Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ASOSIY STOMATOLOGIK KASALLIKLARNING OLDINI OLISH'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ASOSIY STOMATOLOGIK KASALLIKLARNING OLDINI OLISH Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
1031
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
tish / sun’iy oziqlantirish / tish kasalliklarining oldini olish / sut prikusi. / teeth / artificial feeding / prevention of dental diseases / milk thistle.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Mashura Sulaymonovna Safarova, Feruza Raxmatilloyevna Kamalova

Ushbu maqolada stomatologik profilaktikaning majburiy bajarilishi uchun materiallar keltirilgan. Bu profilaktik ta’sirlarning asosiy yo’nalishlari, tish karashlari va og’iz gigienasini nazorat qilish, ratsional ovqatlanish va ftoridlardan foydalanishlarni o’z ichiga oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREVENTION OF MAIN DENTAL DISEASES IN PRESCHOOL CHILDREN

This article provides materials for the mandatory implementation of dental prophylaxis. These include the main areas of prophylactic effects, dental care and oral hygiene control, rational nutrition, and fluoride use.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ASOSIY STOMATOLOGIK KASALLIKLARNING OLDINI OLISH»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ASOSIY STOMATOLOGIK

KASALLIKLARNING OLDINI OLISH

Mashura Sulaymonovna Safarova Feruza Raxmatilloyevna Kamalova

Buxoro davlat tibbiyot instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada stomatologik profilaktikaning majburiy bajarilishi uchun materiallar keltirilgan. Bu profilaktik ta'sirlarning asosiy yo'nalishlari, tish karashlari va og'iz gigienasini nazorat qilish, ratsional ovqatlanish va ftoridlardan foydalanishlarni o'z ichiga oladi.

Kalit so'zlar: tish, sun'iy oziqlantirish, tish kasalliklarining oldini olish, sut prikusi.

PREVENTION OF MAIN DENTAL DISEASES IN PRESCHOOL CHILDREN

ABSTRACT

This article provides materials for the mandatory implementation of dental prophylaxis. These include the main areas of prophylactic effects, dental care and oral hygiene control, rational nutrition, and fluoride use.

Keywords: teeth, artificial feeding, prevention of dental diseases, milk thistle.

Dolzarbligi. Profilaktika (yunon. prophylaktikos xavfsizlik) - kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish, salomatlikni himoya qilish va mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.

Tish kasalliklarining oldini olish og'iz bo'shlig'i kasalliklarining paydo bo'lishi va rivojlanishining oldini olish hisoblanadi.

Ushbu yo'nalish zamonaviy stomatologiyada ustuvor hisoblanadi. Ko'pgina mamlakatlarning tajribasi shuni ko'rsatadiki, stomatolog xodimlarning oddiy miqdoriy o'sishi, stomatologik xizmatni moliyalashtirish va moddiy jihatdan ta'minlash, tish karieslari va periodontal kasalliklarning tarqalishi va intensivligida mavjud vaziyatni o'zgartirish uchun etarli bo'lmaydi. Jahon stomatologik amaliyoti ishonchli profilaktik dasturlarini qo'llash tishlarning karies intensivligi va periodontal kasalliklar jadalligini keskin pasayishiga olib keladi, bolalarda tishlarning erta yo'qotilish hollari kamayishiga va sun'iy tishlari bo'lgan bolalar va o'smirlar sonini kamayishiga muhim o'rin tutadi. Ishonchli dalillar shundan iboratki, profilaktika usullarining qiymati o'rtacha hisobda tish kasalliklarini davolash narxidan 20 marta past [2; 3; 5; 8.].

Hozirgi kunda oddiy va arzon narxlarda profilaktik ogohlantirish bilan oldini olish mumkin bo'lgan kasalliklarni davolash uchun muhim moddiy resurslarni sarflashni

davom ettirish mantiqiy jihatdan to'g'ri emas. Shu sababli, tish kasalliklarining oldini olish tish kasalliklari uchun xavf omillarini bartaraf etadigan shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan ijtimoiy va individual kompleks profilaktika choralari tizimini joriy etishni nazarda tutishi kerak.

