Научная статья на тему 'TALABALAR XOTIRASINING XUSUSIYATLARI'

TALABALAR XOTIRASINING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xotira / operativ xotira / vilyamsоn / a ditse / g. djоns / v. shtern / assotsiativ psixologiya / eydetik xotira / память / оперативная память / Уильямсон / А. Дитсе / Г. Уилсон / В. Штерн / ассоциативная психология / глазная память.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — X.E. Anorboyev, S.X. Usmonova

xotira o'rganish va akademik muvaffaqiyat uchun zarur bo'lgan asosiy kognitiv funktsiyadir. Talaba xotirasining xususiyatlarini tushunish ta'lim strategiyalari va ta'lim amaliyotlarini xabardor qilishi, ta'lim natijalarini optimallashtirishga yordam beradi. Ushbu maqolada talabalar xotirasining turli jihatlari, jumladan uning turlari, jarayonlari va xotirani saqlash va eslab qolishga ta'sir etuvchi omillar ko'rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF STUDENT MEMORY

память — это основная когнитивная функция, необходимая для обучения и академических успехов. Понимание характеристик студенческой памяти может помочь в разработке стратегий и методов обучения, помогая оптимизировать результаты обучения. В этой статье рассматриваются различные аспекты студенческой памяти, включая ее типы, процессы и факторы, влияющие на сохранение памяти и припоминание.

Текст научной работы на тему «TALABALAR XOTIRASINING XUSUSIYATLARI»

Original peper

TALABALAR XOTIRASINING XUSUSIYATLARI

© X.E. Anorboyev1^, S.X. Usmonova2^ 12Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali,Jizzax, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: xotira o'rganish va akademik muvaffaqiyat uchun zarur bo'lgan asosiy kognitiv funktsiyadir. Talaba xotirasining xususiyatlarini tushunish ta'lim strategiyalari va ta'lim amaliyotlarini xabardor qilishi, ta'lim natijalarini optimallashtirishga yordam beradi. Ushbu maqolada talabalar xotirasining turli jihatlari, jumladan uning turlari, jarayonlari va xotirani saqlash va eslab qolishga ta'sir etuvchi omillar ko'rib chiqiladi.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi turli xil xotira turlari (qisqa muddatli, uzoq muddatli, ishchi xotira) qanday ishlashi va ta'lim kontekstida o'zaro ta'sir qilishiga e'tibor qaratib, talabalar xotirasining xususiyatlarini o'rganishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot miqdoriy va sifatli tadqiqotlarni birlashtirgan aralash usullardan foydalanadi. Materiallarga standartlashtirilgan xotira testlari, akademik natijalar qaydlari va sinfdagi kuzatuvlar kiradi. Usullar turli xil talabalar guruhiga xotirani baholashni o'tkazish, o'qituvchilar va talabalar bilan suhbatlar o'tkazish va xotira xususiyatlari va akademik yutuqlar o'rtasidagi naqsh va korrelyatsiyalarni aniqlash uchun ma'lumotlarni tahlil qilishni o'z ichiga oladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: topilmalar talabalarning o'quv jarayonlarida turli xil xotira turlaridan qanday foydalanishining aniq naqshlarini ochib beradi. Qisqa muddatli xotira zudlik bilan eslab qolish va tushunish uchun juda muhim, uzoq muddatli xotira esa uzoq vaqt davomida ma'lumotni saqlash va olish uchun muhimdir.

XULOSA: tadqiqot shuni ko'rsatadiki, o'quvchilar xotirasining xususiyatlarini tushunish samarali ta'lim amaliyotlarini rivojlantirish uchun juda muhimdir. Xotiraning turli turlarini va ularga ta'sir etuvchi omillarni tan olish orqali o'qituvchilar xotirani saqlash va qo'llashni qo'llab-quvvatlash uchun o'zlarining o'qitish usullarini moslashtirishlari mumkin.

