Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY JIHATDAN ERTA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY JIHATDAN ERTA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gaipova Nargiza Yumatullayevna

Ertangi kun egalari sifatida maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy, intellektual, psixologik va maʼnaviy rivojlanishiga berilayotgan eʼtibor keyingi besh yillikda yangi va yanada yuqori bosqichga koʻtarildi. Maktabgacha taʼlim tizimi esa maktabgacha yoshdagi bolalarning har jihatdan uygʻun rivojlanishining asosiy ijtimoiy instituti sifatida yangi huquqiy maqom, maqsad va vazifalarga ega boʻldi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” ning 38, 39 va 40-bandlari bevosita maktabgacha taʼlimni rivojlantirish maqsadlariga bagʻishlangan boʻlib, “2022-2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, “2024-2025 oʻquv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkazish” va Maktabgacha taʼlim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish” shular jumlasidandir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY JIHATDAN ERTA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI»

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY JIHATDAN ERTA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-

SHAROITLARI

Gaipova Nargiza Yumatullayevna

MTTDMQTMOI "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion

tadqiqot laboratoriyasi" metodisti https://doi.org/10.5281/zenodo.11293595 Ertangi kun egalari sifatida maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy, intellektual, psixologik va ma'naviy rivojlanishiga berilayotgan e'tibor keyingi besh yillikda yangi va yanada yuqori bosqichga ko'tarildi. Maktabgacha ta'lim tizimi esa maktabgacha yoshdagi bolalarning har jihatdan uyg'un rivojlanishining asosiy ijtimoiy instituti sifatida yangi huquqiy maqom, maqsad va vazifalarga ega bo'ldi.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" ning 38, 39 va 40-bandlari bevosita maktabgacha ta'limni rivojlantirish maqsadlariga bag'ishlangan bo'lib, "2022-2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, "2024-2025 o'quv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkazish" va Maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish" shular jumlasidandir.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" da esa "maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilg'or ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga integratsiya qilish"ga ham alohida e'tibor qaratilgan.

Bolalarni erta rivojlantirish masalasi maktabgacha ta'lim pedagogikasida qizg'in o'rganilgan va ayni paytda bahs-munozalaralarga boy mavzulardan biri hisoblanadi. Umumiy olganda esa, maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy jihatdan erta rivojlanishi ota-onalarning hoxish-istaklari bilan uzviy bog'liq hamda maktabgacha ta'lim tashkilotida o'ziga xos pedagogogik shart-sharoitlar, texnologiya va metodikalar hamda kasbiy maxorat talab qiladigan jarayon ekanligi barchamizga ma'lumdir.

Ma'lumki, bolalarning aqliy rivjlanish xususiyatlari genetik va tashqi muhit omillari bilan uzviy bog'liqdir. Shu bilan birgalikda, bolaning aqliy rivojlanishi undagi "barcha bilish jarayonlarining umumiy rivojlanishi "sifatida talqin qilinar ekan, unga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omillardan bo'lgan muhim ta'lim-tarbiya instituti bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotining o'rni va ahamiyatini yanada yaqqol yuzaga chiqaradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishining bir qator bosqichli xususiyatlari mavjud bo'lib, ularni umumlashtirgan holda quyidagicha keltirish mumkin:

- dastlab, bolaning fiziologik rivojlanishiga mos holda, tashqi dunyoni ongli bilishga bo'lgan qiziqishining paydo bo'lishi, keyin esa qiziqish bilan birgalikda undagi barcha hodisalar bilan erkin muloqotga kirishishga bo'lgan harakatlarining o'sishi, o'zini anglash, nutq va o'ziga-o'zi xizmat qilishning shakllanishi, ayni paytda kattalarning fikriga, o'rgatishiga, bilish jarayonlarini qo'llab-quvvatlashi va ko'magiga muhtojligi va bosqichma-bosqich tanqidiy fikrlashning ham shakllanib borishi (2-3 yosh);

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

- idrok va tasavvurning o'sishi natijasida g'atti-harakatlarda o'ziga xos mustaqillikka intilishi, bilish faolligining oshishi natijasida qiziqishlar ko'lamining kengayishi (4 yosh);

- diqqat, tasavvur, idrok, xotiraning turg'unlashib borishi natijasida narsa hodisalarning qonuniyatlari, sabab-oqibat bog'lanishlari va o'ziga xos xususiyatlarini bilishning amalda namoyon bo'lishi, mantiqiy tafakkurning shakllanishi, bilishga bo'lgan qiziqishlarning aniqlashuvi (5 yosh) ;

- psixik jarayonlarning erkinlashuvi, o'z hatti-harakatlari va faoliyatini mustaqil boshqara olishi, mantiqiy tafakkurning kuchayishi va intellektual rivojlanishga bo'lgan mustaqil intilishning shakllanishi (6 yosh);

- mustaqil anglash, o'z hissiyotlari va tuyg'ularini boshqara olish, o'z hatti-harakatlarini baholay olish, iroda kuchiga ega bo'lish va bilish jarayonlariga mustaqil xayrihoxlik va intilishning turg'un holatga kelishi (7 yosh).

Yuqoridagi keltirilgan barcha jarayonlar maktabgacha ta'lim tashkilotidan umumiy konseptual va har bir bosqich bo'yicha alohida maqsadli, rejali va natijaga yo'naltirilgan yondashuvni talab etadi. Shu o'rinda, bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining asosiy vazifalaridan biri bolalarni maktabga tayyorlash sifatida qo'yilayotgan ekan, har bir jarayonning sifatli olib borilishi bolaning keyingi ta'lim bosqichidagi ko'rsatgichlariga ham jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Ya'ni, "maktabgacha ta'lim jarayonida bolalarga aqliy tarbiya berish bilan birga ularni irodaviy-hissiy jihatdan ham maktab ta'limiga tayyorlash lozim" .

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022-yil 28-yanvar. PF -60-son. (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son).

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2019-yil 8-may. PQ-4312-son. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 10.05.2019- 07/19/4312/3106-

son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)

3. T.Xuvaliyeva. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishiga oid nazariyalar. Zamonaviy ta'lim/ sovremennoye obrazovaniye 2019, 7(80), 23-bet.

4. Kalmuratov T.N. Xorijiy davlatlarda maktabgacha ta'lim sifatini boshqarishning o'ziga xos jihatlari. Ilim hám jámiyet. №4.2021. Bet 30-3

5. Valiyeva Feruza Rashidovna, Raximova Surayyo Saloxiddinovna INNOVATIVE APPROACHES TO PRESCHOOL EDUCATION MANAGEMENT// Bosma// International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECS) ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 04 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.