Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI'

MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2689
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
intellektual salohiyat / qobiliyat / iste`dod / o`yin / syujetli-rolli o‘yinlar / abstrakt bilimlar / genetika va irsiyat. / intellectual potential / ability / talent / play / role-playing games / abstract knowledge / genetics and heredity.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilnoza Abdulazizovna Mirzayeva

Bugungi kunda maktabgacha ta`lim tarbiyalanuvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada maktabgacha ta`lim tarbiyalanuvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish va takomillashtirish dolzarb masalalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF DEVELOPING THE INTELLECTUAL POTENTIAL OF PRESCHOOL CHILDREN

Today, the development of the intellectual potential of preschool children is one of the most important issues. This article covers topical issues of developing and improving the intellectual potencial of preschool children.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI»

MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI

Dilnoza Abdulazizovna Mirzayeva

Farg'ona davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda maktabgacha talim tarbiyalanuvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada maktabgacha talim tarbiyalanuvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish va takomillashtirish dolzarb masalalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: intellektual salohiyat, qobiliyat, isteMod, o'yin, syujetli-rolli o'yinlar, abstrakt bilimlar, genetika va irsiyat.

PROBLEMS OF DEVELOPING THE INTELLECTUAL POTENTIAL OF

PRESCHOOL CHILDREN

Today, the development of the intellectual potential of preschool children is one of the most important issues. This article covers topical issues of developing and improving the intellectual potencial of preschool children.

Keywords: intellectual potential, ability, talent, play, role-playing games, abstract knowledge, genetics and heredity.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Maktabgacha talim - ertangi kunimizga zamin"dir. Bilim va faoliyat uslubining murakkablashishi ta'lim jarayonida bolalar rivojlanishining asosiy va belgilovchi tomonini tashkil etadi. Masalan, Shvetsariyalik psixolog J. Piaja o'zi olib borgan tadqiqotlar asosida ta'kidlashicha, 7-8 yoshdan kichik bolalar raqam bilan bog'liq faoliyatga qodir emas. Shuningdek, bolaning psixik rivojlanishida ta'lim mazmunining o'zgarishi va uning ta'siri haqida L.A.Venger, P.Ya.Galperin, D.B.Elkonin, V.V.Davidov va boshqalar asarlarida keng tadqiq etilgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tarbiyasining asosiy vazifalari- jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasi, estetik tarbiya berib borishdan iboratdir. Psixologlar fikricha bu yoshda bolada bilish jarayonlari rivojlanib borganligi sababli unga o'rgatilgan har bir yangilikni tez ilg'ab oladi, ongiga singdirib boradi.Bolalikda aqliy rivojlanish asosini bolada shakllanayotgan idrok etish va fikrlash harakatlarining yangi turlari tashkil

ABSTRACT

KIRISH

etadi. Bu yoshda avtodidaktik, o'zi o'rgatuvchi o'yinchoqlar (matryoshkalar, qutichalar, kubchalar, mozaika va boshqalar) bola ongini tez rivojlantiradi.Intellektual-psixologik o'yinlar bolani har tomonlama komil shaxs bo'lib shakllanishidagi asosiy vositalardan biridir. Maktabgacha ta'lim davridagi bolani har tomonlama komil inson bo'lib shakllanishida didaktik o'yinlar asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Intellektual-psixologik o'yinlarning barchasini quyidagi uch turga ajratish mumkin:

1. Buyumli o'yinlar(o'yinchoqlar, tabiiy materiallar)

2. Stol ustida o'ynaladigan o'yinlar

3. So'z o'yinlari

Ta'lim jarayonida zamonaviy interfaol usullardan foydalanish bolalar intellektiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