Kalit so'zlar: xotira, operativ xotira, vilyamson, a ditse, g. djons, v. shtern, assotsiativ psixologiya, eydetik xotira.

Iqtibos uchun: Anorboyev X.E., Usmonova X.S. Talabalar xotirasining xususiyatlari.

II Inter education & global study. 2024. №4(2). B. 388-395.

ОСОБЕННОСТИ СТУДЕНЧЕСКОЙ памяти

© Х.Е. Анорбоев1Н, С.Х. Усмонова2Н

12Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо

г

Улугбека, Джизак, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: память — это основная когнитивная функция, необходимая для обучения и академических успехов. Понимание характеристик студенческой памяти может помочь в разработке стратегий и методов обучения, помогая оптимизировать результаты обучения. В этой статье рассматриваются различные аспекты студенческой памяти, включая ее типы, процессы и факторы, влияющие на сохранение памяти и припоминание.

ЦЕЛЬ: целью данного исследования является изучение характеристик студенческой памяти, уделяя особое внимание тому, как различные типы памяти (краткосрочная, долговременная, рабочая память) функционируют и взаимодействуют в образовательном контексте.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании используются смешанные методы, сочетающие количественные и качественные исследования. Материалы включают стандартизированные тесты на память, отчеты об успеваемости и наблюдения в классе. Методы включают в себя проведение оценки памяти различной группы учащихся, проведение интервью с учителями и учениками, а также анализ данных для выявления закономерностей и корреляций между характеристиками памяти и академической успеваемостью.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показывают четкие закономерности того, как учащиеся используют различные типы памяти в процессе обучения. Кратковременная память важна для немедленного вспоминания и понимания, а долговременная память важна для хранения и извлечения информации в течение длительных периодов времени.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследования показывают, что понимание характеристик студенческой памяти имеет решающее значение для разработки эффективных методов обучения. Признавая различные типы памяти и факторы, которые на них влияют, учителя могут адаптировать свои методы обучения для поддержки сохранения памяти и ее применения.

Ключевые слова: память, оперативная память, Уильямсон, А. Дитсе, Г. Уилсон, В. Штерн, ассоциативная психология, глазная память.

Для цитирования: Анорбоев Х.Э., Усманова Х.С. Особенности памяти учащихся. // Inter education & global study. 2024. №4(2). C. 388-395.

CHARACTERISTICS OF STUDENT MEMORY

© X.E. Anorboyev1®, S. Kh. Usmonova2®

12Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek, Jizzakh, Uzbekistan

Annotation

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (2)

INTRODUCTION: memory is a basic cognitive function necessary for learning and academic success. Understanding the characteristics of student memory can inform instructional strategies and instructional practices, helping to optimize learning outcomes. This article examines various aspects of student memory, including its types, processes, and factors influencing memory retention and recall.

AIM: the purpose of this study is to examine the characteristics of student memory, focusing on how different types of memory (short-term, long-term, working memory) function and interact in an educational context.

MATERIALS AND METHODS: the study uses mixed methods combining quantitative and qualitative research. Materials include standardized memory tests, academic performance records, and classroom observations. Methods include administering memory assessments to a diverse group of students, conducting interviews with teachers and students, and analyzing data to identify patterns and correlations between memory characteristics and academic achievement.

DISCUSSION AND RESULTS: the findings reveal clear patterns of how students use different types of memory in their learning processes. Short-term memory is important for immediate recall and understanding, while long-term memory is important for storing and retrieving information over long periods of time.

CONCLUSION: research shows that understanding the characteristics of student memory is critical to developing effective instructional practices. By recognizing the different types of memory and the factors that influence them, teachers can adapt their teaching methods to support memory retention and application.

Keywords: memory, operational memory, vilyamson, a ditse, g. djons, v. shtern, association psychology, eyedetic memory.

For citation: Xayitboy E. Anorboyev, Safiya H. Usmanova. (2024) 'Characteristics of students' memory', Inter education & global study, (4(2)), pp. 388-395. (In Uzbek).

Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatda shaxsning g'oyaviy yo'nalishida katta o'rin egallaydi. Bu yo'nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta'sirida shakllantiradi. Kishi o'zining shu faoliyati uchun muhim bo'lgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Amerikalik olimlarning fikriga ko'ra, inson o'z hayotida taxminan 50-60 yil davomida o'rgangan narsalarining atigi 5 foizini aniq takrorlay oladi. Psixologiyada xotirani o'rganish tarixi psixologiyaning umumiy tarixi bilan uzviy bog'liq bo'lib, uning rivojlanishining asosiy bosqichlarini aks ettiradi.

Xotiraning ilmiy psixologiyasining asoschisi assotsiativ psixologiya vakili Herman Ebbinghausdir. Herman Ebbinghaus xotiraning quyidagi ta'rifini beradi. Xotira - bu kelajakdagi ma'lumotlarni eslab qolish, saqlash va takrorlashdan iborat tizim. Xotira asosiy kognitiv jarayonlardan biri hisoblanadi, lekin ko'proq aytish mumkin, u barcha

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4 (2)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bilimlarning asosidir. U inson hayoti va faoliyatining barcha xilma-xilligiga kiritilgan. Shuning uchun uning shakllari, turlari nihoyatda xilma-xildir. Xotira insonning qobiliyati emas - aksincha, xotira hodisalarida butun shaxs namoyon bo'ladi.

Lekin mazkur tariflarni tahlil qilgan professor. E.G'oziyev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha tarif beriladi[1]. "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlami ijobiy qayta ishlashga yo'naltirilgan mnemik faoliyatdir". Inson xotirasining qonuniyatlarini o'rganish psixologiya fanining markaziy masalalaridan biri bo'lib hisoblanadi. Ma'lumki, insonning har qanday kechinma, xatti-harakatlari uzoq muddat ongda saqlanib, ma'lum bir sharoitda qayta namoyon bo'luvchi izlar qoldiradi. Shuning uchun, xotira deganda, inson tabiat, jamiyat, koinot to'g'risida ma'lumot, xabar va taassurot to'plash imkoniyatini beradigan hamda ilgarigi tajriba izlarini esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutishni tushuniladi. Bunga bog'liq ravishda psixologiya fani oldida xotira jarayonlarini o'rganish bilan aloqador bo'lgan qator murakkab muammolar masalalarini tadqiq qilish masalasi turibdi. Bular quyidagilardan iborat: esda olib qolishning fiziologik mexanizmlari qanday, esda olib qolishga qanday ob'yektiv (tashqi), sub'yektiv (ichki), tabiiy, biologik va ijtimoiy, psixologik sharoitlar ta'sir qiladi, ularning chegaralari qanday kabi masalalarga qaratilgan. Hozirgi zamon xotirani tadqiq qilish bilan bog'liq tadqiqotlarda markaziy o'rin xotira jarayonining asoslariga ajratilgan. Xotira jarayonining asoslari 3 yo'nalishda o'rganilgan: psixologik, neyro-fiziologik, bioximik. Xotiraning psixologik nazariyalari inson faolligi bilan bog'liq bo'lgan xotira jarayonlarini shakllantirishni tadqiq etadi. Ulardan birinchisi assosiativ nazariyadir. Ma'lum bir bilimlar inson ongida birin ketin o'rin olishi tufayli ularda assosiativ bog'liqlikni yuzaga keltiradi va ushbu bog'liqlikda biror bir narsa esga tushiriladi. Ushbu assotsiatsiyalari 3 turga bo'lish mumkin, ya'ni ob'yektlarning fazoviy bog'liqligi, bir-biriga mosligi va qarama-qarshiligidir. Bunda 3 ta assotsiatsiya kelib chiqadi: bir-biriga bog'liqlik, o'xshashlik va qarama-qarshilik. Assotsiatsiya nazariyasi bo'yicha xotira assotsiativ bog'lanishlar asosida mavjud ma'lumotni saqlash va qayta tiklash imkoniyatiga ega

