Научная статья на тему 'MAQOM TA’LIMI INSONIYAT MA’NAVIY MADANIYATINING MUHIM TARKIBIY QISMI SIFATIDA'

MAQOM TA’LIMI INSONIYAT MA’NAVIY MADANIYATINING MUHIM TARKIBIY QISMI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
46
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
maqom / madaniyat / ma’naviyat / uslub / ijrochilik / cholg‘uchilik / xonandalik / mahorat / ohang / ruhiyat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mavlyuda Madaminovna Karimova

Maqolada Oʻzbekistonda mavjud boshlangʻich maqom taʼlimining uslubiyotlari, tarixiy-nazariy asoslari, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida maqom ilmini o‘qitishning dolzarb masaalari xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAQOM TA’LIMI INSONIYAT MA’NAVIY MADANIYATINING MUHIM TARKIBIY QISMI SIFATIDA»

MAQOM TA'LIMI INSONIYAT MA'NAVIY MADANIYATINING MUHIM

TARKIBIY QISMI SIFATIDA

Mavlyuda Madaminovna Karimova Andijon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Maqolada O'zbekistonda mavjud boshlang'ich maqom ta'limining uslubiyotlari, tarixiy-nazariy asoslari, oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida maqom ilmini o'qitishning dolzarb masaalari xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: maqom, madaniyat, ma'naviyat, uslub, ijrochilik, cholg'uchilik, xonandalik, mahorat, ohang, ruhiyat

MAKOM EDUCATION IS AN IMPORTANT PART OF THE SPIRITUAL

CULTURE OF HUMANITY

Mavlyuda Madaminovna Karimova Andijan State Pedagogical Institute

Abstract: The article discusses the methodology, historical-theoretical foundations of primary makom education in Uzbekistan, current issues of makom education in higher and secondary special educational institutions.

Keywords: makom, culture, spirituality, style, performance, instrumentation, singing, skill, melody, spirit

Bugungi kunda kelajak egalari bo'lmish yoshlarning ma'naviy kamol topishi, turfa sohalarda yetuk mutaxassis bo'lib yetishishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Xususan san'at sohasini rivojlantirish, ilmiy-ijodiy barkamol yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan qator qaror va farmonlar fikrimizni mustahkamlaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-son qarori "BMSMlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo'yicha 2009-2014-yillarga mo'ljallangan Davlat dasturi to'g'risida"gi, 2015-yil 20-noyabrdagi PQ-2435-son "Bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha 2016-2020-yillarga mo'ljallangan Davlat dasturi to'g'risida"gi, hamda 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorlari qabul qilindi. Ushbu PQ-3391-sonli qarorining 3-bandida: "Xalqimiz, xususan, yosh avlodni maqom san'ati bilan keng tanishtirish orqali ularda milliy o'zlikni anglash tuyg'usi yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish"; 4-bandida: "Respublikadagi mavjud bolalar musiqa va san'at maktablari hamda

I icclT^^^^H ^64 http://oac.dsmi-qf.uz

madaniyat va san'at kollejlari, akademik litseylarda maqom san'atini o'qitish bo'yicha bo'limlar faoliyatini yanada kuchaytirish" deb nomlangan ko'rsatmalar aniq keltirib o'tilgan. Davlatimiz tomonidan o'sib kelayotgan avlodga ko'rsatilayotgan alohida e'tibor natijasida O'zbekistonda bolalar musiqa va san'at maktablari, maxsus musiqa maktablari, xususan, maqomga ixtisoslashtirilgan maktablar sohaviy ta'limning ilk bo'g'ini o'laroq zamonaviy, ilg'or yondashuvlarni taqozo etadi. Bu jarayonlarda boshlang'ich maqom ta'limida uchraydigan muammolarni o'rganish, ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlab, bartaraf etish choralarini izlash, yechim topish dolzarb masaladir.

