Научная статья на тему 'MAQOM SAN’ATINING SHAKLLANISHIDA TEMURIYLAR DAVRINING IJODIY MUHITI'

MAQOM SAN’ATINING SHAKLLANISHIDA TEMURIYLAR DAVRINING IJODIY MUHITI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
51
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maqom / Ilm / odob qubbasi / navo / soz / adabiy-musiqiy dostonchilik / status / science / dome of etiquette / melody / word / literary and musical epic

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ulug’Bek Valiyevich Mamadjanov

Maqolada maqom san’ati, uning Temuriylar saltanati davrida maqom san’atini taraqqiyotining yuksak bosqichlariga erishgan davri rivoji yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CREATIVE ENVIRONMENT OF THE TIMURID PERIOD IN THE FORMATION OF THE ART OF MAQOM

The article describes the development of the art of maqom, the period when it reached the highest stages of development of the art of maqom during the reign of the Temurids

Текст научной работы на тему «MAQOM SAN’ATINING SHAKLLANISHIDA TEMURIYLAR DAVRINING IJODIY MUHITI»

MAQOM SAN'ATINING SHAKLLANISHIDA TEMURIYLAR DAVRINING

IJODIY MUHITI Ulug'bek Valiyevich Mamadjanov

Farg'ona Davlat Universiteti Musiqiy ta'lim va madaniyat kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6614889

Annotatsiya. Maqolada maqom san'ati, uning Temuriylar saltanati davrida maqom san'atini taraqqiyotiningyuksak bosqichlariga erishgan davri rivoji yoritiladi.

Kalit so'zlar: maqom, Ilm, odob qubbasi, navo, soz, adabiy-musiqiy dostonchilik.

ТВОРЧЕСКАЯ СРЕДА ТИМУРИДСКОГО ПЕРИОДА В ФОРМИРОВАНИИ

МАКОМНОГО ИСКУССТВА

Аннотация. В статье описывается развитие искусства макома, период, когда оно достигло высших этапов развития искусства макома в период правления Темуридов.

Ключевые слова: статус, наука, купол этикета, мелодия, слово, литературно-музыкальный эпос.

THE CREATIVE ENVIRONMENT OF THE TIMURID PERIOD IN THE FORMATION OF THE ART OF MAQOM

Abstract. The article describes the development of the art of maqom, the period when it reached the highest stages of development of the art of maqom during the reign of the Temurids.

Keywords: status, science, dome of etiquette, melody, word, literary and musical epic

KIRISH

Yurtboshimiznig maqom san'atiga bo'lgan e'tibori tufayli ushbu san'atning rivoj topishi, bu borada xizmat qilayotgan san'atkorlarning mehnatini ulug'lanishi hamda tarixga muhrlangan maqom san'ati rivojiga o'z xissasini qo'shgan insonlarni ruhini shod etilishi xaqiqatdan ham maqtovga sazovordir. Bu borada maqom san'ati ihlosmandlari va asrlar osha kelayotgan milliy qadriyat bo'lmish maqomlarning jahonshumul ahamiyatini to'lqinlanib satrlarga bitging keladi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori milliy san'atimizga bo'lgan yuksak e'tiborni ifodalovchi tarixiy hujjat bo'ldi. Unga asosan, 2018 yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san'ati anjumani o'tkaziladi. 2018 yil 6 aprelda Prezidentimizning ushbu yo'nalishdagi navbatdagi hujjati - "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida" gi qarori qabul qilindi1. San'at bayramining dastlabkisi 6-10 sentyabr kunlari bo'lib o'tishi belgilandi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

XIV - XVI asrlarda jahon ahlining ilm va ziyo markaziga aylangan Shahrisabz "Ilm va odob qubbasi" sifatida dunyoda shuhrat qozongan. Tarixiy manbalarda Amir Temur hukmronligi davrida bu yerga boshqa yurtlardan ko'plab tolibi ilmlar, madaiiyat va san'at namoyandalarining kelganligi, ularning ijodi haqida ma'lumotlar bor.