Ikkinchi psixologik nazariya xotiraning Geshtalt nazariyasidir. Ushbu nazariyaning asosiy ta'limoti narsaning negizir yaxlitligi, yig'indisidir. Ushbu nazariyaga asosan xotira yaxlit hodisa sifatida tahlil etiladi. Bixeviorizm - inson xotirasida, esda olib qolishda takrorlashning ahamiyatiga diqqatni qaratadi. Freydizm xotirani emotsiyalar, motivlar va ehtiyojlar bilan bog 'layd i [2]. Xoti ran i n g mantiqiy nazariyasi A.Bine va Byullerlar tomonidan ilgari surilib, ular xotiradagi materialni xotiraning mantiqiy esda olib qolinishi bilan bog'laydi. A.N.Leontev, N.I.Zinchenko. A.A.Sminovlar tomonidan faoliyat nazariyasi ilgari surilib, turli tasavvurlar orasidagi bog'liqlik esda olib qolingan materialning qandayligiga emas, balki odamning u bilan nima qilishiga bog'liqdir.

Uchunchi nazarya Bioximik nazariya tashqi ta'sir ostida nerv hujayralarida yuz beradigan o'zgarishlarni qayd qilish va xotira jarayonida DNK va RNK ahamiyatini aniqlashga qaratilgandir. DNK xotirani genetik tug'ma tashuvchi sifatida, RNK esa individual xotiraning ontogenetik asosi sifatida qabul qilinadi. Kibernetik nazariya bo'yicha xotira ma'lumotni qabul qilib olish, qayta esga tushirish va unutishdir. Adabiyotlarda keltirilishicha, navbatdagi nazariya xotira jarayonlari asoslari haqidagi fiziologik nazariyadir. Vaqt oralig'ida esda olib qolish, saqlash va esga tushirish xotiraning asoslari fiziologik nazariyasini tashkil qiladi. Har qanday tashqi ta'sir nerv tizimida izsiz o'tmaydi va qandaydir "Iz" qoldiradi. "Iz"ning fizik ta'siri qayta impuls harakatini yengillashtiradi. Vaqtinchalik nerv munosabatlarining yuzaga kelishi, ularning izini va keyinchalik faollashtirilishini xotira jarayonlari asoslari nazariyasi sifatida ko'rib chiqiladi. 80-yillarda nemis psixologi German Ebbingauz o'z sof xotira qonunlarini o'rganish imkonini beruvchi, boshqacha so'z bilan aytganda, tafakkurga bog'liq bo'lmagan holda izlarning esda qolish jarayoni tadqiq etishning yangi uslubini taklif qilgan, ya'ni ma'nosiz bo'g'inlarni yod olishdan iborat bo'lgan bu uslub Ebbingauzga materialni esda olib qolishning egri chizig'iga oid qonunni kashf qilishga, uning asosiy qoidalarini bayon etishga va ana shularning asosida izlari xotirada saqlanish muddatini hamda asta-sekin so'nish holatini tekshirishga imkoniyat yaratgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Amerikalik psixolog Eduard Trondaykning tekshirishlari paydo bo'ldi. U birinchi bo'lib tekshirish predmeti sifatida hayvonlarda ko'nikmalarni paydo bo'lish jarayonini tanlagan edi. XX asming birinchi 10 yilida xotirani tekshirish yangi ilmiy talqinga ega bo'ldi, uning moddiy asosi to'g'risidagi muammolarga mohiyati jihatidan mutlaqo boshqacha yondashish ro'yobga chiqdi. Xuddi shu davr xotira psixologiyasida keskin burilish nuqtasini vujudga keltiradi. Akademik I.P.Pavlov shartli reflekslarni o'rganishning ilmiy metodini taklif etadi, bu narsa o'z navbatida bosh miya yarim sharlarida yangi bog'lanishlar paydo bo'lishiga va mustahkamlanishning asosiy fiziologik mexanizmlarini tekshirish imkoniyatlarini tug'dirdi. Ana shunday qilib, ushbu bog'lanishlar paydo bo'lishiga va saqlab qolishga yordam beradigan shart-sharoitlar, shuningdek, bog'lanishlaming saqlanishiga ta'sir qiluvchi holatlar, omillar va mexanizmlar tasvirlab berildi. I.P.Pavlov oliy asab faoliyati ta'limoti va uning asosiy qonunlari xotiraning fiziologik mexanizmlariga oid bilimlaming asosiy manbasiga aylanib qoladi. Bolalarda xotiraning yuksak (yuqori) shakillarini birinchi marta tadrijiy ravishda tadqiq qilish taniqli psixolog L.S.Vigotskiyga nasib etgan[3].

