Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZNING TURLI HUDUDLARIDA GANCHKORLIK SAN'ATININING RIVOJLANISH TARIXI'

MAMLAKATIMIZNING TURLI HUDUDLARIDA GANCHKORLIK SAN'ATININING RIVOJLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
463
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
Ganchkorlik / naqshlar / san’at / badiiyli / obidalar / qurish / bezatish / maqbara / ganch / o‘ymakorlik / o‘yma ganchlar / mayinlik / jozibadorlik / me’morchilik / geometrik / naqshlar / binolar / bezash / tuzilish.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Meyrkhat Saymanov

Ushbu maqolada ganchkorlik san’atining mamlakatimizda rivojlanish tarixi va Respublikamizning turli hududlariga oid turlarini shakillanishi hamda bu borada turli hududlarning o‘ziga xos turlarini yaralishiga hissa qo‘shgan ustalarning hayoti va ijodi haqida fikr boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZNING TURLI HUDUDLARIDA GANCHKORLIK SAN'ATININING RIVOJLANISH TARIXI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MAMLAKATIMIZNING TURLI HUDUDLARIDA GANCHKORLIK SAN'ATININING RIVOJLANISH TARIXI

Meyrkhat Saymanov

"Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" kafedrasi I-kurs magistiri NavDPI

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada ganchkorlik san'atining mamlakatimizda rivojlanish tarixi va Respublikamizning turli hududlariga oid turlarini shakillanishi hamda bu borada turli hududlarning o'ziga xos turlarini yaralishiga hissa qo'shgan ustalarning hayoti va ijodi haqida fikr boradi.

Kalit so'zlar: Ganchkorlik, naqshlar, san'at, badiiyli, obidalar, qurish, bezatish, maqbara, ganch, o'ymakorlik, o'yma ganchlar, mayinlik, jozibadorlik, me'morchilik, geometrik, naqshlar, binolar, bezash, tuzilish.

Ota-bobolarimiz qadimiy obidalarni nafis naqshlar bilan bezar ekanlar, zavq olish bilan bir qatorda, ular orqali o'z orzu-umidlarini, muhabbatlarini, tilaklarini aks ettirganlar. Naqqosh ota-bobolarimiz inson ruhiyatini chuqur va har taraflama o'rganib, uylarni ajoyib naqsh-nigorlar bilan bezaganlar. Naqshlangan uyda kishilar xotirjam, ruhiy osoyishtalik og'ushida bo'lishi, uzoq umr ko'rishini donishmand bobolarimiz asrlar davomida, hayotiy tajriba asosida ilg'aganlar. Keksa ustalarimizning aytishicha, qadimda naqqoshiik san'ati shunchalik rivojlangan ekanki, ular chizgan yoki bo'yagan naqshlari orqali birbirlari bilan unsiz gaplasha olar ekanlar. Naqsh san'ati tilini tushunish uchun naqshning har bir elementi va ranglarining ramziy alifbosini bilish kerak bolgan.

Ganchkorlik qadimiy san'at turlaridan biridir. U Sharq mamlakatlari, xususan, 0'rta Osiyo, Eron, Turkiya, Arabiston, Afg'oniston va boshqa mamlakatlarda taraqqiy etgan. Ayniqsa, 0'rta Osiyoda yaratilgan asarlar badiiyligi, kompozitsiyasi va ishlanish uslubi bilan farq qiladi. Ganch naqshlar O'zbekistondagi ko'pgina obidalarga ko'rkamlik, go'zallik baxsh etib turibdi. U Samarqand, Buxoro, Toshkent, Qo'qon, Marg'ilon, Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi tarixiy obidalarni qurish va bezatishda ishlatilgan.

Ganch o'ymakorligi san'ati asrlar davomida rivojlangan. Bu san'atning qadimgi, o'rta asrlardagi va XX asrdagi rivoji bir-biridan ancha farq qiladi. Qadimgi ganch o'ymakorligi hajmiy bo'lib, unda realistik tasvir ustunlik qiladi. Ularda, ko'pincha, odamlar, hayvonlar, qushlar tasvirlangan. Eramizning birinchi asrlaridayoq kishilar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ganchning ajoyib xususiyatga ega ekanligini bilib saroylar va boshqa joylarni bezay boshlaganlar.