Haqiqatan ham, Shahrisabz buyuk sarkarda, ma'rifatparvar davlat arbobi Amir Temur tug'ilib voyaga yetgan go'sha sifatida, nafaqat mahobatli tarixiy me'morchilik yodgorliklari bilan, balki madaniyat va san'at o'chog'i sifatida ham dovrug' qozongan. Qadimda ushbu

1 Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori https://mfa.uz/uz/press/library/2018/04/14429/

manzilning adabiy-musiqiy dostonchilik hamda maqom ijrochiligi bilan mashhur bo'lganligi to'g'risida ko'plab ma'lumotlar uchraydi. Bu davrda sohibqiron bobomiz tomonidan musiqa ilmi va amaliyotiga katta e'tibor qaratilgan. Shu jihatdan o'zbek maqom san'atining shakllanishida Temuriylar davri ijodiy muhiti alohida ahamiyat kasb etgan.

Temuriylar saltanatining ikkala poytaxti Samarqand va Hirot madaniyatining o'ziga xos tomonlaridan biri - musiqaning dunyoviy san'at sifatida gullab-yashnashidir. A.Fitrat o'zining "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" kitobida Xirotning ma'naviy yuksalishini chig'atoy (o'zbek) madaniyatining "oltin davri" deb ataydi. Aynan shu davrda maqom san'ati ham o'z taraqqiyotining yuksak bosqichlariga erishgan.

Temuriylar davri musiqa an'analarining ko'zga tashlanadigan yana bir muhim tomoni, unda arab va fors oqimlari bilan bir qatorda, turkona uslub, umuman, turkiy manfaat oldingi qatorga chiqishidir. Ayrim maqomlar, masalan "Navo" maqomining turk shijoatiga nisbat berilishi, klassik kuylarda turkiy g'azallarning ham aytilishi buning yorqin dalilidir. Marog'iyning o'zi arabcha, forscha va turkcha she'rlar ijod etganini ham alohida aytib o'tish lozim2.

TADQIQOT NATIJALARI

Maqom san'atining an'anaviy hayot tarzi, axloq normalari hamda musiqaning ma'naviy oziq, insonni kamolotga undaydigan dunyoqarashlardan kelib chiquvchi boy mentaliteti mavjud. El-yurt orasida dong taratgan sozandalar, o'z kasbining piru ustozlari bizda doim xurmat va izzatda bo'lib kelgan. Amir Te mur, Mirzo Ulyg'bek, Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy , Zahiriddin Bobur, Amir Umarxon, Feruz kabi yirik davlat arboblari, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinodek olimu fuzalolar , Imom Fazzoliy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Bahovuddin Naqshband, Xo'ja Ahror Vali, Abdurahmon Jomiy , Boborahim Mashrabga o'xshagan din peshvolari soz san'atiga hech qachon bid'at deb qaramaganlar, aksincha, uni inson qalbiga chuqur ta'sir o'kazuvchi omil va oliy ne'mat deb bilganlar.

Soz san'ati dini islomga zid narsa emasligini idroklash uchun quyidagi jixatlarga e'tibor berish zarur. Birinchidan, Islomiy tafakkurda musiqiy" (luratda "musiqa" emas, aynan "musiqiy" ya'ni ot emas, sifat) iborasi asosan ushbu san'atga tegishli ilmu fan (ilmi mu sqiy, fanni musiqiy) soxasi ma'nosida ishlatiladi. Fiqxshunoslar kuy va ohangning ijrosi (maxraji)ga qarab emas, balki undan olinadigan zavq, ta'siri (surati)ga ko'ra samo'(eshitish) deb yuritadilar. ikkinchidan, samo'(eshitish)ning vojib, mubox yoki xalol ekanligi ma'lum makon(urin), zamon(vaqt) va ixvon(jamoa)ga qarab belgilanadi. Imom Fazzoliy aytadurlarkim: - "Xudoyi Taolo odamzot diliga shunday bir sir ato etganki , xuddi o't chaqinini temir va toshda yashirganidek. Agar temir toshga urilsa utning siri oshkora bulgay va atrofga yoyilgay. Xuddi shuningdek, samo'xush mavzun (mutanosib) ovoz-dil gavxarini xapaKatra keltiradi va kishining ixtiyorisiz uning k,albida ajib bir tuyru paydo k,iladi. Buning sababi inson vujudining gavxari "Olami arvox" deb ataladigan Oliy olamga aloqadorligidan kelib chiqadi. Oliy olam - '\Usn va jamol olami. Aslida, '\Usn va jamol bir-biriga munosib. )(ar narsaki mutanosib ersa, u Oliy olam jamolining tajalliysi BULFaY. Zero, bu olamdagi xusn va jamol mutanosibligi, u olam '\Usn va jamolining samarasidir. Demak, xushmavzun ovoz u olam ajoyibotidan paydo bulgan uxshash va mutanosib narsa. SHu sababdan u dilda ogox,lik paydo k,ilib, xarakat va shavk,ni yuzaga chik,aradi"(l94).