Bizgacha yetib kelgan ijodiy meros og'zaki an'anadagi professional musiqa -maqom tom ma'noda musiqa san'atining nafis va noyob durdonasi der ekanmiz, YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e'tirof etilgandir. Oldimizda turgan masala, kelajak egalariga maqom san'ati falsafasi uning noyob ohanglarida jo bo'lganini tushuntirish, singdirishlan iborat. Bunga erishish uchun albatta, kompyuter texnologiyalardan foydalanib, maqom musiqasi va ilmiga bag'ishlangan turli o'yinli dasturlarni programmalashtirish, o'quv jarayonidagi darslarni ham turli multimediali ishlanmalar, tarbiyaviy ahamiyatga ega rivoyat, hikoyalarga e'tibor qaratgan xolda olib borish zarur deb o'ylaymiz. Buning sababi, har bir inson bolaligidan qanday muhit va sharoitda ulg'aysa, ta'lim-tarbiya ko'rsa albatta kelajakda o'z mevasini beradi.

Musiqa insoniyat ma'naviy madaniyatining muhim tarkibiy qismi sifatida shakllangan. Tarixiy manbalarda musiqa asboblarining so'nggi paleolit davrida paydo bo'lganligi haqidagi ma'lumotning qayd etilishi insoniyat yosh avlodni kamolga yetkazishda juda qadimdan ohang va so'z yordamiga tayanganligini anglatadi. Bu holat Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham o'z aksini topgan. Jumladan, M.Kavkabiy, Abu Nasr Forobiy va Abu Ali Ibn Sino asarlarida musiqa ilmining shakllanish va rivojlanish tarixi, musiqaning inson ruhiyatiga ijobiy ta'siri masalalari tahlil etilgan.

Maqomlarning uzoq o'tmishdagi jonli namunalarini o'rganishga imkon beradigan nota yozuvlari amalda bo'lmagani uchun ularning amaliy masalalarini o'rganish doirasi ancha cheklangan1. Bundan kelib chiqadiki, maqomlarning amaliy jihatdan taraqqiyot yo'li bizga qorong'idir. Saroy ijodkorlari hamda ijrochilari bo'lmish maqomdonlarning ijodiy jarayonlari, ustoz-shogirdlik an'analari to'g'risida kundaliklar yoki esdaliklar balkim yozilgandir, lekin ular bizgacha yetib kelmagan. Yetuk rus musiqashunosi, folklorshunos olimi hamda pedagogi V.M.Belyayev tomonidan 1930-yil "Alanga" jurnalining 2-sonida nashr etilgan "Buxoro musiqa maktabi haqida"2 deb nomlangan maqolasida ham aniq jarayonlar yoritilmagan. Bilamizki, bugungi kun ertaga tarixga aylanadi va tarix - bu jarayondir. Shu sababli,

