Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8(1)
Original paper
MAMLAKATIMIZDAGI INKLYUZIV TA'LIM MUAMMOLARI VA ULARNI HAL ETISH YO'LLARI „so Mi,
© Z.S. Sadinova1®
1Samarqand davlat universitetining Kattaqo'rg'on filiali, Samarqand, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada mamlakatimizda inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirishda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari tahlil qilinadi.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - mamlakatimizda inklyuziv ta'limni rivojlantirishda duch kelinayotgan asosiy muammolarni aniqlash va ularni hal etish uchun samarali echimlar taklif qilishdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda amaldagi ta'lim muassasalarida inklyuziv ta'lim jarayonini kuzatish, o'qituvchilar va ota-onalar bilan intervyular o'tkazish hamda mavjud qonunchilik va ta'lim dasturlarini tahlil qilish usul lari qo'llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar inklyuziv ta'limni amalga oshirishda kadrlar etishmasligi, infratuzilma kamchiliklari, metodik materiallarning cheklanganligi va o'qituvchilar uchun maxsus tayyorgarlik dasturlarining kamligi kabi muammolar mavjudligini ko'rsatdi.
XULOSA: tadqiqot natijalari mamlakatimizda inklyuziv ta'lim tizimini samarali rivojlantirish uchun kadrlar tayyorlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va ijtimoiy tushunchalarni o'zgartirish kabi kompleks chora-tadbirlar zarurligini ko'rsatdi.
Kalit so'zlar: inklyuziv ta'lim, teng imkoniyatlar, ijtimoiy integratsiya, maxsus ehtiyojli bolalar, kadrlar tayyorlash, infratuzilma, xabardorlik oshirish.
Iqtibos uchun: Sadinova Z.S. Mamlakatimizdagi inklyuziv ta'lim muammolari va ularni hal etish yo'llari. // Inter education & global study. 2024. №8(1). B.417-422.
ПРОБЛЕМЫ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В НАШЕЙ СТРАНЕ И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ_
© З.С. Садинова1 и
1Каттакурганский филиал Самаркандского государственного университета, Самарканд, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируются проблемы, возникающие в процессе развития инклюзивного образования в нашей стране, и пути их решения.
ЦЕЛЬ: основная цель исследования — выявление основных проблем, с которыми сталкивается инклюзивное образование в нашей стране, и предложение эффективных решений для их устранения.
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 8
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использовались методы наблюдения за процессом инклюзивного образования в действующих учебных заведениях, интервью с учителями и родителями, а также анализ существующего законодательства и образовательных программ.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что при внедрении инклюзивного образования существуют такие проблемы, как нехватка кадров, недостатки инфраструктуры, ограниченность методических материалов и недостаточное количество специальных программ подготовки для учителей.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования показали, что для эффективного развития системы инклюзивного образования в нашей стране необходимо принять комплексные меры, такие как подготовка кадров, укрепление материально -технической базы и изменение социальных представлений.
Ключевые слова: инклюзивное образование, равные возможности, социальная интеграция, дети с особыми потребностями, подготовка кадров, инфраструктура, повышение осведомленности.
Для цитирования: Садинова.З.С. Проблемы инклюзивного образования в нашей стране и пути их решения.// Inter education & global study.2024. №8(1). С. 417-422.
PROBLEMS OF INCL USIVE EDUCATION IN OUR COUNTRY AND WAYS TO SOLVE THEM_
© Zarina S. Sadinova1®
1Kattakurgan branch of Samarkand State University, Samarkand, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article analyzes the challenges encountered in developing the inclusive education system in our country and the ways to address them.
AIM: the main objective of the study is to identify the primary challenges faced in the development of inclusive education in our country and to propose effective solutions to overcome them.
MATERIALS AND METHODS: the study utilized methods such as observing the inclusive education process in existing educational institutions, conducting interviews with teachers and parents, and analyzing existing legislation and educational programs.
DISCUSSION AND RESULTS: the results indicated several issues in implementing inclusive education, including a shortage of personnel, infrastructural deficiencies, limited methodological materials, and a lack of specialized training programs for teachers.
CONCLUSION: the study results demonstrate the necessity of comprehensive measures, such as training personnel, strengthening the material and technical base, and changing social perceptions, for the effective development of the inclusive education system in our country.
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 8
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Keywords: inclusive education, equal opportunities, social integration, children with special needs, personnel training, infrastructure, awareness raising.
Mamlakatimizda so'nggi yillarda imkoniyati cheklangan bolalar uchun alohida e'tibor qaratilmoqda. Ularni sog'lom bolalardan ajratmagan holda ta'lim-tarbiya berish, jamiyatda o'z o'rniga ega shaxs bo'lib еtishishlari va turli sohalarda muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, maktablarda alohida yordamga muhtoj bolalar uchun inklyuziv ta'lim va boshlang'ich tayanch - korreksion sinflar faoliyati yo'lga qo'yilayotganligi buning yorqin dalilidir.
