BIOLOGIYA FANINING MAZMUNI, VAZIFALARI VA O RGANISH
METODLARI
Mavluda Xudayorovna Xo'janiyozova Sohiba Davlatnazarovna Egamova
Xorazm viloyat Qo'shko'pir tumani 15-son Qo'shko'pir tumanidagi 21-sonli umumiy
umumiy o'rta ta'lim maktabi biologiya fani o'rta ta'lim maktabning biologiya fani
o'qituvchisi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Fikr inson faoliyati, uning o'z kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi ma'naviy insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo'lganligi uchun, biologiyani o'qitish jarayonida o'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish zarur.
Kalit so'zlar: biologiya, tizimli fikr yuritish, bog'lanish, munozara, bahslar
CONTENT, TASKS AND METHODS OF STUDY OF BIOLOGICAL SCIENCE
ABSTRACT
Thought is a spiritual human quality that constitutes human activity, his own strength, power and knowledge. Since the development of thought is the main driving force of socio-economic development, it is necessary to develop students' independent and creative thinking skills in the process of teaching biology.
Keywords: biology, systematic thinking, communication, discussion, debate
Biologik ob'yektlar, tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarni o'rganish maqsadida tajriba va kuzatish o'tkazish yuzasidan ko'rsatmalar tayyorlashi:O'quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning mustahkam ta'limi uchun qo'shimcha adabiyotlar va mulbtimedialarni tanlashi lozim.O'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun, ta'lim arbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasini qo'llash zarur. Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasining asosiy g'oyasi o'quvchilarni har tomonlama rivojlantirish sanaladi.
Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari:
- o'quvchilarni o'z bilish faoliyatini sub'yektiga aylantirib, fikr yuritish mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi.
- o'quvchilarning bilish faoliyati imperik va nazariy bilish yaxlitligida tashkil etilib, o'qitish jarayonida bilimlarni deduktiv usulda o'rganish ustuvor bo'ladi.
- o'qitish jarayonining asosini o'quvchilarning o'quv topshiriqlarini bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyat tashkil etadi.
- o'quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va
ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yo'nalish sanalada.
Fikr yuritishning bu ikki tipi birbirini to'ldiradi va taqozo etadi.
Tanqidiy fikr yuritish shaxsning voqea va hodisalar haqidagi munosabati va fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Taxliliy fikr yuritish (axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash, faktlar va xodisalarni Oquvchilarda tahliliy fikr yuritish konikmalarini shakllantirish uchun biologiya o'qituvchisi har bir darsda avval o'rganilayotgan ob'yektlar bilan o'rganilgan ob'yekt o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlaydigan topshiriqlarni berishi kerak. Oquvchilar darslikda berilgan o'quv axborotini tahlil qiladi, organlar sistemasi haqidagi faktlarni tanlaydi, ularni avvalgi ob'yektlar bilan taqqoslab, xulosa chiqaradi. Demak, daryo qichqichbaqasining ichki tuzilishini taxlil qilib, avval o'rganilgan yomg'ir chuvalchangi, suv shilliq qurti bilan takqoslab o'rganadi. Oquv materiallarining bu tarzda o'rganilishi oquvchilarda taxliliy fikr yuritish ko'nikmalarining tarkib toptirishga zamin tayyorlaydi.
Boglanishli (assotsiativ) fikr yuritish (avval o'rganilgan bilimlar, faktlar orasidagi bog'lanishlarni aniqlash, tanish ob'yekt va hodisalarning yangi xususiyatlari va sifatlarini topish). Bog'lanishli fikr yuritish o'quvchilarning avval o'zlashtirgan bilim, konikma va malakalarini kutilmagan, noodatiy vaziyatlarda kollab yangi bilim va konimalarni o'zlashtirishlariga zamin tayyorlaydi.
Mustakil fikr yuritish muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, farazlarni ilgari surish, avval ozlashtirgan bilim, konikma va malakalarni yangi vaziyatlarda qollab, yangi bilim, konikma va malakalarni egallash, oz fikrini dalillash. Mustaqil fikr yuritish shaxs hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli biologiyani o'qitishning barcha shakillarida, oquvchilarda mustaqil fikr yuritish konikmalarini rivojlantirishga ahamiyat berish zarur.
Mustaqil fikr yuritish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
I. Muammoli vaziyatlarni taxlil qilish.
II. Farazlarni ilgari surish.
III. Avval o zlashtirgan bilim, ko nikma va malakalarni yangi vaziyatlarda qo'llab, yangi bilim, konikma va malakalarni egallash.
IV. O' z fikrini dalillash.
V. Javobning to'g'riligini tekshirib ko'rish.
oquvchilarda mustaqil fikr yuritishni rivojlantirishi uchun o'qituvchi har bir mavzuni o'rganishda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishi va o'quvchilarning bilish faoliyatini muammoli vaziyatlarni hal qilishga yo'llashi lozim.
Tizimli fikr yuritish (o'rganilgan ob'yektni qismlarga ajratish, uning yaxlitligi, o'zaro bog'liqligini aniqlash va tavsiflash ko'nikmasi). Tizimli fikr yuritish o'quvchilarning o'rganilayotgan ob'yektni qismlarga ajratish, uning yaxlitligini, o'zaro bog'liqligini aniqlash va tavsiflash konikmalarini rivojlantirishga asoslanadi.