Mamlakatimizda stomatologik kasalliklar etarlicha ko'p uchraydi, holatning shu tarzda davom etishi kasalliklarning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadigan sharoitlarni ma'lum yo'nalishda o'zgartirilmasa, ularning yanada oshishini kutish kerak. Ayniqsa, bolalar orasida stomatologik kasalliklar oldini olish uchun butun jamiyatning sa'y-harakatini yo'naltirish maqsadga muvofiq[1; 3; 4.].

Kirish. Tish cho'tkasi va pastasi og'iz gigienasi uchun bolalarning umumiy gigienasining ajralmas qismi hisoblanadi.

Uning samaradorligi asosan tish va tishlarni tozalash usullariga bog'liq.

Har bir bola og'iz bo'shlig'ini ehtiyotkorlik bilan va to'g'ri parvarish qilish eng muhim profilaktik va yordamchi terapevtik muolaja ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Tish shifokorining vazifasi bemorlarni tish kariyeri va periodontal kasalliklarni oldini olish uchun etarli bo'lgan og'iz gigienasini saqlab qolish uchun lozim amaliyotlarni uqtirishni o'z ichiga oladi[1; 2; 5; 7.].

Tadqiqot maqsadi: maktabgacha yoshdagi bolalarda asosiy stomatologik kasalliklarning oldini olish.

Tadqiqot materiallari: Buxoro shahri aholisining asosiy stomatologik kasalliklari profilaktikasi doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti xodimlari sut prikusi davrida bolalarda birlamchi profilaktika tadbirlarini ishlab chiqdilar va o'tkazdilar. Bunda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan 60 ta bola tekshirildi. Ular ikki guruhga: asosiy va nazorat guruhiga ajratildi. Asosiy guruhga 52-maktabgacha ta'lim muassasasining 45 nafar tarbiyalanuvchisi, nazorat guruhiga ushbu muassasaning 15 nafar tarbiyalanuvchisi kiritildi.

Natijalar va munozaralar: Birinchi bosqichda ushbu muassasaga tashrif buyuradigan bolalarning ota-onalari bilan stomatologik kasalliklar profilaktikasi yuzasidan sanitariya-ma'rifiy ishlar amalga oshirildi. Suhbat davomida ota-onalar tishlarni tozalashning standart usuli, flosslardan foydalanish bilan tanishdilar. Bolalar tish pastasi va cho'tkalarini individual tanlash bo'yicha tavsiyalar berildi. Bolalarga tarkibiga ftor saqlovchi tish pastalarini tanlash tafsiya qilindi.

Ota-onalarga bolaning tishlarini har kuni ikki marta tozalashni nazorat qilish tavsiya etildi. Uglevodlarga boy oziq-ovqat mahsulotlari, ya'ni shakarlarning og'iz bo'shlig'ida ortiqcha miqdori va davomiyligini kamaytirishning ahamiyati tushuntirildi. Ratsional ovqatlanish bo'yicha tavsiyalar berildi. Ftorid qo'shimchalarining tashuvchisi sifatida yodlangan-ftorli tuzni iste'mol qilish tavsiya etildi. Suhbat davomida ota-

onalarning bolalarni tekshirish hamda gigienik va profilaktik tadbirlarni o'tkazish bo'yicha ixtiyoriy roziligi olindi.

Ikkinchi bosqichda bolalar guruhlarida "tishlarni sog'lom saqlash", "tishlarni tozalash usuli", "ratsional ovqatlanish va sog'lom tishlar" salomatlik darslari o'tkazildi. Bolalar bog'chasi tarbiyachilari bilan suhbatlar o'tkazildi, unda sut tishlari davrida og'iz bo'shlig'ining sifatli gigienasini o'rgatish zarurligi ta'kidlandi. Bu yoshda tarbiyachining o'rni bolalar uchun muhim rol o'ynashi hisobga olindi. Tarbiyachilar sog'liqni saqlash darslarida faol ishtirok etdilar.