Inklyuziv ta'lim nima va u qanda ta'lim tizimi? "Inklyuziv" so'zi inglizcha "inclusive" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, o'zbek tiliga tarjima qilinganda "shu jumladan" yoki "birlashtiruvchi" degan ma'noni anglatadi. Yoshi, jinsi, etnik kelib chiqishi, jismoniy yoki intellektual qobiliyatlari, ijtimoiy mavqei va boshqalardan qat'i nazar, barcha odamlarning ishtirokini o'z ichiga olishga qaratilgan tushuncha yoki yondashuvni bildirish uchun ishlatiladi.
Inklyuziv ta'limni rivojlantirish masalasi O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida ham o'z aksini topgan. Jumladan, Yangi tahrirdagi konstitutsiyamizning 50-moddasida: "Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi" deb belgilab qo'yilganligi, yurtimizda imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta'lim jarayoni tashkil etilganligining qonuniy isbotidir.
"Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ - huquqiy hujjatlar tasdiqlash to'g'risida" gi qarorda mamlakatimiz ta'lim muassasalarida inklyuziv ta'lini joriy etishning me'yoriy - huquqiy asoslari, joriy etish tartibi, me'zonlari belgilangan. Unga ko'ra, o'quvchilarning bino ichida harakatlanishi va ta'lim olishlari uchun maxsus sharoitlar yaratilgan maktablarda inklyuziv va boshlang'ich tayanch korreksion sinflar tashkil etiladi. Qarorda inklyuziv ta'lim sinfi hamda boshlang'ich tayanch korreksion atamalariga quyidagicha ta'rif keltirilgan:
- inklyuziv ta'lim sinfi - maktabdagi imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa bolalar bilan teng huquqli va birgalikdagi ta'lim olishlari shaklida tashkil etilgan sinf.
- boshlang'ich tayanch korreksion sinfi - maktabda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun alohida tashkil etilgan boshlang'ich sinf.O'quvchilarni mazkur sinflarga qabul qilishda ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar hamda Psixolog-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko'ra amalga oshiriladi. Inklyuziv va boshlang'ich tayanch-korreksion sinflarga faqat bir xil tashxisdagi o'quvchilar qabul qilinadi.
Ta'lim tizimida inklyuziv ta'limni tashkil etishning barcha uchun foydali tomonlari juda ko'p. Ularning har birini alohida keltirib o'tamiz: maxsus ta'limga ehtiyoji bor bolalarning o'z-o'ziga xizmat ko'rsata olishi; ta'lim-tarbiya olib, savod chiqarishi; yangi do'stlar orttirishi; turli sohalarda muvaffaqiyatlarga erishishi; boqimandalikni y o'qotishi;
For citation: Zarina S. Sadinova (2024) "Problems of inclusive education in our country and ways to solve them ' media competence, (8(1)), pp. 417-422. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
shaxsiy rivojlanishi va jamiyat uchun foyda keltiradigan inson bo'lib etishishini ta'minlashga xizmat qiladigan ta'lim turi bu- inklyuziv ta'limdir.
Butun dunyoda mavjud bo'lgan segregatsiya tushunchasi yurtimizda ham saqlanib qolmoqda. Segregatsiya bu - insonlarni ularning holatiga qarab ajratib quyish. Masalan, nogironligi bo'lgan shaxslar uchun alohida ixtisoslashtirilgan maktab internetlarini olsak, ular faqat shunday insonlarga ta'lim-tarbiya berish uchun moslashtirilgan, ya'ni sog'lom odamlardan ajratib ta'lim berish maqsadida. Segregatsiya muhitida ta'lim olgan shaxsning jamiyatga qo'shilib ketishi birmuncha qiyin kechadi. Unda odamlardan tortinish, qo'rquv hissi nisbatan yuqori bo'ladi. Segregatsiya tushunchasiga qarama-qarshi bo'lgan tushuncha bu inklyuziya tushunchasidir. Inklyuziya - imkoniyati cheklangan shaxslarni qabul qilib, sharoit yaratib, ularni keng jamiyatga q o'shish. Demak, inklyuziya va inklyuziv ta'limning mohiyatidan kelib chiqadigan bo'lsak, ikkisida ham maxsus ta'lim va tarbiyaga muhtoj bolalarning maxsus maktablarda emas, balki sog'lom bolalar o'qiydigan oddiy maktablarda ham ta'lim-tarbiya olishlari mumkin.
