilish uchun bahona sifatida foydalanishi mumkin bo'lgan.

Yana bir jihat shuki, manbalar ayniqsa Tarmashirinning hukmronligi davrida shariat bilan ish ko'ragani haqida aytiladi.45 Biroq, bu siyosat mo'g'ullarning Yasa qonunlariga nisbatan to'g'ridan-to'g'ri qarama-qarshilik edi. Ayniqsa, Chig'atoylar xonadoni uning ashaddiy qo'riqchilaridan biri bo'lganligi hisobga olsak, 46 Tarmashirin, Ibn Battutaning so'zlariga ko'ra, Yasaning ma'lum o'ziga xos qonun-qoidalarini bekor qildi. Ammo as-Safadiyning so'zlariga ko'ra, u yasani butunlay

40 Ибн Батута. - Б. 371.

41 Boyle J.A. Dynastic and Political History of the Ilkhans. // The Cambridge History of Iran, vol. 5. The Saljuq and Mongol Periods, chapter 4, ed. J.A.Boyle. - Cambridge: Cambridge Univ. Press, 1968. - 303-421.; DeWeese D. Islamization. -P. 95-100.

42 История татар Западного Приуралья. Том I. Кочевники Великой степи в Приуралье. Татарские средневековые государства. Коллективная монография. - Казань: Институт истории им. Ш.Марджани АН РТ, 2016. - C. 366367.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

43 Ибн Батута. - Б. 371-384.

44 Biran M. The Chagadaids. - P. 747.

44 Ibidem. - p. 748.; Little D. P. Al-Safadi as a Biographer of his Contemporaries. // History and Historiography of the Mamluks. - London: Variorum, 1986. Art. I.

45 Al-Umari. K.Lech. - Р. 41.

46 Morgan D. The Mongols. - Р. 104.

bekor qilgan va hatto uni "eng jirkanch siyosiy tizim" deb atagan.47 Ehtimol, uning bu harakatlari sabab keyinchalik uni taxtdan ag'dardilar.

As-Safadiyning so'zlariga ko'ra, Tarmashirin ag'darilmadi, aksincha o'z ixtiyori bilan undan voz kechgan. Hukmronligi oxirida o'ta dindor bo'lib, u o'z hukmronligidan voz kechishni va baland tog'larda yashirinishni afzal ko'rgan. Biroq, o'sha joyga yetib borishdan oldin, uni ma'lum bir qo'mondon qo'lga olindi va yangi xonning buyrug'i bilan qatl qilindi. 48 Biroq, bu ma'lumotni boshqa manbalar ta'kidlamaydi. Masalan, Ibn Battuta uni o'z fuqarolari va qo'shinlariga nisbatan ma'muriy hamda huquqiy majburiyatlarini vijdonan bajaradigan hukmdor sifatida tasvirlaydi. U ko'proq ovga qiziqqanini aytadi.49

Yazdiy, Tarmashirinni taxtdan ag'dargan Buzan islomni qabul qilmagan chig'atoylardan bo'lganiligi, shu sababdan uni to'ntarish uchun diniy islohotlari hamda yasaga qarshi chiqqanlikdagi ayblovlardan unumli foydalanganligini ta'kidlaydi. Buzanni "buzuq va yovuz musulmon" deb ta'riflagan Ibn Battuta Buzan va Tarmashirin o'rtasidagi qarama-qarshilikning sabablarini aniqroq keltirib o'tadi. Tarmashirin Chingizxon asos solgan yasani bekor qildi, har yili o'tkaziladigan, ya'ni xonni qoldirish yoki ag'darish huquqiga ega bo'lgan shahzodalar va zodagonlar yig'ini hisoblangan qurultoyni amalda yig'madi. U o'zining sharqiy hududlarini va ayniqsa Ili daryosidagi Chig'atoylarning sobiq poytaxti Olmaliqni to'rt yil davomida ya'ni, uning butun hukmronligi davrida biror martta ham yo'qlamagan.50 Shu tufayli qo'zg'olon muqarrar edi.

