é
Ws,
ARTICLE INFO
SOLVING PROBLEMS BY CREATING GRAPHS OF SOME FUNCTIONS IN THE MAPLE PACKAGE. GRAPHICS CAPABILITIES OF THE MAPLE ENVIRONMENT
Allayarova Umida Khajibay kizi
3rd year student of Ajiniyaz Nukus State Pedagogical Institute, Faculty of Physics and Mathematics. https://doi.org/10.5281/zenodo.11351934
ABSTRACT
Received: 20th May 2024 Accepted: 26th May 2024 Online: 27th May 2024
KEYWORDS Maple, MathCAD, MatLab, Derive, Eureka, function graph, test, max and min points, plot.
Today, forming students' skills and competencies in using mathematical packages is one of the main components of mathematics and computer science. Learning math package programs makes solving complex math problems easy and makes it look fun and easy to understand.
РЕШЕНИЕ ЗАДАЧ ПУТЕМ СОЗДАНИЯ ГРАФИКОВ НЕКОТОРЫХ ФУНКЦИЙ В ПАКЕТЕ MAPLE. ГРАФИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ СРЕДЫ
MAPLE
Аллаярова Умиды Хаджибай кизи
Студентка 3 курса Нукусского государственного педагогического института имени Ажинияза, физико-математического факультета https://doi.org/10.5281/zenodo.11351934
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 20th May 2024 Accepted: 26th May 2024 Online: 27th May 2024
KEYWORDS Maple, MathCAD, MatLab, Derive, Eureka, график функции, тест,
максимальные и
минимальные точки,
Сегодня формирование умений и компетенций учащихся в использовании математических пакетов - это математика и информатика является одной из главных составляющих науки. Пакетные программы изучения математики упрощают решение сложных математических задач, делают их интересными и понятными.
график.
MAPLE PAKETIDA BA'ZI FUNKSIYALARNI GRAFIKLARINI HOSIL QILISH YORDAMIDA MASALALARINI YECHISH. MAPLE MUXITINING GRAFIK
IMKONIYATLARI
Allayarova Umida Xajibay qizi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedogogika insitituti, Fizika-Matematika fakulteti, 3-kurs
talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11351934
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 20th May 2024 Accepted: 26th May 2024 Online: 27th May 2024
KEYWORDS Maple, MathCAD, MatLab, Derive, Eureka, funksiya grafigi, urinma, max va min nuqtalar, plot.
Bugungi kunda talabalarda matematik paketlardan foydalanish ko'nikmalari va malakalarini shakllantirish matematika va informatika fanlarining asosiy komponentalaridan biridir. Matematik paket dasturlarini o'rganish, murakkab matematik masalalarni yechishni osonlashtiradi va uni qiziqarli hamda tushinishga qulay ko'rinishda namoyon qiladi.
Kirish.
Zamonaviy matematika hozirda zamon talablaridan kelib chiqib murakkab masalalarni yechishda kompyuter texnalogiyalaridan foydalanmoqda. Bunday holda, maxsus matematik dasturlar yordamga keladi. Bunday dasturlardan foydalanish matematikaga qiziqishni oshiradi va bir qancha murakkab masalalarni hal etishni yengillashtiradi. Pedagogik jamoa tomonidan o'quv jarayonini tashkil etishning samarali usullaridan biri zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishdir. Matematika fanlarni o'qitishda talabalarning malakalarini shakllantirish darajasini o'zgartirish masalasi alohida o'rin tutadi, chunki bu yo'nalish ta'lim sifatiga bevosita ta'sir qiladi [1]. Albatta, bu o'qituvchilardan qo'shimcha sa'y -harakatlarni talab qiladi, lekin bu harakatlar o'quvchilar o'zlari mustaqil ravishda katta materialni o'zlashtirishlari kerak bo'lganda ular o'z mevasini beradi. Bu masala, ayniqsa, oliy ta'limida dolzarbdir .
Hozirgi kunda oliy ta'lim bitiruvchilari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosiga duch kelishmoqda. Bu muammo ayniqsa kompyuter matematikasi tizimidan foydalanishda yaqqol ko'zga tashlanadi. Bunday matematik dasturiy paketlarga MathCAD, MatLab, Maple, Derive, Eureka, va boshqa paketlarni misol sifatida keltirish mumkin. Ushbu paketlar ko'p funksional paketlar hisoblanadi [2].
