KICHIK MAKTAB YOSH DAVRIDA XOTIRNI O'RGANUVCHT PSIXODIAGNOSTIKA METODIKALAR VA ULARNING AHAMIYATI
Djolimbetoba Mivagul Madiyarova
NDPI o'qituvchisi "Psixologiya" fanlari bo'yicha Falsafa doktori Ro'zmetova Munisa Ma'ruf qizi NDPI magistratura bosqichi 2-kurs talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.7589592
Annotatsiya: Ushbu maqolada xotira turlar,uning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, kichik maktab yosh davrida xotirani o'rganuvchi psixodiagnostika metodikalarda bir nechta namunalar va ularni qo'llashdan asosiy maqsad nimadaligi haqida to'xtalib o'tilgan.
Kalit so'zlar: xotira, kichik maktab yosh davri, metodika, diagnostika qilish, esga tushirish, baholash, natija.
Barcha yoshdagi bolalarda xotira juda kuchli rivojlanadi. Kichik bolalar ham vaqt va fazoni yaxshi farqlay oladilar, so'z boyligi ortib boradi. Bularning barchasi bolaning kattalar bilan, tengdoshlari bilan muloqotga kirishishi natij asida sodir bo'ladi. Xotiraning rivojlanishi bola bilan ishlashda ta'limning qaysi metodlari ustunligiga, uni o 'rab turgan muhit idrok obrazlari bilan qanchalik boyligiga bog'liq. Materialning sezgi organlariga ta'sir etishi, idrok xususiyatlarini hisobga oigan holda ko'rish, eshitish, ushlab ko'rib bilish, hid bilish. ta'm bilish xotiralari ajratiladi. Materialni esda saqlab qolish va uni qayta esga tushirishga bog'liq ravishda harakat, mexanik, obraz (assotsiativ), mantiqiy, hissiy xotiralarga ajratiladi. Ma'lumotni saqlashning uzoqligiga bog'liq ravishda qisqa muddatli (operativ) va uzoq muddatli xotiralar ajratiladi. Ma'lumotni esda olib qolish, inson tomonidan birni maqsad q o'yilmasdan ixtiyorsiz, o 'rganilayotgan materialni esda saqlab qolish uchun maqsad q o 'yilganda ixtiyoriy esda olib qolinadi.Umumiy xotira olingan materialni esda
saqlab qolish. esda saqlash va qayta esga tushirishdan iborat jarayon bo'lib, bu tarkibiy qismlarni doimo rivojlantirishni talab etadi.
Psixologiyada xotirani o'rganish uchun maxsus metodikalar mavjud.
Bular quyidagilar;
1. "Eshitish xotirasini baholash"
Bu xotira turini aniqlash uchun bolaga 1 sekund oralig'ida 4 ta so 'zlar tokplami ketma-ket o 'qib beriladi.
I. Oy, daraxt. sakramoq. sariq. qo'g'irchoq. sumka;
II. Gilam. stakan. suzmoq, og'ir, kitob, olma;
III. Divan, hazillashmoq, palto, telefon, sanchqi. dowurak:
IV.Maktab. odam, uxlamoq, qizil. daftar. gul.
Shu so'zlar to'plamini eshitib bo'lgandan so'ng, sinaluvchiga taxminan sekund o'tgach, keyingi 36 ta so'zlar to'plami shoshilmay. har bir so'z 1 sekunddan oraliq bilan o'qib eshittiriladi.
Stakan, maktab, sanchqi. tugma, gilam, oy, stul, odam, divan, sigir, televizor, daraxt, qush, uxlamoq, dovyurak, hazillashmoq, qizil oqqush, surat, о 'g 'ri, suzmoq, to'p, sariq, sakramoq, daftar, palto, kitob, gul, telefon, olma, qo'g'irchoq, sumka, ot, etmoq, fil. uy. Bu 36 ta so'z to'plami tasodifiy ketma-ketlikda barcha qatordagi so 'zlardan iborat.Har bir to'plamdagi so'zlami farqlash uchun ular turli chiziqlar bilan belgilanadi.l-to'plamdagi so'zlar tagiga I ta to'g'ri chiziq chizilgan; 2-so 'zlar to 'plamiga 2 ta to'g 'ri chiziq chizilgan; 3 -so 'zlar to'plamiga bitta uzun chiziq va oxirgi 4-so'zlar to'plamiga ikki qator uzun chiziq chizilgan.
Bola eshitgan 36 ta so'z ichida qisqa to'plamdagi so'zlar bor yo'qligini topib, bor bo'lsa "ha", bo'lmasa "yo'q» deb javob berish kerak. Katta to'plamdagi so'zlardan kichik to'plamni topishi uchun bolaga 5 sekund vaqt beriladi. Agar farqlay olmasa, tadqiqotchi keyingi so'zga o'tib ketadi. Baholash natijalari
Tezkor eshitish xotirasi ko'rsatkichi katta to'plamdan 6 ta so'zni topishi uchun ketgan o'rtacha vaqtga qarab aniqlanadi. O'rtacha vaqtni topish uchun bola topshiriqni bajarishga sarflagan umumiy vaqt 4 ga bo'linadi. O'rtacha vaqtni xatolar soniga bo'lib, 1 qo'shilsa, operativ eshitish xotirasi hajmi aniqlanadi. Noto'g'ri topilgan topa olinmagan so 'zlar xato hisoblanadi.
