Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
MAMUNIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY MADANIY XAYOTNING O'ZIGA XOS JIHATLARI
Ergasheva Gulchexra Kuldoshevna
Navoiy Davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix o'qitish metodikasi
kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Ma 'muniylar davrida qadimiy an 'analar bilan arab, fors, qisman hind xamda qadimgi yunon ilmiy-madaniy an 'analari qorishuvi asosida islomiy, falsafiy va tabiiiy ilmlar - astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, dorishunoslik, jug'rofiya, fanlarining rivoj topishi haqida so'z boradi. Shuningdek, Mamuniylar davrida ijtimoiy madaniy xayotning o'ziga xos jihatlari haqida ma 'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: "Ma 'mun akademiyasi", Xorazshohlar, Xorazm, "Dor-ul hikmat va ma 'orif.
ABSTRACT
This article is based on a mixture of Islamic, philosophical and natural sciences -astronomy, mathematics, medicine, chemistry, pharmacology, geography , the development of science. It also provides information on specific aspects of socio-cultural life during the Mamun period.
Keywords: "Mamun Academy", Khorezmshahs, Khorezm, "Dor-ul Hikmat and Ma'orif".
АННОТАЦИЯ
Эта статья основана на смеси исламских, философских и естественных наук - астрономии, математике, медицине, химии, фармакологии, географии, развитии науки. Он также предоставляет информацию о конкретных аспектах социокультурной жизни в период Мамуна.
Ключевые слова: «Академия Мамуна», Хорезмшахи, Хорезм, «Дор-уль Хикмат и Маoриф».
KIRISH
Arablar istilosidan keyin Xorazmda ikki hokimiyatchilik qaror topdi Xorazmning janubiy qismi Kat shahrida afrig'iylar hukmdori Abu Abdulloh Muhammad tomonidan, shimoliy qismi esa xalifalik amiri Ma'mun ibn Muhammad (995-997) tomonidan boshqariladi. Ikkala hukmdor orasida kelib chiqqan jangda Ma'mun ibn Muhammad g'olib chiqib, butun Xorazmni o'z qo'l ostiga birl ashtiradi hamda o'ziga Xorazmshoh unvonini qabul qilib, poytaxtni Gurganj shahriga
124
Scientific Journal Impact Factor
O
ko'chiradi. Uning vorislaridan Ali ibn Ma'mun (997-1009) va Ma'mun II ibn Ma'mun (1009-1017) davrida Xorazmda qadimiy davlatchilik tizimi va madaniy-ma'rifiy an'analar qaytadan tiklandi, shahar hayoti, savdo va hunarmandchilik har qachongidan rivoj topdi. Arab tarixchisi Istaxriy asarida X asr boshlarida Xorazmda 9 dan 13 gacha shahar borligi qayd etilgan bo'lsa, shundan yarim asr o'tgach shaharlar soni uch marta o'sgan yoki 40 taga yetgan. Gurganj, Xiva, Kat, Hazorasp, Ardaxushmison (Vayangan), Kardaranxos (Qalajiq) kabi shaharlar Sharqning yirik savdo-iqtisodiy va madaniyat markazlariga aylandi. Xorazmliklar hatto uzoq Ispaniyagacha borib savdo va madaniy aloqalarni yo'lga qo'yganlar. Ayniqsa poytaxt Gurganjning mavqei oshdi, shaxarda obodonchilik va me'moriy qurilishlar rivoj topdi, qo'plab go'zal saroylar, karvon saroy, maxobatli masjidu madrasalar,jamoat binolari va bozor rastalari bunyod etildi. Bu Xorazmda XII-XIII asrlarda rivoj topgan bunyodkorlik ishlarining debochasi edi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
«Ta'rifi shaxri Xorazm» qo'lyozmasining muallifi o'sha davrda Gurganjda 170 o'rinda katta va kichik bozorlar, 5 mingga yaqin masjid, 700 ga yaqin madrasa va bir mingga yaqin hammom ishlab turganligi haqida habar beradi. O'sha davrda bu yerga tashrif buyurgan arab sayyohlari Xorazm va poytaxt Gurganjni Jayhun yoqasidagi benihoya go'zal, jannatmakon maskan, aholisi badavlat va ma'rifatli kishilar bo'lganligini alohida qayd etadilar.
Jumladan al-Muqadasiy (Xasr) "Xorazmliklar aql-idrok, ilm, fiqh, qobiliyat hamda bilim kishilaridir" - deb ta'riflaydi.
