Научная статья на тему 'Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy faoliyatga o‘rgatishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi'

Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy faoliyatga o‘rgatishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
texnologiya / STEAM / TRIZ / ta’lim / tarbiya / faoliyat / jarayon / salohiyat / metod / usul / innovatsiya / samaradorlik / takomillashtirish / muhit / vosita / imkoniyat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sarvinoz Jumayevna Atoyeva

Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy faoliyatga o‘rgatishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi, ta’lim-tarbiyaning mazmun va mohiyati, ta’limiy faoliyatda STEAM hamda TRIZ texnologiyasi, bu texnologiyalarning ahamiyatli jihatlari, bola shaxsiy kamolotiga ta’siri, maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar haqida umumiy so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy faoliyatga o‘rgatishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi»

Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy faoliyatga o'rgatishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning

samaradorligi

Sarvinoz Jumayevna Atoyeva Buxoro tumani 9-DMTT

Annotatsiya: Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy faoliyatga o'rgatishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi, ta'lim-tarbiyaning mazmun va mohiyati, ta'limiy faoliyatda STEAM hamda TRIZ texnologiyasi, bu texnologiyalarning ahamiyatli jihatlari, bola shaxsiy kamolotiga ta'siri, maktabgacha ta'lim tizimida qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalar haqida umumiy so'z boradi.

Kalit so'zlar: texnologiya, STEAM, TRIZ, ta'lim, tarbiya, faoliyat, jarayon, salohiyat, metod, usul, innovatsiya, samaradorlik, takomillashtirish, muhit, vosita, imkoniyat

Effectiveness of using innovative pedagogical technologies in teaching preschool children to creative activities

Sarvinoz Jumayevna Atoyeva Bukhara district 9-SPO

Abstract: In this article, the effectiveness of using innovative pedagogical technologies in teaching preschool children to creative activities, the content and essence of education, STEAM and TRIZ technology in educational activities, the important aspects of these technologies, the impact on the child's personal development, preschool education There is a general discussion about the pedagogical technologies used in the education system.

Keywords: technology, STEAM, TRIZ, education, training, activity, process, potential, method, method, innovation, efficiency, improvement, environment, tool, opportunity

Shaxsni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, bugungi kunning dolzarb masalasiga aylaydi. Yosh avlodni komillikka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalari olimlar, tadqiqotchilar tomonidan muttasil o'rganib, takomillashtirib kelinmoqda.

Bilamizki, har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma'naviy hayot darajasining yuksalishi ta'lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 118 [M^^^Hl

belgilanadi. Mamlakatimizda zamonaviy ta'lim sohasini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator islohotlar olib borilmoqda. Ta'lim sifatini yanada oshirish, immuniteti mustahkam, intellektual yuksak kasbiy salohiyatli, ma'nan, jismonan yetuk, barkamol shaxsni shakllantirish, jamiyat ravnaqi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, raqobatbardoshlikni oshirish, bugungi davr talabiga javob bera oladigan innovatsion ta'lim tizimni yaratish bugunning maqsadida aylandi.

Ma'lumki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'limiy faoliyatlarning sifatini, samaradorligini oshirishda xizmat qiluvchi innovatsion pedagogik texnologiyalar, metodlar, usullar tarbiyalanuvchilarning imkoniyatlarini, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi.

Maktabgacha ta'lim yosh davri bola kamoloti uchun eng muhim davr sanaladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg'ulot jarayonlarini akomillashtirishni, ularni yanada jonlantirish, bolalarga tabiiy va sun'iy vaziyatlar orqali bilim berishni, maqsadli harakatga erishishni innovatsion texnologiyalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Respublikamizda ta'lim tizimini qayta tashkil etish, olib borilayotgan islohotlar, o'zgarishlar maktabgacha ta'lim tashkilotlari zimmasiga ma'suliyatli talablar qo'ydi. Bu talablar pedagoglardan yangicha yondashuvlar, yangicha texnologiyalar va loyihalar izlab topish, ularni ta'limiy faoliyatda maqsadli qo'llay olish kerakligini vazifa qilib qo'ydi.

Bilamizki, ta'limning mazmuni, vositalari, metodlari bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etiladi. Ta'limiy faoliyatlarda innovatsion pedagogik texnologiyalarni muntazam qo'llar ekanmiz, bolaning shaxsiy imkoniyatlari, menligi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan metodlar, texnologiyalarga diqqat qaratish maqsadga muvofiq sanaladi.

Innovatsiyon pedagogik texnologiya - bola shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasi sifatida pedagog mahoratiga bog'liq bo'lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlaydi.

Maktbgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning kreativligini, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradigan bir qancha texnologiya va metodlar mavjud.

STEAM texnologiyasi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida keng tarqalgan, ommalashib borayotgan bolalarga ta'lim-tarbiya berishda eng qulay dasturlardan biridir. STEAM texnologiyasi asosida ta'limiy faoliyatlarning tashkil etilishi, bolaning ijodkorlik qobiliyatining takomillashuvida, kelajakda o'zining innovatsion tashabbuslari, g'oyalari, loyihalari, tadqiqotlarni mustaqil ravishda amalga oshira olishiga turtki bo'ladi.

