Научная статья на тему 'MAQOMNING YANGI O‘ZBEKISTON SAN’AT TA’LIMI TIZIMIDA O‘QITISHNING ZARURATI'

MAQOMNING YANGI O‘ZBEKISTON SAN’AT TA’LIMI TIZIMIDA O‘QITISHNING ZARURATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
janr / maqom / oxang / sozanda / xonanda / folklor / kasbiy musiqa

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Bobur Boqijon O‘G‘Li Abdurahimov

Mazkur maqolada o‘zbek milliy maqom san’ati va uning ta’lim tizimi, xususan, san’at ta’limida o‘qitish masalalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAQOMNING YANGI O‘ZBEKISTON SAN’AT TA’LIMI TIZIMIDA O‘QITISHNING ZARURATI»

MAQOMNING YANGI O'ZBEKISTON SAN'AT TA'LIMI TIZIMIDA

O'QITISHNING ZARURATI

Bobur Boqijon o'g'li Abdurahimov Namagan davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek milliy maqom san'ati va uning ta'lim tizimi, xususan, san'at ta'limida o'qitish masalalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: janr, maqom, oxang, sozanda, xonanda, folklor, kasbiy musiqa

THE NEED FOR TRAINING IN THE NEW UZBEKISTAN ART EDUCATION SYSTEM OF THE STATE

Babur Bokijon oglu Abdurahimov Namagan State University

Abstract: This article analyzes the Uzbek national art and its educational system, in particular, teaching issues in art education.

Keywords: genre, status, melody, musician, singer, folklore, professional music

Bizning boy merosimiz asrlar oshna sayqalanib o'z o'rnini topgan o'zbek musiqasi xalqlar orasida eng jozibador va xilma-hilligi bilan ajralib turadi. Bunda xalq og'zaki ijodi (folklor) qo'shiqlari va ularni xodisalar ta'sirida janrlarga bo'linib oxanglar orqali insoniyatni ruhiyatiga kirib borishi bu mo'jiza desam adashmagan bo'laman. Shu bilan birga eng qadimgi musiqa na'munalarini kasbga aylanishi ham musiqani insonga suv va havodek zarurligini anglatadi. Kasbiy musiqaning ichidan o'rin egalagan maqomlar ham o'zining bir necha ming yillik tarixiga egadir.

Madaniyat va san'atning istiqbolini o'ylab yuritilgan oqilona siyosat milliy madaniyatimizning kelgusi rivoji uchun muhim tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi. Shunday qilib, o'zbek san'ati va sportini dunyo miqyosida yuksak natijalarga erishishi uchun zarur imkoniyatlar yaratildi.1 Ma'lumki maqom san'ati o'zbek va tojik xalqlarining ko'p yillik milliy musiqa madaniyatining na'munalaridan bo'lib, har bir asrda o'z ta'sirni ko'rsatib kelgan. Maqom (arab tilidan olingan bo'lib - joy makon o 'rin ma 'nolarini anglatadi) - musulmon Sharqi musiqasida asosiy tushunchalardan biri.2

1 Xolmo'minov, Mo'minmirzo Zokir o'g'li. "2017-2022-yillar mobaynida madaniyat va san'at sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi." Oriental Art and Culture 3.2 (2022): 558-567.// https://cyberleninka.ru/article/n/ 20172022-yillar-mobaynida-madaniyat-va-san-at-sohasida-amalga-oshirilgan-ishlar-sarhisobi

2 O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Maqomlar asrlar davomida turli nomlar bilan atalib, amaliyotda qo'llanilib kelingan. Masalan, XII-asrning 2-yarmida maqom tarqoq holdan o'n ikki maqom shakliga keltirish maqsadida Safiyuddin Urmaviy, to'liq ismi Safiyuddin Abdulmo'min bin Yusuf al-Urmaviy (1215, Ozarbayjoni, Urmiiya - 1294, Bag'dod)3 bel bog'lagan va amalga oshirgan. Keyinchalik o'n ikki maqom tizimi V asr davomida turli sabablarga ko'ra inqirozga uchraydi yani, shu davrlar ishtimoiy rivojlanish jihatidan audio, video, nota yozuvlari yo'qligi va ommalashmaganligi tufayli asta sekinlik bilan odanlar xotirasidan ko'tarilib bora-boshladi. Shu V asr vaqt o'tgandan keyin Buxoroda o'n ikki maqomni yahlit holga keltirish maqsadida XVII-asrning ikkinchi yarmidan xarakat boshlandi va XVIII-asrga kelib to'liq Shashmaqom shakliga keltirildi.