1 Rajabov I.R. Maqomlar. (nashrga tayyorlovchi va maxsus muharrir O.Ibrohimov). - Toshkent: "San'at", 2006, 12-b

2 Belyayev B.M. Buxoro musiqa maktabi haqida. - Samarqand: // Alanga jurnaki. 1930, 2-b

I fccIT^^^^HI 765 http://oac.dsmi-qf.uz

amaliy ijrochilikdagi maqom san'ati ta'limini o'rganib chiqmoqchimiz. Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlanib aynan maqom musiqasini ta'limga kirib kelishi o'z-o'zidan bo'lmagan. Mustaqillikning birinchi o'n yilligi davridan ko'plab ilmiy-amaliy konferensiya, seminar, ijodiy uchrashuvlar tashkil etilib, undan o'rin olgan maqolalarda soha mutaxassisi (Ravshan Yunusov, Oqilxon Ibrohimov) va boshqalarning qimmatli fikr, taklif, beminnat sayi harakatlari natijasidir. Qator ilmiy maqolalar bilan tanishib, ko'plarida bir umumiy g'oya, targ'ibot kuzatildi. O'zbekona yangilangan musiqiy ta'lim tizimini joriy etishni umumiy o'rta ta'lim maktablari va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari, ijodiy uylardan boshlamoq kerakligi ko'p takrorlangan. Maqom dastalari tuzish, unga rahbarlik qilish, jarayonlar qanday tashkil etilishi bo'yicha ham qimmatli fikrlar keltirib o'tilgan. Misol uchun, maqomshunos olim, san'atshunoslik fanlari doktori, professor Ibrohimov Oqilxon Akbarovich maqolalarining birida: "Dasta rahbari yakka va guruh bilan ishlashda zaruriy ko'rsatmalar berishi va nota yozuvlaridan ham foydalanishi mumkin. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, og'zaki an'ana maxsuli bo'lgan maqomlarning barcha muhim jihatlari nota yozuvi vositasida doim ham to'liq aks etavermaydi. Bu yuksak san'atning ma'no-mohiyati esa malakali jonli ijro jarayonidagina ayni tarannum etiladi"3. Maqom san'ati og'zaki an'ana shaklida bizgacha yetib kelgan, buning to'laqonli ijro imkoniyatlari nota yozuvlarida aks etmasligi aniq. Lekin o'quvchilarda ijro etayotgan asarlarini aniqroq tushunishlari uchun moddiy yozuv manbai bo'lmish notalar bilan ishlash malakasi bo'lmog'ligi maqsadga muofiqdir.

Maqolaning yana bir qismida: "Yosh avlodga xalq musiqasi asosida ta'lim-tarbiya berish masalasi favqulotda muhimdir. Zero sho'ro davri maktablarida "musiqa" darslarining mohiyat-yo'nalishi yevrotsentrizm g'oyaviy oqimi va o'quv-uslubiyotiga qurilgan edi. Buning natijasida tabiiyki o'zining qadrdon milliy kuy-ohanglaridan begonalashgan avlodlar yetishib chiqa boshladi. Boshqacha aytganda, o'zbek xalqi o'z tili bilan birga yana o'z dili (musiqasi)dan ham uzoqlashtirila boshlandi. Milliy kuylar tarovatidan benasib yigit-qizlarimiz manqurdsifat parda-ohanglarida (ya'ni kelib chiqishi noma'lum o'z ildizini yo'qotgan) qo'shiqlar kuylab o'zligini unuta boshlayozdilar. Demak, endilikda oxir-oqibati milliy qadriyatlarimiz uchun xafli va halokatli bu oqimni zudlik bilan to'xtatib, vaziyatni haqiqat tomon o'zgartirish choralarini amalga oshirish zarur bo'lmoqda"4.

Ko'rinib turibdiki, bunday fikr-mulohazalar mustaqillikning ilk yillaridan keng aytilgan, ilmiy maqolalarda yozilgan...lekin, amaliyotda ko'pam natijalar o'z bo'yini ko'rsatmagan. Demak, ijro amaliyotdagi maqom ta'limi bugungi kunda qanday bosqichlarga kelgan, olib borilayotgan jarayonlar biz uchun sirli va qiziqarli jumboq

3 Ibrohimov O.A. Umumiy ta'lim maktablarida maqomlarni o'rganish masalalariga doir. - Toshkent: // Musiqada ta'lim va tarbiya birligi. 1996, 71-b

4 Ibrohimov O.A. Umumiy ta'lim maktablarida maqomlarni o'rganish masalalariga doir. - Toshkent: // Musiqada ta'lim va tarbiya birligi. 1996, 69-b

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

hisoblanadi. Eng avvalo, barhayot maqom an'analari har qanday musiqiy faoliyat kabi uchta asosiy tamoyilga tayanadi: tinglovchi, ijrochi va yaratuvchi. Ana shu uchta tamoyil negizida musiqa san'atining mushtarak jarayoni yuzaga keladi5.

