Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ERKIN SHAXSIYAT EGALARI ETIB TARBIYALASHDA MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTINING O`ZIGA XOS AHAMIYATI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ERKIN SHAXSIYAT EGALARI ETIB TARBIYALASHDA MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTINING O`ZIGA XOS AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

54
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maktabgacha ta`lim tashkiloti / rivojlanish markazlari / pullik xizmat / musiqa / sport

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nilufar Sultonova

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni erkin shaxsiyat egalari etib tarbiyalashda maktabgacha ta`lim tashkilotining o`ziga xos ahamiyoti haqidagi masalalar muhokama qilinadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ERKIN SHAXSIYAT EGALARI ETIB TARBIYALASHDA MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTINING O`ZIGA XOS AHAMIYATI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ERKIN SHAXSIYAT EGALARI ETIB TARBIYALASHDA MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTINING OZIGA XOS AHAMIYATI.

Nilufar Sultonova

Jizzax davlat pedagogika universiteti magistri

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni erkin shaxsiyat egalari etib tarbiyalashda maktabgacha talim tashkilotining oziga xos ahamiyoti haqidagi masalalar muhokama qilinadi.

Kalit sozlar: Maktabgacha talim tashkiloti, rivojlanish markazlari, pullik xizmat, musiqa, sport,

KIRISH

Hayotimizni bolalarni kulgusisiz tasavvur eta olmaymiz.Farzandlarimizni baxtli kelajagi ustuvor maqsadimizdir.Zero,bolaning sog'lom,keng dunyoqarash va erkin shaxsiyatini rivojlantirish, uning qobiliyatlarini ko'rsatib berish va bilimga bo'lgan mehrini uyg'otishda maktabgacha talim tashkiloti muhim ahamiyot kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Shu boisdan ham prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan qarorlar va farmonlar bejizga emas.Shunday farmonlardan biri "Maktabgacha talim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to^risida" gi PF-5198 bo'lib, unda xorijiy davlatlar ilg'or tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha talim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo'naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid manaviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratiladi .[1]

Qolaversa, maktabgacha talim vazirligi oz oldiga -maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellectual,axloqiy - estetik va jismoniy rivojlantirish, olamni

December, 2022

18

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 12 | 2022

ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

teran idrok qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish, milliy - madaniy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga qiziqishini oshirish maqsadida maktabgacha talim tashkilotlarini har tomonlama rivojlantirish, oyinlar to'plamlari,mebel, jihozlar va boshqa reablitatsiya vositalari bilan taminlashni bugungi kundagi oliy maqsadlaridan biridir deb hisoblaydi. [2]

NATIJALAR

Sozlarimning yaqqol dalili sifatida bugungi kundagi zamon talablariga toliq javob beraoladigan maktabgacha talim tashkilotlarining mavjudligi quvonarli holdir.Zamonaviy maktabgacha talim tashkiloti qanday bolishi kerak degan savol tug'iladi albatta.Meningcha, zamon talablariga javob beradigan maktabgacha talim tashkiloti, har jihatdan - moddiy texnik bazasi, talim -tarbiya, pedagoglarning bilim salohiyati va bolalarning maktab talimiga sifatli tayyorligida belgilanadi. Axborot komunikatsiya shiddat bilan rivojlanayotgan davrda yashayotganligimizni teran anglagan maktabgacha talim tashkiloti barcha tarbiyachi-pedagoglari zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalarini o z ornida qollay olmogi va kunlik faoliyatlari jarayonlarini multimedia, slayd va video roliklardan foydalangan holda olib borishlari lozimdir.