Yoqut Hamaviy (XIII asr) esa "Men jahonning biror joyida Xorazmning poytaxti Gurganjga o'xshagan ulug'vor, boy va benihoya go'zal, aho lisi bilimdon shaharni ko'rmaganman", - deb yozadi. Ibn Batuta (XIII asr) bo'lsa yuqoridagi fikrlarni rivojlantirib, "Butun jahonda menga hali xorazmliklar kabi ajnabiylarga nisbatan shunchalik hushfe'l, oliyjanob, mehmondo'st, fiqh ilmini suv qilib ichib yuborgan dono kishilarni uchratish nasib etmagandi", - deb xorazmliklar iste'dodiga yuqori baho beradi.
Ma'rifatparvar shoh Ali ibn Ma'mun Gurganjda madaniy-ma'rifiy ishlarni juda rivojlantirib yubordi. Saroy qoshida shohona kutubxona barpo etib, uni Sharqning turli shaharlaridan keltirilgan nodir qo'lyozmalar bilan boyitdi. Saroy qoshida bino qilingan madrasada iqtidorli yoshlarga islomiy va dunyoviy ilmlardan ta'lim beriladi.
Scientific Journal Impact Factor
o
1004 yilda Ali ibn Ma'mun farmoni bilan Sharqning yirik ilm-ma'rifat markazi -"Dor-ul hikmat va ma'rif ' yoki Ma'mun akademiyasi tashkil etildi. Beruniy shu ilm maskaniga rais etib tayinlandi.
Madaniy hayotning o 'ziga xos jihatlari
Ma'muniylar davrida qadimiy an'analar bilan arab, fors, qisman hind xamda qadimgi yunon ilmiy-madaniy an'analari qorishuvi asosida islomiy, falsafiy va tabiiiy ilmlar - astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, dorishunoslik, jug'rofiya, kabilar rivoj topdi. Bu yerda mashhur hadisshunoslik va islom fiqhshunoslik maktablari shakllanib, tarixshunoslikda ham muhim asarlar vujudga keldi.
O'sha davrda musiqa va musiqashunoslik ham keng rivoj topgan va u matematika ilmining tarkibiy qismi sanalgan.
Milliy madaniyatni yuksaltirishga e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Jumladan, ona yurt madhi bu davrda shu darajaga ko'tariladiki, zardo'shtiylik eslanmay qoldi. Arab yozuvida badiiy ijodni ta'qiqlamagan holda, samoniylar oddiy xalq anglaydigan tilda yozgan mualliflarni to'la qo'llab-quvvatlanadi. Sheroz kutubxonasi bilan raqobat darajasida bo'lgan ulkan kutubxonaga asos solinadi. Ulug' alloma ibn Sinoning xotirlashicha, kutubxona ko'pxonali bo'lib, xonalarning birida arab kitoblari, she'rlari, boshqasiga fiqhga oid kitob tahlangan. Shu tartibda har bir xonada fanning ma'lum sohasiga doir kitoblar jamlangan.
Kitob yozishning kuchayishi, hattotlik san'atining, uni bezash, naqshlar bilan ko'rkam qilish musavvirlik san'atining rivoj topishiga olib kelgan.
Umuman bu davrda qo'lyozmalarni ko'chirish, tayyorlash, to'plash madaniy hayotning muhim sohasiga aylangan.
Maxsus nusxa ko'chirish bilan shug'ullanuvchilar, husnixat sohiblari paydo bo'lib, ular buyurtma yoki sotish uchun asarlardan nusxa ko'chirish bilan shug'ullanganlar. Kitobdan nusxa ko''chirish, kitob savdosining keng yo'lga qo'yilishi hamda ma'rifat ahlini tinimsiz faoliyati tufayli Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, Bag'dod, Damashq singari shaharlarda katta kutubxonalar vujudga keldi. Bozorlarda kitob rastalari ko'paydi, kitob savdosi, uni tarqatish bilan shug'ullanuvchilar faoliyati kengaydi.
Biroq arablar keltirgan bunday ziyon O'rta Osiyo xalqlari madaniyatini to'liq halokatga olib kelolmadi. Asta-sekin qishloq ho'jaligi, savdo-sotiq va hunarmandchilik tiklana boshladi. IX asrdayoq O'rta Osiyoda madaniy hayot gullay boshladi.
Scientific Journal Impact Factor
O
Damashq, Qohira, Bag'dod, Kufa, Basra va boshqa shuning singari katta shaharlarda Movaraunnaxr va Xorazmdan borib, fan, madaniyat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shgan avlod-ajdodlarimiz soni borgan sayin ko'payib bordi.
