Научная статья на тему 'MAQOM SAN’ATINING SHAKLLANISHIDA TEMURIYLAR DAVRINING IJODIY MUHITI'

MAQOM SAN’ATINING SHAKLLANISHIDA TEMURIYLAR DAVRINING IJODIY MUHITI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
26
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maqom / Ilm / odob qubbasi / navo / soz / adabiy-musiqiy dostonchilik / status / science / dome of etiquette / melody / word / literary and musical epic.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mamadjanov, Ulug’Bek Valiyevich

Maqolada maqom san’ati, uning Temuriylar saltanati davrida maqom san’atini taraqqiyotining yuksak bosqichlariga erishgan davri rivoji yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CREATIVE ENVIRONMENT OF THE TEMURIAN PERIOD IN THE FORMATION OF MAQOM ART

The article describes the development of the art of maqom, the period when it reached the highest stages of development of the art of maqom during the reign of the Temurids.

Текст научной работы на тему «MAQOM SAN’ATINING SHAKLLANISHIDA TEMURIYLAR DAVRINING IJODIY MUHITI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAQOM SAN'ATINING SHAKLLANISHIDA TEMURIYLAR DAVRINING

IJODIY MUHITI

Ulug'bek Valiyevich Mamadjanov

Farg'ona Davlat Universiteti Musiqiy ta'lim va madaniyat kafedrasi o'qituvchisi servisredmi824@gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqolada maqom san'ati, uning Temuriylar saltanati davrida maqom san'atini taraqqiyotiningyuksak bosqichlariga erishgan davri rivoji yoritiladi.

Kalit so'zlar: maqom, Ilm, odob qubbasi, navo, soz, adabiy-musiqiy dostonchilik

АННОТАЦИЯ

В статье описывается развитие искусства макома, период, когда оно достигло высших этапов развития искусства макома в период правления Темуридов.

Ключевые слова: статус, наука, купол этикета, мелодия, слово, литературно-музыкальный эпос.

ABSTRACT

The article describes the development of the art of maqom, the period when it reached the highest stages of development of the art of maqom during the reign of the Temurids.

Keywords: status, science, dome of etiquette, melody, word, literary and musical

epic.

KIRISH

Yurtboshimizning maqom san'atiga bo'lgan e'tibori tufayli ushbu san'atning rivoj topishi, bu borada xizmat qilayotgan san'atkorlarning mehnatini ulug'lanishi hamda tarixga muhrlangan maqom san'ati rivojiga o'z xissasini qo'shgan insonlarni ruhini shod etilishi xaqiqatdan ham maqtovga sazovordir. Bu borada maqom san'ati ihlosmandlari va asrlar osha kelayotgan milliy qadriyat bo'lmish maqomlarning jahonshumul ahamiyatini to'lqinlanib satrlarga bitging keladi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori milliy san'atimizga bo'lgan yuksak e'tiborni ifodalovchi tarixiy hujjat bo'ldi. Unga asosan, 2018 yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san'ati anjumani o'tkaziladi. 2018 yil 6 aprelda Prezidentimizning ushbu yo'nalishdagi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

navbatdagi hujjati - "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida" gi qarori qabul qilindi1. San'at bayramining dastlabkisi 6-10 sentyabr kunlari bo'lib o'tishi belgilandi.

XIV - XVI asrlarda jahon ahlining ilm va ziyo markaziga aylangan Shahrisabz "Ilm va odob qubbasi" sifatida dunyoda shuhrat qozongan. Tarixiy manbalarda Amir Temur hukmronligi davrida bu yerga boshqa yurtlardan ko'plab tolibi ilmlar, madaiiyat va san'at namoyandalarining kelganligi, ularning ijodi haqida ma'lumotlar bor.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Haqiqatan ham, Shahrisabz buyuk sarkarda, ma'rifatparvar davlat arbobi Amir Temur tug'ilib voyaga yetgan go'sha sifatida, nafaqat mahobatli tarixiy me'morchilik yodgorliklari bilan, balki madaniyat va san'at o'chog'i sifatida ham dovrug' qozongan. Qadimda ushbu manzilning adabiy-musiqiy dostonchilik hamda maqom ijrochiligi bilan mashhur bo'lganligi to'g'risida ko'plab ma'lumotlar uchraydi. Bu davrda sohibqiron bobomiz tomonidan musiqa ilmi va amaliyotiga katta e'tibor qaratilgan. Shu jihatdan o'zbek maqom san'atining shakllanishida Temuriylar davri ijodiy muhiti alohida ahamiyat kasb etgan.

