Научная статья на тему 'MAPLE DASTURIDA FUNKSIYA GRAFIKLARINI YASASH'

MAPLE DASTURIDA FUNKSIYA GRAFIKLARINI YASASH Текст научной статьи по специальности «Математика»

CC BY
163
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Funksiya / Maple dasturi / misol / hisoblash / chiziq / tasvir / grafik. / Key words: Function / Maple program / example / calculation / line / image / graph.

Аннотация научной статьи по математике, автор научной работы — Usanov M.M.

Annotatsiya. Ushbu ishda Maple dasturida funksiyalarning ikki o‘lchovli grafiklari, oshkormas funksiyalarning grafiklari hamda berilgan tengsizliklar uchun qurilgan ikki o‘lchovli soha grafiklarini yasash haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAPLE DASTURIDA FUNKSIYA GRAFIKLARINI YASASH

Abstract. In this work, the creation of two-dimensional graphs of functions, graphs of non-expressive functions, and two-dimensional field graphs constructed for given inequalities in the Maple program is considered.

Текст научной работы на тему «MAPLE DASTURIDA FUNKSIYA GRAFIKLARINI YASASH»

Usanov M.M.

Jizzax politexnika instituti dotsenti

MAPLE DASTURIDA FUNKSIYA GRAFIKLARINI YASASH

Annotatsiya. Ushbu ishda Maple dasturida funksiyalarning ikki o 'Ichovli grafiklari, oshkormas funksiyalarning grafiklari hamda berilgan tengsizliklar uchun qurilgan ikki o'lchovli soha grafiklarini yasash haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Funksiya, Maple dasturi, misol, hisoblash, chiziq, tasvir,

grafik.

Usanov M.M. associate professor Jizzakh Polytechnic Institute

CREATING FUNCTION GRAPHS IN MAPLE SOFTWARE

Abstract. In this work, the creation of two-dimensional graphs offunctions, graphs of non-expressive functions, and two-dimensional field graphs constructed for given inequalities in the Maple program is considered.

Key words: Function, Maple program, example, calculation, line, image,

graph.

Amaliy dasturlar paketiga kiruvchi Maple dasturida grafiklami chizish juda oson va qulay, chunki birgina grafikni chizish uchun shu grafikka oid parametrlarni bilish kifoya. Ma'lumki darsni o'tishda grafiklar va yangi pedagogik texnologiyalar bilan mavzu tushuntirilsa o'quvchi va talabalar bilim saviyasi ancha oshadi va shu fanga nisbatan qizikishlari ortadi. Matematika fanini o'qitishda ushbu texnologiyalardan foydalanib dars o'tilsa, o'quvchilarning funksiyalarning grafiklarini ko'z oldiga keltirib uning yechimlarini grafikli ko'rinishlari namoyonqilish imkoniyati paydo bo'ladi. Maple amaliy dasturida f(x) funksiyaning grafigini chizish uchun bir o'zgaruvchili plot(f(x), x=a..b, y=c..d, parameters) (a < x < b interval Ox koordinatada va c < y < d interval Oy koordinatada) komandasidan foydalaniladi, bunda parameters - parametrlarni boshqarishni tasvirlaydi. Agar bular ko'rsatilmasa, joriy holatdagi ko'rsatmalardan foydalaniladi. Tasvirni qurish shuningdek panel asboblari bilan ham amalga oshiriladi. Plot komandasining asosiy parametrlari:

1) title="text", bunda text-rasm nomi (nom qushtirnoqsiz ham bo'lishi mumkin, agar u faqat lotin harfidan va bo'sh joysiz bo'lsa).

2) coords=polar - qutb koordinatasini o'rnatish (joriy holatda dekart koordinata).

3) axes - koordinata o'qini o'rnatish: axes=NORMAL - oddiy o'q; axes=BOXED - grafik shkalaliramkada berilgan bo'ladi; axes=FRAME -

markazda rasm va uning chap pastki burchagida sariq o'q beriladi; axes=NONE - o'qlarsiz.

4) scaling - rasm masshtabini o'rnatish: scaling=CONSTRAINED -o'qlar bo'yicha bir xil masshtab; scaling=UNCONSTRAINED - grafik masshtab o'lchami oyna bilan teng o'lchamda.

5) style=LINE(POINT) - chiziqlar yoki nuqtalar natijasi.

6) numpoints=n - grafikdagi nuqtalar sonini hisobi (joriy holatda n=49).

7) color - chiziqlar rangini o'rnatish: ranglar inglizcha nomlanadi, masalan, yellow - sariq va boshqalar.

8) xtickmarks=nx va ytickmarks=ny - Ox o'q va Oy o'qlardagi belgilar soni, muvofiq ravishda.

9) thickness=n, bunda n=1,2,3... - chiziq yo'g'onligi(joriy holatda n=1).

