Научная статья на тему 'MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA INNOVASION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING MUAMMO VA YUTUQLARI'

MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA INNOVASION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING MUAMMO VA YUTUQLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
малака ошириш / инновацион технологиялар / масофавий таълим / ўқув режа / профессор-ўқитувчи / анъанавий дарс / ўз-ўзини ривожлантириш / мустақил таълим.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Raximova Surayyo Saloxiddinovna

Мазкур мақолада малака ошириш жараёнида масофавий таълимдан фойдаланишнинг имкониятлари ва муаммолари ҳақида сўз юритилган.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA INNOVASION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING MUAMMO VA YUTUQLARI»

MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA INNOVASION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING MUAMMO VA

YUTUQLARI

Raximova Surayyo Saloxiddinovna

MTTDMQTMOI "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.11234412

Аннотация. Мазкур мацолада малаш ошириш жараёнида масофавий таълимдан фойдаланишнинг имкониятлари ва муаммолари уацида суз юритилган.

Калит сузлар: малака ошириш, инновацион технологиялар, масофавий таълим, уцув режа, профессор-уцитувчи, анъанавий дарс, уз-узини ривожлантириш, мустацил таълим.

Аннотация. В данной статье рассматриваются преимущества и недостатки использования дистанционного обучения в процессе профессионального развития.

Ключевые слова: профессиональное развитие, инновационные технологии, дистанционное образование, учебная программа, профессор-преподаватель, традиционный урок, саморазвитие, самостоятельное образование.

Abstract. This article examines the advantages and disadvantages of using distance learning in professional development.

Keywords: professional development, innovative technologies, distance education, curriculum, professor-teacher, traditional lesson, self-development, independent education.

Bugungi kunda o'quv jarayonini tashkil etishda innovasion texnologiyalardan foydalanishga bo'lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta'limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi zamon talablaridan kelib chiqib barcha ta'lim muassasalarida, jumladan, maktabgacha ta'lim tizimida ham masofaviy ta'limdan foydalanishning muhimligi o'z isbotini topdi. Pandemiya davriga qadar bizningcha, masofaviy ta'limga bo'lgan ehtiyoj yo'qdek edi go'yo. Ko'pgina mamlakatlar ta'lim tizimida sifatli kadrlar tayyorlash uchun ta'lim jarayonlari masofaviy ta'lim shaklidan foydalanib kelinadi.

Masofaviy o'qitish hozirgi kunda zamonaviy ta'limning eng muhim va tobora ommaviylashib borayotgan shakli sanaladi. Masofaviy ta'lim uslubi tinglovchini mustaqil ishlashlariga, ilmiy ijod bilan shug'ullanishlariga, kitoblarni mutolaa qilishlariga imkon beradi. Mustaqil bilim olishga, izlanishga, fikrlashga o'rgatadi. Pedagog-o'qituvchilar uchun esa, xorij olimlari ishtirokida tashkil qilinayotgan onlayn videokonferensiyalarda qatnashishlariga, kasbiy mahoratlarini rivojlantirish uchun muntazam ishlashlariga imkon bo'ladi. Shu o'rinda maqolada qayta-qayta tilga olinayotgan ayrim terminlarga e'tibor qaratamiz.

Masofaviy ta'lim - an'anaviy darsdan tubdan farq qiladigan faoliyat hisoblanadi. Bunda har bir professor-o'qituvchi auditoriyadagi yondashuvlarni qisman unutadi, virtual auditoriyalarga moslashishi zarur, chunki bu darslarning ham o'ziga yarasha jiddiy talab va shartlari mavjud.

Masofaviy ta'lim - internet texnologiyalari yordamida tinglovchi hamda o'qituvchilarning masofadan turib, interfaol muloqot qilish jarayoni hisoblanadi. Bu o'qituvchi va tinglovchilar o'rtasidagi onlayn dars jarayonidir. Bunday darslar uchun avvalo kommunikasiya, masofaviy ta'lim uslubiy materiallari, onlayn darslar, testlar va albatta, internetga ulangan kompyuterdan foydalaniladi.

Masofaviy ta'limdan foydalanayotgan tinglovchi o'ziga qulay vaqtda, qulay joyda, qulay sharoitda bilim olishi mumkin ekanligi masofaviy ta'limning afzalliklaridan biridir. Ana shunday afzalliklar tufayli ushbu tizimdan bugungi kunda dunyo miqiyosida foydalanilmoqda.

