Научная статья на тему 'MAKTABLARDA INGLIZ TILINI O’RGATISHNING DAVRIY AHAMIYATI'

MAKTABLARDA INGLIZ TILINI O’RGATISHNING DAVRIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ingliz tili / maktab o‘quvchilari / muloqot ko‘nikmlalari / til biluvchilar / tajriba almashish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xadjimetova Dilnoza Rahimovna

Ushbu maqolada buguni jamiyatda eng faol til sifatida rivojlanib kelayotgan ingliz tilini maktab o‘quvchilariga o‘rgatishning ahamiyati xususidagi fikr-mulohazalar bayon qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABLARDA INGLIZ TILINI O’RGATISHNING DAVRIY AHAMIYATI»

MAKTABLARDA INGLIZ TILINI O'RGATISHNING DAVRIY

AHAMIYATI Xadjimetova Dilnoza Rahimovna

Nizomiy nomidagi TDPU tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.12674237

Annotatsiya. Ushbu maqolada buguni jamiyatda eng faol til sifatida rivojlanib kelayotgan ingliz tilini maktab o 'quvchilariga o 'rgatishning ahamiyati xususidagi fikr-mulohazalar bayon qilindi.

Kalitso'z va iboralar: ingliz tili, maktab o 'quvchilari, muloqot ko 'nikmlalari, til biluvchilar, tajriba almashish.

Ingliz tili xalqaro til bo'lib, Birlashgan Millatlar tashkilotining rasmiy tillaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Ingliz tili — navigatsiya, aviatsiya, adabiyot, ta'lim, zamonaviy musiqa, xalqaro sport, turizm, dasturlash tili, siyosat, fan, texnologiya, biznes, madaniyat va savdo kabi sohalarda xalqaro muloqot tili ham hisoblanadi.

Dunyodagi yozishmalarning 75 foizi ingliz tilida olib boriladi, Radiostansiyalarning 60 foizi ingliz tilida eshittiriladi, jahon davriy nashrlarining yarmidan ko'pi ingliz tilida, elektronikaga oid ma'lumotlarning 80 foizi ingliz tilida saqlanadi. Hech kimga sir emaski, bugungi kunda ingliz tili dunyodagi eng keng tarqalgan tildir: 400 milliondan ortiq kishi bu tilda o'z ona tili sifatida so'zlashadi, ammo ingliz tili chet tili bo'lganlar soni bu ko'rsatkichdan uch baravar ko'pdir. Oxirgi o'n yilliklarda kelib Osiyoda ingliz tilini biladigan kattalar soni 350 milliondan ortib ketdi. Britaniya Kengashining ma'lumotlariga ko'ra, yana 10 yillardan keyin 2 milliard odam ingliz tilini o'rganadi va dunyo aholisining taxminan yarmi bu tilda so'zlashadi.

Mazkur statistik ma'lumotlarga tayanib aytish mumkinki, bugungi kunda yosh avlod vakillarining chet tili sifatida ingliz tilini o'rganishlari juda ahamiyatlidir. Bu bilan nafaqat yosh vakilda til bilganlik ma'lumoti oshadi, balki mamlakatda til

biluvchilar soni hamda jahon miqyosidagi turli nufuzli loyihalarda, grandlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega yoshlar safi kengayadi. Bu bilan davlatning ham ta'limdagi yutuqlari yanada ortadi, deyish mumkin.

Maktab yillaridan boshlab o'zbek maktab o'quvchilari uchun ingliz tilini o'zlashtirish saboqlarini olish juda muhim va buning bir qancha sabablari bor: ingliz tili insonning o'zini o'zi takomillashtirishining kalitidir, chunki bu til yordamida inson turli xorijiy kitoblarni mutoala qilishi, xorijiy ijrochilarning musiqalarini tinglashi, tarjimasiz filmlarni tomosha qilishi va boshqa millat vakillarining ijodini tushunishi mumkin. Ingliz tilida ravonlik yangi yutuqlarga yo'l ochadi, masalan, chet elga xizmat safari yoki sayohat misolida aytish mumkin. Yoki yuqorida ati o'tilganidek, turli xalqaro loyiha va grandlarda ishtirok etish hamda g'oliblikni qo'lga kiritish uchun qo'shimcha yordamchi kuch deyilsa, ham mubolag'a bo'lmaydi.