ASOSIY QISM

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017- yil 30-sentabrda PF5198 - sonli "Maktabgacha ta'lim faoliyatini tashkil etish va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi farmoni qabul qilinib, unda maktabgacha ta'lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta'minlash asosiy maqsad qilib belgilangan.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning intellektual salohiyatining rivojlanishida ulardagi tug'ma qobiliyat va iste'dod muhim ahamiyatga ega. Tug'ma qobiliyatga ega bo'lgan bolalarimiz kattalarning har bir ta'limiy, tarbiyaviy va kasbiy ta'limotlarini tez ilg'ab oladilar va tez o'zlashtirib, hayotga tatbiq etadilar. Ammo, barcha yoshlarimizga ham birdek tug'ma talant, qobiliyat va iste'dod nasib etavermaydi. Shunday ekan, qobiliyatni shakllantirib borish, yoshlarning iste'dodini oshirib borishdek muhim vazifa birinchi navbatda pedagoglarimiz va keng jamoatchilik zimmasiga ya'ni oila, o'quv muassasalari, korxona, tashkilot, ustaxona boshqaruvchilari zimmasiga tushadi. Kattalar tug'ma aql sohiblari bo'lgan bolalarning yo'lini to'sishni yaxshi ko'radilar. Bolaga "uni qilma", "bu senga foyda keltirmaydi" kabi so'zlarni ko'p ishlatishadi. Unga xato qilib, xulosa chiqarib, uni to'g'irlash uchun yo'l topishiga sharoit yaratib bermaydilar. Kattalarning talab hamda vazifalaridan charchagan bolalar bora-bora hafsalasiz va umidsiz bo'lib, xushchaqchaq ko'ngillarini berkitib oladilar, qalblarida borini o'rtoqlashmay qo'yadilar. Fikrlarini ochiq bildirmaydilar. Bolaga bunday munosabatda boyish ularni oz ichki olamlariga badarg'a qilish, demakdir. Natijada esa, ularni u olamdan ortga qaytarish qiyin kechadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual salohiyatini rivojlantirishidagi dolzarb masalalari boyicha Farg'ona davlat universiteti Maktabgacha ta'lim kafedrasi qoshida "Bolajon" innovatsion bog'chasi o'z faoliyatini boshlagan. Fargona viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual salohiyatini rivojlantirish bu fikriy faoliyatning ko'rgazmali-harakatli, ko'rgazmali-obrazlidan abstrakt, nazariyga o'zgarishidir. Bolada tushunchalar va tushunchalar tizimi muntazam shakllanib boradi. Bolaning anglash va fikrlash rivojlanishi darajasi qancha yuqori bo'lsa, u o'zlashtirgan, foydalanayotgan tushunchalar shuncha murakkab bo'ladi. Shu tarzda, umumiy holda bola psixik rivojlanishi jarayonini uch asosiy yo'nalishga bo'lish mumkin:

1) ta'lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining rivojlanishi,

2) o'zlashtirilgan usullar qo'llash psixologik mexanizmlarining rivojlanishi,

3) shaxsning umumiy xususiyatlari rivojlanishi.

Ushbu mavzu yuzasidan davra suhbatlari o'tkazildi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari psixologlari bilan tajribalar almashildi.

Bolada intellekt ona qornidan rivojlanishni boshlaydi. Bolalarda asosiy intellektual rivojlanish bosqichi maktabgacha va maktab yoshiga tog'ri keladi. Genetika va irsiyat intellektual salohiyatga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Kimdir tabiatan tez hisoblaydi, kimdir tug'ilganidan boshlab matematikani yaxshi koradi, kimdir gapirishdan oldin kuylaydi. Bolalarda aloqa va bilim qobiliyatlarini rivojlantiradigan

faoliyatning muntazamligini ta'minlash orqali intellektni rivojlantirish mumkin. Temperament va xarakter xususiyatlarini o'rganish maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchisining intellektini rivojlantiruvchi omil hisoblanadi. Ota-ona bilan munosabat va oiladagi emotsional muhitni me'yoriy darajaga keltirish bola intellektini rivojlantirishga poydevor bo'lib xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ota-onalari bilan intellekt, intellektual salohiyat va uni rivojlantirishning dolzarb masalalari to'g'risida suhbat uyushtirildi. Ota-onalar o'zlariga kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Faoliyatning umumiy turi aniqlangach, bolalar tomonidan ayrim usullar turli darajada qo'llanilishi mumkin. O'quvchilar faoliyatning nisbatan yuqori shakllari va turlariga (shuningdek, aqliy) masalan, aniq va abstrakt bilimlarni bog'lay olish va o'zaro nisbatini aniqlay bilishga o'rgatilishi lozim. Bolaning fikrini ham tez-tez inobatga olib turilsa, uning o'z-o'ziga bo'lgan ishonch hissi ortadi. Rivojlanish jarayonida faqat bilim va faoliyat usullarining o'zgarishi va murakkablashishi sodir bo'lib qolmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o'zgarishlarni, ya'ni shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishini o'z ichiga oladi. Rivojlanish

XULOSA

jarayonida bolalar psixik faoliyatining turli jihatlari o'zgaradi, usullar yig'ilishi va o'zgarishi sodir bo'ladi. Bola ko'p miqdordagi turli harakatlarni bajara oladi, bilim va tasavvurlari o'zgaradi. Qizlar va o'g'il bolalar yetuk va komil shaxs bo'lib voyaga yetishi uchun yana bir muhim omil hayot tarziga aylanishi zarur. U ham bo'lsa zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishdir. Bunda ota-ona, oila muhiti muhim o'rin egallaydi. Orgimchak to'ridek dunyoni egallab olgan elektron olam bolalarning ongu shuurini butunlay egallab olmasidan oldinroq ularda hayotda har bir narsaning me'yorini bilish ko'nikmasini hosil qilishimiz va bunga ozimiz ham amal qilishimiz juda zarur. Zero bola aytganni emas, ko'rganini qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning intintellektual salohiyatini rivojlantirish orqali yuksak intellekt sohiblarini tarbiyalashimiz bizning asosiy maqsadlarimizdan hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Talim to'g'risidagi qonun. T.: 23 sentabr 2020-yil

2. O'zbekiston Respublikasining qonuni Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019- yil 14-dekabrda ma'qullangan (1)

3. Ismoilovich, I. M. (2021, July). ISSUES OF TRANSFORMATION OF EDUCATIONAL EXPERIENCE OF DEVELOPED COUNTRIES. In Euro-Asia Conferences (pp. 227-239).