10) linestyle=n - chiziq turi: uzluksiz, nuqtalardan iborat chiziq va boshqalar (n=1 - uzluksiz, joriy holatda o'rnatilgan bo'ladi).

11) symbol=s - nuqtani pomechat qiluvchi belgi turi: BOX, CROSS, CIRCLE, POINT, DIAMOND.

12) font=[f,style,size] - matnli yozish uchun shrift to'rini o'rnatish: f topshiriqdagi shrift nomi: TIMES, COURIER, HELVETICA, SYMBOL; style topshiriqdagishrift uslubi: BOLD, ITALIC, UNDERLINE; size - shrift o'lchami pt da.

13) labels=[tx,ty] - koordinata o'qlariga yozish: tx - Ox o'qiga va ty - Oy o'qiga.

14) discont=true - qurish uchun cheksiz uzilishni ko'rsatish.

y=f(x) funksiyani grafigini plot komandasi yordamida chizishdan tashqari, oshkor topshiriq, shuningdek funksiya grafigi y=y(t), x=x(t) parametrik topshiriqlar, plot([y=y(t), x=x(t), t=a..b], parameters) komandasi yordamida yoziladi.

Endi biz yuqorida keltirgan ma'lumotlarimizni asoslash maqsadida ularni misollar bilan izohlaymiz.

1-Misol: y = sin(x) funksiyani-2 n dan 2 n - gacha oraliqdagi grafigining tasviri (1-rasm)

> plot(sin(x), x=-2*Pi..2*Pi, y=-2..2, title="y = sin(x)");

y 1

1

-2

1 -rasm

2-Misol: y = sin( x), y = 2sin( x), y = sin( x/2), y = sin(2 x) funksiya

grafiklarining -2n dan 2n - gacha oraliqdagi tasviri va bu grafiklarning bir-biridan ajralib, turushi uchun ranglar tasviri (2-rasm).

> plot([sin(x), 2*sin(x), sin(x/2), sin(2*x)], x=-2*Pi..2*Pi, y=-2..2, color=[red, black, green, blue]);

3-Misol: y = sin(x * t) funksiyaning qutb koordinatalar sistemasida animatsiyali tasvirini hosil qilish.

>with(plots): animate(plot, [sin(x*t), x, x=-4..4, coords=polar], t=1..2, numpoints=100, frames=100);

y = sin(x) funksiyani[-n; n] oraliqdagi animatsiyali grafigining tasviri. (3-

rasm)

2

-2

2-rasm

t = 1.4444

2-

-2-

-4J

3-rasm

Oshkormasfunksiyaning grafigi. Maktab, litsey va kas-hunar kollejlarida Oshkormas funksiya F(x,y)=0 tenglama ko'rinishida berilgan. Oshkormas funksiyaning grafigini chizish uchun plots grafiklar paketiningimplicitplot komandasidan foydalaniladi:

implicitplot(F(x,y)=0, x=x1..x2, y=y1..y2).

Implicitplot komandasida foydalanib funksiya grafik tasvirlarni hosil

qilish.

1-misol: y = ex va radiusi 1 ga teng aylanani tasvirini hosil qilingan (4-

rasm).

>implicitplot([ xA2+yA2=1, y=exp(x) ], x=-Pi..Pi, y=-Pi..Pi, scaling=CONSTRAINED, color=[blue, red]);

Rasmli matnlarga izoh yozish uchunplots paketining textplot komandasi imkoniyatga ega bo'ladi: textplot([xo,yo,'text'], options), bunda xo, yo -koordinatalardagi nuqtalar, tekst yozuvi qandaydir'text'bilan boshlanadi.

Ba'zan tez-tez bir rasmga bir qancha grafikli obyektlarni birga qo'yishga to'g'ri keladi, bu bir necha komanda yordamida hosil qilinadi, masalan, grafikni Qo'shimcha qilish uchun plotkomandasi tasvirlaydi, tekstni yozishnitextplot komandasi amalga oshiradi (7-rasm).

> p:=plot(...): t:=textplot(...):

Bunday holatda ekranga natija chiqmaydi. Grafik tasvirini ekranga chiqarishni bajarilishi uchunplots komanda paketi bajarilishi zarur:

> with(plots): display([p,t], options).

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Матросов А. Решения задачи математики и механики системе Maple-6. Санкт-Петергбург. 2000

2.Савотченко С.Е., Кузьмичева Т.Г. Методы решения математических задач в Maple.: Учебное пособие - Белгород: Изд. Белаудит, 2001. - 116 с

3.Алексеев Е.Р., Чеснокова О.В. Решение задач вычислительной математики в пакетах Mathcad12, Mathlab 7, Maple 9. 2007

4.Mustafayevich U. M. Educational Aspects of using Cloud-Based Network Services in Training Future Engineers //Spanish Journal of Innovation and

Integrity. - 2022. - Т. 2. - С. 13-19.5. Mathcad 2001 - что нового. ^мпьютерПресс, 4'2001

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.