Oqituvchi oquvchilarda tizimli fikr yuritishni rivojlantirish uchun muayyan mavzularda o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishi va tegishli o'quv topshiriqlarini tuzishi lozim, Shunday qilib, tanqidiy fikr yuritish taxliliy, bog'lanish, mustaqil, mantiqiy, tizimli fikr yuritishni mujassamlashtirib ular o'rtasida ichki va tashqi, muayyan va nisbiy bog'lanishlar mavjud. Oquvchilarda, ijodiy fikr yuritish konikmalarni rivojlantirishda o'qituvchi yuqorida qayd etilgan taxliliy fikr yuritishning tarkibiy qismlaridan, xususan, mustaqil fikr yuritish konikmalaridan foydalanishi mumkin. Oquvchilarda nomlari zikr etilgan fikr yuritish konikmalarini rivojlantirmay turib ijodiy fikr yuritish konikmalarini shakllantirish va rivojlantirish mumkin emas. Ijodiy fikr yuritish konikmalari ijodiy faoliyat tajribalarining asosini tashkil etadi. Ijodiy faoliyat tajribalarini egallashda o'quvchilar aqliy faoliyat usullari bo'lgan o'rganilayotgan ob'yektni tahlil qilish, takqoslash, tarkibiy qismlarga ajratish, sintezlash, sabab oqibat bog'lanishlarini tasavvur qilish, umumlashtirish va xulosa yasashni egallagan bo'lishlari lozim. Shundagina o'quvchilar ijodiy faoliyatning asosini tashkil etadigan xususiyatlar:
I. Tanish ob'yektlarning yangi xususiyatlari va vazifalarini topishi;
II. Tanish vaziyatlardagi muammolarni mustaqil ravishda hal etish;
III.Bilim va konikmalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo llash orqali muammoni hal etish;
IV.O'zlashtirgan bilim va konikmalarni amaliyotda ijodiy qo'llashni o'rganishi mumkin.
oquvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish konikmalarini rivojlantirishning muhim sharti, o'quvchilarning oz fikrlarini dalillash va asoslash sanaladi. Shu sababli, o'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish konikmalari asosan, o'quv munozaralari va bahslar orqali rivojlantiriladi.
O^quv munozaralari va bahslarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat boladi:
I.Oquv munozaralari va bahslarni keltirib chiqaradigan oquv topshiriqlari bilan tanishish.
II. Oquv topshiriqlaridagi muammolarni hal etish yo'llarini belgilash;
III. Axborot manbai yoki darsliklardagi o'quv materialini o'rganish, taxlil qilish va undagi asosiy g'oyani ajratish;
IV. Muammolarni hal etish bo'yicha javoblarni tayyorlash;
I. Javoblarni korgazmali vositalar yordamida dalillash;
II. Javoblarning to'g'riligini tekshirib ko'rish;
III. Ozozini nazorat qilish, ozaro nazoratni amalga oshirish;
Oquv munozaralarining ikki turi mavjud, agar ikki oquvchi ozaro hamkorliqda yoki o'quvchining komptyuter bilan muloqoti tashkil etilsa, bu dialog tarzdagi munozara, agar munozara o'quvchilarning kichik guruhlardagi mustaqil ishi asosida
tashkil etilsapolilog tarzdagi muloqot sanaladi.
Oqituvchi darsda organiladigan mavzuning didaktik maqsadidan kelib chiqqan holda qay tarzdagi munozarani tashkil etishni nazarda tutib tegishli o'quv topshiriqlarni tayyorlaydi.
Har qanday o'quv munozaralari ijodiy izlanish asosida tashkil etiladi. Ijodiy izlanishlar quyidagi bosqichlarda tashkil etilishi maqsadga muvofiq:
I. Ijodiy izlanish maqsadini aniqlash;
II. Ijodiy izlanish maqsadiga muvofiq mustaqil ishlarni tashkil etish;
III. Guruh azolari o'rtasida fikr va axborot almashinuvini amalga oshirish;
IV. Olingan natijalarni tasavvur qilish va uni loyihalash;
V. Maqsadni amalga oshganligi va olingan natijani tahlil qilish;
VI. Zarur hollarda tegishli o'zgartirishlar kiritish.
REFERENCES
1. J.Tolipova, A. T. Gofurov «Biologiyadan yangi pedagogik texnologiyalar» 2002 y .
2. 3.Yu. N. Verzilin, M. Korsunskaya «Biologiya o'qitishning umumiy metodikasi»,«O'qituvchi» 1983 y.
3. Sh. A. Amonashavili, S.N. Lisenkova va boshqalar «Pedagogik izlanish», «O'qituvchi» 1990Y.
4. A. Zunnunov va boshqalar «O'rta Osiyoda pedagogik fikr tarakkiyotidan lavxalar», «Fan» 1996 y.
5. J. Tolipova, A.T.G'ofurov «Biologiya o'qitish metodikasi» metodik qollanma. Akadem litsey va kasb hunar kollejlari uchun. Oqit. 2004 y.