Научная статья на тему 'MANIPULYATORLARNING ASOSIY NISHONLARI'

MANIPULYATORLARNING ASOSIY NISHONLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
verbal tafakkur / analitik tafakkur / belgi / so‟z / til / konnatatsiya / demokratiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xurshid Ilxomovich Toshov

Mazkur maqolada manipulyatsiya nishonlari, ongni manipulyatsiyalsh jarayonining ajralmas elementi sifatida ko‟rib chiqiladi. Unda so‟z va til ongni manipulyatsiyalashda manipulyatorlar uchun muhim nishon vazifasini bajarishiga alohida diqqat qaratiladi. Qolaversa, til va so‟zning manipulyatsiya nishoni sifatida tadbiq qilinishiga oid tabiiy fanlar, lingvistika va falsafiy sohalarga oid konsepsiyalar qiyosiy tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MANIPULYATORLARNING ASOSIY NISHONLARI»

„ , , , , , , . .. , . Ozbekiston - 2030 strategiyasi:

Toshkent davlat iqtisodiyot umversiteti . . ,. . , , , . . , . , -

inson salohiyatini ro yobga chiqarish imkoniyatlari

m ■■ .C..TJ- v rv ■ Uzbekistan - 2030 Strategy:

Tashkent State University of Economics

Opportunities to Realize Human Potential

MANIPULYATORLARNING ASOSIY NISHONLARI

Xurshid Ilxomovich Toshov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Falsafa va mantiq" kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari

bo'yicha falsafa doktori (PhD)

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada manipulyatsiya nishonlari, ongni manipulyatsiyalsh jarayonining ajralmas elementi sifatida ko'rib chiqiladi. Unda so'z va til ongni manipulyatsiyalashda manipulyatorlar uchun muhim nishon vazifasini bajarishiga alohida diqqat qaratiladi. Qolaversa, til va so'zning manipulyatsiya nishoni sifatida tadbiq qilinishiga oid tabiiy fanlar, lingvistika va falsafiy sohalarga oid konsepsiyalar qiyosiy tahlil qilinadi.

Tayanch tushunchalar: verbal tafakkur, analitik tafakkur, belgi, so'z, til, konnatatsiya, demokratiya.

Inson ongini manipulyatsiya qilish jarayonini o'rganish, avvalombor shaxs ongi, ong ostining psixologik va intelektual strukturalarini ko'rib chiqish, shuningdek, jamiyatning madaniy yadrosi bo'lgan omillarni tahlil etishni nazarda tutadi. Odatda manipulyatorlar qurboning psixologik himoyasini bartaraf etish uchun aynan ana shu madaniy yadrolarni nishonga oladilar va shu yo'l bilan insonni sog'lom fikr yuritish ko'nikmasini yo'qqa chiqarishni ko'zda tutadilar.

Bu yerda muammoning ko'lami yanada murakkab ahamiyat kasb etadi. Chunki, kishi ongini manipulyatsiyaga tayyorlash nafaqat qandaydir tasavur va g'oyalarni buzish balki, uning o'rniga yangi tayyor maqsad, g'oya, istaklarni yasash hamda yaratishni taqazo qiladi. Ushbu vaqtincha, muaqqat tasavurlar inson fikrini jumbushga keltirish, ularni mantiqsiz, noizchil ifodalash, muhimi insonni barqaror hayotiy haqiqatlarga shubha qilishga undashni nazarda tutadi. Aynan ana shu omillar insonni manipulyator qarshisida ojiz, ruhan himoyalanmagan kayfiyatda bo'lishga sabab bo'ladi.

Inson mavjud ikki olamda: tabiiy va madaniy olamda yashaydi. Insonni o'rab turgan atrof muxidning ushbu ikkiyoqlamaligini boshqa nuqtayi nazardan ham tahlil etish mumkin. Masalan inson ikki xil olam: narsalar va belgilar olamida yashaydi. Tabiat va inson tomonidan yaratilgan narsalar olamning moddiy substratlarini tashkil etadi. Bunga qaraganda murakkab ahamiyat kasb etuvchi belgilar olami esa, narsalar

17-aprel, 2024

515

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

bilan o'ziga xos, ko'z ilg'amas, turfa xil tarzda bog'liq sanaladi. Bu ma'noda qadimgi yunonlar, "qo'l yozmani sotish mumkin, lekin undagi ilhomni sotib bo'lmaydi" degan naqlni keltiradilar.