STEAM texnologiyani ta'limiy faoliyatda qo'llashning bosh maqsadi faoliyat jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, tarbiyalanuvchilarni texnik ijodkorlikka jalb qilish, ularni ilmiy salohiyatini oshirish

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.182

119

va imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, intellektual qobiliyatini, ijodkorligini rivojlantirishdir.

Bu texnologiyani aniq maqsadga qaratilgan bo'lib, barcha tarbiyalanuvchilarning faolligi muhim sanaladi. STEAM dasturida qandaydir bir g'oya, qanday bir tushuncha va fikrlar aqlning rivojlanishi uchun asos bo'la olmaydi. Bola barchasini o'zi jonli ravishda amaliyotda qo'llab, natijalarni ko'rib, o'zi barchasiga guvoh bo'lishi, aniqroq qilib aytganda bajarib, his etib ko'rishi, o'zining ishidan o'zi zavqlanishi lozim. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, bu texnologiya bolaning kreativlikka yetaklovchi muhim yo'llardan biri sanaladi.

Maktbgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning kreativligini, ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda TRIZ texnologiyasiga ham murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.

TRIZ - ya'ni ixtirochilik muammosini hal qilish nazariyasi bo'lib, taniqli rus olimi, ixtirochi olim Genrix Saulovich Altshuller tomonidan asos solingan. Bunda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni faol ijodiy fikrlashga undovchi takrorlanmas usullar, ish shakllaridan foydalanishi lozim. TRIZ ning maqsadi g'oyalarni izlab topish, tashabbus bildirish, harakatchanlik, izchillik, qidiruv faolligi, yangilikka intilish bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish uchun noyob vosita, ijodkorlikni o'rgatish mumkinligini va o'rgatish kerakligini isbotlovchi vositadir.

Bu texnologiya bolalarni "Hamma narsada ijodkorlik!" shiori ostida tarbiyalash va o'qitish imkonini beradigan faol texnologiyalardan biridir.

Bu kabi texnologiyalar, metodlar, no'ananaviy ish sakllari bolalarning faolligini oshirishda, mustaqil fikriga ega bo'lishida, kreativlik, ijodkorlik qobiliyatlarini yanada oshirishda, keying ijtimoiy muhitlarining muvaffaqiyatli kechishida yetakchi o'rin tutadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kun zamonaviy ta'limini pedagogik texnologiyalarsiz, innovatsiyalarsiz, yangicha loyihalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shiddatli o'sish, yuksalish, rivojlanish bilan hayotning barcha sohalarida, xususan pedagogikada ya'ni o'qitish va ta'lim jarayonida dadil qadamlar tashlanmoqda, innovatsiyalar yaratilmoqda. Olib borilayotgan ta'limdagi islohotlar, innovatsiyalar kelajak avlodni mustahkam bilimli, irodali, o'zligiga ega, kuchli salohiyatli, tezkorlik bilan samarali bilim olishlarini ta'minlab berishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. K.Turg'unboyev, M.Tolipov, I.Oxunov "Ijtimoiy pedagogika asoslari" O'quv qo'llanma. Toshkent "Fan va texnologiya" 2008 y.

2. N.Egamberdiyeva "Ijtimoiy pedagogika" A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti T.: 2009 y.- 220 b.

3. F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova, N.Kayumova, M.A'zamova. "Maktabgacha pedagogika".-T., "Ma'naviyat". 2019 y.- 688 b

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 120 [M^^^Hl

4. Sh.A.Sodiqova "Maktabgacha pedagogika". "Tafakkur sarchashmalari" T:. 2013 y.- 293 b

5. N.M.Qayumova "Maktabgacha pedagogika". "TDPU" nashriyoti T:. 2013 y. -

183

6. D.Sh. Mirzayeva. Maktabgacha pedagogika. Durdona nashriyoti. Buxoro.:2021y.

7. Raxmonova S.M. "Preparing the graduate students of primary education for innovative professional activity". Web of Scientist: International Scientific Research Journal (WoS) ISSN: 2776-0979, Volume 4, Issue 8, August, 2023 y. P 288-293.

8. Raxmonova S.M. ."In improving the innovative professional activity of future pedagogues, problem-based learning the most effective method of teaching". Science and technologies. 2023 y. № 3 (1). P 107-112.

9. Raxmonova S.M. "Practical features of preparing primary education students for professional activity" Science and innovation in the education system, 2 (9), 2023 y. P 67-71.

10. PaxMOHOBa Сожида Мухаммадовна. "педагогико-психологические особенности подготовки учителей начальных классов к инновационной профессиональной деятельности. . innovative research in the modern world: theory and practice, 2(23), 92-94c. 11(39)-son 31.08.2023 y

11. S.M.Raxmonova Didactic possibilities of improving the methodology for preparing future educators of the preschool educational organization for innovative professional activities. pindus journal of culture, literature, and elt issn: 2792 - 1883 | volume 2 no. 12

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.182

121

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.