Inklyuziv ta'limda echimini kutayotgan ko'plab muammolar ham mavjud. Bularga ko'plab misollarni keltirib o'tsak bo'ladi.
- ota-onalarning imkoniyati cheklangan bolalarini maktablarga bermasdan, jamiyatdagi odamlardan yashirish holatlari va natijada boqimandalikning vujudga kelishi;
- jamiyatda maxsus ta'limga muhtoj odamlar uchun noto'g'ri qarashlar mavjudligi;
- maktablarda darsliklar etishmasligi;
- pedagog o'qituvchilarning maxsus bilim va psixologik malakaga ega emasligi;
- ta'lim dargohlarida imkoniyati cheklangan bolal arning harakatlanishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar yo'qligi;
- olis hududlarda inklyuziv ta'limga bo'lgan munosabatning qoniqarsizligi;
- imkoniyati cheklanganlar uchun transport vositalarining yo'lga qo'yilishdagi muammolar;
-maktabda o'quvchilar tomonidan imkoniyati cheklangan bolalarni kamsitish holatlari;
- nuqsoni bor bo'lgan bolalarni davolash uchun mutaxassislar va apparatlarning etishmasligi;
- ota-onalarda huquqiy bilimlarning etishmasligi, ya'ni nogiron bolaga qarayotganliklari uchun qanday imtiyozlar mavjudligini bilmaslik holatlari;
- imkoniyati cheklangan o'quvchilarni hunarga o'rgatishda yoki ularni ish bilan ta'minlashda mavjud bo'lgan muammolar;
- ota-onalarning psixologik bilimlarni yaxshi bilmaslik jarayoni;
- chekka-chekka qishloqlardagi maxsus yordamga muhtoj bolalarni ham inklyuziv ta'limga qamrab olish jarayoni;
- nogironligi bo'lgan shaxslarning harakatini yaxshilash uchun ko'cha yo'larida maxsus yo'lakchalar tashkil etish;
- inshootlarning maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun moslashtirilmaganligi;
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
- moddiy mablag'larning etishmasligi. Inklyuziv ta'limni tashkil etish va uni o'qitish masalasi juda qimmatga tushadi deb o'ylashadi shuning uchun inklyuziv ta'limni joriy qilish masalasini hal qilmaydilar.
Inklyuziv ta'lim tizimini samarali tashkil etish, barcha imkoniyati cheklangan o'quvchilarni umumta'lim tizimiga qamrab olish hamda ijobiy natijalarga erishish uchun mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo'llarini izlab topish hamda amalga oshirish lozim. Bizning fuqarolik jamiyatiga qadam qo'yayotgan davlatimizda bunday to'siqlarni o'z-o'zini boshqarishning milliy modeli bo'lgan mahallarda hal etish mumkin. E'tiborsizlik (1), yashirish (2), mablag' masalasi (3), sharoitga moslashmaslik (4), kambag'allik (5), sinfda o'quvchilar sonining ko'pligi (6), kamsitish (7), qaramlik (8), kutilmagan holatlar (9) kabi to'siqlarni mahallalarda bemalol bartaraf etsa bo'ladi, Jamiyatda insonlar orasida nogiron bolalar haqida bilimlarning etishmasligi oqibatida maxsus ehtiyojli bolalar ta'limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bundan tashqari nogiron bolaning qobiliyatlari, huquqlari va ehtiyojlari muntazam ravishda qadrlanmasa, bolalarda o'ziga va qobiliyatlariga nisbatan salbiy munosabat shakllanib boradi. Har qanday jamiyatda har bir bola noyob, maxsus ehtiyojli bolalar esa boshqa bolalar singari huquq, ehtiyoj va intilishlarga ega degan dalilni idrok etish zarurati mavjuddir. Ushbu bilimlarni chuqurlashtirish bu imkoniyati cheklangan ish olib borish bola, oila, hamjamiyat darajasida hamma uchun muhimdir.
