Научная статья на тему 'BIOLOGIYA FANINI OʻQITISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH USULLARI'

BIOLOGIYA FANINI OʻQITISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
165
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suhbat metodi / hikoya metodi / ma’ruza metodi / ko‘rgazmali metodlar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muxiddinova Muxlisa Muxiddin Qizi, Boyburiyeva Zebo Sodiq Qizi, Xalilov Sirojiddin Baxtiyor O’G’Li, Saydullayev To’Ra Sayfiddin O’G’Li

ushbu maqolada biologiya darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanib o’tilgan darsda o’quvchilar o’z qobiliyatlari va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar deb yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYA FANINI OʻQITISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH USULLARI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6 BIOLOGIYA FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM

TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASH USULLARI

* ; i>

»

Muxiddinova Muxlisa Muxiddin qizi

TerDU Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta'lim yo'nalishi 3- kurs talabasi

Boyburiyeva Zebo Sodiq qizi TerDU Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta'lim yo'nalishi 3- kurs talabasi

Xalilov Sirojiddin Baxtiyor o'g'li TerDU Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta'lim yo'nalishi 3- kurs talabasi

Saydullayev To'ra Sayfiddin o'g'li TerDU Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta'lim yo'nalishi 3- kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6758125

;> >i }:й> Annotatsiya: ushbu maqolada biologiya darslarida innovatsion

texnologiyalardan foydalanib o'tilgan darsda o'quvchilar o'z qobiliyatlari va

m i

imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar deb yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: suhbat metodi, hikoya metodi, ma'ruza metodi, ko'rgazmali metodlar.

#"¡ >

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar kadrlar tayyorlash tizimining mukammal bo'lishiga, zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida rivojlanishga qaratilgan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama rivojlangan shaxs - fuqaroni

shakllantirishni ko'zda tutadi. Bu o'z navbatida fan, texnika, ilg'or integrativ texnologiyalar asosida shaxsni tarbiyalash, o'qitish, rivojlantirish masalasini hal etish uchun xizmat qiladi. Darsning mazmuni va foydalaniladigan ko'rgazmali vositalar muayyan o'qitish metodlarini talab etadi. O'qituvchi o'qitish metodlarining turlarini, ularga mansub uslublarni, foydalanish yo'llarini yaxshi bilishi lozim. Shuni hisobga

/ л I noil К/л I /1 n /11i/1 '1 ¡л' ¿t 111 с 11 /л/1 Inmiinn niiniM n ri bom/^o 1'i 1. г Л11Г1111 n /11 i "/'i 1. i

olgan holda quyida o'qitish metodlarining guruhlari haqida fikr yuritiladi. Og'zaki

*

bayon metodlari guruhi o'z ichiga suhbat, hikoya, ma'ruza metodlarini oladi. Quyida

shu iiieiodlaining laikiuiga kuuvc^u metodik usluulai keluinadi:

Suhbat metodi - suhbat savollarini ketma-ketlikda qo'yish, yordamchi va

shu metodlarning tarkibiga kiruvchi metodik uslublar keltiriladi:

m

w-

qo'shimcha savollarni o'z vaqtida berish, o'quvchilarni faollashtirish, o'quvchilar javobidagi xatolarni to'g'rilash, xulosa va umumlashtirishni tarkib toptirish uslubi. Hikoya metodi - o'quv materialini jonli, obyektlarga xos xususiyatlarni bayon qilish,

i J>:*-

axborotning ilmiyligi, izchilligi, tushunarliligi, nutqning ravonligi va ifodaliligi

uslubi. Ma'ruza metodi - o'quv materialini mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilish, muammolarni qo'yish, obyektlarni aniqlash, taqqoslash, xulosa chiqarish,

umumlashtirish, o'quvchilarning diqqatini jalb qilish uslubi.

< J-NW i^N J

:• h ]>:>

"^isr8'- -i I

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

Ko'rgazmali metodlar - guruhiga tabiiy va tirik obyektlar, tasviriy ko'rgazma,

#

>

ekran vositalari, AKTning ko'rgazmali dasturlari, multimedialarni namoyish qilish metodlari kirib, muayyan holda quyidagi ko'rgazmali vositalarni namoyish qilish, illyustratsiya, demonstratsiya, o'quv kinofilmlari, videofilmlar, AKTning ta'limiy, modellashtirilgan dasturlari, elektron darsliklar, multimedialarni namoyish qilish, ko'rgazmaning did va estetik talablarga javob berishi, dars mazmunini yoritishi, ketma-ketlikda o'quvchilar faoliyatini tashkil etish uslublaridan tashkil topadi. Amaliy metodlar - guruhiga kuzatish, tajribani tashkil etish va o'tkazish, amaliy ishni

J O O > J J

bajarish metodlari kirib, ular mos holda, obyektlarni tanib olish va aniqlash, kuzatish va tajribalar o'tkazish, o'quvchilarga amaliy ishning borishini bayon qilish, amaliy ishlarni bajarish rejasini tuzish, amaliy ish topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish, topshiriqlarni bajarish natijalarini tahlil qilish, o'z-o'zini nazorat qilish, amaliy ish, kuzatish va tajribalarni yakunlash va rasmiylashtirish uslublaridan iborat bo'ladi.