Maple paketi masalalarni grafiklarini chizish va ularni talabalarga tushuntirishda katta ahamiyat kasb etadi. Biz bunda funksiyani o'suvchi yoki kamayuvchilikga tekshirishimiz, uning ekstremum qiymatlarini aniqlashimiz va koordinata o'qlari bilan kesishish nuqtalarini topishimiz va shu kab masalalarni yechishimiz mumkin.
x2
y
Misol 1. Ushbu 2 funksiyaning grafigini chizing.
Bu funksiyaning grafigini chizish uchun maple dasturiga plot buyrug'i ostida quyidagicha funksiyani kiritamiz:
plot(xA2/2Ax, x = -5 .. 5, y = -2 .. 10, labels = [x, y], color = red, thickness = 2);
é
Ws,
Bu yerda labels- koordinata o'qlarini , color- grafikni rangini, thickness- grafikni qalinligini bildiradi. Matematik analiz fanidan ma'lumki, davriy funksiyalarga davriy bo'lmagan funksiyalarni qo'shish natijasida hosil bo'lgan funksiyani grafiklarini chizish bir qancha murakkabliklarni olib keladi. Masalan, quyidagi misolni ko'raylik:
Misol 2. y ~ x + sin x funksiyaning grafigini yasang va uni tahlil qiling.
Bu funksiyaning grafigi maple dasturida quyidagicha kiritiladi:
plot(x+sin(x), x = -3*Pi .. 3*Pi, y = -5 .. 5, labels = [x, y], color = green, thickness = 3);
V — X ^ ein X
Demak, yuqoridagi V s funksiyaning grafigidan uning davriy funksiya shuningdek uzluksiz ekanligini bilish mumkin.
V — (3 - x2 )
Misol 3. Qanday nuqtalarda v ' Ox o'qiga parallel bo'ladi?
hamda toq
funksiyaning grafigiga o'tkazilgan urinmalar
= -10 .. 10, y = -10 .. 10, labels = [x, y], color = green, thickness =
Bu grafikni Ox o'qiga parallel bo'lgan urinmalari albatta uning maxsimum va minimum nuqtalaridan o'tadi. Shuning uchun funksiyaning maxsimum nuqtasidan o'tgan urinmasini topish uchun uning grafigini imkon qadar kattalashtiramiz. Quyidagi chizmanni qarang:
Bu yerda qizil to'g'ri chiziq uning max nuqtasidan o'tgan urinmasi va uning urinma
tenglamasi y ~5,425406 ga teng. Xuddi shunday min nuqtasidan o'tgan urinmasi quyidagi chizmada tasvirlangan.
ё
ш
UIF = 8.1 | SJIF = 7.899
www.in-academy.uz
Bunda, qizil rangli to'g'ri chiziq funksiyaning min nuqtasidan o'tgan urinmasi va uning
_ A Q
urinma tenglamasi y ko'rinishda bo'ladi.
Agar bu masala hosila yordamida yechilganida dastlab uning max va min nuqtalarini topish va shu nuqtalardagi qiymatlarini hisoblash kerak bo'lardi. Tabiiyki bunda, bir qancha ortiqcha vaqt sarflanardi. REZYUME
Ushbu maqola matematik paketlarning o'quv jarayonidagi o'rni va roli qanchalik ahamiyatli va samarali ekanligi haqida so'z yuritadi. Maqolada funksiyalarni grafiklarini chizishda kerakli buyruqlar ko'rsatib o'tilgan hamda bu paket yordamida bir nechta funksiya grafiklari tavirlangan.
References:
1. Старостенко И.Н., Михайленко Е.В. К вопросу об использовании информационных технологий при организации самостоятельной работы обучающихся // Проблемы современного педагогического образования. 2019. № 65-1. С. 257- 262.
2. A. G. Abdurahmonov. "Maple dasturi misolida matematikani o'rganishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish" Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021.
3. A. Sadullaev, H. Mansurov, G.Xudoybergenov, A.Vorisov, R. G'ulomov. "Matematik analiz kursidan misol va masalalar to'plami". I- qism. Toshkent:. "Ozbekiston" 1993.
4. Б. П. Демидович. Сборник задач и управлений по математтческому анализу. -М.: "Издательцво Московского университета изделцво ЧеРо", 1997.
5. B. A. Olimov, M.P. Masharipov, D. Nuriddinova. "Matematik paket Maple dasturida matematik masalalarni yechish" T:. 2016.