Jahon psixologiyasida xotira muammosi bo'yicha keng nazariy, amaliy, tahliliy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Jumladan, G.Ebbingauz, D.Layon, P. Vilyamson, A Ditse, G. Djons, V.Shtern, I.P.Pavlov, L.S.Vigotskiy, L.N.Leontev, S. L. Rubinshteyn, P. A. Ribnikov, L.V.Zankov, A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko, M.N.Shavdakov, A.I.Lipkina, Ye.N.Boyko, Ye.N.Sokolov, R.Atkinson, Radosavlevich va boshqalar xotira muammosining turli jihatlarini tadqiq etib, katta hajmdagi ilmiy ishlar va o'quv qo'llanmalar yaratishga muvaffaq bo'lganlarliklarini ko'rsatish mumkin.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №4 (2)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

20-yillarning oxirida. XX asr xotira jarayonlarini tahlil qilishda yangi yondashuvni boshlaydi. L.M.Veker qayd etgan xotira shakllarining har biri odamlarning muloqot va hamkorlik ehtiyojlaridan kelib chiqadi, u inson xotirasining paydo bo'lishi va rivojlanishida ushbu holatga markaziy rol o'ynaydi.

Xotira rus psixologiyasida yanada rivojlandi.Sovet psixologiyasida xotiraning mohiyatini tushunishga ijtimoiy yondashuvning rivojlanishi real materialistik tushunilganlarni hisobga olish asosida amalga oshiriladi. ijtimoiy-tarixiy rivojlanish qonuniyatlari va bola psixikasi genezi bilan bog'liq. 1930 yilda L.S. Vigotskiy va A.R. Luriya turli nashrlar, lekin mualliflar arxaik xotira evolyutsiyasi tahlil va xotira filogenez va ontogenez haqida ma'lumotlarni solishtirish bo'lgan xulq tarixi, bo'yicha. L.S. Vigotskiy va A.R. Luriya ibtidoiy odam xotirasining xususiyatlarini ko'rib chiqadi: g'ayri oddiy so'zlashuv, fotografik sifat, tafsilotlarning hashamati va boshqalar. Ibtidoiy odam xotirasining bu xususiyatlari bola psixikasi rivojlanishining dastlabki bosqichlarida qayd etilgan eydetik xotira xususiyatlariga mos keladi. Eydetik xotira - bu ob'yekt va hodisani idrok etgandan so'ng tasvirlarni uzoq vaqt davomida tom ma'noda saqlab qolish qobiliyati bo'lib, ular timsolning ravshanligi va yorqinligi bilan ajralib turadi, shuning uchun bolalik xotiralari juda ajralib turadi . Arxaik xotiraning xususiyatlarini hisobga olgan holda. butun, L.S. Vigotskiy va A.R. Luriyaning ta'kidlashicha, uning eng muhim xususiyati o'z-o'zidan paydo bo'ladigan, boshqarib bo'lmaydigan harakterdir: inson xotiradan foydalanadi, lekin uni boshqarmaydi.