MUXOKAMA

Bundan tashqari maktabgacha talim tashkilotida pullik xizmat ham tashkil etilib, unda bolalarning bo'sh vaqtlari samarali uyushtirilishi, rivojlanish sohalari asosida bilimlarini oshirib, ijodiy va badiiy qobiliyatlarini sayqallab borishlari lozim.Maktabgacha talim tashkilotida barcha yosh guruhlarida tashkil etilgan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o'zlashtirishga , mustaxkamlashga yordam beradi.Undagi oyinlar toplamlari, didaktik, oquv metodik qo llanmalar, badiiy adabiyotlar va ko rgazmali qurollardan tarbiyalanuvchilar bemalol foydalana olishi ularning ertangi kunda har tomonlama intellectual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish, olamni teran idrok qilaoladigan va bolalikdan kitob o'qishga mehr bilan ulg'ayadigan etib tarbiyalashga komak beradi.

Maktabgacha talim tashkilotida issiqxonlar tashkil etilsa bu yana ham yaxshi natijalar beradi.Masalan, bolalar issiqxonalarda ozlari mehnat qilib,oz qo llari bilan poliz ekinlar va sabzavotlar, rezavorlarni tarbiyachilar yordamida ekishsa bu ilm, fan va tabiat markazlarida ishlash jarayonlarini yana ham zavqli va

December, 2022

19

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

mazmunli o'tishini ta'minlaydi hamda Vatanga mehr - muhabbat, ona tabiatga g'amxo'r, o'z ishiga mas'uliyatli va irodali, mehnatsevar bo'lib ulg'ayishiga zamin bo'ladi.

Musiqa xonalari - zamon talablariga javob beradigan musiqiy asbobar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak. Mazkur musiqa asboblari orqali bolalar musiqiy talim - tarbiya oladilar,hamda o'z ijodlarini ko'rsata bilishlari va qalban musiqani his qilaolishlari, Vatanga muhabbat, estetik didni shakklantirish uchun musiqaning hissasi beqiyosdir.

Sport mamlakatni dunyoga tanitadigan va yurtni ulug'laydigan sohalardan biri ekanligi hech birimizga sir emas albatta. Shu tufayli ham hozirgi vaqtda sportga e'tibor kattadir.Bu e'tiborni esa maktabgacha yoshdan boshlasak maqsadli bo'ladi,axir aytishadiku talim - tarbiya qancha tez boshlansa natijasini ham shunchalik tez ko'rsatadi deb. Shuning uchun maktabgacha talim tashkilotida sport zallarining bolalar yoshi va ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda jixozlanishi bugunning talabidir.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, Yunon faylasufi Suqrot "Tarbiya-murakkab ish, uning shart-sharoitlarini yaxshilash esa har bir kishining muqaddas burchlaridan biridir" deya takidlagan edi oz zamonasida. Shunday ekan, bugungi kunda yorug' kelajak atalmish katta yo'lni boshida turgan farzandlarimizni rivojlangan mamlakatlardagi do'stlari, tengdoshlaridan kam bo'lmay ulg'ayishlari o'z fikrlarini baralla aytaolishlari va qatiyat bilan turaolishliklari uchun davlatimiz tomonidan barcha shart - sharoitlar shak shubxasiz yaratilmoqda. Biz maktabgacha ta'lim sohasi pedagog-tarbiyachilari bunday shart -sharoitlarni hamda yurtboshimiz va maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan ko'rsatilayotgan e'tiborlari va g'amxo'rliklarini mashaqqatli, lekin sharafli kasbimizning fidoiysi bo'lib, Vatanimizning yorug' istiqboli yo'lida bor kuch va g'ayratimizni safarbar etmog'imiz lozimligini unutmasligimiz darkor.

REFERENCES

1. Ozbekiston Respublikasi prezidenti Farmoni "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5198 2017-yil 30-sentyabr.[1]

December, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

2.Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "Maktabgacha talim va tarbiyaning Davlar standartlarini tasdiqlash to,g,risida"gi Qarori-802 2020-yil 22-dekabr[2].

3. F.Qodirova. Maktabgacha pedagogika - 2019yil. 430 bet.

4. F.Qodirova, Sh.Toshpolatova, N.Kayumova, M.A'zamova..Maktabgacha talim - metodikasi va nazariyasi jurnali 2020 yil/8-son.

December, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.