Shu bilan birga, ta'lim muassasasidan uzoqda yashovchilar, qatnab malakasini oshirish uchun sharoiti bo'lmaganlar, salomatligi cheklanganlar, yosh bola tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi ayollar ham bu tizim vositasidan foydalanib ta'lim olishlari qulaydir. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlari misolida oladigan bo'lsak, bu tizimda aksariyat mutaxassislar - ayollar va qizlardan iboratdir.

Masofaviy ta'limda turli sohadagi qiziqishlarini inobatga olgan holda, o'z mehnat faoliyatidan ajralmay ta'lim olish va malaka oshirishlariga imkoniyat yaratiladi. Bundan tashqari, masofadan turib o'qiganda bir necha kurslarda bir vaqtning o'zida ta'lim olish imkoni ham mavjud.

Ish faoliyatida masofaviy ta'limdan foydalanishning afzalliklari bilan birga o'ziga xos muammolarga ham duch kelish mumkin. Uzoq hududlarda yashaydigan hamda elektron ta'lim platformasidan foydalanish imkoniga (texnik va boshqa sabablar tufayli) ega bo'lmagan, pedagog va tinglovchilar ko'nikmalarining yetarli emasligi, pedagog va tinglovchi o'rtasidagi qayta aloqa mexanizmining yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi albatta ta'lim sifatiga salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Biroq ushbu jarayondan unumli foydalanib qolish imkoniyatlari ham mavjud. Sababi, hozirda barcha ta'lim muassasalari masofaviy ta'limni yo'lga qo'yish bo'yicha muayyan darajada tajribaga ega. Shu bilan birga, ta'lim oluvchilar hamda malaka oshiruvchilarda har ikkala ta'lim turlarini o'zaro solishtirib ko'rish imkoniyati mavjud bo'lmoqda.

Ayniqsa, bugungi kunda ko'plab muassasalar hamda tinglovchilar tomonidan masofaviy o'qishga bo'lgan talabning oshganligini kuzatish mumkin.

Masofaviy o'qitishning eng keng tarqalgan va samarali usullaridan biri, videokonferensiya texnologiyasiga asoslangan masofaviy o'qitish usuli. Videokonferensiya texnologiyasiga asoslangan masofaviy o'qitish tizimini sinxron ko'rinishdagi masofaviy o'qitish deyish mumkin. Chunki, o'quv jarayoni o'qituvchi uchun ham, tinglovchi uchun ham aniq belgilangan vaqt mobaynida amalga oshiriladi. Videokonferensiya aloqasi jarayoni uchun maxsus qurilmalardan foydalanilib, ular aloqa kanallari orqali audioovoz, videotasvir yuborish bilan birga boshqa multimedia imkoniyatlariga ham ega bo'ladi. Bunday o'qitish usulida o'quv jarayonini ikki tomonlama - ham o'qituvchi, ham tinglovchi tomonidan sinxronlash zaruriyati paydo bo'ladi. Ya'ni o'qitish jarayonida har ikki tomonning bir vaqtning o'zida qatnashishi talab etiladi.

Bu kabi talab bitta hududda yashovchilar uchun hech qanday muammo tug'dirmasdan, uning samarasi yuqori bo'ladi.

Ammo ba'zi hollarda, ishtirokchilar o'zaro geografik noqulay joylashgan bo'lishsa, ya'ni ular orasidagi vaqt katta farq qilganda ayrim noqulayliklarni keltirib chiqaradi.

Malaka oshirish jarayonida o'quv rejalarning tuzilish holati ham muhim hisoblanadi. An'anaviy malaka oshirish uchun tuzilgan o'quv rejalar masofaviy malaka oshirish uchun to'g'ri kelmasligini inobatga olgan holda, bu kabi ta'lim turi uchun maxsus o'quv rejalarning yaratilishi samara beradi.

Samarali usuldan yana biri, internet tarmog'iga veb-texnologiyaga asoslangan masofaviy o'qitish usulidir. Bu usulda esa, oldindan tayyorlab qo'yilgan videotasvirlar, audioaxborotlar hamda multimedia vositalari tarmoq bo'ylab uzatiladi. Bu o'qitish usuli ancha sodda, arzon va asinxron hisoblanib, bunda tinglovchi o'ziga qulay vaqtda platformaga murojaat etish imkoniyati mavjud.