Narsalar va belgilar olamining o'zaro bog'liqligi biz uchun, kundalik hayotimizda odatiy tus olgan tanga, qog'oz, elektron pullarning muommilasida yaqol namoyon bo'ladi. Insoniyat tomonidan pulni kashf etilishining o'zi shu kungacha donishmandlar, faylasuflar, boylar, kambag'allar o'rtasida tuganmas baxslarga sabab bo'ladi. O'ziga xos belgi sifatida pul qadimgi davirlardanoq, turli qalobliklar, aldovlar va manipulyatsiyaning manbasi bo'lib xizmat qilgan. Shu bois belgilar olamini manipulyatorlarning nishonlaridan eng birinchisi sifatida ko'rsatish mumkin.

Insoni o'rab turgan madaniy olam ichida yana bir o'ziga xos olam, so'zlar olami, logosfera mavjud. Ushbu olam tilni muloqot vositasi hamda barcha "verbal tafakkur" shakli sifatida o'z ichiga qamrab oladi. Bu olamda ma'no, mazmun, moxiyat so'zlarda ifodalinadi.

Inson olam va jamiyatni til orqali, boshqacha qilib aytganda, uni, tushunchalar, so'zlar (nomlar) tizimi sifatida qabul qiladi. "Biz so'zlarning qulimiz" deb yozadi Nitsshe. Ushbu ibora keyinchalik psixolog, sotsiolog hamda lingvistlarning bir qator tadqiqodlarida o'ziga xos nazariya sifatida ilgari surildi. Zamonaviy odamning madaniy taassarufiga bo'ysunish ishonishdan boshlanadi degan tasavvur kirib keldi [1, C. 308].

Biroq, keyingi davrdagi tadqiqodchi olimlar so'zlarning insoniyat tarixining dastlabki vaqtlaridagi funksiyasi (subggestor ta'sir) ya'ni aqil bilan emas, xissiyot yordamida ishontirish, bo'ysundirishdan iborat bo'lgan degan qarashni ilgari surmoqda.

Ma'lumki, hatto bugungi zamonaviy odam ham, o'zida ishonishga nisbatan muayyan ehtiyoj sezadi. Aksariyat holda insonlar kundalik hayot muammolarini hal etishda tajribasiz, ushbu muammolarni yechishga qodir bo'lmagan kishilardan maslaxat so'raydilar. Ular bema'no bo'lib ko'rinsa ham shunchaki taskin, tasalli eshitish uchun shunday qiladilar. Kundalik hayotda juda ko'p uchraydigan: "o'zingni qo'lga ol", "tashvishlanma", "hali hammasi yaxshi bo'ladi" degan so'zlar mutlaqo befoyda ekanligini, ularda muammoni hal etish uchun xech qanday rej a yoki, taklif yo'qligini yaxshi bilamiz. Biroq bu so'zlar chindan ham insonga taskin beradi. Shuni nazardan chetda qoldirmaslik lozimki, aynan so'zlar, chunki, ushbu so'zlardagi ma'no hech narsani anglatmaydi, insonga ijobiy ta'sir etadi.

Ayni suggestor ta'sir kuchi tufayli so'zlar fizeologik omillar bilan tenglasha

oladi.

516

17-aprel, 2024

O'zbekiston - 2Q3Q strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2Q3Q Strategy:

So'z o^ali ta'siï ko'reatish chuqrn- psixologik holat bo'lib, u analitik tafakkurdan oldinroq harakatga keladi. Mazkur holatni bolaning rivojlanish bosqichlarida ham kuzatish mumkin. Bolalikning dastlabki davrida inson uchun kattalaming taqiq so'zlaгi muhim suggestoг ta'siï kuchiga ega bo'lib, bola asos va tushuntirish talab qilmaydi. Masalan, ona muayyan xatti-harakat qilishni taqiqlaydi, bola ham buni so'zsiz qabul qiladi. Keyinchalik o'qimishli ota ona^ taqiqlaming zamratini mantiqiy tushuntiгish asnosida, bolani ikkilantirishga, o'z so'zlaгining nufuzini kamaytirishga sabab bo'ladilaг. Chunki bola, tili chiqmasdan oldin kattalaming nima demoqchi bo'lganini ulaming intanatsiyasidan, mimikasidan tana tilidan bilib oladi. Hayvonla! xulq atvoгini o'гganuvchi tadqiqodchi etologlaT ushbu mimika va "tana tili) hamda uning ta'sñ kuchini qushla! galasi, bo'гilaг jamoasi kabi ierarxik strukturaga ega hayvonlar misolida chuqur tahlil etganlar.