Shashmaqom o'z ichida olti yirik musiqiy bo'limni jamlagan bo'lib bular; Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroqlardir, har biri ikki qismdan iborat bo'lib, Muskilot (cholg'u), Nasr (ashula) bo'limlari deb yuritiladi. Mushkilot (cholg'u) 5 ta asosiy qismni o'z ichda jamlagan 1)Tasnif, 2)Tarje, 3)Gardun, 4)Muhammas, 5)Saqil bundan tashqari turli maqomlarning hususiyatidan kelgan holda qo'shimcha qismlar mavjud (masalan. Dugohda Peshravi dugoh, Samoi dugoh) kabi nomli asarlarni o'z ichiga oladi. Nasr (ashula) bo'limida ikki guruh sho'ba (yani soha tarmoq, shohobcha, bo'lim, filial ma'nolarini anglatadi)dan iborat bo'lib, birinchi guruh sho'basiga Sarahbor, Nasr, Talqin, va ufar va taronalarni keladi. Ikkinchi guruh sho'basida esa Savt, Mug'ulchalar kiradi.

Bu milliy musiqa san'atini eng qadimgi na'munalari, o'ziga hosligi va turli davrlarda rivoj topishining yosh avlod ongiga ta'sir ko'rsatib ularni milliy vatan parvarlik ruhida tarbiyalashda o'rni beqiyos hisoblanadi. Maqom san'ati ijrochilik maktabi tushunchasida ishtirok etib o'zidan iz qoldirgan ko'plab ustoz sozanda, xonanda va bastakorlarni xizmatini etirof etish joiz, Jumladan Ota Jalol Nosirov va Ota G'iyos Abdug'ani ushbu ustozlar maqomlarimizni bizgacha yetib kelishi va uning ta'sirida hayotiy omillar shakllanishida xizmatlari cheksizdir. 1923 yilda V.A.Uspenskiy boshchiligida komissiyasi Buxoroda bo'lib yuqorida nomlari keltirilgan ikki shaxsdan maqom majmuasini yozib oladilar.4 Takitlash lozim dastlab 1918-yilda Turkiston Xalq konservatoriyasi keyinchalik Toshkent davlat konservatoriyasi 1936-yillarda ochilgan bo'lsa, Ayniqsa mustaqillik yillarida Oliy ta'lim muassasalari ichida O'zbekiston davlat konservatoriyasi "An'anaviy cholg'u ijrochiligi" va "An'anaviy xonandalik" kafedralari mumtoz musiqamizni yetuk ijrochilarini tayyorlashda jonbozlik qilib keldi. O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti esa xalq og'zaki ijodini o'rganish va izlanishlar borasida yetakchi ta'lim muassasasidir.

3 Rajabov I., Maqomlar masalasiga doir, T., 1963.

4 Matyoqubov Sh. An'anaviy ijrochilik tarixi. O'quv qollanma Toshkent, 2018. B. 9.

Yurtimizda uchta yirik honlik bo'lganligi barchamizga ma'lum Buhoro honligi, Xiyva honligi, va Qo'qon honligi har birida milliy san'at mukammal bo'lgan shu davrda maqomlarni tinglash va ijro etish barchaga ham birdek nasib qilmagan (ruxsat berilmagan). Maqomlar saroy qo'shiqlari hisoblanib hamma-ham tushuna olmaydi yani ruhiy tayyor bo'lishi lozim deb aytilgan.5 Bugunga kelib esa davlatimiz rahbarining SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 17-noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish choratadbirlari to'g'risida"gi hamda 2018-yil 6-apreldagi "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida"gi o'rinli qarorlari o'zbek mumtoz musiqasi tarixida yangi davrni boshlab bergan muhim hujjatlar biri desam mubolag'a bo'lmaydi. Shunday imkoniyatlar Respublikaning barcha viloyatlarida aksini topdi. O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tizim tashkilotlari yani, viloyat madaniyat boshqarmalari qoshida na'munaviy maqom ansambllari tashkil etildi hamda o'z nizomiga ega bo'ldi. 2017 yil badiiy jamoalar safidagi Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli va maqom ijrochiligini o'ziga kasb bilgan san'atkorlar uchun "Maqom markazi" tashkil etildi. Markazda ovoz yozish studiyalari ochildi. Barcha viloyatlar maqom ansambllari rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratildi. Ta'lim muassasalarini bitirib chiqqan yosh mutaxassis xodimlar nafaqat ijodiy, balki ilmiy yo'nalishda ham izlanishlar olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar bilan ta'minlandi. Bunday imkoniyatlar O'zbekiston ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan madaniyat va san'at sohasiga qiziqish bildirayotga ko'plab yosh avlodlar hayotida milliy musiqamiz, maqom san'atining rivojlanishi hamda kengayib borishiga hissa qo'shib kelmoqda. Maqomlar nafaqat bizning manaviy boyligimiz, balki xalq musiqa merosimizning gultojidir.

