Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA BARQAROR YOSHLAR TURIZMINI RIVOJLANTIRILISHI'

MAMLAKATIMIZDA BARQAROR YOSHLAR TURIZMINI RIVOJLANTIRILISHI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
11
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yoshlar turizmi / yoshlar / yoshlar turizmi turlari / yoshlar turizmini rivojlantirish / dunyoqarashga ta'siri

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ostonov Oybek Aliqulovich

Maqolada yoshlar turizmini rivojlantirish va uning zamonaviy tendensiyalarini ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Bundan asosiy maqsad mamlakatimizda yoshlar turizmini yanada rivojlantirish, yoshlarning butun dunyo mamlakatlariga xech qanday muammosiz sayohat qilishlariga erishishdir. Va aksincha O‘zbekistonimizga tashrif buyuruvchi turistlar qatorini yoshlar bilan to‘ldirish ham asosiy masalalardan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA BARQAROR YOSHLAR TURIZMINI RIVOJLANTIRILISHI»

MAMLAKATIMIZDA BARQAROR YOSHLAR TURIZMINI RIVOJLANTIRILISHI

Ostonov Oybek Aliqulovich

Tarix fanlari dokdori., dotsent. Toshkent davlat agrar universiteti "Gumanitar fanlar va huquq"

kafedrasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10885936

Annotatsiya. Maqolada yoshlar turizmini rivojlantirish va uning zamonaviy tendensiyalarini ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Bundan asosiy maqsad mamlakatimizda yoshlar turizmini yanada rivojlantirish, yoshlarning butun dunyo mamlakatlariga xech qanday muammosiz sayohat qilishlariga erishishdir. Va aksincha O 'zbekistonimizga tashrif buyuruvchi turistlar qatorini yoshlar bilan to'ldirish ham asosiy masalalardan biridir.

Kalit so'zlar: yoshlar turizmi; yoshlar; yoshlar turizmi turlari; yoshlar turizmini rivojlantirish; dunyoqarashga ta'siri

Abstract. The article covers the development of youth tourism and the development of its modern trends. The main goal of this is to further develop youth tourism in our country, to enable young people to travel to countries around the world without any problems. And on the contrary, one of the main issues is filling the number of tourists visiting Uzbekistan with young people.

Keywords: youth tourism; young people; types of youth tourism; development of youth tourism; impact on worldview.

Bugungi kunda turizm sohasida yoshlar turizmi katta ahamiyatga egadir, uning ulushi xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimida har yili tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda. Hozirgi vaqtda mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish uchun turizm sohasi rolining o'sishi kuzatilmoqda, ya'ni turizm an'anaviy ravishda iqtisodiyotning ushbu sohasi bo'lib, u umumiy iqtisodiy vaziyatdan qat'i nazar o'sish bilan tavsiflanadi. Bu holat jamiyat taraqqiyoti va dam olish uchun zarur sharoitlarni shakllantirish natijasida mumkin bo'ldi. Sayohat zamonaviy inson hayotining ajralmas qismiga aylandi, Jahon sayyohlik tashkilotining bashoratlariga ko'ra, 2030 yilga kelib xalqaro turizm tashriflar soni 2 milliarddan oshadi.

Zamonaviy sharoitda yoshlar turizmi ichki sayyohlik bozorining barqaror segmentlaridan biridir. Uning rivojlanishi yosh avlodni faol sport bilan shug'ullanishga jalb etilishini ta'minlaydi, ijodiy, jismoniy, intellektual salohiyatni saqlab qoladi va yaxshilaydi, mintaqalar va madaniyatlararo aloqalarni rivojlantiradi. Yoshlar turizmi - bu individual yoki jamoaviy shakldagi sayohatning alohida turi bo'lib, unda yoshlar dunyoni o'rganish va bo'sh vaqtlarini o'tkazish umumiy maqsadi bilan birlashgan katta guruhlarda dam olishni afzal ko'radilar, yoshlarning o'z yurtiga munosib va barkamol fuqaro bo'lib yetishishida uning ta'siri katta. Yoshlar turizmi dam olish sohasini rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishi hisoblanadi. U jamiyat hayotining barcha sohalariga: ma'naviy, siyosiy va huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga faol ta'sir ko'rsatadi. Yoshlar turizmining iqtisodiyotni rivojlantirishga, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishga va ustuvor yo'nalishlarni, jumladan, ijtimoiy yo'nalishlarni o'zgartirishga, uning aholining umumiy iqtisodiy farovonligiga qo'shayotgan hissasini oshirishga alohida ta'sirini alohida ta'kidlashimiz mumkin. Shuning uchun bu mavzu bugungi kunda juda dolzarb[1.1].