Varaxshadan VII—VIII asrlarga oid ganch o'ymakorligi namunalari topilgan. Ularda qushlar, hayvonlar, baliqlar, o'simliksimon va geometrik shakllar tasvirlangan. X—XI asrlarda naqqoshlik, yog'och, tosh va ganch o'ymakorligi yanada rivojlandi. Murakkab abstrakt tasvirni aks ettiradigan naqshlar paydo bo'ldi. Ganch o'ymakorligi ishlari uyning ichki va nam tegmaydigan tashqi qismida ham qo'llanildi. Termiz maqbaralaridagi ganch o'ymakorlik san'atirii o'sha davrning yuqori cho'qqisi desa bo'ladi.

XIII asrda ganchkorlik san'ati yanada yuksaldi. Bunga Afrosiyobdan topilgan ajoyib ganch o'ymakorligi ishlari misol bo'la oladi. XIV-XVIII asrlarda ham binolarning ichki qismlarini bezatishda ganchkorlik san'atidan foydalanilgan. Ganchkorlikning gullab-yashnagan davri XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlari bo'ldi. XIX—XX a srlard a buyuk ganch o'ymakorlaridan Abdurahim Hayotov, Usta Murod, Usta Fuzayl, Usta Hayot Nosir, Usta hoji Hafiz, Usta Nasrulloboy, Usta Abdujalil, Usta Azim, Usta Omonullo, Usta Shamsiddin G 'ofurov, Usta Ibrohim, Usta Savri, Usta Abdufattoh va boshqalar faoliyat ko'rsatdilar. XX asr boshlaridagi ishlarda o'yma relyefli mayin uslub paydo bo'ldi. Rangli ganchlar, bo'yoqlar, naqsh va tasvirlar qo'llanila boshladi.

0'zbekistonda o'ziga xos ganchkorlik maktablari mavjud bo'lib, har - bir hududning alohida uslublari bo'lgan va bu uslublar bir-biridan tubdan farq qilgan.

Shulardan biri Xorazm ganchkorlik maktabidir. Xorazm me'morchiligida geometrik naqshlarga keng o 'rin berilgan bo'lib, ular boshqa viloyatlarga qaraganda o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o'simliksimon naqshlar spiral shaklida aylanmaligi, dinamikligi bilan farq qiladi.Islimiy naqshlar ko'pincha yaxlit-yaxlit turunj, madohil, qalampir, bodomga o'xshash tanob shakllarining takrorlanishidan hosil bo'ladi. Ba'zi hollarda turunj, madohil tanoblari o'rniga yulduzsimon girihlar ham ishlatiladi. Islomiy naqshlarda novda juda ko'p ishlatilib, marg'ula, barg, uch barg, shukufta, oygul, no'xot gul, kurtak va g'unchalar ko'p qo'llaniladi. Xiva ganchkorligidagi eng xarakterli tomonlardan biri naqshlarning erkin va harakatchanligi, jo'shqinligidir. Bu maktab ustalari naqshlarni ko'p hollarda ko'k va yashil rang bilan bezaganlar. Ro'zimat Masharipov, Karimbergan Rahimov, Karimbergan Polvonov, Yusuf Xudoyberganov, Bekjon Yoqubov, Odamboy Bobojonov, Odamboy Yoqubov kabilar Xorazm ganchkorlik maktabi namoyandalaridir.