Xususan, bu borada Bag'dod shahri Sharqning ilm-ma'rifat markazi sifatida katta ahamiyat kasb etdi. IX asrda bu shaharda Bayt-ul-Hikmat (Donishmandlar uyi)-sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi.
Xorazmda ham podsho Ma'mun ibn Ma'mun davrida Donishmandlar uyi tashkil etildi. Urganchda tashkil etilgan bu Bayt-ul-Hikma-Ma'mun akademiyasi (Xorazm akademiyasi) deb nomlanadi. Bog'dod va Urganchdagi Donishmandlar uyida o'z vaqtida nomlari dunyoga mashxur ulug' alloma va mutafakkirlar tahsil ko'rganlar. Ular orasida Axmad Farg'aniy, Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammor, Abu Saxl Masixiy, ibn Iroq kabi ulug' va buyuk zotlarning nomlari bor.
Movaraunnaxr va Xurosonda IX-XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda yuz bergan ijobiy yutuqlar va muvaffaiyatlarning asosiy omili va sababchisi bu erda markazlashgan mustaqil davlatlarning vujudga kelganligi ekanligini alohida ta'kidlash zarur.
O'z mavqei va tutgan o'rni jihatidan xalqaro maydonda katta e'tibor va nufuzga ega bo'lgan Markaziy Osiyodagi samoniylar, qoraxoniylar, g'aznaviylar, saljuqiylar va xorazm shoxlar davlatlari davrida mamlakatda davlat hokimniyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barkororlik vujudga keldi. Natijada moddiy ishlab chiqarish rivoj topdi, hunarmandchilik va savdo taraqqiy etdi, madaniyat gurkirab o'sdi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Qiet, Kesh, Naqshab, G'azna, Panjikent, Binokent, Shosh, Termiz, Kuva, Kabadien, Boykent va boshqa shaharlar savdo-tijorat, xunarmandchilik va madaniyat markazlari sifatida dong taratganlar. Somoniylar poytaxti Buxoro dunyoda ikkinchi Makka hisoblangan. Xullas, arablar istilosidan so'ng IX-XII asrlarda mahalliy hukmdorlar boshchiligida vujudga kelgan markazlashgan davlatlar davrida mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-madaniy qulay vaziyat shunday muhitni yaratdiki, natijada bu mintaqadan o'z qobiliyatlari, erkin va betakror ijodlari, ulkan madaniy-ma'rifiy durdonalari bilan jahon madaniyati tsivilizatsiyasi xazinasiga bebaxo hissa qo'shgan ajoyib allomalar, fan va madaniyat sohiblari, olimu donishmandlar, mumtoz adabiyot daholari kamolotga etdilar.
O'lkada xunarmandchilik xam taraqqiy etgan. Buxoro, Samarqand, Gurganch xunarmandlari o'z ustaxonalarini orolbuyi, volgabuyidan tortib, to Xitoygacha bo'lgan xududda tashkil qilganlar. Ular sifati o'sha davr uchun ancha yuqori bo'lgan urush anjomlari, xujalik buyumlarini ishlab chiqarganlar.
Scientific Journal Impact Factor
0
992 yil Shimoliy va Janubiy Xorazm xukmdorlari o'rtasida boshlangan urushda Shimoliy Xorazm xukmdori Ma'mun ibn Ma'mun g'alaba qozonadi va xorazmshoxA unvonini qabul qilib, Gurganchni poytaxt deb e'ion qiladi.
Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Gurganch butun Markaziy Osiyoda yirik iqtisodiy, siyosiy markazlardan biriga aylanadi. Xuroson,. Movarounnaxr, Xindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlar karvonlari shaxarda to'xtab, Ustyurt orqali Volga bo'yiga chiqib, Qopa dengiz atrofiga, Evropa tomon yo'l olardilar. Ustyurtdagi o'sha davrda serqatnov bo'lgan karvon yo'llarining qoldiqlariga ko'ra, ular Xorazmdan chiqib, ikki tomonga ketgan: biri Uchquduq, Buloq, Qushbuloq, Beleuli orqali shimoliy-g'arbga, ikkinchisi Mang'ishloq tarafga yo'nalgan. Bu yo'llar bo'ylab toshdan tiklangan istexkomlar va karvonsaroylar joylashgan. Shuningdek, bu xududda Alan qal'a, Shemaxa qal'a, Devkesgan qal'a-shaxarlari xarobalari, Urga, qiyayo'l, qoraumbat, Shibindi soqchi minoralari, Puljoy, qoraumbat, qiyayul qal'alari qoldiqlari topilgan. Ma'mun ibn Muxammad (992-997), Ali ibn Ma'mun (997-1009)lar davlat mustaqilligini yanada mustaxkamlab, uning xarbiy qudratini oshirdilar. Endi qo'shni bo'lgan, Xurosonda yaqinda tashkil topgan g'azna podsholigi, arab xalifaligi, Kiev Rusi xam uni tan olar edi. Xorazm boshqa davlatlar siyosatiga xam faol ishtirok etadigan bo'ldi. Xatto Kiev knyazi Vladimir Xorazmga o'z vakillarini yuborganligi xaqida ma'lumotlar bor. Ma'muniylar mamlakat xududini xam ancha kengaytirishga muvaffaq bo'ldilar: endi Xorazm Sirdaryo, Kaspiy (Xozor) dengizi, Volgabuyi oraliqlarini o'z ichiga olgan edi.