O.Matyoqubov. Maqomat. "Musiqa" nashriyoti.Toshkent 2004. 47-bet

Umuman, maqomotning zikru samo' ramziyatlariga borlangan tomonlari mustak,il ilmiy mavzu. Mazkur tadk,ik,ot doirasida biz ushbu dastlabki tamoyillarni k,ayd etish bilan chegaralanamiz3.

MUHOKAMA

Mumtoz musik.amizning "zamzama" , "tarona" (eski shakli "taronik" - "taronacha", "buxorcha", "Farg'onacha"ga o'xshagan uslub tushunchasi), "suvora" ("asp ros") kabi iboralarining ildizlari ham "Avesto" davrining urf-odatlariga borib tak.aladi (123). Zikr etilgan eski musik.iY belgilar, keyingi davrlar mafkurasiga binoan yangicha ma'no va mazmunlar bilan t)ildirilgan, albatta. Xorazm elining k.adim dunyo tarixchilari tomonidan e'tirof etilgan musik.iy DOBRUFI islom zux.uridan keyin ham uz shonshux,ratini saJqlab kelgan. Arab tilidagi ilk musik.iy risolalardan biri algoritm fanining asoschisi Abu Abdullox, Mux,ammad Xorazmiy k.alamiga mansub bulishi ham bejiz emas. Ma'lumki, Mux,ammad Xorazmiy BaFdoddagi "Ma'mun akademiyasi"(Bayt ul-x,ikma)ning sardori bulgan. Rivoyatlarda aytilishicha, olimlar orasida shifo uslublari x,ak.ida bax,s KetraHda, shogirdlardan biri Xorazmiyga - "Siz insonlarni davolashda nimani afzal ko'rasiz, dori darmonnimi yoki jarrohliknimi?" - deb savol bergan ekan. Shunda ustozning "mening vatanimda ularning ikkalasidan ham musiqaning shifobaxsh kuchini ustun tutadilar", - degan suzlari tarixga kirib k.olgan.

Taniqli Eron olimi Said Nafisiyning ta'kidlashicha, "qadim zamonlarda asosan Xijriy IV -V asrlardan e'tiboran, atoqli shoirlar uz she'rlarini kuyga solib aytishni odat qila boshlaganlar. Xar bir k.asidanint (uning vazni va ruhiy) holatiga qarab) muayyan kuy (maqom)da aytilishi ko'zda tutilgan. Shun-ing uchun e'tiborli shoir musiqa san'atidan xabardor bo'lib , ovozni t)lFpi ishlatish va biron-bir musik.a asbobini chalishni bilgan. Agar uning ovoz imkoniyatlari yetarli larajada va yok,imli bulmasa, majlis va bazmlarda she'rni o)\angga solib aytadigan roviylarga murojaat etishta majbur BUlgan. Yuk.ori tabak.alarga mansub kishilar uchun davraga chik,ib she'r aytish munosib BUlmagan. Uz she'rlarini yodda eslab k,ola olmaydigan shoirlar x.am BUlgan. Bunday vaziyatlarla u-tkir xotirali roviylarga x:izmat 5uyurilgan".