Tadqiqotning uchinchi bosqichida bolalarda og'iz bo'shlig'ining dastlabki gigienik holati aniqlandi. Tishlar holatini baholash umumiy qabul qilingan usul bo'yicha soddalashtirilgan Grin-Vermillion indeksi (OHI - S, Green-Vermillion, 1964) yordamida amalga oshirildi. Bolalarda individual og'iz gigiena (OHI-S0) dastlabki darajasi qoniqarsiz edi (1,91±0,15 dan 2,31 ± 0,17 gacha). Natijalar shuni ko'rsatadiki, ota-onalar farzandlarining tishlari gigienik holatiga etarlicha e'tibor bermaydilar.

To'rtinchi bosqichda bolalarning og'iz bo'shlig'ining mustaqil individual gigienasi darajasi baholandi. Shu maqsadda tarbiyalanuvchilar bilan suhbat o'tkazildi, ularning yoshi uchun sodda va tushunarli bo'lgan, tishlarni muntazam tozalash, tish cho'tkasi, pastalari, floss, og'iz yuvish vositalarining ahamiyati tushuntirildi. Uglevodlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarining ko'pligi, ya'ni shirinliklar iste'moliga alohida e'tibor qaratildi. Keyin barcha bolalar modellarda tishlarni tozalashning standart usuli o'rgatildi. 1 oydan so'ng bolalarda shaxsiy og'iz bo'shlig'i gigienasi darajasi qayta aniqlandi. Soddalashtirilgan Grin-Vermillion indeksi ko'rsatkichlari bir oz yaxshilandi. Natijada bolalar individual og'iz bo'shlig'i gigiena darajasi qoniqarliligi (0,73±0,06 0,93±0,09 dan) (OHI-S1) aniqlandi.

Xulosa: og'iz bo'shlig'i gigienasi chora-tadbirlarini muntazam o'tkazish uchun motivatsiyalash, ratsional ovqatlanish haqida suhbat, asosan uglevodlarni o'z ichiga olgan mahsulotlar soni va miqdorini kamaytirish, bolalar va ularning ota-onalari, tarbiyachilar bilan o'tkazilgan ftoridlardan foydalanishning tishlar uchun ahamiyatini tushuntirish, sut prikusi davrida bolalar og'iz bo'shlig'ining gigienik holatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam berdi. Grin-Vermillion soddalashtirilgan indeksining motivatsion ishlaridan bir oy o'tgach ko'rsatkichlar normallashdi, bu esa yaxshi og'iz gigienasiga mos keldi. 3-7 yoshli bolalarda tishlarni standart usulda yuvish yuzasidan ta'lim berish, gigienik vositalar, ya'ni tish cho'tkasi va pastalarini individual tanlash, flossdan foydalanish bo'yicha o'quv, gigienik indeks OHI-S ko'rsatkichlarining normallashuviga olib keldi. Stomatolog shifokor tomonidan tish yuvishni muntazam nazorat qilish juda samarali bo'ldi.

Soddalashtirilgan Grin-Vermillion indeksi baholanganda og'iz gigienasi asosiy guruhdagi barcha bolalarda qoniqarli ekani aniqladi. Gigiena va profilaktika tadbirlarini o'z ichiga olgan, bolalar muassasasida stomatolog shifokorining ishi eng yaxshi

natijalarga erishishga imkon berdi. OHI-S gigiena indeksiga ko'ra, 3-7 yoshidagi barcha bolalarda og'iz gigienasi yaxshilandi.

Sut prikusi davrida bolalarda og'iz bo'shlig'i gigiena holatini yaxshilashga erishish uchun, tishlarini to'g'ri va doimiy yuvish ko'nikmalarini shakllantirish, uzoq vaqt davomida shifokor-stomatolog va bola o'rtasida doimiy hamkorlikni talab qiladi. Sut prikusi davrida bolalar o'rtasida asosiy stomatologik kasalliklar profilaktikasi dasturini amalga oshirishda kafedra xodimlari va bolalar muassasasi tarbiyalanuvchilarining yaqin hamkorligi gigiyena va profilaktika chora-tadbirlari kompleksida yaxshi natijalar joriy etish imkonini berdi.

REFERENCES

1. Сафарова М.С., Хамитова Ф.А. Непосредственное влияние заболеваний челюстно-лицевой области и зубов на психику и внутренные органы// Тенденции и перспективы развития науки и образования в условиях глобализаци. - 2015. - №2 - С. 4-6.

