DEVELOPMENT AND PROSPECTS OF INCLUSIVE EDUCATION IN
UZBEKISTAN
O'ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA'LIMNING RIVOJLANISHI VA
ISTIQBOLLARI
Alijonova Mehrangiz Raufjon qizi ADPI Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san'at fakulteti, Tarix yo'nalishi
2-bosqich talabasi
Annotatsiya: Maqolada inklyuziv ta'limning O'zbekistondagi rivojlanishi, inklyuziv ta'limning O'zbekistondagi huquqiy -- me'yoriy asoslari, ushbu sohada maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarida olib borilayotgan islohotlar va inklyuziv ta'limning O'zbekistonda inklyuziv ta'limning rivojlanishi va istiqbollari xususida so'z yuritiladi.
Аннотация: Образования в Узбекистане правовая нормативная база инклюзивного образования в Узбекистане, реформы проводимые в школах и дошкольных образовательных учреждениях в этой сфере, а также развитие и перспективы инклюзивного образования в Узбекистане.
Annotation: In the article, the development of inclusive education in Uzbekistan, the legar and normative basis of inclusive education in Uzbekistan, the reforms carried out in school and preschool educational institutions in this field, and the development and prospects of inclusive education in Uzbekistanis discussed.
Kalit so'zlar: Inklyuziv ta'lim, nogiron bolalar, sog'lom bolalar, teng huquqlik, imkoniyat, cheklanganlik, mutaxasis, o'qituvchi, qonun rivojlantirish.
Ключевые слова: инклюзивное образование, дети-инвалиды, здоровые дети, равные права, инвалидность, педагог-експерт, развитие права
Keywords: Inclusive education, disabled children, healthy children, equal rights, opportunity, limitation, specialist, teacher law, development.
Maqolada yurtimizda ta'lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati,inklyuziv ta'limni rivojlantirish masalalari, xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasining pedagogik mohiyati tahlil qilinadi. Inklyuziv ta'lim — davlat siyosati bo'lib, nogiron va sog'lom bolalar o'rtasidagi to'siqlarni bartaraf etish, maxsus ta'limga muhtoj bolalar o'smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat'iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo'naltirilgan umumta'lim jarayoniga qo'shishni ifodalovchi ta'lim tizimidir. "Inklyuziv ta'lim" atamasi fransuzcha "inclusive" so'zidan kelib chiqqan bo'lib "o'z ichiga oladi" deb tarjima qilinadi va maxsus ehtiyojlari bo'lgan va shartli ravishda sog'lom, ya'ni sog'ligi cheklanmagan odamlarning birgalikdagi ta'limini
anglatadi. Inklyuziv ta'limning mazmun mohiyati to'g'risidagi bilim va ma'lumotlar hali jamiyatda yetarli emas.
Inklyuziv ta'lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng huquqlilik asosida ta'lim tarbiya olishlarini ta'minlaydi14. Shuning uchun ham ahamiyatlidir. Inklyuziv ta'lim olish jarayoni bir - biriga o'xshamaydigan, intellektual,jismoniy va aqliy xususiyatlarga ega bo'lgan odamlar maxsus bilimga muhtoj bo'lmagan tengdoshlari bilan birgalikda zarur bilim va ko'nikmalarni oladigan tarzda tashkil etadi. Inklyuziv ta'lim alohida ehtiyojli bolalar bilan sog'lom bolalar uchun teng ta'lim olish imkoniyatini yaratadi. UNICEF inklyuziv ta'limni O'zbekiston ta'lim tizimiga kiritish masalalari bilan shug'ullanadi. Inklyuziv ta'lim vazifasi bolalarning qobilyatlari va holatidan qat'i nazar, ularning barchasiga sifatli ta'lim taqdim etish. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo'lishlari uchun oilada yashashlari va o'z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta'lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan maktabda ta'lim olishi, o'zlashtirishda qiynalyotgan bo'lsa, o'qish va yozishga o'rganish uchun maxsus yordam olishi darslarga qatnamay qo'ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko'rsatilishini kafolatlaydi.
Respublikamizda 2020-yil sentabr oyida yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonun tomonidan tasdiqlandi15. Tasdiqdan oldin esa, O'zbekiston Respublikasi nogironlar assotsiatsiyasi mutaxassislar bilan birga qonun loyihasining inklyuziv ta'lim tamoyillariga muvofiqligi bo'yicha tahlil o'tkazdi. Qonunning 20-moddasida jismoniy, aqliy, sensor va ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar uchun ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etadi. Ushbu qonunda belgilangan vazifalarni to'laqonli bajarish maqsadida 2020-yil 13-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim -tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi PQ -4860 - son qarori,16 hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 -yil 12-oktabrda "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ - huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 638 - son qarorlari ishlab chiqildi.17
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim -tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari
14 F.U.Qodirova, D.A. Pulatova "Inklyuziv ta'lim"
15 O'zbekiston Respublikasining ''Ta'lim to'g'risida'' gi qonun 2020 - yil
16 O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020-yil 13-okttabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risidagi PQ -4860 -son qarori.