O'zbekiston davlat darajasida so'nggi yillarda yoshlarni qo'llab quvvatlash masalalariga alohida e'tibor berilmoqda. Barcha sohalarda, tadbirkorlik bo'ladimi, ta'lim masalasimi, umuman yoshlar bilan bog'liq keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu bilan birga yoshlarni chet el mamlakatlarining nufuzli ta'lim muassasalarida o'qishlari uchun qulay shartsharoitlar yaratilib

berilmoqda. Bundan tashqari, davlatimiz rahbari shaxsan yoshlar bilan uchrashuv o'tkazib, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirib o'tdilar. Yoshlarni shunday so'zlar bilan ruhlantirdilar yurtboshimiz: «Men har gal yoshlari-miz bilan uchrashganimda sizlarning g'ayratshijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko'nglim tog'day ko'tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O'zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman»[2.1].

Bugun turizm sohasida yaratilgan imkoniyatlarning bardavomligini, mamlakatimizning boy tabiiy boyliklarini asrab avaylash, tarixiy, ma'naviy, madaniy merosini muhofaza qilish, kelgusi avlod ham ulardan emin-erkin foydalanishini ta'minlash maqsadida, Yangi tahridagi Konstitutsiyamizda fuqarolar O'zbekiston xalqining tarixiy ma'naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart ekanligi va ular davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilab qo'yildi. Xususan, 2019 — 2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasida 2021-2025 yillarda mamlakat iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushini ko'paytirish, ushbu yo'nalishda zarur infratuzilmani rivojlantirish va dunyo bozorida respublikaning turizm salohiyatini targ'ib qilish orqali mamlakatning yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini 5 foizgacha (2017-yil yakuni bo'yicha — 2,3%) yetkazilgan, shuningdek, 2025-yil yakuniga qadar 9 milliondan ortiq turistlarni, shu jumladan uzoq xorijdan — 2 million turistni jalb qilish belgilab quyilgan [3.1].

2023 yil 30 aprelda qabul qilingan "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarorida ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va hajmini keskin ko'paytirish, fuqarolarni mamlakatimizning turizm salohiyati bilan tanishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, taqdim etilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan qator vazifalar o'z aksini topgan. Xususan, "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" dasturi doirasida ko'plab maqsad-vazifalar belgilab berildi.

Mazkur qarorga ko'ra, 2023 yildan boshlab esa yanvar oyining birinchi dekadasi va mart oyining uchinchi dekadasida "Yoshlar turizmi haftaligi" o'tkaziladi. Ta'kidlash joizki, ushbu sa'y-harakatlar ichki turizmni rivojlantirish hamda yoshlarning mazmunli sayohatlarini tashkil etish, ularni yurtimizning turistik manzillari va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Turizm sohasida davlat siyosati istiqbolda hududlar va ularning infratuzilmasini kompleks jadal rivojlantirishda turizm sohasi yetakchilik qilishi, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yechish, ish o'rinlarini ko'paytirish, hududlar diversifikatsiyasi va rivojlanishini ta'minlash, aholining daromadlari, yashash darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va imidjini yaxshilashga qaratilgan.

Turizm iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri sifatida, aholi daromadlarini ortishi va bandligini ta'minlashda muhim ahamiyatga bo'lib sohanining huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida yangi tahrirdagi "Turizm to'g'risida"gi qonun loyihasi va 30 ta normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan. So'nggi yillarda Butunjahon turizm tashkiloti Yangi O'zbekistonning sayyohlik salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarishda ishonchli va uzoq muddatli strategik hamkoriga aylandi. O'tgan davrda mamlakatimiz uchun xavfsiz turizm bo'yicha qo'shma chora-tadbirlar ishlab chiqildi, startap loyihalari amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda salkam yuzta mamlakat fuqarolari uchun O'zbekistonga vizasiz kirish tizimini qo'llanyapti. Yana 55 ta davlat

fuqarolari uchun soddalashtirilgan elektron viza tartibi joriy etildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2023 yil 16 oktyabr Butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimidagi nutqida ko'plab aniq taklif va amaliy tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, yoshlar uchun sayyohlikni rivojlantirish loyihalari hamda yangi g'oyalarni yaratishda muhim va foydali maydonga aylanadigan Jahon yoshlar turizmi sammitining navbatdagisini Toshkent shahrida o'tkazish taklifi anjuman ishtirokchilari tomonidan yakdillik bilan qo'llab-quvvatlandi. Xalqaro ahamiyatga ega bunday yirik tadbirning O'zbekistonda o'tkazilayotgani zamirida ham katta ma'no bor. Bu mamlakatimiz nafaqat turizm sohasida, balki tinchlik va hamjihatlikka yo'naltirilgan tashqi siyosatda ham o'z o'rniga ega bo'lib borayotganini anglatadi. Barcha sohada bo'lgani kabi turizm sohasida ham kadrlar tayyorlash dolzarb jarayonlardan biri hisoblanadi. Soha uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishi kelajakda uning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu maqsadda 2021/2022 o'quv yilidan boshlab «Ipak yo'li» turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida "ziyorat turizmi" magistratura mutaxassisligida kadrlar tayyorlanadi.

