Научная статья на тему 'MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA BOSHLANǴICH SINF O`QITUVCHISINING KASBIY KOMPOTENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM O`RNI'

MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA BOSHLANǴICH SINF O`QITUVCHISINING KASBIY KOMPOTENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM O`RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

643
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlanǵich sinf / ta‟lim / kompotentlik / tarbiya / xalq ta‟limi / malaka oshirish.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Perdexan Alimbetovna Saliyeva

Jamiyat hayotida ta‟limning o`rni kundan-kunga ortib bormoqda. Ma‟lumki, ta‟lim yosh avlodni hayotga tayyorlashning asosiy va eng samarali vositasidir. Shu bilan birga, u ishlab chiqarish, texnika, boshqaruv sohasida insoniyat tajribasini oqilona o`zlashtirish vositasi hamdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA BOSHLANǴICH SINF O`QITUVCHISINING KASBIY KOMPOTENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM O`RNI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1023-1027

MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA BOSHLANGICH SINF O QITUVCHISINING KASBIY KOMPOTENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA RIVOJLANTIRUVCHI TA'LIM ORNI

Perdexan Alimbetovna Saliyeva

QRXTXQTMOHM "Maktabgacha, boshlangich va maxsus talim metodikasi"

kafedrasi katta o' qituvchisi

ANNOTATSIYA

Jamiyat hayotida ta'limning orni kundan-kunga ortib bormoqda. Ma'lumki, ta'lim yosh avlodni hayotga tayyorlashning asosiy va eng samarali vositasidir. Shu bilan birga, u ishlab chiqarish, texnika, boshqaruv sohasida insoniyat tajribasini oqilona ozlashtirish vositasi hamdir.

Kalit so'zlar: boshlangich sinf, ta'lim, kompotentlik, tarbiya, xalq ta'limi, malaka oshirish.

KIRISH

Oqituvchining kasbiy kompotentligini rivojlanganlik darajasi tizim xususiyatlarini hisobga olish hamda ta'lim jarayonining ilmiyligi, samaradorligiga bog'liq.

Ta'lim oluvchilar rivojlanishining yuqori darajasiga faqat rivojlantiruvchi ta'lim orqali erishish mumkin, bunda ta'lim oluvchilar bilimlarnigina ozlashtirib qolmay, balki bilim olish usullarini ham ozlashtiradi. Bilim olish usuli bu - sub'ektiv bilish vositalari bolib, ularsiz ta'lim oluvchilarning ijodiy faoliyati amalga oshmaydi. Rivojlantiruvchi tizimda bilimlar ta'lim oluvchilarning faol mustaqil bilish faoliyati jarayonida olinadi, o qituvchining asosiy vazifasi, ta'lim oluvchilarga ularning bu bilimlarga bolgan ehtiyoji va faolliklariga bogliq bolmagan holda tayyor bilimlarni uzatishdan iborat bo lgan an'anaviy tizimdan farqli, ta'lim oluvchi faoliyatini boshqarishdan iborat boladi.

Ta'lim-tarbiya sifatini oshirishning asosiy omili oqituvchi va ta'lim oluvchining ta'lim jarayonidagi va tadqiqot ishlaridagi ozaro munosabati, ozaro aloqasidir. Oqituvchi faqat axborot uzatuvchi emas, balki tashkilotchi, rahbar, maslahatchi bolishi, ilmiy metodlar bilan qurollanib, ta'lim jarayoni qonuniyatlari va mexanizmlarini chuqur anglab, uni boshqarishi lozim.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1023-1027

ADABIYOTLAR SHARHI VA METODOLGIYA

Rivojlantiruvchi ta'lim oqituvchi va ta'lim oluvchi faoliyatlarining rivojlanish jarayoni. Shunga asosan, oqituvchi va tinglovchilar faoliyati, umuman olganda, malaka oshirish tizimida oquv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy tashkil qilish muammosini hal qilishga, xususan, pedagogik jarayon sub'ektlari - oqituvchi va tinglovchilarning mustaqil ijodiy faoliyati shakllanganlik darajasiga bogliq boladi. Bu tinglovchilarning muayyan muammolar boyicha individual izlanuvchan faoliyatini tashkil qilish, izlanish natijalarini referat, ma'ruza, metodik maqola, malaka ishi korinishida taqdim etishida namoyon boladi.

