Научная статья на тему 'MAKTABLARDA BIOLOGIYA FANINI O`QITISHNING MUAMMOLI IZLANISH METODLARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI VA SAMARADORLIGI'

MAKTABLARDA BIOLOGIYA FANINI O`QITISHNING MUAMMOLI IZLANISH METODLARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI VA SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muammoli izlanish metodlari subyekt–obyekt / rolli o’yinlar / konferensiya / sud darslari / aqliy hujum / klaster metodi / muammoli vaziyat / muammoli ta`lim mashg‘ulotlari. / methods of subject-object problem research / role-playing games / conference / court exercises / brainstorming / cluster method / problem situation / problem-based learning.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ravshanova U.B.

Ushbu maqolada maktab biologiya darslarida o`qitishning muammoli izlanish metodlaridan foydalanish texnologiyasi va samaradorligi haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGY AND EFFICIENCY OF USING PROBLEM RESEARCH METHODS OF TEACHING BIOLOGY IN SCHOOLS

This article describes the technology and effectiveness of using problem-based research methods of teaching in school biology lessons.

Текст научной работы на тему «MAKTABLARDA BIOLOGIYA FANINI O`QITISHNING MUAMMOLI IZLANISH METODLARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI VA SAMARADORLIGI»

Ravshanova U.B.

Botanika kafedrasi o^qituvchisi Termiz davlat universiteti

MAKTABLARDA BIOLOGIYA FANINI OQITISHNING MUAMMOLI IZLANISH METODLARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI VA

SAMARADORLIGI

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktab biologiya darslarida o^qitishning muammoli izlanish metodlaridan foydalanish texnologiyasi va samaradorligi haqidagi ma 'lumotlar bayon etilgan.

Kalit so^zlar: muammoli izlanish metodlari subyekt-obyekt, rolli o'yinlar, konferensiya, sud darslari, aqliy hujum, klaster metodi, muammoli vaziyat, muammoli talim mashg'ulotlari.

Ravshanova U.B.

teacher Botany department Termiz State University

TECHNOLOGY AND EFFICIENCY OF USING PROBLEM RESEARCH METHODS OF TEACHING BIOLOGY IN SCHOOLS

Abstract. This article describes the technology and effectiveness of using problem-based research methods of teaching in school biology lessons.

Keywords: methods of subject-object problem research, role-playing games, conference, court exercises, brainstorming, cluster method, problem situation, problem-based learning.

KIRISH

Inson qayerda bo'lmasin hayvonot va o'simliklar dunyosi bilan o'ralgan. Biologiya juda murakkab fan bo'lib, ular nafaqat o'simlik va hayvonot dunyosining tur tarkibini, balki ko'plab tushunchalar, ta'riflar, qonuniyatlarni tajriba asosida o'rganadi. Bunday tushunchalarni o'quvchilarga yetkazish o'qituvchidan pedagogik mahoratni talab qiladi. Har bir fanni o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari bo'lib, ilg'or pedagogik texnalogiyani ham shu fanga moslashtirish kerak bo'ladi.

Hozirgi kunda muammoli ta'lim metodlaridan biologiya fanini o'qitishda qo'llash yaxshi natija berayotganligini aytish mumkin

Muammoli ta'lim deb, o'qituvchi tomonidan pedagogik ta'sir ko'rsatishning eng muqobil varianti yordamida, fikr yuritish qonuniyatlariga tayangan holda, o'quvchilarning bilimlami o'zlashtirish jarayonida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va bilish ehtiyojini qondirish maqsadiga yo'naltirilgan,

shaxsning umumiy va maxsus rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayonga aytiladi. Muammoli ta'lim jarayonida o'qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o'quvchilarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malakalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatini rivojlantirishga imkon beradi. Muammoli ta'lim texnologiyalari o'quvchilarning bilimlami o'zlashtirish darajasini orttirish, ko'nikmalarni malaka darajasiga yetkazish maqsadida qo'llanilib, unda o'quvchi o'quv materialini tahlil qiladi, taqqoslaydi, sintezlaydi, ma'lumotlarni umumlashtirib, yangi axborot oladi. Boshqacha aytganda, avval o 'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini yangi vaziyatlarda qo'llab, bilimlami chuqurlashtiradi, kengaytiradi.

Masalan, «Tabiiy ekosistemalar va suniy ekosistemalarning bir-biridan farqini toping?» degan savolga javob topishi uchun o'quvchilar avval tabiiy ekosistemalarga nimalar misol bolishini, suniy ekosistemalarga nimalar kirishini eslashi, ular o'rasidagi farqni belgilashi, to'plangan ma'lumotlar asosida xulosa yasab, fikrini dalillashi lozim. Savolning bu tarzda muammoli qo'yilishi o'quvchilarda tahliliy va mantiqiy fikr yuritish Ko'nikmalarini egallashga imkon beradi.

Muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog'liq:

— muayyan mavzuga oid o'quv materialini muammolashtirish;

— muammoli vaziyatlami vujudga keltirish orqali o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish;

— ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg'unlashtirish;

— o'qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o'z o 'rnida va samarali foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish;

— muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda o 'quvchilarga bayon etish

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Biologiyani o'qitishda foydalaniladigan faol metodlar guruhiga o'qitishning muammoli - izlanish metodlari, mantiqiy metodlar, mustaqil ishlash metodlari, o'quvchilar faoliyatini rag'batlantirish va asoslash metodlari, nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish metodlari kiradi. Faol metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o'quvchilarning kichik guruhlarida hamkorlikda ishlab, muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob'ekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko'nikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi. Shu sababli, biologiyani o'qitishda o'qitishning repro duktiv metodlari bo'lgan og'zaki bayon, ko'rgazmali va amaliy metodlar bilan birgalikda muammoli izlanish va mantiqiy metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning u chun o'qituvchi mazkur metodlarning o'ziga xos xusu siyatlari, ular tarkibiga kiradigan metodik uslublarni to'g'ri anglashi va o'z o'rnida samarali foydalanish ko'nikmalarini egallagan bo'lishi lozim. Muammoli izlanish metodlari dars davomida izchil va maqsadga yo'naltirilgan holda vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o'quvchilar avval o'zlashtirgan bilim va ko'nik malarini yangi vaziyatlarda

qo'llashi orqali o'quv materialini faol o'zlashtirishiga xizmat qiladi. Bu metodlar guruhi o'quv chilarning aqliy rivojlanishi, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va undan chiqishning eng maqbul yo'lini topishi, mo'ljalni to'g'ri olishiga zamin tayyorlaydi. Muammoli izlanish metodlari guruhiga mansub muammoli izlanish xarakteridagi suhbat metodidan foydalanganda, avval muammoli vaziyatlar yaratiladi, avvaldan tayyorlangan muammoli savollar zanjiri bayon etiladi, o'quvchilarning o'qituvchi bilan birgalikda mantiqiy mulohaza yuritishiga, o'quv farazlarini hosil qilish va isbotlash, suhbat jarayonida muammoli savollarga javob topishiga imkon yaratiladi. Muammoli hikoya metodida, o'qituvchi yangi mavzuni o'rganish jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratadi, o'quv chilar bilan hamkorlikda hikoya jarayonida muammoli savollarga javob topishga, o'quv farazlarini hosil qilish va dalillashga imkon yaratiladi, o'quvchilarning javoblari asosida muammolar hal etiladi. Muammoli - amaliy metoddan foydalanganda muammoli topshiriqlar tuziladi, shu asosda tajribalar o'tkaziladi, muam moli vaziyatlarni xal etish yuzasidan o'quv farazlarini hosil qilinadi va o'quv-tadqiqot tajribalari o'tkazilib, o'quv xulo salari va umumlashmalarini ta'riflab muammolar hal etiladi. Muammoli metodlardan foydalaniladigan darslarni keyingi yillarda yangi nom bilan ("Tafakkur bo'roni" B.R.Qodirov), ("Miyaga hujum", "Fikrlar to'qnashuvi", "Fikrlar jangi" V.M.Karimova, F.A.Akramova), ("Aqliy hujum" J.G\Yo'ldo shev) nomlash rasm bo'ldi. Muammoli metoddan foydalanilgan dars ("Aqliy hujum") quyidagi bosqich asosida tashkil etiladi:

I - bosqich. Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bo'lgan o'quvchilardan teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish.

II - bosqich. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bo'lgan o'quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshiriqning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.III - bosqich. O'quvchilarning bilish faoliyatini o'quv muammolarini hal etishga yo'naltirish.

IV - bosqich. O'quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bo'yicha axborotlarini tinglash.

V - bosqich. Kichik guruhlar o'rtasida o'quv bahsi va munozara o'tkazish.

VI - bosqich. Umumiy xulosa yasash. "Aqliy hujum"da o'quvchilar avval o'zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo'llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat usullarini egallaydi.

Xulosa. Xulosa qilib aytganda muammoli metodlar o'quvchilarning faoliyati muammoli vaziyatlami idrok etish, hal qilish usullarini izlash, muammoni tahlil qilib, taxminlarni ilgari surish, taxminlami ilmiy va mantiqiy nuqtayi nazardan asoslash, isbotlash, tekshirish va xulosa chiqarishdan iborat bo'ladi. Muammoli izlanish metodlari o'quvchilarning mustaqil fikrlashi va ijodiy izlanishiga zamin tayyorlaydi, shuningdek bilim samaradorligini tako millashtirishda muhim ahamiyatga ega.

References:

1. J.O. Tolipova, A.T.G'ofurov Biologiya ta'limi texnologiyalari. Metodik qollanma «O'qituvchi», Toshkent. 2002y

2. J.O.Tolipova "Biologiyani o'qitishda innovatsion texnologiyalar" Pedagogika oliy o'quv yurti talabalari uchun darslik. Toshkent - "ChoTpon" - 2011 y.

3. Sayfullayev, A. (2021). UZLUKSIZ TALIM VOSITASIDA EKOLOGIK MUAMMOLARNI HAL ETISH TEXNOLOGIYASI. Uzluksiz talim.

4. Baxriddinovna R. U., Musurmonovich F. S. Distance Learning System in Educational System Instead, and Significance //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2023. - T. 21. - C. 11-13.

5. Baxriddinovna R. U. Methodology For Solving Problems of Food Chains and Ecological Pyramids and Its Significance //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2024. - T. 28. - C. 19-22.

6. Ravshanova U. 10-SINFDA BIOLOGIYANING "EKOSISTEMA" BOBINI MUAMMOLI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (UMUMTA'LIM MAKTABI MISOLIDA) //Biologiyaning zamonaviy tendensiyalari: muammolar va yechimlar. - 2023. - T. 1. - №. 5. - C. 825-827.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.