Bu usul videokonferensiya texnologiyasiga asoslangan masofaviy o'qitishdan farq qilib bunda ishtirokchilardan bir vaqtning o'zida dars jarayonlariga qatnashish talab etilmaydi. Ya'ni, tinglovchi o'qituvchining ishtiroki va yordamisiz ham o'quv materiallarini o'zlashtirish va o'z ustida ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'z o'rnida, tarmoqda joylangan har bir o'quv material mazmunan to'g'ri va aniq asoslangan ma'lumotlardan iborat bo'lishi professor-o'qituvchidan mas'uliyat bilan yondashishni talab etadi.

Masofaviy o'qitish barcha ta'lim olish istagi bo'lganlarga o'z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratib, bunday o'qitish jarayonida tinglovchi onlayn va oflayn rejimda mustaqil o'quv-uslubiy materiallarni o'zlashtiradi, nazoratdan o'tadi, o'qituvchining bevosita rahbarligida loyiha ishlarini bajaradi hamda guruhdagi boshqa tinglovchilar bilan muloqotda bo'lib, tajriba almashadi.

Shu o'rinda aytish joizki, har ikkala turdagi malaka oshirishda ham o'ziga xos bo'lgan yutuqli hamda muammoli jihatlar bor. Qay birini tanlashni tinglovchining xohishiga qoldirar ekanmiz, har birida ham ma'suliyat bilan yondashish talab etiladi. Qachonki mutaxassis o'zini rivojlantirishni, o'z ustida ishlashni, kasbiy kompetentligini oshirishni maqsad qilar ekan, bu malaka oshirish uning uchun samarali kechadi. Masofaviy ta'lim bizningcha, "shunchaki" yoki "yuzaki" malaka oshirishdek go'yo. Bu kabi tushunchalarni bartaraf etish, kishida mustaqil ta'lim olishga bo'lgan intilishni kuchaytirishni talab etadi.

Masofaviy ta'limning maqsadlariga to'xtalib o'tamiz:

- Respublika miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi barcha o'quvchilar, talabalar, ta'lim olishni xohlovchilarga birdek ta'lim olish imkoniyatini yaratib berish;

- Yetakchi universitetlar, akademiyalar, institutlar, tayyorlov markazlari, kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka oshirish institutlari va boshqa ta'lim muassasalarining ilmiy va ta'lim berish potensiallaridan foydalanish evaziga ta'lim berishning sifat darajasini oshirish;

- Asosiy ta'lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda qo'shimcha ta'lim olish imkoniyatini yaratib berish;

- Ta'lim oluvchilarni ta'lim olishga bo'lgan ehtiyojini qondirish va ta'lim muhitini kengaytirish;

- Uzluksiz ta'lim imkoniyatlarini yaratish;

- Ta'lim sifatini saqlagan holda ta'lim darajasini ta'minlash.

Xulosa o'rnida aytish joizki, ta'lim muassasalarida masofaviy ta'lim shaklidan foydalanish ta'lim oluvchilar va ta'lim beruvchilarga katta imkoniyatlar beradi. Ta'lim muassasalari uchun xarajatni optimallashtirish imkoniyatini beradi va xududlararo o'zaro chegaraviy ta'qiqlarni yo'q qiladi. Ayniqsa, maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning aksariyati ayollar, qizlardan iborat bo'lib, bunday ta'limda tinglovchi har kuni ta'lim muassasasiga borishi shart bo'lmaydi. Tinglovchilar uyidan uzoqda sarson bo'lish va ortiqcha oilasi uchun xaraj atlardan cheklanadi.

REFERENCES

1. Yuldashev U. Mamarajabov M., Tursunov S. Pedagogik Veb-dizayn. O'quv qo'llanma - T.: "Voris", 2013.

2. Aripov M., Fayziyeva M., Dottoyev S. Veb-texnologiyalar. O'quv qo'llanma. - T.; "Faylasuflar jamiyati", 2013.

3. Fozilov Sh.X., Jumanazarov S.SAxborotli olam. Ilmiy-ommabop risola. Fan va texnologiya» nashriyoti. 2007-yil.

4. Mamarajabov M., Tursunov S. Kompyuter grafikasi va Veb dizayn. Darslik. - T.: "Cho'lpon" 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.