Uzluksiz malaka oshirishda boshlanGich sinf oqituvchilarida ijodiy faollikni shakllantirish omili oquv jarayonini optimallashtirish va jadallashtirish, tinglovchilarning oquv-bilish faoliyatlarini ilmiy tashkil qilish, ularning birgalikda olib boradigan ilmiy faoliyatini uyushtirish kabilarda namoyon boladi. Zamonaviy sharoitlarda xalq ta'limi tizimida pedagoglarning intellektual salohiyatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish, uni amalga oshirishning infratuzilmasini ishlab chiqish davr talabiga aylandi. Bugungi kunda dunyo miqyosida xa lq ta'limi xodimlarini aqliy-intellektual jihatdan rivojlantirishning insonparvarlikka asoslangan ko'p parametrli konsepsiyalari ilgari surilmoqda. Bu borada pedagogik-psixologik tadqiqotlardagi aksariyat yondashuvlar shaxsni o'z-o'zini rivojlantirishga, ya'ni shaxsga yo'naltirilgan ta'lim muammosiga qaratilganligidir. Binobarin, bu jarayon amaliyotda malaka oshirish tizimini yanada takomillashtirish, innovatsion jarayonlarni kengaytirish, ta'lim xizmatlarini diversifikatsiyalash, sifat menejmentini joriy qilish, kasbiy ehtiyojlarga asoslanish, individual faoliyatni modellashtirish, loyihalashtirish, uzluksizlik, uzviylikni ta'minlovchi ko'p komponentli yondashuvlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga keltiradi. Respublikamizda olib borilgan keng qamrovli islohotlar natijasida xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish tizimining moddiy-texnik bazasi, huquqiy-me'yoriy, ilmiy-metodik ta'minoti mustahkamlandi, pedagoglar kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirish usullari joriy etilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda pedagog-xodim imkoniyatlaridan to'liq foydalanish va malaka oshirish kurslarida ta'lim turlarini uyg'unlashtirish orqali o'quv modullaridagi amaliy mashg'ulotlarni mukammallashtirish ehtiyoji tug'ilmoqda. Jumladan, malaka oshirish ta'lim muassasalari amaliy faoliyati, o'quv reja va dasturlarining tahlili hamda bir necha yillik kuzatishlar kurslarda asosiy e'tibor pedagog xodimning umumiy tayyorgarligini, kasbiy kompetentligini takomillashtirishga qaratilishini, ularning

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1023-1027

kasbiy xususiyatlari, individualizmi, mahorat darajasi va ehtiyojlari yetarlicha inobatga olinmayotganligini ko'rsatdi. Shu nuqtai nazardan malaka oshirish tizimi oldida kechiktirmasdan hal etilishi lozim bo'lgan muhim vazifalardan biri sifatida o'quv jarayonida amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishga alohida e'tibor qaratish, ularni loyihalashtirish va amaliy ishlanmalar, topshiriqlar hamda turli metodlarni qo'llash natijasida quyidagilarga erishish nazarda tutiladi: - pedagogni sust ob'ektdan faol, mustaqil, intiluvchan, raqobatbardosh subyektga aylantirish; - pedagogning faol hayotiy, kasbiy pozitsiyasini shakllantirish, dunyoqarashini o'zgartirish; -kompensiyaviy rivojlanish bosqichlarini shakllantirish orqali kompetentligini muntazam oshirishga yo'naltirish.