Tabiiy fanlaming xulosalaгiga ko'гa, insoning ratsional mavjudot sifatida qiyofa kasb etishi bosh miya po'stlog'ining rivojlanishi va anotamik o'zgarishi natijasida yuzaga keladi. Aynan bosh miya po'stlog'idagi egatchala! atrof olamdan olingan tasurotlami xotirada saqlab qolishga va uni kelajakka ko'chiгishga, biг so'z bilan aytganda fantaziya qilishga imkon beradi. Natijada ibtidoiy odam ikki reallik, o'zini o'rab togan olam hamda hayolot olamida yashaydi. Madaniyatshunos, antropolog va psixofizeolog olimlaming xulosalaгiga ko'гa, ushbu holat dastlabki davrlarda insoniyat uchun murakkab kechgan. Chunki, tasavvurdagi olam, atrofdagi real, harakatga boy olamdan ko'ra yo^in bo'lgan. Natijada odamlaming гeal voqeylikka moslashish jaгayoni og'n kechgan. Qabila boshliqlari, jamoa yetakchilari o'z izdosЫaгini гeal voqeylikka moslashtirish uchun tuгli ovozlaг, mimikalaг, xatti-haгakatlaгni o'ylab topganlar va jamoani ergashtirganlar ushbu holatni bugungi ilmiy til yordamida ifodalaganda, ular jamoani psixologik stresdan halos etganlar. Shu tareda so'zning dastlabki funksiyasi faqat axborot yoki, ma'lumot uzatish emas, suggestor ta'siгi yuzaga kelgan.

So'zning suggestor ta'siг kuchi keyinchalik svilizatsiyalaming paydo bo'lishi va taгaqiy etishi bilan yo'qolib bornadi. F. Nisshe o'z asariarida, Diniy va siyosiy sohada tarix g'ildiгagini ishga tushrn-gan ulkan kucЫaгdan biгi bu to'g'ri topib aytilgan so'zning qudгatidiг. Odamlaming ulkan ommasi so'z qudгatiga bo'ysunadi, deb yozadi.

Zamonaviy faylasuflaгdan biгi S. Moskovichi o'zining "Omma haqida ilm" nomli asaгida "Omma psixologiyasining qiziq jihatlaridan biгi shuki, unga so'zning ta'siri g'oyat yuqoгi. Aytilayotgan so'zning ahamiyatidan ko'гa, uni kim aytayotganligi, u yaratayotgan muhit muhim rol o'ynaydi. Bu ma'noda so'zlami

17-aprel, 2024

517

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

qismlarga ajraluvchi struktura emas balki, tasavur uyg'otuvchi obrazlarning urug'i sifatida qabul qilish lozim" [2, C. 85].

Ilm fan taraqiyotining ilk bosqichlari davrida F. Bekon "Ilmga ishtiyoq, hokimiyat va boshqaruvga ishtiyoqdir" deb yozgan edi. Bekoning ushbu mulohazasi keyingi davr faylasuflari ayniqsa, Nitsshe va Xaydegerlar tomonidan da'vom ettirildi. XVII-XIX asirlarida amalga oshgan fan inqilobi misli ko'rilmagan darajada yangiliklarni olib kirdi: ongli ravishda yangicha morfologiya, gramatika, sintaksizdan iborat tilning yaratilishi nafaqat tabiiy va texnik sohalar balki, gumanitar fanlarning tamom ila boshqacha suratlarda o'zgarishiga sabab bo'ldi [3]. Kimyo fanining yangicha tilini ixtiro qilgan Lavuaze, "Analitik metod bu, tildir; Til esa, analitik metoddir; til va analitik metod bular o'zaro sinonim so'zlar bo'lib, analiz detallarga bo'lish, ajratishni, sintez esa, uning aksi, umumlashtirishni anglatadi" [2, C. 60].

Lavuazening bu ixtirosi natijasida til analitik ahamiyat kasb etdi. Avvallari u ko'p qatlamli, ko'p ma'noli bo'lib assotsiatsiya tufayli vujudga kelgan so'zlar va obrazlarni konatatsiyasi orqali tushunilardi. Tabiiy fanlar doirasida tilning tanlanishi uni o'ziga xos metod sifatida shakillanishiga imkon berdi.

REFERENCES:

1. Рада Михайловна Грановская. Психология веры C. 308. в 2004 г

2. Кара-Мурза С.Г. Манипуляция сознанием. — М.: Изд-во: Эксмо, 2005. 85 с.

3. https://studylib.ru/doc/696960/idejno-teoreticheskie-koncepcii-problematiki-svobody-slova

518

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.