Yuqorida sanab o'tilgan uch tamoyilni birinchisi tinglovchi aslida biror musiqiy xarakterdagi yoki kayfiyatdagi asar bor bo'lsa tinglaydi. Keyingi tamoyil ijrochi o'rganishlar, izlanishlar natijasida alloh tarifidan qalbga solingan go'zal ohanglardan yaraluvchi asarni ijro etadi. So'nggi tamoyil yaratuvchi ustoz ijrolarni tinglab, ulardan ma'lum vaqt davomida ta'lim va tarbiya olmog'ligi ortidan o'zlashtiradi. Asta-sekin o'zi ham mustaqil tarzda asarlar ijro etib komillik sari yetib boradi. Musiqiy asarlarni yod olib, ijro etishlardan go'zal talqinlar paydo qiladi. Natijada o'zidan ham bir qator nafis asarlar ijod etib, yangi asarlar yaratadi. Ijro va talqin masalasini O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi, san'atshunoslik fanlari doktori, O'zbekiston davlat konservatoriyasi professori T.B.G'ofurbekov juda ko'p ma'ruzalarida alohida to'xtalib o'tganlar. Shundan kelib chiqib biz ham tushunganimizcha ijro va talqin masalasiga to'xtalib o'tmoqchimiz.

Ijro - bu biror cholg'u yoki ashula asarini obdon yod olib, o'rganib ijro etib bermoqdir. Bu yerda deyarli temp, texnika, dinamika hammasi o'z o'rnida bo'lmog'ligi shart. Lekin nimadir kamlik qiladi...

Talqin - bu ham xuddi ijro atamasida mavjud bosqichlardan o'tadi, ammo farqi shundaki asarga ijro etayotgan insonning qalbini bir bo'lagi jo bo'ladi, uni o'zidan o'tkazib, bor vujudi bilan tinglovchiga yetkazib beradi. Temp, texnika, dinamika bularning barchasi yaratgan muallifi (bastakor) ko'rsatib bergan nuqtasidan ham aniqroq ohanglarni ifodalaydi. Zero, yurak-kalb bilan ulanmagan ijro borki his-hayajon va dardli ohang tarannum etishga qodir emas6 .

Aynan amaliyotdagi maqom ta'limida ijod jarayonida o'zlashtirilgan bilim hamda ko'nikmalar qanday olib boriladi, shundan so'ng ijrodan talqingacha bo'lgan yo'li qay tarzda bosib o'tiladi degan masalalarni qator ta'lim muassasalari misolida ko'rish mumkin.

Bolalar musiqa va san'at maktablari va Glier nomidagi RIMMda ijodiy dars jarayonlari, imtixonlar, konsert dasturlarida ustozlarni pedagogik mahoratlari va ish hujjatlari ham atroflicha o'rganildi:

- ish hujjatlaridan eng asosiysi ikkala ta'lim maskanlari o'quvchilari uchun ajratilgan o'quv soatlarni jadval asosida keltiramiz. Mazkur jadvaldan oldin kichik tushuntirishlar berib o'tish joiz deb topildi;

- Bugungi kunda "An'anaviy ijrochilik" yo'nalishi "An'anaviy xonandalik" hamda "An'anaviy cholg'u ijrochiligi" bo'limlariga bo'linadi;

5 Matyaqubov O.R. "Maqomot". - Roshkent: "Musiqa" nashriyoti. 2004, 286-b

6 Begmatov S.M. Hofizlik san'ati (O'quv-uslubiy qo'llanma) - Toshkent: "Musiqa" nashriyoti. 2007, 5-b

I fccIT^^^^HI 767 http://oac.dsmi-qf.uz

- O'quvchilar umumiy o'rta ta'lim maktabining 5-sinfidan bolalar musiqa va san'at maktablari hamda Glier nomidagi RIMMning "An'anaviy ijrochilik" yo'nalishlariga qabul qilinadi.

Bolalar musiqa va san'at maktablarida hamda Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi (RIMM)dagi fanlar, ajratilgan soatlar ta'lim muassasalarining oldiga qo'yilgan rejasi hamda maqsadlaridan kelib chiqib bir-biridan farq qiladi.

