Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHI BOLALARIDA XOTIRA JARAYONINING RIVOJLANISHI'

MAKTABGACHA YOSHI BOLALARIDA XOTIRA JARAYONINING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xotira / his-tuyg’ / hissiyot / faoliyat / indevid / mantiqiy / mexanik / noverbal / aql-zakovat.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Saminova Ismigul Akramjon Qizi

Ushbu maqolada xotira haqida tushincha, bola xotirasi xususiyatlari, maktabgacha yoshidagi bolalarda xotiraning rivojlanishi, xotira sohasida asosiy jarayonlar, harakat xotirasi, his-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi, obrazli xotira tasavvurlar va turmush manzaralarini tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHI BOLALARIDA XOTIRA JARAYONINING RIVOJLANISHI»

MAKTABGACHA YOSHI BOLALARIDA XOTIRA JARAYONINING RIVOJLANISHI

Saminova IsmigulAkramjon qizi

Qo'qon DPI Magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11202203

Annotatsiya. Ushbu maqolada xotira haqida tushincha, bola xotirasi xususiyatlari, maktabgacha yoshidagi bolalarda xotiraning rivojlanishi, xotira sohasida asosiy jarayonlar, harakat xotirasi, his-tuyg'u yoki hissiyot xotirasi, obrazli xotira tasavvurlar va turmush manzaralarini tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: xotira, his-tuyg', hissiyot,faoliyat,indevid, mantiqiy, mexanik, noverbal, aql-zakovat.

Аннотация. В данной статье рассмотрены понятие памяти, особенности детской памяти, развитие памяти у детей дошкольного возраста, основные процессы в области памяти, память действия, память чувств или эмоций, научно-теоретическая значимость. проблемы ознакомления с образами и сценами из жизни, освещен уровень ее изученности и ее значение в настоящее время.

Ключевые слова: память, эмоция, эмоция, деятельность, индивидуальный, логический, механический, невербальный, интеллект.

Abstract. This article discusses the concept of memory, features of children's memory, memory development in preschool children, basic processes in the field of memory, action memory, memory of feelings or emotions, scientific and theoretical significance. the problems of familiarization with images and scenes from life, the level of its study and its significance at the present time are highlighted.

Keywords: memory, emotion, emotion, activity, individual, logical, mechanical, nonverbal, intelligence.

Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g'oyaviy yo'nalishi katta o'rin egallaydi. Bu yo'nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta'sirida shakllantiradi. Kishi o'zining shu faoliyati uchun muhim bo'lgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega bo'lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu o'rinda xotira borasidagi ta'riflarga qaytsak, ko'pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta'riflanadi. "Indvidning o'z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin mazkur ta'riflarni tahlil qilgan professor E.G'.G'oziev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo 'l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashgayo'naltirilgan mnemikfaoliyatdir".

Shuni ta'kidlash joizki, keltirilgan mazkur ta'rif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini to'la ta'kidlash imkoniyatiga ega.

Shaxsning yo'nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta'sir ko'rsatadi, ya'ni yaxshi esda olib qolishni ta'minlaydi. Biz ko'pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo'qligini ko'rsatadi. Masalan, o'quvchilar hamma fanlarni bir xil o'zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklar bilan emas, balki o'qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emosional munosabati ham katta ta'sir ko'rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta'sirlansak, o'sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog'liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki, yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o'zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga fikrlash qobiliyatiga, ko'nikmaa va odatlariga ham bog'liqdir. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog'liqdir. Shaxs o'z oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalari asosida o'zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi.

Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma'lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya'ni shaxsiy tajribani to'plash bilan bog'liqdir. To'plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma'lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi.

Harakat xotirasi - inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko'rinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. Masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql-zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko'rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o'z ifodasini topib harakatlarda,hissiy kechinmalarda, tuyg'ularda, obrazlarda, timsollarda, fikr va mulohazalarda aks etadi.

Turli harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, sur'ati, izchilligi va boshqalarni esda qoldirish, mustahamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi harakat xotirasi deb ataladi.

Xotiraning bosh qa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba'zi odamlarda aniq ravshan ustunlik qilishi uchrab turadi. Psixologiya fanida klassik misolga aylanib qolgan ushbu holatni keltirib o'tish maqsadga muvofiqdir: bir musiqa ishqibozi musiqalarni xotirasida mutlaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin u yaqindagina eshitgan operani faqat pantomimika tarzidagina qayta tiklash imkoniyatiga ega bo'lgan. Turmushda shunday odamlar uchraydiki, ular o'zlarida harakat xotirasining borligini umuman payqamaydilar. Mazkur xotira turining g'oyat ahamiyati shundan iboratki, u yurish, yozish, ifodali harakat malakalari bilan bir qatorda har xil amaliy mehnat malakalarini tarkib toptirishning asosini tashkil qiladi. Agar insonda harakat xotirasi bo'lmaganda edi, o'zini har gal "boshdan boshlab" o'rganar edi. Figurali uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, chopish, xatti-harakatlar, badiiy gimnastika bilan shug'ullanish harakat xotirasini taqozo etadi. Jismoniy chaqqonlik, mehnat mahorati, "oltin qo'llar", ziyrak ko'zlar, egiluvchanlik va kuzatuvchanlikka ega bo'lish yuksak, barqaror harakat xotirasi mavjudligining alomati bo'lib hisoblanadi.