Chet tilini bilish maktab o'quvchilariga nufuzli xorijiy maktablar, kollejlar va universitetlarda o'qish imkonini ham beradi. Ingliz tilini puxta egallash nufuzli kasb egasi bo'lib, o'zbeklarga xorijliklar bilan tajriba almashish, xalqaro tanlov va konferensiyalarda qatnashish imkoniyatini ham yaratadi.

Shunday qilib, maktab o'quvchilari uchun ingliz tilini o'rganishi, faol so'z boyligi va ingliz tilida nutq ko'nikmalarini rivojlantirishi muhim va zarurdir. Ingliz tili darslarida faol so'z boyligi va nutq ko'nikmalarini rivojlantirishda maktablari o'qituvchilari turli texnologiyalar, usullar va ish shakllaridan foydalanishlari tavsiya etiladi. Bunda maktabda ingliz tili darslarida o'qituvchilar tomonidan qo'llaniladigan faol so'z boyligi va nutq qobiliyatlarini rivojlantirish vositasi sifatida o'yin texnologiyalari yoki didaktik o'yinlarini namuna deyish mumkin.

Ma'lumki, pedagogik terminologik lug'atga ko'ra, didaktik o'yin — bu fan va madaniyat sub'yektlarida ob'yektiv harakatlarni amalga oshirishning ijtimoiy qat'iy usullarida mustahkamlangan ijtimoiy tajribani qayta tiklash va o'zlashtirishga qaratilgan shartli vaziyatlardagi faoliyat shakli. Bunda ijtimoiy amaliyotning alohida tarixan paydo bo'lgan shakli sifatida inson hayoti va faoliyati normalari takrorlanadi,

unga bo'ysunish ob'yektiv va ijtimoiy voqelikni bilish va o'zlashtirishni, shaxsning intellektual, hissiy va axloqiy rivojlanishini ta'minlaydi.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, ingliz tilini o'rgatishda maktab o'quvchilarining nafaqat boshlang'ich malakasini oshirishga katta e'tibor berish kerak, balki shu bilan birgalikda madaniyatlararo muloqot va ishbilarmonlik muloqoti ko'nikmalarini singdirish ham zarur. Negaki bu turli davlatlar, millatlarning madaniyatlar va odob-axloqining xususiyatlarini bilishga yordam beradi va bu bilan umumiy shaxsiy va madaniyatlararo to'qnashuvlarda muammolarning oldini olishda yutuqqa erishtiradi.

REFERENCES:

1. Алешугина Е.А. Методы создания профессионального тезауруса на иностранном языке для технических направлений подготовки: монография / Е.А. Алешугина, Д.А. Лошкарева, Н.Ф. Угодчикова; Нижегород. гос. архитектур.-строит. ун-т Н. Новгород: ННГАСУ, 2017. - 147 с. [Электронный ресурс]. - URL: http://www.bibl.nngasu.ru/ (дата обращения: 10.12.2017).

2. Dilshoda Jalilova Ural qizi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish masalasining ahamiyati. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

3. Гаврилова С.Г., Галиева Х.С. Роль иностранного языка в формировании комплексной готовности к профессиональной деятельности // Личность, семья и общество: вопросы педагогики и психологии: сб. ст. по матер. XX международной научно-практической конференции. - 2012. - C. 96-102.

4. Камышева Е.Ю., Кравцова Т.В. Использование метода моделирования иноязычных коммуникативных ситуаций в образовательном процессе // Психология и педагогика: методика и проблемы практического применения. - 2013. - No 31. - С. 139-145.

5. https://vt.me/ialilova (ИЫюёа 2292

6. https: //1 теЛ^у_уогёат_Ьегатап

7. https: //иг^Мре^а. ощ

8. https://cyberleninka.ru

9. https://elib.bsu.by

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.