1999-2001-yillardan boshlang'ich ta'lim sohasiga kirib kelgan maqom san'ati respublikaning turli hududlarida turlicha rivojlana boshladi. Asosan Farg'ona-Toshkent, Buxoro, Xorazm kabi mahalliy tarmoqlarda yetuk xofiz, sozanda va musiqashunoslar tomonidan o'quv amaliyotlar boshlab yuborildi. Biz esa faqatgini Farg'ona-Toshkent hududida mavjud ta'lim maskanlaridan izlanishlar olib boramiz. Ushbu fikrni isboti, qator imkoniyatlar mavjud bo'lgan ta'lim muassasalaridan biri, ijodiy izlanishlar olib borilayotgan Glier nomidagi RIMMning o'quv jarayonida mavjud fanlar va ajratilgan soatlarning ilmiy-amaliy ahamiyatini keltirib o'tamiz. "An'anaviy ijrochilik" ixtisosligi 1999-yil fakultativ (ixtiyoriy, ko'ngilli) ya'ni tanlov fan sifatida o'z ish faoliyatini boshlagan. Bo'limning o'sha vaqtdan buyon ishlab kelayotgan ustozi Hilola Karimova shunday xotirlaydi: "Hozirgi O'zbekiston davlat konservatoriyasining "An'anaviy xonandalik" bo'limini tamomlab ishga kelganman. U vaqtlar alohida yo'nalish, bo'lim ochilmagan bo'lgan. Fakultativ tarzida bos hqa yo'nalish o'quvchilaridan qiziquvchilarga haftasiga 0,5 soat ajratilar edi. Tanlov fan sifatida dars berib kelganman. 2001-yil may oyida bizga qiziqib kelgan o'quvchilardan chiroyli ijrolarni jamlab, vazirlikka konsert qo'yib berganmiz. Shundan so'ng alohida bo'lim sifatida tashkil etilib faoliyat boshladik. Bugungi kunga kelib, alohida kafedra bo'ldik. Kafedra "An'anaviy ijrochilik" deb nomlanadi. Ushbu yo'nalish o'z o'rnida "An'anaviy xonandalik" hamda "An'anaviy cholg'u ijrochiligi" bo'limlaridan iborat".

Maqom ilmining tarixiy-nazariy fan kesimidagi jarayoni to'g'risida IX-XIV asrlarning qomusiy olimlari (Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Qutbiddin ash-Sheroziy)ning musiqaga bag'ishlangan risolalarida musiqiy-nazariy va musiqiy-estetik qarashlari keng qamrovli ilmiy-nazariy asosda bayon etilganligini kuzatishimiz mumkin. XV-XVIII asrlar davomida ijod qilgan sozanda, xonanda va bastakorlarning faoliyatini, maqomchilik san'ati ustida ish olib borgan ijodkorlarga ijobiy hamda tanqidiy fikrlarni Alisher Navoiy, Darvesh Ali Changiy kabi olimlarning risolalaridan ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Abu Nasr Forobiyning musiqa risolalarida maqomlar masalasi ilk bor sharhlab berilgan edi. Bilamizki, Ibn Sino jahon musiqasida birinchi bo'lib sof soz tizimini aniqlagandir. Shuni aloxida aytish kerakki, Safiuddin Urmaviy o'z asarlarida "O'n ikki maqom" ("Duvozdahmaqom"), "Ovoza" va "Sho'ba"lar masalasini birinchi bo'lib tizimlashgirib berdi. Qutbiddin ash-Sheroziy musiqa nazariyasi va amaliyotining birinchi galdagi vazifasi insonni komolotga

boshlash deb bilgan bo'lib, uning ta'limotida komillikning mezoni - musiqaning tinglovchiga ko'rsatadigan ta'siridir.

Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois" ("Nafis majlislar"), "Mahbub ul-qulub" ("Ko'ngillarning sevgani") asarlarida qator kasb egalari, shoir, yozuvchi va olimlar, sozanda, xonanda-yu bastakorlar ijodi xususida ma'lumotlar bayon etilgan. Darvesh Ali Changiyning "Tuhfat us-surur" ("Shodlik tuhfasi") risolasida 350 ga yaqin sozanda, xonanda va bastakorlar haqida qimmatli ma'lumotlar berilagan. XVIII asrning ikkinchi yarmida Buxoroda maqom san'ati rivojlanib Shashmaqom to'la-to'kiz shakllanib bo'lgan edi. O'tgan asrlar davomida vaqt zilzilasidan eson-omon bizni davrgacha yetib kelgan maqom san'ati ilmining tarixiy-nazariy fan kesimidagi jarayonlari XX asrning ikkinchi yarmida ta'limga kirib kelgan. Ko'plab maqom xonanda-yu, sozanda hamda musiqashunos ustozlari ilmiy-ijodiy faoliyatlari davomida faxrlangudek natijalarni ko'rsatib berishgan. Lekin shu kungacha bu ta'lim jarayoni bir yoki bir nechta ustozlarning pedagoglik faoliyati aks etgan, ilmiy-pedagogik jarayonlar muxrlangan manbalar yo'q. Ammo, hofizlik, sozandalik, bastakorlik ijodi, yaratilgan hamda ijro etilgan, shu bugungi kungacha o'z shinavandalariga ega asarlar tarixi, tahlili, kerak bo'lsa qaysi ustozlardan yetib kelganligi atoroflicha yoritilgan. Bugungi kun ta'lim maskanlarida maqom tarixi va nazariyasini faqat "An'anaviy ijrochilik" yo'nalishi o'quvchilari o'rganmayapdi. Endilikda musiqa sohasini barcha yo'nalish o'quvchilariga maqom san'ati ilmidan saboq berilmoqda. Aynan 1 bobning 2 faslini "Tarixiy-nazariy fanlarda maqom san'ati ilmi" deb olganimiz ham bejiz emas. Ushbu nomlanish ikki xil g'oyada aks etishini ko'zladik:

1. Maqom ijrochiligi maktablaridan tashqari, maqomni o'ziga yarasha qonun-qoidalari, nazariyasini o'rgatuvchi omillar ta'limda qanaqa olib borilayotgan bo'lsa shularni o'rganmoqchimiz;

2. Maqomning nazariy ta'limi faqatgina maqom ijrochilariga o'rgatilishi emas, balki musiqa san'atini qaysi yo'nalishida ta'lim olishidan qat'iy nazar har bir o'zbekman degan millatning fuqorosi tushuncha olmog'ligi uchun, maqom tarixi va nazariyasini juda to'liq bo'lmasa ham qisman bilib, o'rganib borayotgan jarayonlarni guvohi bo'lib turibmiz.

Xulosa shuki, boshlang'ich maqom ta'limining metodologik masalalari bugungi kun o'quvchisining intellektual saviyasi va ehtiyojlariga bog'liqdir. Masalaning murakkabligi esa eski, qadimiy qadriyatlarni yangi va zamonaviy qobiqda taqdim eta bilish va yoshlarning ongiga, ruhiyatiga singdira bilishdadir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Begmatov S.M. Bastakorlar ijodi. - Toshkent: (O'quv-uslubiy qo'llanma), "Niso poligraf"' nashriyoti, 2017-y, 139-b.

2. Begmatov S.M. Hofizlik san'ati. - Toshkent: (O'quv-uslubiy qo'llanma) "Musiqa" nashriyoti, 2007, 127-b.

3. Belyaev.B.M. Buxoro musiqa maktabi haqida. - Samarqand: // Alanga jurnali. 1930, 2 b

4. Dadajonova I. Qutbiddin ash-Sheroziyning musiqiy-estetik qarashlarida Ibn Sino ta'limotining ahamiyati. - Toshkent- Buxoro: // Ibn Sino xalqaro yqishlari ilmiy-amaliy anjuman tezislari, 2000, 40-41-bb.

5. Jabborov A.H. O'zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari. - Toshkent: "Yangi asr avlodi" 2004, 464-470 b.

6. Vizgo T.S. Muzikalnie instrumenti Sredney Azii. - Moskva: "Muzika", 1980, 190-b.

7. Ibrohimov.O.A. Maqom asoslari - Toshkent: O'quv qo'llanma. "Turon-Iqbol". 2018, 158-b.

8. Ibrohimov.O.A. O'zbek xalq musiqa ijodi. - Toshkent: metodik tavsiyalar,

1994

9. Ibrohimov.O.A. Fergano-Tashkentskiye makomi. - Tashkent: Monografii, Media land, 2006, 176 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.