Ma'lumki, X-X' asrlarda klassik kuylar o'rnida Qobusnoma' da k.aYD etilgan sakkizta asosiy parda (maqom) kuzda tutilgan: Rost, Irok" Ushshok., Zirafkand, Busalik, Isfax.on , NaBO Ba Basta.

Afsuski, utmish musik.ashunoslarining fak.at ayrim ijod namunalarigina bizgacha yetib keLI'aN. Ular k,atorida musik,a ilmining Forobiydan keyingi munosib vakili, ijodiy merosi x.aligacha uz ax.amiyatini sak,lab kelayotgan Abu Ali ibn Sino nomini birinchi navbatda tilga olish uRinli.

Movaraunnax.r zaminida Amir Temur asos solgan yangi davlatda yuzaga kelgan ijtimoiy-madaniy mux.it Islom madaniyatining Ikkinchi Uyyunish davri deb e'tirof etiladi. SHunga kuRa saltanat poytaxtiga aylangan Samark.andga dunyoning turli burchaklaridan ato~i olimlar, x.unarmandlar, shoiru san'atkorlar kuyilib kela boshladilar. Ular orasida kYnlab x.ofizu CHOLFuchilar, sozanda-yu gUyandalar x.am bor edi. Saltanatning bosh sozandasi Xoja Abdulk.odir MaROFIY BULdI. U uz davridayok. "sox.ibi advor" ("advor egasi"), "saromadi advor" ("advor ilmining eng oldingi vakili") degan yuksak unvonlarga sazovor bulgan. Temuriylar davri madaniyatining kUrki x.isoblangan Abdulk.odir ijodi nafak.at mintak.aviY, balki jax.on mik.yosida katta ax.amiyatga ega. Musik,ashunoslik borasida XX asrning yirik

O.Matyoqubov. Maqomat. "Musiqa" nashriyoti.Toshkent 2004. 18-bet.

3

olimlaridan biri Genri Jorj Farmerning ta'kidlashicha, u Forobiy, Ibn Si no va SaFiuddin Urmaviy bilan bir k;atorda Sharq musiqa ilmining asosiy ustunlaridan hisoblanadi4.

Buxorolik Mashxur ustoz Marduhay Tanburiyning o'g'li Mixoel Baraev bilan bo'lgan suhbatda "Maqomlar Xorazmda paydo bo'lib, Buxoroda rivoj topgan" ("Maqomx..o dar Xorazm paydo shuda, Buxoro ba rivoj giriftagi") degan gapni otaeidan eshitganligini bildirgan edi. Mazkur fikr Ota Jalol, Ota Fiyos kabi Buxoro Shashmaqomining eng ko'zga ko'ringan obro'li ustozlari tomonidan ham qayd etilgan. Bundan tashqari, Farg'nada xofiz va sozandalar orasida mazmunan yuqoridagiga o'xshagan "Maqomlarning tanasi - Xorazmda, shoxlari - Buxoroda, mevasi - Farg'onada" degan fikr keng tarqalgan5.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, mushtarak an'analarning mohiyatini anglashga qaratilgan ushbu majoziy ta'riflar maqom ildizlari va bu san'atning hayotiy ko'rinishlari xalq tasavvurida aks ettirilishidan dalolat beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Matyoqubov O. Maqomat. "Musiqa" nashriyoti.Toshkent 2004

2. Rajabov I. maqomlar masalasiga doir. Toshkent, 1963

3. Temuriylardavri madaniyatining musiqiy salohiyati. / Amir Temur jahon tarixida.

t., 2001

4. Бертельс Е. Избранные труды. История литературы и культуры Ирана.

Москва. 1988

5. Shodmonov . Temuriylar davrida musiqashunoslik. (Hazina», T., 1995

4 O.Matyoqubov. Maqomat. "Musiqa" nashriyoti.Toshkent 2004. 46-bet

5 O.Matyoqubov. Maqomat. "Musiqa" nashriyoti.Toshkent 2004.50-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.