Научная статья на тему 'MAQOM TA’LIMINI YOSH KESIMIDA O‘QITISH METODIKASI'

MAQOM TA’LIMINI YOSH KESIMIDA O‘QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
70
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Maqom / metod / innovatsiya / Shashmaqom / ashula / “Sharob” / “Tanovar” / “Miskin” / honanda va sozanda / bastakor

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Umida G’Ulamjonovna Tojimatova

Ushbu maqolada maqom ta’limini yosh kesimida o‘qitishning yangicha metodlarini ishlab chiqish, musiqiy ta’limda olib borilayotgan yangiliklar haqida so‘z yuritilib, tavsiyalar berib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAQOM TA’LIMINI YOSH KESIMIDA O‘QITISH METODIKASI»

"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 4 / December 2022

MAQOM TA'LIMINI YOSH KESIMIDA O'QITISH METODIKASI

Umida G'ulamjonovna Tojimatova Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI

Annotatsiya: Ushbu maqolada maqom ta'limini yosh kesimida o'qitishning yangicha metodlarini ishlab chiqish, musiqiy ta'limda olib borilayotgan yangiliklar haqida so'z yuritilib, tavsiyalar berib o'tiladi.

Kalit so'zlar: Maqom, metod, innovatsiya, Shashmaqom, ashula, "Sharob", "Tanovar", "Miskin", honanda va sozanda, bastakor.

METHODOLOGY OF TEACHING MACOM EDUCATION IN YOUTH

GROUP

Umida G'ulamjonovna Tojimatova Own MMSI named after Yunus Rajabi

Abstract: This article discusses the development of new methods of teaching maqam in the age group, innovations in music education and gives recommendations.

Keywords: Makam, method, innovation, Shashmaqom, song, "Sharob", "Tanovar", "Miskin", singer and musician, composer.

Maqomlarga xos umumiylik bo'lmish aqliy teranlik, mantiqiy fikrlash asosida ma'naviy fazilatning barcha jabhalarini ongli ravishda o'zlashtirish orqali donolikka, savodxonlikka erishishni ta'minlash mumkin. Maqom ijrochiligi namunalarini o'quvchilarning yosh xususiyatlari-yu, dunyoqarashi, axloqiy-estetik taraqqiyotidan tortib ijroviy mahorat darajasidan kelib chiqqan holda o'qitish, ta'lim jarayoniga kiritish o'quvchilarning ma'naviyatini yuksaltiradi. Hozirda ta'lim muassasalarida musiqiy ta'lim-tarbiya berishdan asosiy maqsad ham o'sib kelayotgan yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga hurmat ruhida voyaga yetishini, qolaversa, milliy maqom san'atimizga bo'lgan mehrini oshirishdan iborat.

Soha mutaxassislarining ta'kidlashicha, mumtoz maqom yo'llari o'zining nafis va dilkash, chuqur falsafiy ma'noga ega hamda ta'sirchan cholg'u va aytim yo'llari bilan xalqimizni qadimdan bahramand etib kelgan. Maqomlarning necha asrlardan buyon yashab kelayotgani bir qator omillar, xususan, ustazoda hofizu sozandalar bo'lmish mutrib va mug'anniylarning yuksak ijrochilik mahorati bilan chambarchas bog'liq deyishimiz mumkin.

60

http://oac.dsmi-qf.uz

Xalq musiqa san'atining jonli ifodasini aks ettiruvchi omil bu - ijrochilik amaliyoti hisoblanadi. Ijrochilik amaliyoti qanchalar yetuk va mukammal, salohiyatli bo'lsa, uning ijodiyotga ta'siri ham ulkan bo'ladi.

"Umumiy o'rta ta'lim maktablarining VI sinflari uchun S.Begmatov, D.Karimova, Q.Mamirovlarning "Musiqa" darsligi, O.Ibrohimov, J.Sadirov tomonidan yaratilgan VII sinf uchun "Musiqa" darsliklarida mumtoz musiqa haqida tushuncha, kuylar, ashulalar, Shashmaqom, maqom turlari haqida bayon etilgan. Har bir mavzu bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib tinglash va kuylash uchun ijro namunalari keltirilgan. Darslik mavzularini o'rganish jarayonida kuylash amaliyoti bo'yicha ko'pgina mulohazalar yuzaga keladi. VI sinf musiqa darsligida har bir chorakda muayyan mavzuni yoritishga qaratilgan.

O'quvchilar choraklar davomida Shashmaqom, Chormaqom, Xorazm maqomlari ijrochilik maktablari haqida nazariy ma'lumotlarga ega bo'ladilar. Biroq, maqom ashulalarini kuylash bo'yicha ko'nikma va malakalarni egallash uchun ijro namunalari taqdim etilmagan. Buning asosiy sababi, mazkur maqom ijrochiligi maktablarida ashula namunalari katta diapazonli, yuksak ijrochilik mahoratini talab qiladigan asarlardan iborat. Shuning uchun mualliflar asarlarni berishdan mulohazaga borganlar.

Ashulalarni o'quvchilarning yosh xususiyatlari, dunyoqarashi, axloqiy-estetik taraqqiyot darajasiga ko'ra tanlashda voha ashulachilik ijro namunalari — mumtoz ashula darajasidagi asarlari ko'plab uchraydi. Masalan, xalq qo'shiqlari "Sharob", "Tanovar", "Miskinlar", "Farg'onacha", o'tmish bastakorlar ijodi "So'lim", "Dilxiroj", "Sallamno" kabi o'nlab ashulalar, mumtoz ashulalardan "Chorgoh 4", "Qashqarcha", "Rok", "Sarohbori", "Dugoh 2-3" taronalari shular jumlasidan"1[III].