Temuriylar saltanatining ikkala poytaxti Samarqand va Hirot madaniyatining o'ziga xos tomonlaridan biri - musiqaning dunyoviy san'at sifatida gullab-yashnashidir. A.Fitrat o'zining "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" kitobida Xirotning ma'naviy yuksalishini chig'atoy (o'zbek) madaniyatining "oltin davri" deb ataydi. Aynan shu davrda maqom san'ati ham o'z taraqqiyotining yuksak bosqichlariga erishgan.

Temuriylar davri musiqa an'analarining ko'zga tashlanadigan yana bir muhim tomoni, unda arab va fors oqimlari bilan bir qatorda, turkona uslub, umuman, turkiy manfaat oldingi qatorga chiqishidir. Ayrim maqomlar, masalan "Navo" maqomining turk shijoatiga nisbat berilishi, klassik kuylarda turkiy g'azallarning ham aytilishi buning yorqin dalilidir. Marog'iyning o'zi arabcha, forscha va turkcha she'rlar ijod etganini ham alohida aytib o'tish lozim2.

Maqom san'atining an'anaviy hayot tarzi, axloq normalari hamda musiqaning ma'naviy oziq, insonni kamolotga undaydigan dunyoqarashlardan kelib chiquvchi boy mentaliteti mavjud. El-yurt orasida dong taratgan sozandalar, o'z kasbining piru ustozlari bizda doim xurmat va izzatda bo'lib kelgan. Amir Te mur, Mirzo Ulyg'beq

1 Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori https://mfa.uz/uz/press/library/2018/04/14429/

2 O.Matyoqubov. Maqomat. "Musiqa" nashriyoti.Toshkent 2004. 47-bet

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy , Zahiriddin Bobur, Amir Umarxon, Feruz kabi yirik davlat arboblari, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinodek olimu fuzalolar , Imom Fazzoliy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Bahovuddin Naqshband, Xo'ja Ahror Vali, Abdurahmon Jomiy , Boborahim Mashrabga o'xshagan din peshvolari soz san'atiga hech qachon bid'at deb qaramaganlar, aksincha, uni inson qalbiga chuqur ta'sir o'kazuvchi omil va oliy ne'mat deb bilganlar.

Soz san'ati dini islomga zid narsa emasligini idroklash uchun quyidagi jixatlarga e'tibor berish zarur. Birinchidan, Islomiy tafakkurda musiqiy" (luratda "musiqa" emas, aynan "musiqiy" ya'ni ot emas, sifat) iborasi asosan ushbu san'atga tegishli ilmu fan (ilmi musqiy, fanni musiqiy) soxasi ma'nosida ishlatiladi. Fiqxshunoslar kuy va ohangning ijrosi (maxraji)ga qarab emas, balki undan olinadigan zavq, ta'siri (surati)ga ko'ra samo'(eshitish) deb yuritadilar. ikkinchidan, samo'(eshitish)ning vojib, mubox yoki xalol ekanligi ma'lum makon(urin), zamon(vaqt) va ixvon(jamoa)ga qarab belgilanadi. Imom Fazzoliy aytadurlarkim: - "Xudoyi Taolo odamzot diliga shunday bir sir ato etganki , xuddi o't chaqinini temir va toshda yashirganideq Agar temir toshga urilsa utning siri oshkora bulgay va atrofga yoyilgay. Xuddi shuningdeq samo'xush mavzun (mutanosib) ovoz-dil gavxarini xapaKatra keltiradi va kishining ixtiyorisiz uning qalbida ajib bir tuyru paydo qiladi. Buning sababi inson vujudining gavxari "Olami arvox" deb ataladigan Oliy olamga aloqadorligidan kelib chiqadi. Oliy olam - '\Usn va jamol olami. Aslida, '\Usn va jamol bir-biriga munosib. )(ar narsaki mutanosib ersa, u Oliy olam jamolining tajalliysi BULFaY. Zero, bu olamdagi xusn va jamol mutanosibligi, u olam '\Usn va jamolining samarasidir. Demaq xushmavzun ovoz u olam ajoyibotidan paydo bulgan uxshash va mutanosib narsa. SHu sababdan u dilda ogohlik paydo qilib, xarakat va shavqni yuzaga chiqaradi"(l94). Umuman, maqomotning zikru samo' ramziyatlariga borlangan tomonlari mustaqil ilmiy mavzu. Mazkur tadqiqot doirasida biz ushbu dastlabki tamoyillarni qayd etish bilan chegaralanamiz3.

