Научная статья на тему 'YOSHLAR TURIZMINING ESTETIK-TARBIYAVIY TA'SIRINI OSHIRISHDA MOBIL ILOVALARDAN FOYLALANISH IMKONIYATLARI'

YOSHLAR TURIZMINING ESTETIK-TARBIYAVIY TA'SIRINI OSHIRISHDA MOBIL ILOVALARDAN FOYLALANISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
130
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yoshlar turizmi / estetik tarbiya / raqamlashtirish / mobil ilova / texnologiya / ta’lim turizmi / Internet

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abdullayeva Nargisa Botirovna

Ushbu maqolada yoshlar turizmining estetik-tarbiyaviy ta’sirini oshirishda mobil ilovalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR TURIZMINING ESTETIK-TARBIYAVIY TA'SIRINI OSHIRISHDA MOBIL ILOVALARDAN FOYLALANISH IMKONIYATLARI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

YOSHLAR TURIZMINING ESTETIK-TARBIYAVIY TA'SIRINI OSHIRISHDA MOBIL ILOVALARDAN FOYLALANISH IMKONIYATLARI Abdullayeva Nargisa Botirovna

Urganch davlat universiteti 3-bosqich tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7994431

Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlar turizmining estetik-tarbiyaviy ta'sirini oshirishda mobil ilovalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlari: yoshlar turizmi, estetik tarbiya, raqamlashtirish, mobil ilova, texnologiya, ta'lim turizmi, Internet

Jahonda oliy ta'lim tizimining taraqqiyoti yoshlarning innovatsion dunyoqarashini rivojlantirish uchun yetarli pedagogik shart-sharoitlar yaratish, ularning kasbiy va shahsiy kompetentligining barcha tarkibiy komponentlari, jumladan axloqiy-estetik kompetentsiyalarini takomillashtirish muammosiga juda katta ilmiy qiziqish bildirilmoqda.Ta'limning uzviyligi va uzluksizligi, rivojlantiruvchi va ijtimoiylashtiruvchi maqsadlarini ta'minlagan holda talabalarning bilim, ko'nikma va malaka egallashlarini, intellektual, ijtimoiy, madaniy va kasbiy kamolotini, turistik faoliyatda axloqiy-estetik kompetentligini rivojlantirish dolzarb hisoblanadi.

Turizm - bu dam olish va ijtimoiy foydali faoliyat shaklida amalga oshiriladigan odamlarning uyg'un rivojlanishi vositasi bo'lib, uning o'ziga xos tarkibiy qismi sayohatdir. Bu ta'rif, eng avvalo, turizm shaxsni tarbiyalash va rivojlantirishning barcha asosiy tomonlarini: g'oyaviy-axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, vatanparvarlik, aqliy rivojlanish, ta'lim va boshqalarni o'zida mujassamlashtirganligini ko'rsatadi. Turizm insoniyat tomonidan to'plangan hayotiy tajriba va moddiy-madaniy merosni yangi avlodga o'tkazishning muhim yo'li, qadriyat yo'nalishlarini shakllantirish, millatni ma'naviy va madaniy yuksaltirish, shaxsni ijtimoiylashtirish yo'llaridan biri hisoblanadi.

O'zbekistonda sayohatga qiziqish tarixan o'lkashunoslik bilan chambarchas bog'liq bo'lgan. Qishloqlar, shaharlar va viloyatlarning o'tmishi haqidagi ma'lumotlar mahalliy va butun O'zbekiston yilnomalariga kiritilgan. Binobarin, ularni mamlakatimizdagi ilk o'lkashunoslik tadqiqotlari deyishga haqlimiz. Turizmning rivojlanishi insonning o'zini tevarak-atrofdagi dunyoni bilishga, bosib o'tilmagan yo'llardan o'tishga, noyob tabiat hodisalarini o'z ko'zlari bilan ko'rishga, o'z ixtiyoriy va jismoniy imkoniyatlarini sinab ko'rishga bo'lgan tabiiy istagiga asoslanadi. Mamlakatimizning barqaror rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekiston strategiyasiga muvofiq, turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha vazifalar belgilangan va bunda O'zbekiston bo'ylab sayohat qiling" dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish belgilagan. Mamlakatimizda yoshlarni turistik maqsadlarda sayohat qilishga keng jalb qilish borasida muhim chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Xususan, 2022-yil 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qaroriga muvofiq mamlakat bo'ylab "Yoshlar turizmi haftaligi" o'tkazilishi belgilab berilgan. Ushbu haftalik davomida talabalar, maktab o'quvchilari, mahalla fuqarolari, shuningdek, nogironligi bo'lgan shaxslar ishtirok etishlari nazarda tutilgan. Shuningdek, O'zbekiston bo'ylab sayyohat davomida temir yo'l va aviaparvozlar uchun chiptalarga chegirmalar hamda tadbirkorlik subyektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalar belgilangan.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Tadbir davomida madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatr va kinoteatrlarga yoshlarning jamoaviy tashriflarini tashkil qilish, tariximizni jonli ko'rsatuvchi teatrlashtirilgan tomoshalar namoyishini yo'lga qo'yish, barcha hududlarda "Yoshlar turizmi karvoni" loyihasi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida "Orol turizmi" haftaligini o'tkazish, kitobxonlik kunlarini yuqori saviyada tashkil etish, dastur asosida yuqori natijalarga erishgan hamda yoshlarga o'rnak ko'rsatadigan ilm-fan namoyondalari ishtirokida "mahorat darslari"ni o'tkazish maqsad qilingan. Ushbu tadbirlar asosan aholini, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularning madaniy saviyasini oshirish, bilimini o'stirish, bo'sh vaqtini, dam olishini ko'ngilli o'tkazish, ijtimoiy, madaniy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishga qaratilgan.

