Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI SENSOR TARBIYASI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI SENSOR TARBIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
sezgi / idrok / tasavvur / xotira / xayol / tuyg’u / tevarak –atrof / estetik tarbiya / jismoniy tarbiya / mehnat tarbiya.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — To’Raqulova Jumagul Mustafoqulovna

Ushbu maqolada sensor tarbiya mazmuni, maktabgacha yosh sensor jarayonlarni rivojlanish davri, sensor tarbiya vazifalar, sensor tarbiyaning usuli, tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI SENSOR TARBIYASI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI SENSOR

TARBIYASI

To'raqulova Jumagul Mustafoqulovna

Uchko'prik tuman 5-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilti direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11211820

Annotatsiya. Ushbu maqolada sensor tarbiya mazmuni, maktabgacha yosh sensor jarayonlarni rivojlanish davri, sensor tarbiya vazifalar, sensor tarbiyaning usuli, tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o 'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, xayol, tuyg'u, tevarak -atrof, estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiya.

Аннотация. В данной статье описано содержание сенсорного воспитания, период развития сенсорных процессов у детей дошкольного возраста, задачи сенсорного воспитания, метод сенсорного воспитания, научно-теоретическая значимость вопроса внедрения, уровень его изученности и его значение. в данное время.

Ключевые слова: интуиция, восприятие, воображение, память, воображение, чувство, окружение, эстетическое воспитание, физическое воспитание, трудовое воспитание.

Abstract. This article describes the content of sensory education, the period of development of sensory processes in preschool children, the tasks of sensory education, the method of sensory education, the scientific theoretical importance of the issue of introduction, the level of its study and its importance at the present time.

Keywords: intuition, perception, imagination, memory, imagination, feeling, surroundings, aesthetic education, physical education, work education.

Hissiy bilish maktabgacha yoshidagi bolalikda alohida ahamiyatga ega. Fikrlash va nutq yetakchi o'rin tutadigan mantiqiy bilish hissiy tajribadan kelib chiqadi. Sensor rivojlanish har qanday amaliy faoliyatni muvaffaqiyatli egallashning sharti hisoblanadi.

Tevarak-atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asoslanadi. Tasavvurning asosini bevosita sezish orqali idrok qilish tashkil etadi. Bunday tasavvurning aniqligi, to'laligi sensor jarayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tarbiya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan holda rivojlantirishdir. "Sensor" so'zi lotincha "sensus" - "tuyg'u", "sezgi", "idrok", "sezish qobiliyati" ma'nolarini anglatadi. Borliqni bilish sezgi, idrok qilishdan boshlanadi.

Inson ko'rish, sezish va hokazolar yordamida tevarak - atrofdagi narsa va hodisalar to'g'risida bilimga ega bo'ladi, faqat shular asosidagina unda xotira, tafakkur, xayol jarayonlari hosil bo'ladi.

Bog'cha va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 10,9 qismini sezish orqali idrok etilgan taassurotlar tashkil etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy bo'lsa, insonning tevarak-atrofdagi olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng bo'ladi. Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning rivojlanish darajasi bilish faoliyatining muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi.

Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi.

Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlantirish davridir. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o'rinni egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini

shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta'sir sistemasidir.

Mariya Montesori texnologiyasi aynan shu fikrni olg'a su- ruvchi usullar majmuyi bo'lib, ma'nan yetuk, mustaqil fikrlovchi, intiluvchan shaxsni tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Shifokor-pedagog Mariya Montesori yaratgan Maktabgacha ta'lim metodikasi maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasidagi barcha tizimlar orasida alohida ajralib turadi. Agar ota-onalar o'z farzandlariga rahmdillik, mehr-muruvvat tuyg'ularini uyg'ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona odam- larga, balki o'z ota-onasiga ham hissiz bo'lib qoladilar. Montesori metodikasi bo'yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sensor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak:

1. Barcha tashqi hissiyotlarni shakllantirish.

2. Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali hali to'liq shakllanmagan barcha ruhiy jarayonlarni rivojlantirish kerak. Chunki diqqat, intellekt va iroda to'liq rivojlanmagan bo'ladi.

3. Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo'lish. -

4. Nutq apparatlari orqali tilni rivojlantirish, so'z boyliklarini oshirish.

5. Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda, o'z-o'ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojlantirish.