NATIJALAR

Bu vazifalarga e'tiboran o'qituvchilarning kasbiy bilim va mahoratlarini rivojlantirish hamda yangilashga undaydigan shaxs, davlat va jamiyat ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta'lim xizmatlari bozorining shakllanishiga mos yangi malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini yaratishga alohida e'tibor berilmoqda. Binobarin, shu o'rinda xulosa qilish mumkinki, o'qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimining samaradorliligi bu tizimni ehtiyojga asoslangan holda tashkil qilish yoki boshqacha qilib aytganda, malaka oshirish dasturlari ehtiyojidan kelib chiqib tuzilgan bo'lishi kerakligi bilan belgilanadi. Malaka oshirish muassasalarida amaliy mashg'ulotlarni takomillashtirish pedagog -xodimlarda motivlarining mustahkamlanishi, kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirishning qulay, samarali vositalarini tanlash hamda amalga oshirishga sharoit yaratadi. Shuningdek, pedagoglarning individual xususiyatlari, kasbiy qiyinchiliklari, qiziqishlari, ehtiyojlari, shaxsiy motivlari, tajribasi, malaka darajasi va ijtimoiy imkoniyatlarini inobatga olishga xizmat qiladi. Psixologlar katta yoshli ta'lim oluvchini o'quvchi yoki talabadan farqlab turuvchi 5ta

asosiy belgilarni ko'rsatadilar [_, 36-b]:

Birinchidan, katta yoshli inson o'zini mustaqil, o'z-o'zini boshqaradigan shaxs sifatida anglaydi va uni boshqarish harakatiga ko'p hollarda tanqidiy munosabatda bo'ladi.

Ikkinchidan, katta yoshli inson dunyoqarashni shakllantiradigan hayotiy, ijtimoiy, kasbiy tajribaning katta zaxirasini to'playdi va kelayotgan har qanday axborotni shu tajriba nuqtai nazaridan baholaydi.

Uchinchidan, katta yoshli inson o'qishga amaliy yondashadi, o'qish yordamida

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1023-1027

hayotiy muammolarini hal etishga harakat qiladi.

To'rtinchidan, o'quvchi yoki talabadan farqli ravishda, u olgan bilimlarini shu zahoti qo'llashga va o'quv jarayonidan shu zahoti qoniqish hosil qilishga intiladi. Beshinchidan, uning axborotni idrok etish jarayoni emotsional baholash bilan birga kechadi, bunda uning miyasi salbiy hissiyot uyg'otadigan har qanday axborotni to'xtatib qo'yishga harakat qiladi.

Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishda, andragogika tamoyillariga asoslanish zarurdir, chunki bunday tamoyillar quyidagilarni o'zida mujassamlashtiradi

1. Kattalar bilan o'zaro birgalikda faoliyat ko'rsatish madaniyatini shakllantiruvchi kasbiy bilimlar.

2. Butun hayot davomida ma'naviy-madaniy, kasbiy taraqqiyotni axborot va uslubiy jihatdan qo'llab-quvvatlashni ta'minlovchi bilimlar. Insonning tobora o'sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish o'z shaxsini rivojlantirish muammosi ham juda dolzarbdir, kattalar ta'limi esa o'z shaxsini takomillashtirish va o'zligini namoyon qilishga yordam beradi. O'z-o'zini rivojlantirish - shaxsning o'zida kasbiy tajriba, malaka va mahoratni takomillashtirish yo'lida aniq maqsad va puxta o'ylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda amaliy harakatlarni tashkil etishi hisoblanadi. Kasbiy rivojlanishning asosiy yo'nalishi - kasbiy tayyorgarlik, kasbni egallash va kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida shaxsni rivojlantirish, shaxsni kasbiy shakllantirish jarayoni individual ravishda o'ziga xosdir, kasbiy faoliyat insonga o'zini anglash, o'zini o'zi rivojlantirish imkoniyatlarini beradi, shaxsning kasbiy hayotining individual trayektoriyasi normativ va normativ bo'lmagan hodisalar bilan belgilanadi, kasbiy rivojlanishning psixologik xususiyatlarini bilish insonga o'z kasbiy biografiyasini ongli ravishda loyihalashtirish, qurish, o'z tarixini yaratishga imkon beradi. Shunday qilib, mehnat bozorida yuzaga keladigan kuchli raqobatga bardoshli bo'lish ehtiyoji har bir mutaxassisni o'zida kasbiy kompetentlik va unga xos sifatlarni tarkib toptirishga undaydi. Lug'aviy jihatdan "qobiliyat", mazmunan esa "faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish" ma'nosini anglatuvchi kompetentlik negizida ijtimoiy, maxsus (psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion hamda kommunikativ), shaxsiy, texnologik va ekstremal kompetentlik kabi sifatlar aks etadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1023-1027

