Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARDA MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH YO‘LLARI'

O‘QUVCHILARDA MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

11228
859
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mustaqil ta‟lim / o„quvdasturi / ko„nikma darajasi / elektronkonspekt / Independent learning / curriculum / skill level / e-synopses

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zulxumor Shuxradovna Mirzayeva, Voxid Baxromovich Fayziev

Mustaqil ta‟lim – muayyan fan dan o„quv dasturida belgilangan hamda o„quvchi tomonidan o„zlashtirilishi lozim bo„lgan bilim, ko„nikma va malaka shakllantirishni,o„zlashtirish darajasini amalga oshiriladigan ta`lim shakllaridan bo„lib, o„qituvchi maslahati va tavsiyalari, bilimlar taqsimotiga tayyorgarligi asosida sinfdan tashqarida bajariladi. Ushbu maqolad amustaqil ta‟limni tashkil etish yo„llari haqidagi ma‟lumotlar jamlangan bo„lib, bugungi kunda mavjud materiallar asosida shakllantirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO ORGANIZE INDEPENDENT EDUCATION IN STUDENTS

Independent learning is a form of learning which is defined in the curriculum of a particular subject, and the formation of knowledge, skills, and competencies which are acquired by the student, and it is also a form of learning that takes place outside the classroom on the basis of the teacher‟s advice, recommendations, and preparation for the distribution of knowledge. This article provides information on how to organize independent learning, based on the materials which are available today.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARDA MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH YO‘LLARI»

O'QUVCHILARDA MUSTAQIL TA'LIMINI TASHKIL ETISH YO'LLARI

Zulxumor Shuxradovna Mirzayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Akademik litsey uslubchisi

Voxid Baxromovich Fayziev Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti

fvaxid@mail.ru

ANNOTATSIYA

Mustaqil ta'lim - muayyan fan dan o'quv dasturida belgilangan hamda o'quvchi tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malaka shakllantirishni,o'zlashtirish darajasini amalga oshiriladigan ta'lim shakllaridan bo'lib, o'qituvchi maslahati va tavsiyalari, bilimlar taqsimotiga tayyorgarligi asosida sinfdan tashqarida bajariladi. Ushbu maqolad amustaqil ta'limni tashkil etish yo'llari haqidagi ma'lumotlar jamlangan bo'lib, bugungi kunda mavjud materiallar asosida shakllantirilgan.

Kalit so'zlar: mustaqil ta'lim, o'quvdasturi, ko'nikma darajasi, elektronkonspekt.

WAYS TO ORGANIZE INDEPENDENT EDUCATION IN STUDENTS

ABSTRACT

Independent learning is a form of learning which is defined in the curriculum of a particular subject, and the formation of knowledge, skills, and competencies which are acquired by the student, and it is also a form of learning that takes place outside the classroom on the basis of the teacher's advice, recommendations, and preparation for the distribution of knowledge. This article provides information on how to organize independent learning, based on the materials which are available today.

Keywords: Independent learning, curriculum, skill level, e-synopses.

KIRISH

Davlat ta'lim standarti talabiga binoan bilimlarni mustaqil ravishda izlanib o'rganish vazifasi hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biridir. Shu sababli fanlarning nazariy asoslarini amaliy ko'nikma darajasida o'zlashtiri bo'lishda

mustaqil ta'limning roli beqiyosdir [1, 2]. O'quvchilarga mustaqil ta'limni bajarish yuzasidan fan o'qituvchilari tomonidan metodik tavsiyalar beriladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib mustaqil ta'lim turlari - rang-barang va turli electron ko'rinishlari - fan o'qituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi.

O'quvchilar sinf xonalarida o'qituvchilarning ma'ruzasini tinglaydilar. Sinfxonasidan tashqarida o'quvchi darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspektqiladi, uy vazifasi sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o'rganish maqsadida qo'shimcha adabiyotlarni o'qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo'yicha testlar yechadi. Mustaqil ta'lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

Tadqiqot maqsadi: turli manbalardan foydalangan holda o'quvchilarda mustaqil ta'lim tashkil etish yo'llarini aniqlash va tahlil qilish hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'quvchilarda mustaqil ta'limning tashkil etish bo'yicha J.O.Tolipova va A. T.G'ofurovlarning "Biologiya o'qitish metodikasi" kitobida, o'quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini tarkib toptirish lozim. Fikr inson faoliyati, unung o'zkuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi ma'naviy insoniy sifatdir degan fikirlari ilgari surilgan [1 2, 4].

