Научная статья на тему 'MAQOMDA KUY VA MATN MUNOSABATLARI'

MAQOMDA KUY VA MATN MUNOSABATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
65
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
maqom / kuy / matn / an’ana / sho‘ba / nazm / navo / bag‘ishlov / o‘n ikki maqom

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulhayo Rahmonjon Qizi Kenjayeva, D.Nosirov

Ushbu maqolada maqomda kuy va matn munosabatlari haqidagi ma’lumotlar, mulohazalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAQOMDA KUY VA MATN MUNOSABATLARI»

MAQOMDA KUY VA MATN MUNOSABATLARI

Gulhayo Rahmonjon qizi Kenjayeva Ilmiy rahbar: D.Nosirov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy fililai

Annotatsiya: Ushbu maqolada maqomda kuy va matn munosabatlari haqidagi ma'lumotlar, mulohazalar berilgan.

Kalit so'zlar: maqom, kuy, matn, an'ana, sho'ba, nazm, navo, bag'ishlov, o'n ikki maqom

RELATIONSHIPS OF MELODY AND TEXTS IN MAKOM

Gulhayo Rahmonjon kizi Kenjayeva Scientific supervisor: D.Nosirov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article provides information and comments about the relationship between melody and text.

Keywords: maqam, tune, text, tradition, branch, nazm, navo, dedication, twelve maqam

Shashmaqom o'zbek-tojik musiqa san'atining bebaho durdonasi va u qadim zamonlardan buyon bu xalqlar musiqa madaniyatining asosini tashkil etib kelgan. Maqomlar to'g'risidagi tarixiy va nazariy ma'lumotlar sharq yozma manbalarida, musiqaga bag'ishlangan risolalarda o'z ifodasini topgan. Xalqimiz hayotida musiqa azaldan beqiyos o'rin tutib keladi. Samarqand yaqinidagi Mo'minobod qishlog'idan 3200 yil muqaddam suyakdan yasalgan nay cholg'usining topilgani ham shundan dalolat. Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, ezgu, yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi.

Maqomlarning o'tmishda ijro etib kelingan namunalarining barchasi ham bizgacha yetib kelmagan bo'lsada, qadim yozma manbalardan ma'lum bo'lishicha, turli shakllarda bo'lgan. Xususan, "o'n ikki maqom" turkumi nisbatan mukammal bo'lib, Shashmaqomning shakllanishida dasturulamal bo'lgan. Maqomlar sharq xalqlari musiqasining parda asosida va ularning o'ziga xos musiqa boyliklari negizida yaratilgan. Ma'lum maqom yoki sho'baning kuy va ashula yo'li turli xalqlarda bir-biridan tubdan farq qiladi, hatto ularning parda asoslarida ham juda katta tafovut bor. Maqomlarning tarixiy taraqqiyot yo'li va shakllanish jarayoni o'tmish yozma musiqa manbalarida yoritilmaganligi bu masalani atroflicha va aniq tasavvur etishga imkon

ncTTni^^H] 245 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

bermaydi. Maqomotning bugungi kundagi shakli bo'lmish Shashmaqom Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlari va ularning sho'balaridan iborat. Aytish joizki, "Shashmaqom" bugungi mukammal holga o'z-o'zidan kelib qolmagan. Ushbu noyob meros musiqa bilan hayotini chambarchas bog'lagan, dunyoning bor go'zalliklarini, moziy kabi ko'hna ohanglarini tinglab his etgan insonlarning mashaqqatli izlanishlari evaziga qaytadan go'zal holga kelgan.

Sharq musiqa madaniyatiga oid tarixiy-nazariy asarlarda va mavjud tarixiy-adabiy xarakterdagi manbalarning ko'plarida maqomlarga alohida ahamiyat berilgan. Ko'plab musiqashunos olimlar tadqiqot olib borganlar va maqomlar haqida oz qarashlarini bildirib kelganlar. Shunga qaramay maqomlar borasida ko'pgina anglashilmovchiliklar va chalkashliklar hali-hanuz mavjud. Bu chuqur ilmiy-tadqiqotlar olib borishni talab etadi. O'zbek-tojik maqomlari nota bo'lmaganligi bois ustoz sozanda va xonandalardan shogirdlarga, avloddan avlodga og'zaki o'tib, bizning kungacha yetib kelgan va ular Shashmaqom turkumlaridan munosib o'rin olgan. Shashmaqom o'zbek-tojik xalq musiqa asarlari asosida yaratilgan 250 ga yaqin kuy va ashulalardan iborat va haqli ravishda bu xalqlar musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etadi.