Muammoli izlanish metodlari - muammoli vaziyatlarni yaratish, muammoli

nni I nr rrntnirmi -fi 1 r-w-i nU mnnmmAM IrviAO n n I nr +1 i Ti o Ii irn + o 1 n Kol nr rv'-fVnfvifi n

savollar zanjirini tuzish, muammoli topshiriqlar tuzish va tajribalar o'tkazish,

muammoli vaziyatlarni hal etish yuzasidan o'quv farazlarini hosil qilish, o'quv farazlarini isbotlash, obyektlarni taqqoslash, mantiqiy mulohaza yuritish, o'quv-tadqiqot tajribalarini o'tkazish, o'quv xulosalari va umumlashmalarini ta'riflash

»

uslublarini o'z ichiga oladi.

O'qitishning mantiqiy metodlari guruhi induktiv, deduktiv, tahlil, bosh g'oyani ajratish, qiyoslash, umumlashtirish metodlaridan iborat bo'lib, ularga quydagilarni kiritish mumkin.

a) induktiv metod - xususiy faktlarni muammoli bayon qilish, o'quvchilar faoliyatini xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yo'naltirish, muammoli topshiriqlami berish uslubi;

b) deduktiv metod - umumiy qonunlarni bayon qilish, o'quvchilarning faoliyatini umumiydan xususiy xulosa chiqarishga yo'naltirish uslubi;

d) tahlil metodi - axborotni anglab idrok etish, o'rganilgan obyektlarning o'xshashlik va farqli tomonlarni aniqlash, o'rganilgan obyektlarni tarkibiy qismlarga ajratish, ular o'rtasidagi boshlanishlarni aniqlash uslubi;

e) bosh g'oyani ajratish metodi - o'quv materialidagi asosiy g'oyani ajratish va saralash, axborotni mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratish, asosiy g'oya va ikkinchi darajali fikrlarni ajratish, tayanch so'zlar va tushunchalarni ajratish, asosiy fikr haqida xulosa chiqarish uslubi tushiniladi.

f) qiyoslash metodi - qiyosiy obyektlarni aniqlash, obyektlarning asosiy

! K*

belgilarini aniqlash, taqqoslash, o'xshashlik va farqlarni aniqlash, qiyoslash natijalarini shartli belgilar bilan rasmiylashtrish uslubi hisoblanadi.

g) umumlashtirish metodi - o'quv materialidagi tipik faktlarni aniqlash,

• J •____: -u j.-______• -,-u

qiyoslash, dastlabki xulosalar, hodisaning rivojlanish dinamikasini tasavvur qilish,

31><}>

U>,* ^ «KQs

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

umumlashtirish natijalarini shartli belgilar yordamida rasmiylashtirish, umumiy

#

xulosa chiqarish uslublarini o'zida mujassamlashtiradi.

Mustaqil ish metodlari - guruhiga ko'rgazma vositalari va darslik ustida mustaqil ishlash metodlari kiradi. Ular tarkibiga mustaqil ish topshiriqlarini berish, o'quv faoliyatida mustaqillikni rivojlantirish, o'quv mehnati malakalarini tarkib toptirish, namunaga muvofiq mustaqil ishlarni tashkil etish, ijodiy topshiriqlar berish uslublari kiradi.

>

! I>S*;

Modulli ta'lim texnologiyasi: Modulli ta'lim texnologiyasi modullarga asoslanadi. Modul lotincha so'zdan olingan bo'lib, qism (blok) degan ma'noni bildiradi. Biologiya fanini o'qitishda modulli ta'lim texnologiyalaridan foydalanishda darsda foydalaniladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli qismlar, ya'ni modullarga ajratiladi va har bir qismni o'quvchilar mustaqil o'zlashtirishlari uchun o'quv topshiriqlari tuziladi. Modul dasturlari mavzuning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadidan kelib chiqadigan modul dasturining didaktik maqsadi, o'quvchilarning dars davomida bajaradigan o'quv topshiriqlari, topshiriqlarni

bajarish bo'yicha berilgan ko'rsatmalar, modul dasturini yakunlash qismini o'zida mujassamlashtiradi.

Muammoli ta'lim texnologiyasi: Ta'lim jarayonida salmoqli o'rin egallagan

»

m?

muammoli "aqliy hujum" darsi, munozarali (ilmiy munozarali va erkin fikrlash) darslar muammoli ta'lim texnologiyasiga asoslanadi. Mazkur darslarning o'ziga xos jihati dars davomida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarga asoslanadi. Muammoli ta'lim jarayonida o'qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga

keltirilib, mazkur muammo o'quvchilarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim,

, , ............. . , „ ........ . ,

ko nikma va malakalarni ijodiy o zlashtmsh va aqliy faoliyatini nvojlantmshga imkon beradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki - Ta'lim vositalari o'quvchilarda bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish hamda fanga oid kompetentsiyalarni egallanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, biologik ta'lim jarayonida zamonaviy ta'lim yondashuvlari asosida o'quvchilarda kompetentligini rivojlantirish jarayonida samarali natijaga erishiladi.

* . •

*

Foydanilgan adabiyotlar ro'yxati:

ш

1. I.R.Asqarov, N.X.To'xtaboyev Biologiya darslik "Sharq" nashriyot - matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent 2017

2. T. G'ofurov va boshqalar ,,Biologiyani o'qitishning umumiy metodikasi" O'quv metodik qo'llanma Toshkent 2005 yil

3. Tolipova J.O. Biologiyani o'qitishda innovatsion texnologiyalar. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari ta'lim oluvchilari uchun darslik. Toshkent, 2014.

I > >

>q ] i )> >

а j

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.