O'quvchilardamustaqilta'limningtashkiletishvazifalariquyidagilardaniborat:

1) yangi bilimlarnimustaqiltarzdapuxtao'zlashtirishko'nikmalarigaegabo'lish;

2) kerakli ma'lumotlarni izlab topish, o'rganishning qulay usullari va vositalarini aniqlash;

3) axborot manbalari va manzillaridan samarali foydlanish;

4) o'quv va ilmiy adabiyotlar, me'yoriy hujjatlar bilan ishlash;

5) electron o'quv adabiyotlar va ma'lumotlar banki bilan ishlash;

6) internet tarmog'idan maqsadli foydalanish;

7) berilgan topshiriqlarning ratsional yechimini belgilash;

8) ma'lumotlar bazasini tahlil etish;

9) topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;

10) o'quv xonalarida mustaqil holda ilmiy axborotlarni ola bilish;

Amaliy mashg'ulotlarda mustaqil bajarish uchun berilgan amaliy topshiriq va mustaqil ishlarni mashg'ul o'qituvchi va guruh o'quvchilari o'rtasida himoya qila bilish hisoblanadi.

Mustaqil ta'limni tashkil etishda o'quvchilaming aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yonalish sanaladi.

O'zbekistonda oliy ta'lim tizimini takomillashtirish asosi O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to'g'risida"gi qonunlari hisoblanadi. Ular yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga ega bo'lgan, ijodiy va ijtimoiy faol, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil holda harakat qila oladigan, kelajakka qaratilgan vazifalarni qo'ya olish va ularni yechishga qodir bo'lgan kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgan. Har qanday jamiyatda bo'lganidek, respublikamizning taraqqiyotida bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Zero jamiyat taraqqiyotida mutaxassis kadrlar omilining muhimligi isbot talab etmaydigan hayotiy haqiqatdir. Mutaxassis kadrlar tayyorlash, uning kasbiy sifat va samaradorligini oshirish borasida ham so'nggi yillarda keng ko'lamli ishlar qilindi va qilinmoqda. Jumladan, tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning mustaqilligi, ijodkorligi, tadbirkorligi, faolligi kabi xislatlarni tarkib toptirishga alohida e'tibor berilmoqda. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta'kidlanganidek,"...o'qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distansion ta'lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o'zlashtirish" talab etiladi. Oliy ta'lim tizimidagi pedagogik faoliyatimiz va hozirgi zamon o'qituvchilarning ijodiy ish faoliyatini o'rganish va tahlil qilish asosida ularning amaliy-ijodiy tayyorgarlik mazmuni va o'qitish metodlarini takomillashtirishga bag'ishlangan maqsadli izlanishlar tasdiqlanmoqdaki, bugungi kunda oliy malakali o'qituvchilar tayyorlashda bir qancha nomuvofiqliklar va ziddiyatlar mavjud.

NATIJALAR

O'quvchilarning o'quv ijodiy tayyorgarlik tizimida mutaxassislik, ixtisoslik yoki umumkasbiy o'quv fanlaridan chuqur bilim va malakalarga ega bo'lishda mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarining shakllanganligi asosiy rol o'ynaydi. Mustaqil ta'lim olishko'nikmalarigaularningo'quvadabiyotlaribilanmustaqilishlash, mustaqilamaliytopshiriqlarnibaj arishvabaj arganmustaqiltopshiriqnimas'ulo' qituvchiv aguruho'quvchilarioldidahimoyaqilabilishkabibilimvamalakalarikiradi.