Musiqa ta'limining boshlang'ich ta'limi muassasalarida ta'lim olayotgan yosh musiqa ixlosmandlari, kichik yoshdagi maqom ijrochilari uchun ana shunday darslik va o'quv qo'llanmalarining yozilishi bugungi kunda maqom ta'limini sifatli tashkil qilishda ayni muddao bo'ladi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Yuqorida nomi keltirib o'tilgan mazkur darslikning ashula qismiga mumtoz kuylarimizdan bo'lmish o'rtacha murakkablikdagi "Farg'onacha janon" "Ey sarviravon", "Sarohbori dugohning yengil taronalari", "Qalandar", "Soqiynoma" va "Uforlar"dan namunalar kiritish orqali maqomlarimizning yosh ovozlarda ham tarannum etilishiga erishish mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, maqom ijrochiligida bir qancha avlodlarga mansub mashhur honanda va sozandalarning ijroviy mohirligi va tajribalari bu sohani yuksalishiga olib kelgan. Bunda ustoz darajasiga yetgan bastakor va ijrochi o'zining ijodiy bisotidan shogirdlariga "o'rgatish" bilan mumtoz musiqa namunalarini abadiylashtirishga o'z hissaslarini qo'shishgan. Shogirdlar ham ushbu qoidaga amal

1 Nazarova I. Maqom san'atini o'qitishning dolzarb masalalari

I fcclT^^^^HI 61 http://oac.dsmi-qf.uz

qilgan holda ustozlardan olgan ilmiy-ijodiy malakalarini yanada sayqallashtirib, o'z navbatida kelgusi avlod vakillariga yetkazishga harakat qilishi va bu an'anani davom ettirishi lozim.

Kaykovusning "Qobusnoma" asarida "Hofiz va sozandalik zikrida" nomli bob mavjud. Ushbu bobda bo'lajak hofiz va sozandalarga ko'plab tavsiya va ko'nikmalar berib o'tilgan. Ushbu manbada biz muallif yashagan davrda xalqning har bir tabaqasi tabiatiga mos ravishda kuylar tuzishganligini ko'rishimiz mumkin. Bunday tabaqalardan biri esa yosh bolalar va nozik ta'b kishilar, ya'ni ayollar bo'lishgan.

"Bu qavm uchun, taronani ishlab chiqdilar, toki bu qavm ham bahra olsinlar, rohat qilsinlar. Chunki hamma vaznlarning orasida taronadin yoqimli vazn yo'qdur" deydi Kaykovus o'zining "Qobusnoma" asarida.

XIX asrning oxiri XX asrning birinchi yarmida maqom ijro an'analarining buyuk davomchilaridan biri, benazir hofiz va sozanda Abdulaziz Rasulov shogirdlarining ijodiy mahoratini oshirish maqsadida maqomlarni bilib olgan yosh ashulachilarga bitta ashulani turli variantlarda ko'rsatib, ularni mustaqil improvizatsiya qilishga o'rgatar edi. Ustoz shogirdlaridan shu tariqa ijro ham ijodiy barkamollikka erishishni talab qilar edi. "Ustoz-shogird" maktabi asosida maqomlarni o'rganish uzoq o'tmishda shakllangan va hozirgacha davom ettirilmoqda. Ijrochilik sabog'i azal - azaldan an'anaga ko'ra ustoz-shogird ko'rinishida amalga oshirilgan. Har bir shogird o'z ustozi nazoratida va tarbiyasida bo'lgan.

Musiqa san'ati va badiiy adabiyotga xos bo'lgan soz chertish, ashula aytish, so'zni to'g'ri talaffuz qilish, she'r va g'azallarning ma'nosini anglash, musiqiy merosni o'rganish doimo ustozlarning nazoratida bo'lgan. Shogirdning xalq oldida, musiqa ixlosmandlari oldidagi mustaqil xonish qilishi ustozning bevosita ijozati bilan amalga oshirilgan.

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy hayotda mavjud barcha sohalar qatori musiqa san'ati ham alohida tadqiq etilishi zarur ekanligi ko'rinib turibdi. Maqom ta'limini yosh kesimida o'qitishning yangicha metodlarini ishlab chiqish orqali milliy mumtoz musiqamizni yanada keng targ'ib qilish mumkin. Ajdodlarning bebaho merosidan bahramand bo'lmay turib taraqqiyotga erishish mumkin emas. Shu bois, an'analarga sodiq qolgan holda maqom ta'limiga innavatsion texnalogiyalar, yangicha yondashuvlar kiritish davr talabi deyishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qodirov. D. Q. An'anaviy qo'shiqchilik. Iqtisod-moliya nashriyoti. 2008-yil;

2. Begmatov.S., Karimova.D., Mamirov.Q. Musiqa. 6-sinf uchun darslik. G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. — T.: 2008-yil;

I icclT^^^^H 62 http://oac.dsmi-qf.uz

3. Nazarova I. Maqom san'atini o'qitishning dolzarb masalalari. "Молодой учёный". № 4 (294). Январь 2020 г.

63

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.