His-tuyg'u yoki hissiyot xotirasi. Bu xotira his-tuyg'ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi.

Voqelikdagi narsa va hodisalardan, o'z-o'zimizga bo'lgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xotira turi deb ataladi. Boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlanib qolgan hissiyotlar harakatga undovchi va o'tmishda salbiy kechinmalarga ega bo'lgan harakatlardan saqlanib qoluvchi signal tarzida namoyon bo'ladi.

Hissiy xotira o'zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dinamikasi, davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma'lum ma'noda ajralib turadi. har bir odamga o'z turmush tajribasidan ma'lumki, ko'pincha, qachonlardir o'qigan kitoblar, tomosha qilgan kinofilmlar faqat "taassurotlar", bog'lanishlar zanjirini yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon bo'ladi. Shuning uchun hissiy xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida olingan odamlar kayfiyatlari bir-birlariga o'xshashligi, iliq ruhiy muhitni vujudga keltirish yoki noxush kechinmalar to'lqinini barpo etish ehtimoli to'g'risida mulohaza yuritilayotgan alomati ostida ijtimoiy guruhiy, jamoaviy, barqaror va beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi.

Obrazli xotira - tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, ta'mlar, ranglar shakllar, bilan bog'liq bo'lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisalarning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog'lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug'ilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi.

Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir necha turlari ajratib ko'rsatiladi va ular quyidagilardan iborat.

Izchil obrazlar sensor xotiraning eng sodda ko'rinishi yoki shakli izchil obrazlardan iboratdir. Izchil obrazlarning namoyon bo'lish hodisasi quyidagilardan tuziladi: agar sub'ektga bir necha daqiqa oddiy qo'zg'atuvchi yuborilsa, jumladan 10-15 sekund yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so'ng tekshiruvchi oldidan kvadrat olib quyilsa, u qizil kvadrat o'rnida xuddi shunday geometrik shakl izini ko'rishda davom etadi. Asosan bu shakl ko'pligi rangda tovlanadi. Mazkur iz o'sha zahoti, ba'zan bir necha sekunddan keyin paydo bo'lib, 15 sekunddan to 45-60 sekundgacha o'sha ob'ektda saqlanib turadi, shundan so'ng asta-sekin oqara boshlaydi. Natijada o'zining aniq qon turini yo'qotadi, keyinchalik mutlaqo yo'qolib ketadi. Goho butunlay yo'qolishi uchun qaytadan paydo bo'lishi mumkin.

Odamlarning individual psixologik xususiyatlariga qarab, izchil obrazlarning aniqligi va davomiyligi turlicha bo'lishi ko'zga tashlanadi.

O'zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatidan izchil obrazlar salbiy va ijobiy turlarga bo'linadi. Agar kuchli ravishda odam qizil rangga qarab turib, so'ngra nigohini oq qog'ozga ko'chirsa, u holda ob'ektda ko'k-yashil rang paydo bo'lganday ko'rinadi. Izchil obrazlarning ushbu turi salbiy, izchil obrazlar deb ataladi. Bu holatni yana bir misol orqali tushuntirilsa, quyidagi ketma-ketlik hodisasi namoyon bo'ladi. Qorong'u xonada ko'z oldida bir narsaga, masalan, qo'l yaqinlashtirilsa so'ngra qisqa muddatli (0,5 sek) elektr chiroqi yoqilsa, bu holda chiroq o'chgandan keyin odam bir necha daqiqa davomida narsalarning aniq obrazini ko'rishda davom etadi. Mazkur obraz o'z rangida bir qancha muddat saqlanib, so'ng ko'zdan yo'qoladi.

Izchil obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo'la oladi. Chunonchi, hodisalarga qarab uzaytirish ixtiyoriy ravishda qayta tiklash mumkin emas. Binobarin, izchil obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu jihatlari bilan farqlanadi.

Izchil obrazlarning eshitish turi orqali sezishda kuzatish mumkin, lekin bu vaziyatda izchil obrazlar kuchliroq namoyon bo'lishini va qisqa muddat davom etishi kuzatiladi.

Eydetik obrazlar psixologiyada izchil obrazlardan eydetik obrazlarni farqlash an'ana tusiga kirgan bo'lib, "eydos" yunoncha "obraz" degan ma'noni anglatadi. Xotiraning bu turi, ya'ni eydetik obrazlar o'z vaqtida nemis psixolgiya maktabining namoyondalari aka-uka Yenishlar nomidan ta'riflab berildi. Ba'zi odamlar shu davrlarda kuzatilgan narsa yoki suratlar ko'z o'ngidan olib qo'yilsa ham surat siymosi uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega.