17 O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrda "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ - huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 638 -son qarori.
to'g'risida"gi PQ -4860 -soni qarori bilan tasdiqlangan "2020 - 2025 yillarda18 xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi"da alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatida yaxshilash bo'yicha quyidagi vazifalar belgilandi :
- Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar ta'lim oladigan ta'lim muassasalari binolariga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqarish va tasdiqlash;
- Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar o'qitiladigan ta'lim muassasalari zarur adabiyotlar,metodik qo'llanmalar, turli kasblarga o'qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta'minlashga qaratilgan chora - tadbirlarni amalga oshirish;
- Alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan bolalarni o'qitish uchun inklyuziv ta'lim tizimini tashkil etish, umumta'lim muassasalarini maxsus moslamalar shuningdek tegishli kadrlar bilan ta'minlash alohida ta'lim ehtiyojilari bo'lgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab - internatlarni bosqichma -bosqich maxsus jihozlar bilan ta'minlash va boshqalar.
Nogironlarni umumta'lim tizimida o'qitish masalalariga e'tibor berish Respublikamizda 1996 -yilda O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'lim Vazirligi, Respublika ta'lim markazi va YUNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda respublika seminari o'tkizilishi bilan islohotlar amalga oshirila boshladi. Shu davrdan boshlab olimlar, maxsus ta'lim tizimidagi rahbar xodimlar, pedagoglar, umumta'lim muassasalarining rahbarlari va nodavlat jamoa tashkilotlarining nogironlari ta'limi ehtiyojini qondirishga qaratilgan munosabatlari o'zgara boshladi.
Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalarni o'qitish, tarbiyalash, kasb -hunarga yo'naltirish, jamiyatga uyg'unlashtirish masalalariga davlat siyosatining dolzarb yo'nalishlaridan hisoblanadi.
Jahon ta'lim amaliyotida ham ta'lim oluvchilar ehtiyojlariga moslashuvchan o'quv muhitini yaratish, variantiv o'quv dasturlaridan foydalanishga bo'lgan ehtiyoj kun sayin ortmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta'lim sohasidagi siyosati yo'nalishlaridan biri bolalarning alohida ta'lim ehtiyojlari xilma -xilligini hisobga olgan holda ta'lim berishni nazarda tutadigan inklyuziv ta'lim g'oyalarini ishtirokchi davlatlar tomonidan keng amalga oshirilishini ta'minlash hisoblanadi.SHu jihatdan o'qituvchilarni ta'limda alohida ehtiyojlari bor bolalar bilan ishlashga kasbiy tayyorlashning nazariy - pedagogik jihatlarini aniqlashtirish orqali inklyuziv ta'lim samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim klasteri sharoitida barcha bolaga birdek sifatli ta'limni tashkil etishda o'qituvchining roli va mavqe, ota - onalar va keng jamoatchilikning pedagogic savodxonligini oshirish taqozo etiladi.
Mamlakatimizda ham inklyuziv ta'lim oluvchilarning ijtimoiy ehtiyojlari va shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning
18 O'zbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarda Xalq ta'lim tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi.
mustahkam integratsiyasini ta'minlash asosida tashkil etishning huquqiy me'yorlari ishlab chiqilganligi biz kabi bo'lajak boshlang'ich ta'lim mutaxassislarini ham juda quvontiradi, albatta.
Nogiron bolalar bilan korreksion ta'limiy, tarbiyaviy, rivojantiruvchi ish olib borish, ijtimoiy jamiyatga adaptatsiyalash,imkoniyatlaridan foydalanib, o'z -o'ziga xizmat qila oladigan va jamiyatga ma'lum darajada nafi tegadigan qilib voyaga yetkazish har bir davlatning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ta'biri bilan aytganda "Har qanday xalqning ma'naviyati shu jamiyatda yashovchi nogironlarga bo'lgan e'tibori bilan ham belgilanadi"19
Shuning uchun ham bu vazifalarni to'laqonli amalga oshirish maxsus yordamga muhtoj bo'lgan bolalarni huquqlarini qo'llab -quvvatlab, ularni joriy etish maqsadida jahon miqyosida "Inklyuziv ta'lim" siyosat darajasiga ko'tarilib bormoqda.Sharqning mashhur allomalari Ibn Sino, Imom Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy Abdulla Avloniylarning tarbiyaning maqsadlari har bir shaxsning rivojlanishiga ta'limning ta'siri to'g'risidagi qarashlari inklyuziv ta'lim rivojlanishining metodologik bazasi hisoblanadi.
Juda uzoq vaqt davomida maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta'lim muassasalariga nisbatan maxsus segregatsion ta'lim muassasalarida ta'lim tarbiya berish samarali deb hisoblanib kelindi. 1970 -1980 -yillarga kelib jahon miqyosida insonparvarlik va kamsitilishlarga yo'l qo'ymaslik g'oyasining ilgari surilishi maxsus ehtiyojli bolalarga e'tiborning yanada yaxshilanishga olib keldi. Inlkyuziv ta'lim madaniyati Salamanka deklaratsiyasiga muvofiq bir o'quvchi xususiyatini isloh qilishni qo'llab - quvvatlovchi va ma'qullovchi dalil sifatida qaraladi.Dunyo tajribasiga ko'ra, maktablarda kiritish ko'pincha tengdoshlari bilan birga o'rta maktablarda nogironlar ta'lim sifatida qaraladi.