Musiqa va she'riyat munosabatlarini o'rganish ilmda yangi mavzu emas. Kuy so'zdan, ma'nodan xoli emasligi azaldan ma'lum. Biroq, musiqa tili so'z nutqidan birmuncha farq qiladi. Kuy - tovushlar vositasida ifodalangan "so'zsiz mushohada" yoki voqelikdan mustasno his-tuyg'ular olami. Musiqa ohanglari so'zdagi ma'noni o'ziga xos yashirin, "pinhoniy til"da izhor etadi. "So'z tamom bo'lgan joydan kuy boshlanadi", deyilishining ma'nosi ham shunda. Ibn Sinoning "kuyning so'zdan ustunligi, so'zning jimlikdan afzalligiga barobar", o'xshatishni ishlatganligi bejiz emas. Musiqaning bunday xususiyati nutqning she'riy jihatlariga o'xshab ketadi. Ramziy-majoziy ma'nolarga to'la lirik she'riyat musiqaga juda yaqin. Shuning uchun maqom kuy va mumtoz g'azaliyot tinglovchida mushtarak birlikni tashkil etgandek tasavvur hosil qiladi.

Avloddan avlodga o'tib kelayotgan maqom an'analarini ko'zdan kechirsak, unda she'r va musiqa shaklan va mazmunan uyg'unlashib, bir butun badiiy asarga aylanib ketganini kuzatamiz. Ayni chog'da muayyan maqom yo'liga boshqa matn solib aytish, bir matnni boshqasiga almashtirish amaliyoti ham mavjud. Bu holat lotinchada "kontaminatsia" ("aralashtirish") deyiladi. Ammo amaliyotda an'anaviy manzuma (nazmlash) tushunchasi ko'proq ishlatiladi.

Maqomlar matnini almashtirib (manzuma) aytish tajribasi keng yoyilgan. Amalda qanday bo'lmasin maqom kuylarining ruhiyatiga to'la mos tushadigan so'z matnlari tanlashga urinilgan. Bunda she'rning nafaqat vazniga, ohangdor va ravonligiga, balki mazmunan musiqa mavzusiga qaratilganligi inobatga olingan. Shuning uchun ham hofizlarning dasturlarida kuy, ohang, cholg'u, mutanniy,

ITiy^^^BI 246 ISSN 2181 -063X/lmpact Factor 4.047 (SJIF 2021)

mutrib mavzularga oid she'rlar uzoq o'rnashib qolganligi bejiz emas. Buxoro Shashmaqomlarining eski asl matnlarida har bir maqom turkumiga bag'ishlangan she'riy lavhalar saqlanib qolgan. Ular shunchaki kuylab aytiladigan baytlar bo'lmasdan, mazkur maqomning mazmuni bilan bevosita bog'liq maxsus "she'riy bag'ishlovlar" vazifasini bajaradi. Har bir turkum yakunida suporishda aytiladigan matnlar maqomlarning ramziy mazmunini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunisi qiziqki, bunday matnlar badiiy uslub jihatdan mumtoz g'azaliyotda uchraydigan eski maqomlarning ta'riflarini eslatadi. Shashmaqom turkumlarida aytiladigan baytlar Najmiddin Kavkabiyning "O'n ikki maqom haqida" she'riy risolasining "o'n ikki maqom, olti ovoz va yigirma to'rt sho'ba"ga badiiy ta'rif beruvchi boshlanish qismiga o'xshab ketadi. Bu toifa ma'lumotlarni atroflicha o'rganish maqomot zaminidagi she'riyat-musiqa munosabatlarini izchilroq tadqiq etish uchun yaxshi imkoniyatlar yaratadi. Maqom ijrochiligida qo'llaniladigan cholg'u sozlarining bevosita kuy va ashulalar bilan bog'lanishini ikki tomonlama kuzatish mumkin. Bir tarafdan, cholg'ular amaliyot in'ikosi, asrlar mobaynida shakllangan musiqiy tafakkur mahsuli, ikkinchidan, ijro jarayoniga bevosita ta'sir o'tkazuvchi juda muhim omil sifatida namoyon bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.Matyakubov, An'anaviy ijrochilik san'ati tarixi, "Musiqa", Toshkent 2015

2. R.Tursunov, S.Mannopov, An'anaviy qo'shiq ijrochiligi uslubiyati, "Ijod dunyosi", Toshkent 2003

3. M.Eshmatov, An'anaviy xonandalik, "Xalq merosi", Toshkent 2003

4. S.K.Matyakubova, Maqom ritmlari solfedjio darslarida, "Musiqa", Toshkent

2011

5. T.G'ofurbekov, O'zbekiston musiqa madaniyati, "Musiqa", Toshkent, 2019

6. Sh.Shoraxmetov, Maqom yo'llaridagi mashqlar va kuylar to'plami, "Bilim", Toshkent 2005

247

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.