Agar ganchkorlikga chuqurroq nazar soladigan bo'lsak Buxoro ganchkorlik maktabi bu sohada eng mashhuri desak mubolag'a bo'lmaydi. Buxoro maktabi ishlari o'yma ganchlarning yirikligi, mayinligi, jozibadorligi va boshqa tomonlari bilan ajr alib

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

turadi. Buxoro ganchkorlik maktabining eng yirik namoyandalaridan biri akademik Usta Shirin Murodovdir. Buxorolik Usta Safar, Usta Adis, Usta Savri, Usta Isom, Usta Ikrom, Usta Jo'ra, Usta Qurbon Yo'ldoshev, Usta Ibrohim Hafizov, U sta Nazrullo Yodgorov, Usta Hayot Nosirov va boshqa qator ustalarni sanab o'tishimiz mumkin.

Toshkent ganchkorlik maktabi ham o'ziga xos birqancha abzalliklarga ega. Bu maktabga xos, boshqalarning ishlarida uchramaydigan naqshlar nozikligi, aniq simmetrik taqsimga egaligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. Toshkent ganchkorlik maktabi namoyandalari safida Usmon Ikrom ov, Toshpo'lat Arslonqulov, Mahmud Usmonov, Anvar Po'latov, Mirmahmud Rahmatov, aka-uka Abdurahmon va Mo'min Sultonovlar, Hayot Abdullayev, Ziyodulla Yusupov, Umar Tohirov, Mirvohid Usmonov kabi qator yetuk ustalarni misol keltirish mumkin.

Samarqand butun dunyoga mashhur eng qadimiy shaharlardan biri bo'lib, u yerda ishlangan naqshlarning har biri o'ziga xos. Samarqand ganchkorlik maktabi namoyandalari Usta Anvar Quliyev, Usta Tursunboy Ismoilov, Sharnsiddin G 'ofurov, Quli Jalilov va qator buyuk ustalarni sanab o'tish mumkin.

Yuqorida misol keltirgan maktablarimizning asoschilari hamda shogirtlari tomonidan, binolarning katta-kichkligi, xizmat qilish sohasi va boshqa jihatlariga qarab turlich va bir-birini takrorlamaydigan ganchkorlik uslublari yaratilgan.

Har qanday binoni bezashda avval uning tuzilishiga mos ganch o'ymakorligi turini tanlash, qo'llash muhim ahamiyatga ega ekanligi ahamiyatli. Masalan kichik xonaga mayda tekis o'yma va unga mos bo'lgan pardoz turi, katta xonalarga esa yirik o'yma va shunga mos naqsh qo'llanilgan. Respublikamizdagi 1950 yillargach bo'gan davirda qurilgan inshoatlarga e'tibor qaratsak ganch o'ymakorligining yirik o'yma, chuqur o'yma, yassi o'yma, qirma, zamini ko'zguli o'yma, zamini rangli o'yma, chizma pardoz, panjarasimon o'yma, zanjir, hajmli o'yma turlaridan foydalanilganligini kuzatish mumki.

Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki O'zbekistonda ganchkorlik san'atining tarixi va uning rivoji uzoq utmishdan boshlanib hozirgi kungacha davom etib takomillashib kelayotgan san'at turlaridan biri bo'lib, bu borada hali chuqur izlanishlar olib borish zarurligini anglatadi. Biz yoshlar bu san'at turini chuqurroq o'rganadigan bo'lsak, zamonaviy binolarning qurilishida ham undan keng foydalanish mumkin deb hisoblayman.

REFERENCES

1. Bulatov S.A.Ganchkorlik san 'ati «Musiqa» nashriyoti Toshkent 2006

2. Ganchdagi gullar bog'boni. Tuzuvchi Madrahimov A.,«ARNAPRINT»,T., 2006.

3. Zohidov P. Me'mor olami. Qomuslar bosh tahririyati, T., 1996.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

4. Гончарова П. А. Золотошвейное искусство Бухары. Изд-во лит. и искусс. им.Г.Гуляма. Т., 1986.

5.Bobonazarov Sh.U/'Qalamtasvir'Vquv qollanma "Aziz kitobxon"Navoiy 2021y

6. Jalolov Sh.Ch "Methods of Writing Composition on the Basis of the Theme "2021. Pindus Journal Of Culture, Literature, and ELT

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.