4. Urinova F. NEW PEDAGOGICAL TECHNOLOGY IN EDUCATIONAL CONTENT: DIRECTIONS, PROBLEMS, SOLUTIONS //Теория и практика современной науки. - 2019. - №. 5. - С. 74-76.

5. Уринова, Ф. У. ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКСИОЛОГИЯ КАК ЧАСТЬ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ИННОВАТИКИ. УЧЕНЫЙXXIВЕКА, 36.

6. Уринова Ф. У., Отажонов Ж. М. К проблеме ситуационно-позиционного обучения педагогов системы повышения квалификации //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2015. - №. 4-2.

7. Уринова Ф., Сидикова З. Кичик мактаб ёшидаги укувчиларни нущ маданиятини шакллантиришда китоб ва унинг ахдмияти //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. - Т. 1. - №. 12. - С. 344-347.

8. Uljaevna, U. F. (2020). Didactic games in preschool educational system. Проблемы современной науки и образования, (4-2 (149)), 27-29.

9. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. (2021). Development and education of preschool children. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(2), 326-329.

10. Уринова, Ф. У., & Эркинова, Ш. Ё. (2013). Значение инновационной индивидуальной работы в повышении эффективности самостоятельной учебной

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2022

деятельности студентов. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (12-2).

11. Кипчакова, Ё., Махмудова, М., & Умарова, З. (2021). МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАР МЕДНАТИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 9-10.

12. Кипчакова, Ё., Соибжонова, Ш., & Абдукаюмова, С. (2021). МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА СОЕЛОМ ТУРМУШ ТАРЗИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ АДАМИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 11-12.

13. O'rinova, F. (2019). REPORT ON PROBLEMS IN THE PRE-SCHOOLS OF ORGANIZATIONAL PREVENTIVE CENTERS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(11), 311-315.

14. Urinova F. A., Usmonova S. Y. Q. IN CONTINUOUS EDUCATION SYSTEM HUMANISTIC CHARACTERISTICS OF PARTNERSHIP PEDOGOGY //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. - Т. 1. - №. 12. - С. 317-322.

15. Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN ACHIEVING EDUCATIONAL EFFECTIVENESS. Журнал естественных наук, 7(1).

16. Каримов, У., & Каримова, Г. (2021). АХБОРОТ ОКИМИ ВА АХБОРОТ МАДАНИЯТИНИНГ ШАКЛЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ. Scientific progress, 2(3), 743-750.

17. Рафикова, Д. К., & Каримова, Г. Й. (2020). ЁШЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДА КАДРИЯТЛАРНИНГ АДАМИЯТИ. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ, 2(1).

18. Abdurakhmonova, M., Karimova, G., & Karimova, M. (2021). ROLE OF ETHICAL CULTURE IN PREVENTING VIOLENCE AMONG SPUPILS. Интернаука, (11-2), 50-51.

19. Usmanov, N., Ganiev, B. S., & Karimova, G. Y. (2021). The Philosophical Basis For The Formation Of Spiritual Maturity Among Young People. Oriental Journal of Social Sciences, 33-37.

20. Yuldashov, I., Umaralievich, K. U., Goynazarov, G., & Abdurakhmonov, S. (2021). Innovative development strategy in the field of sports and the basics of its organization. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 11(11), 48-53.

21. Джалолова, М., Рахманова, Э. Ю., & Косимова, Х. Н. (2021). ВОСПИТАНИЕ СЕНСОРНОГО ВОСПРИЯТИЯ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Scientific progress, 1(6).

22. Yuldashov, I., Parpiev, O., Makhmutaliev, A., Tukhtanazarov, I., & Umaralievich, K. U. (2021). Pedagogical bases of formation of physical culture and social culture in Youth. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(11), 54-58.

132

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

23. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. DOI: 10.5958/2249-7137.2021. 00358. X

"Development and education of preschool children " ACADEMICIA. An International Multidisciplinary Research Journal.(Double Blind Refereed & Peer Reviewed Journal). ISSN, 2249-7137.

24. Oljayevna, O., & Shavkatovna, S. (2020). The Development of Logical Thinking of Primary School Students in Mathematics. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(2), 235-239.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.