Yoshlar turizmida tarixiy va madaniy turizm eng keng tarqalmoqda. U ta'lim va axborot maqsadlariga yo'naltirilgan barcha turizm turlarini o'z ichiga oladi. Bunday turizm dasturlari insoniyatning turli xil tabiiy tarixiy va madaniy meroslariga qiziqishiga asoslangan. Bunda turistik mahsulot madaniy tajribalar shaklida taklif etiladi. Etnik va etnografik turizmni o'ziga xos tarixiy-madaniy turizm deb hisoblash mumkin, bu o'z maqsadlariga (saqlab qolish, zarar yetkazmaslik) ko'ra, ekologik turizmga yaqin turadi. Mamlakatlar va xalqlar madaniyati turistik qiziqishning asosiy elementlaridan biridir. Turistlarning turli shaharlarga, dunyoning chekka burchaklariga va ularda istiqomat qiladigan xalqlarga bo'lgan qiziqishi sayohat qilishning eng kuchli rag'batlantiruvchisidir. Shuning uchun turizm boshqa madaniyatlar bilan, boshqa xalqlarning tarixi va hayoti bilan, badiiy asarlar bilan tanishishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Boshqa mamlakat tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishish insonning ma'naviy dunyosini boyitadi. Tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishda hududlarda mavjud bo'lgan tarixiy hamda arxeologik obyektlarning o'rni muhimdir. Ularning tarixiyligi, hudud tarixida tutgan o'rni hamda saqlanganlik darajasi unga qiziquvchi turistlarning sonini oshishiga yordam beradi. Har qanday tashrif buyuradigan sayyoh uchun bir manzilgohda bir nechta obyektlarning mavjud bo'lishi, uning safar vaqtining davomiyligini uzaytirib beradi. Bu jarayon esa turistik xizmatlarni ko'proq eksport qilish imkoniyatini va yondosh tarmoqlarning ham rivojlanishiga turtki beradi. Ma'lumki, turizmni rivojlanishini infratuzilma, ya'ni boshqa sohalarning rivojlanishidan ayri holda tasavvur qilib bo'lmaydi, jumladan, turizm obyektlari, joylashtirish muassasalari, umumiy ovqatlanish, transport xizmati va boshqa xizmat ko'rsatish sohalariga bog'liq. Masalan, sohani rivojlanishiga transport xizmatini oladigan bo'lsak, turizm yo'nalishlari bo'yicha aviareyslar va temir yo'l qatnovlarini samarali va tizimli tashkil etish ko'p muammolar yechimiga sabab bo'ladi, turistlarning vaqtini tejaydi, ortiqcha xarajatdan qutqaradi.

Mamlakatimiz barqaror yoshlar turizmini rivojlantirish uchun uzoq yo'lni bosib o'tishiga qaramay, imtiyozlar yanada foydali bo'lishi mumkin. Iqtisodiy istiqbol nuqtai nazaridan, birinchi navbatda, bu mavsumiylik muammolarni hal qilishga yordam beradi, ya'ni turizm sektoridan hukumat iqtisodiyotiga tushadigan daromad doimiy bo'lishi mumkin. Ikkinchidan, bu kam ma'lum bo'lgan joylarning kashf etilishi va tarqalishiga va mamlakatimizdagi turistik faoliyatni diversifikatsiya qilishga yordam beradi. Ichki yoshlar turizmi barqaror shakllantirilsa, u

global yoshlar turizmi sifatida xalqaro sayohatlarga aylanishi mumkin. Ijtimoiy istiqbolga kelsak, mamlakatimizda yoshlarning g'ayratlari va istaklari rivojlanayotgan shaklda shakllanishi mumkin, ular o'z mamlakatlari haqida ko'proq ehtiyotkorlik bilan qarashlari, dunyoqarashlarini kengaytirishlari, xalqaro nuqtai nazardanbilimlar almashishlari mumkin.

REFERENCES

1. Биржаков М. Б. Введение в туризм. М., 2004. 158 с.

2. Узбекистан янгиликлари сайти https://www.gazeta.uz/uz/2020/12/25/forum/ [21.05.2021]

3. 2019 — 2025-йилларда Узбекистон Республикасида туризм сохдсини риво^лантириш концепцияси, Узбекистон Республикаси Президентининг 2019-йил 5-январдаги ПФ-5611-сонли Фармонига 1-ИЛОВA, www.lex.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.