Mumtoz musiqamizning "zamzama" , "tarona" (eski shakli "taronik" -"taronacha", "buxorcha", "Farg'onacha"ga o'xshagan uslub tushunchasi), "suvora" ("asp ros") kabi iboralarining ildizlari ham "Avesto" davrining urf-odatlariga borib taqaladi (123). Zikr etilgan eski musiqiY belgilar, keyingi davrlar mafkurasiga binoan yangicha ma'no va mazmunlar bilan to'ldirilgan, albatta. Xorazm elining qadim dunyo tarixchilari tomonidan e'tirof etilgan musiqiy DOBRUFI islom zuxuridan keyin ham uz shonshuhratini saqlab kelgan. Arab tilidagi ilk musiqiy risolalardan biri

3 O.Matyoqubov. Maqomat. "Musiqa" nashriyoti.Toshkent 2004. 18-bet.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

algoritm fanining asoschisi Abu Abdulloh Muhammad Xorazmiy qalamiga mansub bulishi ham bejiz emas. Ma'lumki, Muhammad Xorazmiy Bag'doddagi "Ma'mun akademiyasi"(Bayt ul-hikma)ning sardori bo'lgan. Rivoyatlarda aytilishicha, olimlar orasida shifo uslublari haqida bahs ketadi, shogirdlardan biri Xorazmiyga - "Siz insonlarni davolashda nimani afzal ko'rasiz, dori darmonnimi yoki jarrohliknimi?" -deb savol bergan ekan. Shunda ustozning "mening vatanimda ularning ikkalasidan ham musiqaning shifobaxsh kuchini ustun tutadilar", - degan so'zlari tarixga kirib qolgan.

Taniqli Eron olimi Said Nafisiyning ta'kidlashicha, "qadim zamonlarda asosan Xijriy IV-V asrlardan e'tiboran, atoqli shoirlar uz she'rlarini kuyga solib aytishni odat qila boshlaganlar. Har bir qasidant (uning vazni va ruhiy) holatiga qarab) muayyan kuy (maqom)da aytilishi ko'zda tutilgan. Shuning uchun e'tiborli shoir musiqa san'atidan xabardor bo'lib , ovozni ishlatish va biron-bir musiqa asbobini chalishni bilgan. Agar uning ovoz imkoniyatlari yetarli darajada va yoqimli bo'lmasa, majlis va bazmlarda she'rni kuyga solib aytadigan roviylarga murojaat etishda majbur bo'lgan. Yuqori tabaqalarga mansub kishilar uchun davraga chiqib she'r aytish munosib bo'lmagan. O'z she'rlarini yodda eslab qola olmaydigan shoirlar ham bo'lgan. Bunday vaziyatlarla o'tkir xotirali roviylarga xizmat qilgan".

Ma'lumki, X-X' asrlarda klassik kuylar o'rnida Qobusnoma' da qayd etilgan sakkizta asosiy parda (maqom) kuzda tutilgan: Rost, Irok" Ushshoq, Zirafkand, Busaliq Isfahon. Afsuski, o'tmish musiqashunoslarining faqat ayrim ijod namunalarigina bizgacha yetib kelgan. Ular qatorida musiqa ilmining Forobiydan keyingi munosib vakili, ijodiy merosi haligacha o'z ahamiyatini saqlab kelayotgan Abu Ali ibn Sino nomini birinchi navbatda tilga olish o'rinli.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, mushtarak an'analaming mohiyatini anglashga qaratilgan ushbu majoziy ta'riflar maqom ildizlari va bu san'atning hayotiy ko'rinishlari xalq tasavvurida aks ettirilishidan dalolat beradi. REFERENCES

1. Matyoqubov O. Maqomat. "Musiqa" nashriyoti.Toshkent 2004

2. Rajabov I. maqomlar masalasiga doir. Toshkent, 1963

3. Temuriylar davri madaniyatining musiqiy salohiyati. / Amir Temur jahon tarixida. t., 2001

4. Бертельс Е. Избранные труды. История литературы и культуры Ирана. Москва. 1988

5. Shodmonov . Temuriylar davrida musiqa shunoslik (Hazina», T., 1995

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.