XULOSA

Yuqoridagi fikr va mulohazalardan ko'rinib turibdiki, hozirgi kunda xalq ta'limi xodimlarining kasbiy ehtiyojlarini aniqlash va ularning malakasini oshirishga differensial yondashuv dolzarb muammo sifatida qaralmoqda.Bunday muammolarni hal etish esa o'z navbatida malaka oshirishning samarali tizimini yaratishni taqozo etadi. Oqituvchining kundalik ishida tadqiqot elementlari har doim bo lgan va u kelajakda ortib boradi. Shu sababli ayniqsa, boshlangich sinf oqituvchisining kasbiy-metodik faoliyati xususiyatlarini chuqur ozlashtirishi, kasbiy oz-ozini anglashiga sharoit yaratish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirgan holda tadqiqot ko nikmalarini rivojlantirish, kasbiy fikrlashga o rgatish lozim. Bu esa har bir tinglovchini tadqiqot faoliyatiga jalb qilish boyicha yaxlit tizimni ishlab chiqishni taqozo etadi.

Tinglovchilarning bilish mustaqilligi va ijodiy konikmalarini rivojlantirishda mustaqil ish keng imkoniyatlarga ega. Didaktikada mustaqil ish ta'lim oluvchilarda bilish mustaqilligini rivojlantirishga imkon berishi, bilish mustaqilligi oz navbatida mustaqil ta'lim olish poydevori ekanligi isbotlangan.

Xozirgi davrda oliy ma'lumotli mutaxassislardan mustaqil ta'lim olish faoliyatiga tayyorlik talab qilinmasdan, balki unga mos tajribaga ega bolish talab qilinadi. Buning uchun malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlarida o quv jarayonini tashkil etishda mustaqil ta'lim olish ustunligini ta'minlagan holda ta'lim va mustaqil ta'lim olish uyg'unligiga erishish mumkin. Xulosa shuki, pedagoglar auditoriyadan tashqari o'z bilimlarini mustaqil ravishda oshirib, fanga doir zarur bilimlarni egallagan bo'lshlari kerak. Mustaqil ta'lim orqali o'qitish jarayonining samaradorligini ta'minlovchi pedagogik malakalar, siyosiy, gumanitar bilimlarni anglatuvchi kasbiy tafakkurni shakllantirish, pedagogik bilimlar tizimini egallash hamda mutaxassisligi bo'yicha o'qitish texnologiyalarini egallash muhim hisoblanadi.

REFERENCES

1. Jo'rayev R., va boshqalar. Pedagog kadrlar malakasini uzluksiz oshirish mexanizmini takomillashtirish. O'quv-metodik qo'llanma. -T.: Adabiyot uchqunlari, 2014, -160 b.

2. Ibragimov A.A., Fayzullayeva G.Sh. Malaka oshirish kurslarida amaliy mashg'ulotlarni tashkil qilish va o'tkazish.Uslubiy qo'llanma. - Samarqand.: SVXTXQTMOHM, 2020. -104 b.

3. N.Raxmanqulova. , va boshqalar.Xalq ta'limi xodimlarining malaka oshirish kurslaridan keyingi faoliyatlarini pedagogik qollab-quvvatlash. - T.: Lessonpress, 2018. -160 b

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1027 www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.