Xulosa: Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik izchililik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi.Inklyuziv ta'limda nogiron bolalarni o'qitish va tarbiyalash muammolari haqida qisqacha tahlil olib boriladi. Hech o'ylab ko'rganmisiz, biz har kuni yurgan yo'llarda ayrim bolalar yura olmaydi, biz har kuni ko'rgan go'zallikni, atrof olamdagi voqea -hodisalarni eshita olmaydi, ko'ra olmaydi, chunki uning harakatlanishi falajlik oqibatida chegaralanib qolgan, uning ko'zlari ojiz, quloqlari eshitmaydi. Ammo bu bola ham har tomonlama sog'lom bo'lib voyaga yetishi, hamma qatori jamiki go'zalliklardan bahra olib yashashi mumkin edi, biroq salbiy omillar ta'siri u bundan bebahra qolgan.Turli xildagi sabablarga ko'ra ruhan yaki jismonan nuqsonli bo'lib qolgan bolalarni jamiyatdan alohida e'tiborsiz holda tashlab qo'yib bo'lmaydi. Bunday bolalar
19 O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'qituvchilik va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2020 -yil 30 -sentabr.
nuqsonliligi sababi imkoniyatlari cheklanib qolgan.Respublika miqyosida o'tgan 2021 -2022 va joriy 2022 -2023 o'quv yilidan 130dan ortiq umumiy o'rta ta'lim maktablarida inklyuziv va boshlang'ich tayanch korreksion sinflar tashkil etildi. Inklyuziv ta'limning amaliy natijalarini o'rganish maqsadida Toshkent shahar Uchtepa tumani 109 -sonli, Chilonzor tumani 163 -sonly, Sergeli tumani 55 - sonli va boshqa joylardagi umumta'lim maktablaridagi inklyuziv ta'limning joriy etilishi holati o'rganildi.Sergeli tumani 55 -umumiy o'rta ta'lim maktabiga Sergeli tumani XTB buyrug'I asosida 6 nafar imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv ta'limga jalb etildi.
Inklyuziv ta'limning prinsiplari: l.Insonning qadr qimmati, uning qobilyati va yutug'iga bog'liq emas. 2.Har bir inson o'ylash va his qilish va muloqot qilish qobilyatiga ega. 3.Har bir kishi eshitish va muloqot qilish qobilyatiga ega. 4. Har bir kishi bir - biriga muhtoj. 5. Shaxsning to'liq va haqiqiy ta'lim olishi faqat real hamkorlikda amalga oshadi. 6. Hamma kishilar o'z tengdoshlarini qo'llab quvvatlashga muhtoj. 7. Hamma ta'lim oluvchilarni yutuqga erishishga ularning nimadir qila olmasligi emas, balki nimanidir qila olishidir. 8.Hamkorlik qilish kishi hayotini har tomonlama ko'chaytirdi. Inklyuziv ta'lim tizimi integratsiyalashgan ta'lim tizimida uning mazmun - mohiyati, maqsadi, vazifalari va harakat dasturi bilan farqlanadi. Inklyuziv ta'limni amaliyotga joriy etish ustida olib borilgan tajribalardan shu narsa o'z isbotini topdiki, har qanday imkoniyat cheklangan bolalarni nuqsonini ilk yoshdan ya'ni o'z vaqtida aniqlab mutaxassislarga murojaat qilinsa va maktabga tayyorgalik ishi o'z vaqtida olib borilsa albatta ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Ya'ni inklyuziv ta'limning samarasi yuqori darajada bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020-yil 13-okttabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risidagi PQ -4860 -son qarori.
2. O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrda "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ - huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 638 -son qarori.
3. F.U.Qodirova, D.A.Pulatova "Inklyuziv ta'lim" Qo'qon - 2023
4. X.N.Muzaffarova, D.Tangirova "Inklyuziv ta'lim". library.samdukf.uz. qaraldi: 10 -noyabr 2022-yil
5. Karimov, X. (2024). HISTORY AND CULTURAL LIFE OF THE KYRGYZ NATIONS INHABITANT THE FERGHANA VALLEY (1991-2023, ON THE EXAMPLE OF ANDIJAN, NAMANGAN, FERGANA REGIONS). Interpretation and researches, 2(5 (27)).
6. U.J. Mansurov .O'zbekistonda ta'lim sohasidagi islohotlar: inklyuziv ta'lim va yangicha pedagogik yondashuv
7. BMTning "Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiya" 2006 —yil 13 -dekabr
8. Yusupova, S. N., & Karimov, X. U. (2024). TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING JAHON MADANIYATI RIVOJIDAGI O 'RNI. Science and innovation, 3(Special Issue 3), 95-98.
Internet saytlari:
1. Google.com
2. Facebook.com
3. Youtube.com
4. Wikipedia.org