Biroq, Tarmashirin taqdirini oydinlashtiradigan boshqa omillar ham bor. Birinchidan, Tarmashirin hukmronligining boshidanoq omadsiz holatda edi. U Duva xonadonining oxirgi vakili edi. Bu barcha sobiq xonlarning to'g'ridan-to'g'ri avlodlari taxtga bu xonadon vakillarini tugatib yangilari uchun ayni imkoniyat mavjudligini anglatardi. Darhaqiqat, uni ag'dargan ham Dura Temurning o'g'li Buzan edi va uning qatorida Tarmashirinning boshqa jiyanlari bor edi, masalan, Kebekning o'g'li Yangi, Ebug'onning o'g'illari Jankeshi va Yesu Temur.51

Tarmashirinni hokimiyatdan chetlatilishi, as-Safadiyning biz yuqorida aytib o'tgan zikri bo'lsa, ikkinchisiga ko'ra, Tarmashirin mo'g'ullarni dehqonchilik bilan shug'ullanishga majbur etganida edi.52 Ya'ni, u ko'chmanchilikdan ko'ra ko'proq

47 Amitai-Preiss R. Ghazan, Islam and Mongol Tradition: A View from the Mamluk Sultanate.// BSO(A)S 59, 1996. -P. 1-10.

48 Biran M. The Chagadaids. - P. 748.

49 h6h EaryTa. - E. 373.

50 ypyH6aeB A. 3a$ap-HaMe. - C. 81a, 182.

51 Yma epga.; h6h EaTyTa.. - E. 373.

52 Biran M. The Chagadaids. - P. 749.

o'troq hayot tizimini ma'qulladi. Bu ham yasaning navbatdagi zid qonunlaridan biri edi. Darhaqiqat, Ibn Battutaning Samarqand, Balx, G'azna va Marvda tasvirlangan vayronagarchiliklari, shuningdek, 1326 yil Buxoroda53 bo'lib vayronagarchiliklarga tez-tez murojaat qilinishi Chig'atoy ulusida qishloq xo'jaligini rivojlantirish zarurligini anglatar edi.54 1326 yilga kelib, Chig'atoylarning bir qancha amirlari Buxoro yaqinidagi yerlarga yoki bog'larga egalik qilishgan, ammo bu ularning qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanganligini anglatmaydi, albatta.55 Umuman olganda, Chingizxondan keyin yuz yil o'tgach, mo'g'ullarning qishloq xo'jaligiga munosabati avvalgidan ancha murakkablashdi. 56 Ammo, agar as-Safadiy haq bo'lsa va Tarmashirin Chig'atoylarni tuproqni o'stirishga majbur qilgan bo'lsa, uning bu siyosati o'z joniga qasd qilish bilan barobar edi.

Shunday qilib, Tarmashirinni taxtdan ag'darish uchun bir nechta sabablar bor edi. Va bularning barchasi uning dini yoki hatto diniy siyosati bilan bog'liq emas. Uning yasa bilan munosabati, oilaviy holati va qishloq xo'jaligi siyosati uyg'unligi yetarlicha kuchli bo'lar edi hamda ko'pchilik raqiblarining xonlikning sharqiy qismida alohida geografik bazaga ega ekanligi, shubhasiz, unga yordam bermadi. Shuning uchun Tarmashirin ag'darilgani ajablanarli emas.

Buzanning qisqa hukmronligidan so'ng taxtga Jenkeshi57 o'tirdi. U aksincha Olmaliqdagi xristianlarga xayrixoh bo'ldi. Natanzi uni dindor buddist sifatida tasvirlaydi.58 Biroq uning davrida zarb etilgan tangalarda u islomiy nomi bilan uchraydi.59 Buddist ruhoniylarining tavsiyalariga binoan Jenkeshi ko'plab budda ibodatxonalarini qurdi va har bir masjidga butlar o'rnatdi.60 Buning ajablanarli tomoni shundaki, qisqa vaqt hukmronlik qilganiga qaramay, unga qarshi to'ntarish uning saltanatidagi islomlashuvni o'zgartira olmadi.

XULOSA

Xulosa tariqasida aytish mumkin-ki, ko'chmanchi mo'g'ullar hech qachon yagona dunyoviy va umumbashariy din yaratmagan, balki mafkuraviy va madaniy, shuningdek iqtisodiy va siyosiy jihatdan barqaror jamiyatlarga tayangan. Ko'chmanchilarning o'troq jamiyatlarga iqtisodiy qaramligi va ularga siyosiy

53 Ибн Батута. - Б. 380.