O'rta Osiyo xalqlari madaniyatida gap-gashtaklar alohida o'rin tutib, ular xalq nomoddiy merosi xisoblangan xalq qo'shiqlari va termalarini saqlab qolishning muhim vositasi vazifasini bajargan.6 Bugungi kunda maqomlarmiz bilan butun dunyo soha mutaxassislari shug'ullanib, xalqimizning merosiga qoyil qolib turgan bir paytda (2003 yilda Buxoro Shashmaqomi xalaro Yunesko tashkiloii tomonidan Umumbashariy yutuq sifatida tan olingan),7 biz qo'l qovushtirib turushimiz noto'g'ri deb o'layman davlatimiz rahbari tomonidan madaniyat-san'at sohasidagi xodimlar va shusohaning yosh vakillarikelajagini o'lab qilinayotgan islohatlarga labbay deb javob bergan holda milliy musiqa merosimizni targ'ib qilishni kundalik tarzimizga aylantirish bilan javob qaytarishimiz lozim deb o'ylaman. Ta'lim muassasalarida ham taxsil olayotgan talablarni o'qitishda milliyligimizni aks ettiruvchi na'munalardan

5 Bobur Abdurahimov Maqomlarni targ'ib qilishdagi yutuq va bazi bir muammolari //SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal.// 849-bet

6Inatullayev, B. (2023). Farg'ona vodiysi qirg'izlari madaniyatida qirg'iz va o'zbek xalq qo'shiqlarining o'rni. O'zbek musiqiy merosining ta'lim tizimidagi o'rni va ahamiyati, 1(2), 80-83. Retrieved from https://inashr.uz/index.php/uzdsmi/article/view/210

7Bobur Abdurahimov Maqomlarni targ'ib qilishdagi yutuq va bazi bir muammolari. //SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal.// 847-bet

ncTTni^^H] 306 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

keng foydalanishimiz zarur. Bunday natijaga erishish uchun amaliyotda o'quv jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo'llashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Biz ulardan ba'zilari haqida to'xtalib qolishdan yiroq bo'lishimiz kerak. Ushbu metodik ko'rsatmalar, innovatsion texnologiyalar o'quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijobiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga va ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.8 albatta Evropa tajribasi bizni dunyo miqiyosida mustahkam o'rin topishimizga xizmat qiladi. Ammo, o'z milliy an'analarimiz, dunyoni mahliyo qilishga qodir musiqamiz (maqom, katta ashula, baxshichilik, lapar, yalla, v.x)ni chuqur bilish bizni milliy g'ururimizga dalda bo'la oladi deb qo'rqmay ayta olaman.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xolmo'minov, Mo'minmirzo Zokir o'g'li. M2017-2022-yillar mobaynida madaniyat va san'at sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi." Oriental Art and Culture 3.2 (2022): 558-567.// https://cyberleninka.ru/article/n/ 20172022-yillar-mobaynida-madaniyat-va-san-at-sohasida-amalga-oshirilgan-ishlar-sarhisobi

2. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

3. Rajabov I., Maqomlar masalasiga doir, T., 1963.

4. Matyoqubov Sh. Ananaviy ijrochilik tarixi. O'quv qollanma Toshkent, 2018. B. 9.

5. Bobur Abdurahimov «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal Maqomlarni targ'ib qilishdagi yutuq va bazi bir muammolari. 847-849-bet

6. Inatullayev, B. (2023). Farg'ona vodiysi qirg'izlari madaniyatida qirg'iz va o'zbek xalq qo'shiqlarining o'rni. O'zbek musiqiy merosining ta'lim tizimidagi o'rni va ahamiyati, 1(2), 80-83. Retrieved from https: //inashr.uz/index.php/uzdsmi/article/view/210

7. Bobur Abdurahimov EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE Ta'lim muassasalarida o'quvchilarning bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlashda innovatsion texnologiyalarning o'rni. 195,196-betlar.

8Bobur Abdurahimov Ta'lim muassasalarida o'quvchilarning bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlashda innovatsion texnologiyalarning o'rni. //EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE.// 195-196-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.