2." Bevosita xotirani diagnostika qilish"
Metodikani o'tkazish uchun qog'oz va ruchka kerak bo'ladi. Tadqiqot o'tkazishdan awal bolaga quyidagicha ko'rsatma beriladi:
"Hozir men senga turli xil so'z va gaplar aytaman hamda bir to'xtalib olaman. Sen mana shu to'xtalgan vaqtimda aytgan so'z gaplarimni eslab qolib uni qog'ozga yozishing, rasmini chizishing kerak bo'ladi. Tezroq yozishga, chizishga harakat qil. Men aytadigan so'zlar ko'p, vaqtimiz esa oz". Bolaga birin-ketin quyidagi so 'z va iboralar aytib beriladi. "Uy, tayoq, daraxt, balandga sakrash, quyosh nur sochmoqda, quvnoq odam, bolalar to'p o 'ynashayapti, soat to'xtab qoldi, qayiq daryoda suzyapti, mushuk baliq yemoqda".
Tadqiqotchi har bir so'z yoki so'z birikmasini aytib bo'lgandan so'ng 20 sekund tanaffus qiladi. Shu vaqt ichida bola aytilganlarni yozishi, chizib olishi kerak.
Agar bu vaqt ichida bola topshiriqni bajarishga ulgurmasa, tadqiqotchi uni to'xtatib qo'yib, navbatdagi so'zni o'qiydi. Tajriba tugagandan so'ng, boladan qog'ozga chizilgan rasm yoki yozilgan so'zlardan foydalanib, so 'z va so'z birikmalarini aytib berishi so'raladi.
Natijalar tahlili:
1 ball — o 'z chizmalari va yozuvlaridan foydalanib, aytilgan so'zlami to'g'ri va xatosiz esga tushira olsa;
0,5 ball - chizgilari, yozgan narsalariga asoslanib, berilgan so'zga yaqinroq so'zni esga tushirsa;
0 ball - noto'g'ri esga tushirilsa.
Umumiy maksimal ko'rsatkich -10 ball
Bu ballni bola barcha aytilgan so'zlarni to'g'ri, to'liq esga
tushirsa to'play olishi mumkin.
Minimal ko'rsatkich - 0 ball.
Rivojlanish darajasi haqida xulosa
10 ball - bevosita eshitish xotirasi juda yuqori darajada rivojlangan.
8-9 ball - bevosita eshitish xotirasi yuqori darajada rivojlangan.
4-7 ball - bevosita eshitish xotirasi o'rtacha darajada rivojlangan.
2-3 ball - past darajada rivojlangan.
0-1 ball - kuchsiz rivojlangan bevosita eshitish xotirasiga ega.
Psixodiagnostik metodikalarning ahamiyati.
Hozirgi zamon psixologiyasi har xil usullar bilan kishi amaliy faoliyatga ta'sir qilish imkoniga ega. Shundy usullardan biri, turli toifadagi odamlarga psixologik yordam ko'rsatishdan iboratdir. Ammo psixologik yordam ko'rsatish uchun, awalo, ulardagi psixik o'zgarishlar sabablarini va unga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash zarurati tug'iladi. Bunda biz psixodiagnostika sohasiga murojat etamiz. "Psixodiagnostika" atamasi psixolgik tashxis qo'yish degan ma'noni anglatib, shaxsning ruhiy holati, to'liq biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir.shundek kichik maktab yosh davrida xotirani o'rganuvchi psixodiagnostik metodiklarni ahamiyati shundan ibortaki;
- xotirani ilmiy jihatdan prinsipial baholash,
- xotira turlarining miqdoriy ko'rinishlarni baholash,
- amaliy psixologik tashxis qo'yish,
- psixokorreksion ishlar olib borish maqsadida xotirani dinamik ko'rsatkichlarini aniqlash,
- individ yoki shaxsning xotira jarayoni rivojlantirishga yordam beruvchu tavsiyalar ishlab chiqish
- bolaning ota-onasi va o'qituvchilariga zarur bo'lgan xotira jaryonining rivojlanishidagi kamchiliklar va unga olib keluvchi sabablar haqida ma'lumotlar to'plab, bolaga mos ravishda ta'lim-tarbiya berish metodlarini tanlash kabi bir qancha muhum vazifalarni psixodiagnostika o'z ichiga oladi.
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, xotira inson hayotida eng muhim bo'lgan psixik jarayondir. Uning rivojlanisg funtamenti esa, kichik maktab yoshi
davridan boshlanadi. Ushbu bosqichda boladagi mexanik xotirasi bilan birgalikda mantiqiy xotirasining rivojlanishiga ham alohida e'tibir berilsa, albatta o'ylaymanki bu samarali natija ko'rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Z.T.Nishanova, D.Qarshieva, N.Atabaeva, Z.Qurbonova "Psixodiagnostika va ekserimental psixologiya" Toshkent-2018.
2. Z.T.Nishanova, N.G'.Kamilova, D.U. Abdullayeva, M.X.Xolnazarova "Rivojlnish psixologiyasi pedagogik psixologiya" Toshkent-2017.
3. www.ziyonet.uz