A.G.Asmolovning ta'kidlashicha, til, yozuv va boshqa ishora tizimlarining rivojlanishi bilan xotiraning reproduktiv shakli o'zining muhim funksiyalarini bajarishni to'xtatadi va xotiraning rivojlanishi rekonstruktiv shaklni aniqlaydigan tobora rivojlanib borayotgan ijtimoiy vositalarga asoslangan nazorat imkoniyatlarini oshirish bilan bog'liq. Xotiradan A.G.Asmolov juda haqli ravishda L.S.Vigotskiy nafaqat xotiraning ijtimoiy shartliligi faktini ochib beradi, balki belgilardan foydalanish va ixtiro qilish asosida inson xotirasining rivojlanish tarixini tarix va madaniyatning asosiy davrlari bilan bog'liq holda asoslashga harakat qiladi. A.N.Leontev xotiraning oliy shakli tabiatini inson mehnat faoliyati rivojlanishining umumiy tarixiy qonuniyatlari bilan bog'liq holda tahlil qiladi. Olim shaxsiy rivojlanish jarayonida xotiraning eng yuqori shaklining genezisini hisobga olib, xotira rivojlanishini materialistik tahlil qilishning eng muhim qoidalarini belgilaydi.

Mavzu yuzasidan o'tkazilgan tadqiqotimizda 101 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Jumladan: Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti (55 ta) hamda aniq fanlar fakultetidan (46 ta) talaba (1-jadval).

Gumanitar va aniq ta'lim yonalishi talabalarining umumiy soni

Aniq fanlar 46 45,5

Ijtimoiy fanlar 55 54,5

Jami 101 100,0

Ishtirokchi talabalar jinsi bo'yicha qizlar 54% va o'g'i

bolalar 46% tashkil etmoqda.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4 (2)

1-rasm. Sinaluvchilarning jins bo'yicha taqsimoti

Tadqiqot ishimizda P.I.Zinchenkoning "Ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolish samaradorligini o'rganish" metodikasi, Mantiqiy va mexanik xotirani o'rganish metodikasi, Operativ xotirani o'rganish metodikalaridan foydalandik.

Metodikalarimizning parametrik yoki noparametrik mezonlarga mansub ekanini aniqlash maqsadida Kolmogorov Smirnov mezonidan foydalangan holda quyidagi natijalar tahlilini amalga oshirdik (2-jadval).

Kolmogorov-Smirnov bo'yicha P.I.Zinchenkoning "Ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolish samaradorligini o'rganish" metodikasi, mantiqiy va mexanik xotirani o'rganish metodikasi, operativ xotirani o'rganish metodikalari ko'rsatkichlar tahlili.

2-jadval

Ko'rsatkichlar Kalmogorov Smirnov-D Ishonch darajasi-P

Bevosita esda olib qolish 1,009 0,261

Bilvosita esta olib qolish 1,192 0,117

Mantiqiy esda olib qolish 2,012 0,001**

Mexanik esda olib qolish 1,429 0,034*

Operativ esda olib qolish 1,831 0,002**

Kalmogorov Smirnov bo'yicha metodikalarimiz tahlililarida noparametrik mezonga mos kelganligi uchun keyingi tahlilimiz Mann Uitni mezoni bo'yicha talabalarning fakultetlararo tafovutlarini ko'rib chiqamiz (3-jadval).

Gumanitar va aniq fanlar ta'lim yo'nalishlari talabalarining esga olib qolish turlarining jins bo'yicha ko'rsatkichlari