Chet davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy aloqalarning o'sishi, mamlakat mustaqilligining mustaxkamlanishi o'lkada ilm-fan, madaniyatning yuksalishiga xam o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatdi. Xorazmliklar uzoq o'lkalarga borib savdo qilishlari natijasida o'zga xalqlap madaniy xayoti bilan tanishish imkoniga ega bo'lganlar. Xorazmda osoyishtalik va tinchlik qo'shni mamlakatlar olimlari, shoiru san'atkorlarini o'ziga tortar edi.
Markaziy Osiyo qadimdan ilm-ma'rifat maskani sifatida shuxrat qozonganligidan chet davlatlar toliblari o'lkadagi Buxoro, Samarqand, Gurganch shaxarlari madrasalarida taxsil olganlar.
Bu yirik shaxarlarda tilshunoslar tomonidan xind, fors, yunon va boshqa tillarda bitilgan asarlar arab tiliga tarjima qilingan, boy kutubxonalar faoliyat ko'rsatgan.
997 yil boshida xorazmshox Ma'mun ibn Muxammad vafot etib, taxtga Abu-l-Xasan ibn Ma'mun o'tirgach, Beruniy Xorazmga qaytib keladi. Lekin Gurganchga kelmay, eski poytaxt Kotga keladi. Yangi xorazmshoh bu payt yaqin qo'shni mamlakatlar bilan yaxshi aloqalar o'rnatib, Gurganchga olimlar va adiblarni to'play
Scientific Journal Impact Factor
0
boshlagan edi. Xorazmshox Ali ibn Ma'mun bilimdonligi va ilmga bo'lgan qiziqishi bilan mashxur edi. U xukmronlik qilgan davrda Gurganch Sharqning eng yirik ilmfan va madaniyat markazlaridan biriga aylandi. Ali ibn Ma'mun saroyidagi olimu-ulamolarga ijodiy faoliyat uchun ularni moddiy va ma'naviy jixatdan qo'llab-quvvatlaydi.
Ma'mun ibn Ma'mun saroyidagi olimlar ishtirokida ilmiy anjumanlar, munozaralar o'tkazib turilgan. Ular turli soxalar bo'yicha xilma-xil mavzularga doir ilg'or fikr-muloxazalar bildirganlar, o'zaro baxslashganlar. Bunday anjumanlar g'oliblariga qimmatbaho sovg'alar xadya qilinib, muruvvat ko'rsatilgan. Allomalarga Abu Rayxon Beruniy raxnomalik qilgan bo'lib, xorazmshox vaziri as-Saxriy xam olimlar uchun xaqiqiy ijodiy muxit yaratish borasida o'z xizmatlarini ayamagan. Olimlar Gurganchning boy kutubxonasida mutolaa qilganlar, doimiy ravishda o'z shogirdlari bilan mashg'ulotlar o'tkazib borganlar. Ular Gurganch kurkiga kurk qo'shib, Movarounnaxr va Xurosonda uning nufuzini yanada oshishiga baxoli qudrat xizmat qilganlar.
REFERENCES
1. O'rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati. O'quv qo'llanma. T.,2014. - B.3-4.
2. Irisov A., Nosirov A., Nizomiddinov I. O'rta Osiyolik qirq olim. "O'zSSR FA Nashriyoti",T., 1961
3. Xorazm Ma'mun akademiyasi (Xorezmskaya akademiya Ma'muna). Kitob-albom. Ma'mun akademiyasining 1000 yilligiga bag'ishlangan. -T.: Sharq, 2005.
XULOSA