Yuqorida ko'rsatilgan pedagogik maqsadlarga erishish uchun Montesori yaxshi sharoitda bolani tarbiyalash usullarini tavsiya etadi. Uning materiallari ayniqsa, aqliy faoliyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sensor tarbiyaning maqsadi Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarning sensor qobiliyatlarini o'stirishdan iborat.

Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat nimaga ishlatilishini, nomigagina bilishi yetarli bo'lib qolmay, balki ular buyumlarni chuqurroq idrok etishi, ularni ushlash, ular bilan muomalada bo'lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir, deb biladi. Tarbiyachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida e'tibor berishi, bolalarga tegishli topshiriqlar berishi: buyumlarni bir joy dan ikkinchi joyga olib qo'yishda ularning og'irligini his qilish, buyumni qo'lga olib, uning sirtini sezishi va sifatini - issiq yoki sovuqligini ana shunga o'xshashlarini aniqlashi kerak.

Bolalarning yoshi ulg'ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoit- larning o'zgarishi bilan idrok etish jarayoni va unga qo'yiladigan talab ham murakkablashadi. Navbatchilar tarelkalarning katta-kichikligi, chuqur yoki yuzaligini, piyola va chinni idishlar- ning og'irligini, sirtining silliqligini, ushlaganda sovuqroqligini, plastmassa buyumlarning yengilligini his qiladilar. Stollarni u yoq bu yoqqa siljitish, stullarni joy-joyiga qo'yish boshqa harakat sezgilarini uyg'otadi, fazoviy munosabatlarni, kontur chiziqlar va hokazolarni idrok qilishni talab etadi.

Shunga asoslanib, sensor tarbiyaning quyidagi vazifalari belgilanadi: '

- Bolalarda perspektiv harakatlarni shakllantirish.

- Buyumlarning xususiyati, sifati, munosabati to'g'risidagi umumlashgan tasavvurlar sensor etalonlar sistemasini shakllantirish.

Sensor etalonlar ijtimoiy-tarixiy tajriba jarayonida hosil qilingan namunalardir. Asosiy ranglar, geometrik shakllar, notalarda ifodalangan musiqali tovushlarning turli balandligi ana shunday etalonlar jumlasiga kiradi. Agar bola etalonlar va ularning og'zaki ifodalanishi bilan tanish bo'lsa, uning te- varak-atrofni bilishi oson bo'ladi, u o'zi uchragan buyumlarni ma'lum bir etalon bilan taqqoslaydi hamda buyumning rangi, shakli, katta-kichikligi, detallarining fazoviy joylashishini aytib beradi.

Perseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan amaliy faoliyatda va bilish jarayonida

mustaqil foydalanish malakasini shakllantirish.

Sensor tarbiyaninng mazmuni o'z ichiga tevarak-atrofdagi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi va har xil sensor asosga egadir.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bola ranglarni farq qilish va ularning nomini aytishga o'rgatiladi, ularda rang tuslari haqida, bo'yoqlarni aralashtirish natijasida yangi rang yoki tuslar paydo bo'lishi to'g'risida tasavvur hosil bo'ladi, shuningdek ular (nutqning tovush tomonlarini, so'zning tovush tuzilishini tahlil qilish qobiliyatini) va musiqa tinglash o'quvini rivojlantirish ham sensor tarbiya mazmuniga kiradi. Sensor tarbiya, shuningdek, taktik sezgilarni, buyumlarning sifatini paypaslab, ko'rib farqlash va ularni to'g'ri aytish (silliq, mayin, dag'al, yumshoq, og'ir, yengil, sovuq, issiq va boshqalar) ko'nikmalarni rivojlantirish ham sensor tarbiya vazifalaridn biridir.

Bolalar sekin-asta vaqtni tushuna boshlaydilar hamda vaqt tushunchasini o'zlashtiradilar, vaqtning ketma-ketligi va davomliligini anglaydilar. Dastlab bolaning "kecha", "bugun", "ertaga" tushunchalarini nisbiyligini, vaqtning davomliligini (bir daqiqa, besh daqiqa, bir soat) tushunib olishi qiyin bo'ladi. Bunga tajribaning to'planib borishi va biror maqsadga qaratilgan ta'lim natijasida erishiladi.

Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sensor tarbiya bolalarning hamma faoliyatlarida amalga oshiriladi deb aytish mumkin.

Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar, applikatsiyalar yasash) sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratibgina qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olishga ham ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini chizishdan oldin bolani buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga o'rgatiladi, suratlarni ko'zdan kechirishda esa qanday qilib rang yordamida tasvirning badiiy ifodaliligiga erishilishini ko'rish qobiliyati rivojlanadi.

MTTda bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga o'simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish topshiriladi. Bu suv, yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib, bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda bo'lish tufayli gul, toshlarning nomini osongina va bajonudil bilib oladilar, keyinchalik ularning shakli, rangi, tuzilishi, hidi, nomini silliqligi va mayinligiga qarab topadilar.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar "oldinga", "orqaga", "tepada - pastda", "uzoq-yaqin", "chapda-o'ngda" kabi fazoviy tasavvurlarni o'zlashtirib oladilar va hayotiy vaziyatda ularga amal qiladilar, buyumlarning shakli, ular o'lchamining farqiga yetadilar, ularni o'zaro taqqoslaydilar.

Bolalar tabiat bilan tobora ko'proq aloqada bo'lishlari tufayli taassurotlari, eshitib ta'sirlanish xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, shamolning guvillashi, yomg'irning shatir-shuturi va momaqaldiroq- ning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o'rgatish zarur.

Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri - tekshirishdir. Tekshirish - buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bo'lib, uning natijalaridan keyinchalik ma'lum bir mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Tekshirish jarayonida bolalar katta-kichiklikni, shaklni, fazoviy munosabatlarni, rangni, nutq tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o'ziga xos xususiyatlarini ajratib ko'rsatish va farqlashga o'rganadilar.

Mashg'ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab olishlari muhim rol o'ynaydi. Holbuki shu mashg'ulotlarda bolalarning sezgi, idrok va tasavvurlarni tarbiyalashga jonli rahbarlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Bolalar biror buyumni nima uchun sinchiklab qarash, ba'zi tovushlarni yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganlaridagina, ularda sinchiklab qarash, narsa va hodisalarni idrok qilish malakasi hosil bo'ladi. Shuning uchun tarbiyachi bolalarni narsa va hodisalarni idrok qilishga o'rgatib, ular qiladigan ishlarning ma'nosini aniq tushuntirib berishi lozim. Shundagi- na ular ancha tushungan holda idrok qiladilar va biror maqsadga qaratilgan bo'ladi: axir, daraxt shoxlari yaxshilab ko'zdan kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha qiyin bo'ladi.

Boshqa faoliyat turlariga, masalan, mehnatga tayyorgarlik ko'rishda tegishli tekshirish usullari tanlanadi.

Masalan, qog'oz va gazlamaning xossalarini aniqlash uchun tarbiyachi bolalarga qog'oz va gazlamani g'ijimlaganda nima bo'lishini eshitib ko'rishni, qog'oz va bir parcha gazlamani yirtib ko'rishni, qog'oz' va gazlamadan qilingan qo'g'irchoq ko'ylagini suvda yuvishni taklif etadi.

To'plangan tajribalarni bolalar boshqa buyum va hodisa- larga ko'chiradilar, undan kundalik hayotlarida foydalanadi- lar: "Kel, qumga suv quyamiz, u nam bo'ladi, biz undan tunnel quramiz", "Bu chelakni ko'tarma, unda qum bor, u juda og'ir".

Buyumlarning xususiyatlarini, nomini va ta'rifini aniqlash, " ularni ma'lum bir xossalarga ko'ra taqqoslash uchun didaktik o'yin va qo'llanmalardan ham foydalanish mumkin. Ular bolalar bilan olib boriladigan xilma-xil mashg'ulotlar, mehnat, kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida yaxshigina qo'shimcha material hisoblanadi.

REFERENCES

1. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

2. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

3. Мирзиёев Ш.М. ^онун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. "Узбекистан"

4. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

5. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

6. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

7. N.G.Malikovna . "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

8. G.M Nazirova, D.R.Djo'rayeva, H.M.Tojiboyeva, "Modern trends in education for Children of preschool age" Methodological manual 2015

9. Технологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов, Л.Максудова. Х.М.Тожибоева Г.М.Назирова 100 2012

10. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

11. Z.Azizova , Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

12. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

13. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.