Odamning butun aqliy taraqqiyoti asosan xotiraning taraqqiyotidan iborat ekan, xotira bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlaboq rivojlana boshlaydi. Bolada xotiraning dastlabki alomatlari yaqin atrofidagi odamlami va narsalami tanishida ko'rina boshlaydi. Buni biz bola o'ziga tanish bo'lgan narsani ko'rganida qiladigan harakatlardan bilishimiz mumkin. Masalan, bola o'ziga yaqin odamni ko'iganida unga talpinadi yoki notanish odamdan yotsiraydi. Kichik yoshli bolalarda tanib olish qobiliyatining boriigi, idrok qilgan narsa va hodisalarini esda olib qolish imkonini beradi. Yoshiga to'lgach, bolada xotiraning murakkab turlari, ya'ni eslash vujudga kela boshlaydi. Bolalar bu davrdan boshlab ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni eslay oladigan bo'ladilar. Bunda bolalar tasawurlarining roli nihoyatda kattadir. Tasawurlari tufayli bolalar o'tgan narsalami bemalol eslay oladilar, masalan, bolaga ko'z o'ngida bo'lmagan narsaning nomini aytsangiz, u ko'zlari bilan chor atrofga qarab shu narsani izlay boshlaydi. Bola xotirasining rivojlanishida nutqining o'sishi juda kata ahamiyatga ega. Bu davrda bola narsa va hodisalami faqat bevosita ko'rish orqali emas, balki shu narsa va hodisalaming nomlari orqali ham idrok qila oladigan bo'ladi. Bundan tashqari ular kattalardan so'rab bilib olish, eshitish orqali ham o'z xotiralarini boyitadilar. Ilk bolalik davridagi bolalarda xotiraning barcha jaraycnlari ko'rina boshlaydi. Masalan, kichik yoshdagi bola dastawal mexanik ravishda, ya'ni ma'nosiga tushunmasdan esda olib qolaveradi. Buning o'ziga xos jihati bor, albatta. Birinchidan, yuqorida aytib o'tganimiz kabi bolalarda turmush tajribasi juda oz bo'ladi, ular ko'p narsalami hali mutlaqo bilmaydilar, lekin hayotda to'qnash kelganlari sababli eslarida olib qoladilar. Ikkinchidan, bolalar asab tizimining plastikligi, ya'ni juda egiluvchanligi kattalamikidan ham ustunroq bo'ladi. Ana shu sababli bolalarga mexanik esda olib qolish hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi. Bolalarda ma'nosiga tushunib esda olib qolish ham juda erta rivojlana boshlaydi. Masalan, ilk bolalik davridagi bolalar o'zlari yoqtiigan hikoyalaming ayrim qahramonlarini yaxshi ko'radilar, ba'zilarini esa yomon ko'radilar. Umuman, hikoyalaming mazmuni bolalarga ta'sir qilib, ularda ma'lum tuyg'u-hissiyotlami uyg'otadi, bu esa bolalar hikoyaning mazmunini tushunayotganliklaridan darak beradi. Ilk bolalik davridagi bolalarda dastlab ixtiyorsiz esda olib qolish va ixtiyorsiz esga tushirish vujudga keladi. Ular o'zlarini biron jihatdan qiziqtiigan, diqqatlarini o'ziga tortgan narsa va hodisalami beixtiyor ravishda eslarida olib qoladilar. Biron narsani eslash, esiga tushirish assotsiyatsiya tarzida namoyon bo'ladi. Ulami o'zlari ataylab esga tushirmaydilar. 0'yin faoliyatida biron narsani eslash lozim bo'lib qolganda, assotsiyatsiya tariqasida boshqa shunga o'xshash narsalar ham beixtiyor eslariga tushaveradi.

REFERENCES

1. G'oziyev E. Ontogenez psixologiyasi.Toshkent, Noshir., T 2019.

2. Do'stmuhammedova Sh.A., Z.T.Nishonova, S.X.Jalilova, Sh.T.Karimova, Sh.T.Alimbayeva "Yosh davrlari va pedagogik psixologiya" Toshkent Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi. 2019.

3. David G. Myers "Psychology". NY, 2010. WORTH PUBLISHERS.

4. Rean A.A.,Bordovskaya.N,Rozum.S«Psixologiyai pedagogika» SPb.: Piter 2017.

5. Ye.E.Sapogova Psixologiya razvitiya cheloveka Aspekt Press 2015 g

6. Ä3H30Ba 3upoaT. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

8. Z.Azizova , Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

9. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna . "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.M Nazirova, D.R.Djo'rayeva, H.M.Tojiboyeva, "Modern trends in education for Children of preschool age" Methodological manual 2015

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.