Inklyuziv ta'lim-davr talabi hisoblanadi. Inklyuziv ta'limdagi mazkur muammolarni hal etishning yo'llari haqida fikr yuritamiz: nogironligi bo'lgan bolalarning oilasi va maktab jamoasi sheriklikda ish olib borishi kerak; jamiyatdagi odamlarning imkoniyati cheklangan bolalar haqidagi noto'g'ri qarashlarini yo'qotishlari; nogiron bolalarning maktab jamoasi va o'quvchilar tomonidan kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik; jamiyatda nogiron shaxslar borligini va ularni hamma qatori inson ekanligini to'g'ri qabul qila olishimiz; imkoniyati cheklangan insonlar vaqtini mazmunli o'tkazishlari uchun ularga m o'ljallab sport klublar, kasb-hunarga tayyorlov kurslarning ochilishi; olis hududlarga ham inklyuziv ta'limning kirib borishini ta'minlash; pedagog xodimlarning bilim saviyasini oshirib borish; maktablarga kelib-ketishlari uchun maxsus avtomobillar qatnovini yo'lga qo'yish zarurligi; olis hududlardagi yo'llar afalt qilinmaganligi sababli nogiron bolalarning harakatlanishi birmuncha qiyinroq. Ular harakatlanishiga yordam beruvchi maxsus vositalar ishlab chiqish kerakligi; ota-onalar uchun maxsus, imkoniyati cheklanganlar psixologiyasi to'g'risida seminar-treninglar tashkil etilishi; shifokorlar tomonidan imkoniyati cheklangan insonlarni uy sharoitida parvarishlash bo'yicha zarur yo'l-yo'riqlar berilishi uchun maxsus punktlar faoliyatini yo'lga qo'yish; nogiron bolasi bor ota-onalarga uzluksiz nafaqa pullarini berish tizimini joriy etish.
Dunyo hamjamiyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, inklyuziv ta'limga muhtoj bo'lgan bolalarni ta'limga o'rgatish va sog'lom odamlardan farq qilmagan holda teng huquq va imkoniyatlar yaratish maqsadida ko'plab qonunlar joriy etilmoqda. Xususan 1975-yilda "Maxsus tarbiyaga muhtoj shaxslar huquqlari to'g'risida" gi Deklaratsiya qabul qilindi. Mazkur Deklaratsiyada ta'kidlanishicha: "Maxsus tarbiyaga muhtojlar shaxsiyatini
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
hurmat qilish huquqlari ularda tug'ilishi bilan mavjud bo'ladi. Maxsus tarbiyaga muhtojlikning kelib chiqishi, tabiati va jiddiylik darajasidan qat'iy nazar, fuqaro o'z yoshidagi tengdoshlari bilan bir xil huquqlarga egadirkim, shu bilan birga ular mumkin qadar to'laqonli yaxshi hayot kechirish huquqlariga ham egadirkim, shu bilan birga ular mumkin qadar to'laqonli yaxshi hayot kechirish huquqiga ham ega ".
Jamiyatda nogiron bolalar haqidagi noto'g'ri fikrlar sababli, ularning insonlar jamosiga qo'shilib ketishi qiyinlashmoqda va natijada ta'limdan chetda qolib ketmoqda. Bizda shunday bir qarash mavjudki, nogiron insonlarni k o'rib qolsak jirkanish, ulardan qo'rqish va ularga nisbatan o'zimizning hamma joyimiz sog'lomligi uchun shukr aytish tuyg'ularini his qilamiz. Aslida bunday fikrlar noto'g'ri. Ijtimoy himoyaga muhtoj insonlar shaxsiyatini hurmat qilish, ular va biz teng huquqli ekanligimizni qabul qilishimiz kerak.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Inklyuziv ta'lim. Darslik / Madatov I.Y,;O'zR Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali, 2024. - 240 b.
2. Shomahmudova R.Sh. Inklyuziv ta'lim (Xalqaro va O'zbekistondagi tajribalar). Toshkent-2011.
3. . Fayziyeva U., Nazarova D., Kolbayeva X. J. Eshitishida muammolari bo'lgan bolalar inklyuziv ta'limi. O'XTV Avloniy nomidagi XTRXMOMI, BMT Yunisef. XBJ.T.,2005
4. X.N. Muzaffarova, D.Tangirova "Inklyuzv ta'lim" fani bo'yicha o'quv metodik qo'llanma . Jizzax davlat pedagogika instituti. 2011 y.
5. "Inklyuziv ta'lim" fanidan o'quv-uslubiy majmua. A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti. Toshkent -2014.
6. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 30.04.2023-yil.
7. . O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. PQ-4860.
8. "Maktablar hamma uchun" - "Bolalarni qutqaring jamg'armasi " - 2002-yil.
9. R. Shomaxmudova, D. Tulagonova, A. Berdiyeva, - Jismoniy rivojlanishida muammolari bo'lgan bolalar bilan inklyuziv ta'lim tizimida olib boriladigan korreksion pedagogik ishlar. Uslubiy qo'llanma, - Razzoqov O. J. XT Bosmaxonasi 2007 y.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Sadinova Zarina Sirojiddin qizi, talaba, [Садинова Зарина Сирожиддин кизи, студент], [Zarina.S.Sadinova, student]; manzil: O'zbekiston, Samarqand viloyati, Shahar: Kattaqo'rg'on, Amir Temur ko'chasi. ^дрес: Узбекистан, ул Самарканд, город: Каттакурган, улица Амира Темура], [address: Samarkand, City: Kattakurgan, Amir Temur street.]