54 Petrushevsky, J. P. The Socio-Economic Condition of Iran Under the Ilkhans. - 494.

55 Чехович О.Д. Бухарские документы XIV в. - С. 108.; Чехович О.Д. Новый источник по истории Бухары. - С. 148161.; Чехович О.Д. К истории крестьян Бухары XIV в.. - С. 71-76.; Ибн Батута. - Б. 369.

56 Amitai R. Turco-Mongolian Nomads and the Iqtâ' System in the Islamic Middle East (ca. 1000-1400 AD). // Anatoly M. Khazanov and André Wink, eds. - Richmond: Surrey, 2001. - Р. 156-165.

57 Баъзи манбаларда Женкши ва Жангитухон куринишида хам учрайди. Тахминан 1335-1338 йилларда хукмронлик килган.

58 Муин ад-Дин Натанзий. F.Каримов. - Б. 117.

Довуди Д. Денежное обращение древнего и средневекового Хатлона (V в. до н.э. - начало XX в. н.э.). - Душанбе, 2006. - С. 255. №3.

60 Муин ад-Дин Натанзий. F.Каримов. - Б. 117.

moslashuvning turli usullari, tegishli mafkuraviy oqibatlarga olib kelgan. Ko'chmanchi iqtisodiyotni qishloq xo'jaligi va hunarmandchilik bilan to'ldirish kerak bo'lganidek, ko'chmanchi madaniyati ayniqsa siyosiy mafkuralar, shu jumladan diniy mafkuralar bilan bog'liq bo'lgan davrlarda, taqqoslash, taqlid qilish yoki rad etish uchun ko'chmanchi madaniyatlar manba, tarkibiy qism yoki shu tusdagi modelga muhtoj bo'lishgan. Bu siyosat Chig'atoy ulusining keyingi rivojlanishi kerak bo'lsa, boshqaruvni qo'lda saqlab qolishi, mahalliy xalqning simpatiyasiga erishishi va eng muhimi taxtga qonuniy egalikni (legitimlikni) saqlab qolishi bilan uzviy bog'liq bo'lgan.

REFERENCES Араб ва форс тилидаги манбалар:

1. — (ji'-^ j ji'^i ^¿J^) ¿jjl^ .^j'j^1 ^l^j ^ J^i OJ ^ ^JC 548 - .1959/1338 OJ! A^S

2. .434 .1967/1346 ^A^JIAIC ^la AJ /^l^j ¿¿j JJJ^J .^JJI ЛА^Л AIC

3. c'j'^lj JW Маhдум Восилий номидаги ма'навий мерос фонди, №2. - 1285 [1868-69]. - 53 Bapaq.

Хорижий тилдаги манбалар:

4. Geschichte Wassaf's. Trans. von Hammer-Purgstall. Vol. 1. - Wien, Kais: Akademie der Wissenschaften, 1856.

5. Nizam al-Din Shami. Zafar namah. Ed. F.Tauer. - Beirut, 1937.

6. Shajrat ul atrak. Shajrat ul atrak, or Genealogical tree of Turcs and Tatars / tramsl. and abridged by Col. Miles. - London, 1838.

7. Al-Umari. Das Mongolische Weltreich: al-Umari's Darstellung der Mongolischen Reiche in seinem Werk Masalik al-absar fi mamalik al-amsar. Ed. and trans., K.Lech. - Wiesbaden: Harrassowitz, 1968.

8. Pashид ад-дин. Shyaö-и панджгана. Факсимиле / Подготовка к издaниyu к.и.н. И.М. Миргалеев. - Казан: Институт истории им. Sh.Мapджaни АН РТ, 2016. - 460 с.

9. Из описaниya пyтеshествий Ибн Батути // Золотaya Орда в источниках. Том первий. Арабские и персидские источники. Сборник материалов, относyaщихсya к истории Золотой Орди в переводах В.Г.Тизенгаузена. Составление, вводнaya darya и комментарии Р.П.Храпачевского. - Москва, 2003. - С. 125-149.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.