MUHOKAMA

O'quvchilarning mustaqil ta'lim olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish.O'quvchilarningmustaqilo'quvfaolliginishakllantirishningyagonausuli,

ularning mustaqil o'quv faoliyati bilan shug'ullanishlarini tashkil etish va boshqarish hisoblanadi. O'quvchilarda ijodiy tayyorgarlik jarayonida mustaqil ta'limni tashkil etish uzluksiz va uzviy amalga oshirilmog'i lozim. Bizningcha, bu yo'nalishda yuqori natijaga erishish ta'lim jarayonida, xususan ma'ruza va amaliy ijodiy mashg'ulotlarida o'quvchilarda o'rganilgan o'quv materialini mustahkamlashga qiziqish hosilqilish, o'quv axborotlarni sig'imini darslik va qo'shimcha adabiyotlardan mustaqil holda o'qish asosida kengaytirishga ishtiyoq hosil qilishga asoslanadi. Bo'lajak mutaxassislarning har tomonlama yetuk, bilimli, mustaqil fikrlayoladigan, izlanuvchan kadrlar bo'lib yetishishini ta'minlash, ularni o'z ustida ishlashga yo'naltiruvchi yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim tarbiya jarayoniga texnologik yondoshish, ya'ni o'quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchan tavsifga ega bo'lishini ta'minlashga oid dastlabki izlanishlar o'tgan asrning 50-yillarida amerikalik pedagog olimlar tomonidan olib borilgan. Xususan, "o'qitish texnologiyasi" iborasi ham, birinchi marta amerikalik olim Skinner tomonidan ishlatilgan.

XULOSA

O'quvchilarning o'quv ijodiy tayyorgarlik tizimida mutaxassislik, ixtisoslik yoki umumkasbiy o'quv fanlaridan chuqur bilim va malakalarga ega bo'lishda mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarining shakllanganligi asosiy rol o'ynaydi.

O'quvchilarda ijodiy tayyorgarlik jarayonida mustaqil ta'limni tashkil etish uzluksiz va uzviy amalga oshiradi.

O'quvchi electron o'quv adabiyotlar va ma'lumotlar banki bilan ishlay oladi.

Mustaqil ta'limni tashkil etish orqali, har nomonlama yetuk, bilimli, mustaqil fikrlay oladigan, izlanuvchan avlodni shakillantiramiz.

REFERENCES

1. Tolipova J.O., G'ofurov A.T.-Biologiya ta'lim texnologiyalari. Metodik qo'llanma "O'qituvchi" T.:2002 yil.

2. Tolipova J.O., G'ofurov A.T.-Biologiya o'qitish metodikasi. Akademik litsey va kasb-hunar kolledjlari o'qituvchilari uchun o'quv metodik qo'llanma.- T.: "Bilim" 2004 yil.

3. D.Ro'ziyeva, M.Usmonboyeva, Z.Xoliqova-Interfaolmetodlar; mohiyati va qo'llanilishi (metodik qo'llanma)-Toshkent-2013 yil.

4. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma.-T.; 2013yil.

5. Yoldoshev J.G'. Zamonaviy dars. Malaka oshirish; muammolar, izlanishlar, yechimlar. A.Avloniy nomidagi XTXQTMOM.-T.; 2017yil.

6. Muslimova, A.F. O'z-o'zini takomillashtirishga va ijodiy o'zini namoyon qilishga intilishlarni rivojlantirish / A.F. Muslimova // O'rta maxsus kasb ta'limi. - 2010 yil -№ 4.

7. Skobeleva T.M. O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi o'quv yurtlarida zamonaviy o'qitish texnologiyalari / T.M. Skobelev. - M .: "Yangi darslik" nashriyot uyi, 2010 yil ("Ta'limni rivojlantirish federal dasturi kutubxonasi" seriyasi).

8. Talabalarning mustaqil ishlarini boshqarish: uslub. nafaqa / general ostida. tahrirlangan I.P. Cho'pon, T.G. Argunova. - M .: "O'zR DPI" jurnali kutubxonasi, 2010 yil.

9. https;//azkurs.org Toshkent-f.

10.

10. https//mywordworld.ru

11. htt; https//mywordworld.ru

12. https;//azkurs.org uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.