Jahon miqyosida yoshlarni sayohat qilishga, bir joydan boshqa joyga ko;chib o'tishga undovchi ikkita asosiy omil mavjud. Globallashuv jarayonlari tufayli mamlakatlar va xalqlarning o'zaro bog'liqligi kuchayib bormoqda, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishi ko'p jihatdan xalqaro almashinuv va ta'limni ikki sohada - ta'lim va turizmda qo'llab-quvvatlash yo'llariga bog'liq. So'nggi o'n yilliklarda turizm sanoati va ta'lim tizimidagi o'zgarishlar ko'plab mamlakatlarda ta'lim turizmining paydo bo'lishiga yordam bermoqda.

Turistlarning bilim va ko'nikmalarga bo'lgan ehtiyojlarini qondiradigan ma'lum joylar bilan bog'liq bir oydan bir yilgacha davom etadigan o'quv va trening mashg'ulotlarini o'z ichiga olgan sayohatlarni tashkil etish, qisqa muddatli kurslarda o'qishni tashkil etish, mahalliy aholining ijodi va madaniyati bilan tanishish ta'lim va ma'daniy turizmning asosiy elementlari hisoblanadi. Yetakchi mamlakatlarda ta'lim va kadrlar tayyorlash eksport sohasi sifatida tobora rivojlanib bormoqda. Bir qator davlatlar tijorat asosida xalqaro ta'lim xizmatlarini ko'rsatish orqali ta'lim turizmini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Bugungi kunda har qanday manbadan bilim olish, murakkab muammolarni hal qilish, vaziyatga moslashish qobiliyati talab etiladi, shuning uchun bitta ta'lim muassasasiga qo'shilish, bitta o'qituvchidan o'rganish, dunyoni bilishga ob'ektiv yondashish zamonaviy ta'limga tormoz bo'lmoqda. Ushbu omillar ta'sirida xorijiy turizm bozori tobora ixtisoslashgan va segmentlangan bo'lib bormoqda: turizmning qishloq, sarguzasht, ekologik va boshqa turlari o'sib bormoqda, bunda turist yangi bilimlarga ega bo'ladi.

Yoshlarning ta'lim va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan sayohatlarni amalga oshirishda hamda turistik mahsulotlarning faol iste'molchisiga aylanishda axborot texnologiyalarning roli oshib bormoqda. Zero, sayohatni oldindan rejalashtirishda yani mehmonxonalarni onlayn bron qilish, transport vositalari xizmatlaridan foydalanishda elektron biletlar sotib olish, va turistik destinatsiyalar to'grisida elektron ma'lumotlarga ega bo'lish imkoniyatlari paydo bo'ldi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) 90-yillarning boshlarida paydo bo'lganidan beri mehmondo'stlik va turizm sanoatiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. AKTning ta'siri, asosan, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil texnologiyalardan kelib chiqqan bo'lib, ular turizm xizmatlarini ishlab chiqaruvchilarni o'z mijozlariga murojaat qilish imkonini beruvchi muhim kanal hisbolanadi. Mobil qurilmalar o'rnatilgan mobil ilovadan foydalanuvchiga internet-kontent yoki ma'lum turistik ma'lumotlarga kirish imkonini berib, turizm rivojiga hissa qo'shadi. Mazkur turdagi ilova foydalanuvchilarga tashrif buyurilayotgan hududlardagi diqqatga sazovor maskanlari to'grisida to'liq ma'lumotlarga ega bo'lish imkoniyatini beradi. Turizmdagi mobil ilova orqali nafaqat me'moriy yodgorliklar, balki restoranlar, mehmonxonalar, savdo markazlari haqida ham to'liq ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin. Foydalanuvchilar muassasalar haqida

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun

umumiy ma'lumot va ularning xaritadagi joylashuvlari to'g'risida ham ma'lumotga ega bo'lishadi.

Mobil ilovalarni ishlab chiqish foydalanuvchilarning muayyan axborot ehtiyojlariga javob bera olishi uchun turli omillarga mos kelishi kerak. Ushbu yo'nalishda yoshlar turizmini rivojlantirish uchun sayohat mobil ilovasini ishlab chiqishda quyidagi asosiy xususiyatlarga e'tibor berishni tavsiya qilamiz:

• Geolokatsiya;

• Marshrut generatori;

• Tarjimon;

• Ob-havoni bashorat qilish xizmati;

• Mahalliy favqulodda xizmatlar va sug'urta;

• Taksi xizmati sayohat bo'yicha qo'llanma ilovasining muhim xususiyatidir;

• Sayohat sharhlari, tavsiyalar va kundaliklar;

• Ijtimoiy tarmoqlar bilan inegratsiya.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarni bosh vaqtini foydali o'tkazish uchun turizmning tutgan o'rni katta hisoblanadi. Yoshlarning mobil texnologiyalarga qizishi yuqoligini inobatga olgan holda ularni sayohatlarini yanada qulay qilish uchun turli hil turistik mobil ilovalarni ishlab chiqish maqsagda muvofiq hisoblanadi.

REFERENCES

1. Malikova, D. (2020). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News, (143), 115-126.

2. Malikova, D. (2020). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 168-179.

3. Malikova, D. (2023). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 96-98.

4. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2023). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 204-207.

5. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2023). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.

6. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2023). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.

7. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 28-31.

8. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

9. Маликова, Д. (2021). UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA KITOBXONLIK STRATEGIYASINI QO 'LLASH: Malikova Dilrabo Mahmudovna, O 'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (7), 299305.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.