3-jadval

Ko'rsatkichlar Jins N O'rtacha rang U p

Bevosita esda olib qolish qiz bolalar 55 46,05 -1,868 ,062

O'g'il bolalar 46 56,91

Bilvosita esda olib qolish qiz bolalar 55 50,98 -,007 ,995

O'g'il bolalar 46 51,02

Mantiqiy esda olib qolish qiz bolalar 55 50,85 -,060 ,952

O'g'il bolalar 46 51,18

Mexanik esda olib qolish qiz bolalar 55 45,75 -2,002 ,045*

O'g'il bolalar 46 57,28

Operativ esda olib qolish qiz bolalar 55 39,84 -4,279 ,000***

O'g'il bolalar 46 64,35

Izoh: *-р<0.05; **-р<0.01

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Mantiqiy va mexanik xotirani o'rganish metodikasi Mann-Uittni mezoni bo'yicha jins tafovuti tahliliga ko'ra, mantiqiy esda olib qolish shkalasida yigitlar 51,02, qizlar 50,85 o'rtacha rang ko'rsatkichini qayd etib ishonch darajasidagi ahamiyatli farqlar aniqlanmadi (U=-,060; р^0,952). Bundan qizlar hamda yigitlarda xotiraning mantiqiy esda olib qolish jihati deyarli bir xil ekan, degan xulosaga kelinadi.

Mantiqiy va mexanik xotirani o'rganish metodikasi Mann-Uittni mezoni bo'yicha jins tafovuti tahliliga ko'ra, mexanik esda olib qolish shkalasida yigit va qizlar o'rtasida tafovutlar (U=-2,002; p<0,05) aniqlandi

Xulosa: P.I.Zinchenko xotiraning faoliyat konsepsiyasini rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shdi. Uning tadqiqotlari nafaqat psixologiya fanini rivojlantirishga, balki pedagogika va ta'lim tizimlarini rivojlantirishga ham xizmat qildi. Ixtiyoriy va beixtiyor xotirani o'rganish uchun qiyosiy metodologiya ishlab chiqilgan bo'lib, uning yordamida bir qator mnemonik ta'sirlar kashf etilgan va o'rganilgan.

Zamonaviy dunyo inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab olgan ijtimoiy dinamikaning kuchli sur'ati bilan ajralib turadi. Ijtimoiy o'zgarishlar, hayotning temperament xususiyatlarining rivojlanishi, ko'pincha oldindan aytib bo'lmaydigan xarakteriga ega bo'lib, insonlardan katta moslashuvchan potensialga ega bo'lishni talab qilishi kundalik hayotning haqiqatiga aylandi. Olib borilgan tadqiqotda jins tafovutlari bo'yicha taqqoslanilganida o'g'il bolalarda xotiraning mexanik eslab qolish qobilyati qiz bolalarga nisbatan ustunroq natijani aks ettirdi. Kelib chiqgan natijaga asoslanib ushbu tadqiqot doirasida shunday deyish mumkin bo'ladi yigitlarda yarimsharlar faoliyati qiz bolalar miya faoliyatining yarim sharlar doirasiga nisbatan faol ekanligi hamda tashqaridan berilayotgan axborotlarni mexanik eslab qolish qobilyatinining ustunligini aks ettirdi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Haydarov F.I., Xalilova N.I., Umumiy psixologiya. -Toshkent.: 2010-76 b.

2. Иванов П.И., Зуфарова М. «Умумий психология». - Тошкент: Узбекистан файласуфлар миллий жамияти, 2010.

3. Давлетшин М.Г., Алимкулов Ё., Убайдуллаев А., Умаров У., Алимова Ф., Туйчиева С. Психология: кискача изошли луfат (узбек тилида). - Тошкент, ТДПУ, 2010.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФOРМATSIЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HXayitboy Anorboyev Eshboy,katta o'qituvchi. Safiya Usmonova Xurshid qizi, talaba. [Хаитбой Анорбоев Эшбой угли, старший преподаватель. Сафия Усманова Хуршид кизи, студент], [Khaitboy E. Anorboyev, senior teacher. Safia Kh. Usmanova, student.]; manzil: 130100, Jizzax viloyati, Jizzax shahri Sh.Rashidov shox ko'chasi, 259 uy [адрес: 130100, Джизакская область, город Джизак, ответвление улицы Ш. Рашидова, дом 259 ], [130100, Jizzakh region, Jizzakh city, Sh. Rashidov branch street, house 259]; e-mail: xayitboy@gmail.com safiya@mail.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.