2. https: //j ohuns .net/index.php/abstract/3 0. html

3. https://johuns.net/index.php/abstract/31 .html

4. Kamalova F.R. Development and evaluation of the effectiveness of the dental dental examination program for children with diabetes in adverse envir-onmental Conditions// Academicia10 Issue 1, January. - 2020. Vol. 1. - Р. 1364 - 1366.

5. Kamalova F.R. Elaboration and evaluation of the effectiveness of the dental examination program for children with diabetes// Актуальные вызовы современной науки. Сборник научных трудов выпуск. - 2020. - № 4 (48). - Р. 55-56.

6. Rakhmatillaevna, K. F. (2020). Diagnostic value of salivator cytokines in dental diseases in children with diabetes mellitus type 1. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(3), 1518-1523. Retrieved from www.scopus.com

7. Hamrayev S. J., Rakhimov Z. K. EVALUATION OF THE FUNCTIONAL STATE OF VASCULAR WALLS IN PATIENTS WITH DISEASES OF THE SALIVARY GLANDS //New Day in Medicine 3(35)2021 10-14 https://cutt.ly/SmVhVbL

8. Juramuratovich H. S. MODERN METHODS OF DIAGNOSIS OF SALIVARY GLAND DISEASES // -Academicia Globe: Inderscience Research. - 2021. - Т. 2. -№. 07. - С. 34-40.

9. Rakhimov Z. K. et al. Experience in the treatment of patients with odontogenic jaw cysts //European science review. - 2018. - №. 11-12. - С. 150-153.

10. Artikovna K. F., Sulaymonovna S. M. FEATURES OF APPLICATION OF AUTOPLAZMA FOR TREATMENT OF THE ODONTOGENNY INFECTION OF MAXILLOFACIAL AREA AT PATIENTS WITH DIABETES //Psychology and Education Journal. - 2021. - Т. 58. - №. 1. - С. 4925-4927.

11. Хамитова, Ф. А., et al. "Усовершенствование эндоскопических методов

лечения хронических одонтогенных перфоративных верхнечелюстных синуситов." Новый день в медицине 2 (2019): 26.

12. Рахимов З. К. и др. ОТДАЛЁННЫЕ РЕЗУЛЬТАТЫ КОМПЛЕКСНОГО ЛЕЧЕНИЯ БОЛЬНЫХ С ТРАВМАТИЧЕСКИМ ОСТЕОМИЕЛИТОМ ПРИ ПЕРЕЛОМАХ НИЖНЕЙ ЧЕЛЮСТИ //Stomatologiya. - 2018. - №. 4. - С. 15-19.

13. Sayfullaev G., Alimova L., Ollokova U. Formation of environmental knowledge in pupils of second class in the lessons the world around us //Bridge to science: research works. - 2019. - С. 206-208.

14. Sayfullayev G. Methods of teaching younger students the ability to solve cognitive tasks of environmental protection //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 5. - №. 5.

15. Abdugafforovich A. N. Scientific theory of al-khakim at-termezi //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2019. - Т. 2019.

16. Ачилов Н. А. Просветительские взгляды Аль-Хакима ат-Термези //Педагогическое образование и наука. - 2019. - №. 5. - С. 16-19.

17. Achilov N. THE GREAT TEACHER, SCIENTIST, THE OWNER OF ENCYCLOPEDIC KNOWLEDGE.

18. Achilov N. THE GREAT TEACHER //SCIENTIST, THE OWNER OF ENCYCLOPEDIC KNOWLEDGE.

19. Rakhimov Z. K. et al. Experience in the treatment of patients with odontogenic jaw cysts //European science review. - 2018. - №. 11-12. - С. 150-153.

20. Рахимов, З. К., Хамитова, Ф. А., Пулатова, Ш. К., Камбарова, Ш. А., & Сафарова, М. С. (2019). УСОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ЭНДОСКОПИЧЕСКИХ МЕТОДОВ ЛЕЧЕНИЯ ХРОНИЧЕСКИХ ОДОНТОГЕННЫХ ПЕРФОРАТИВНЫХ ВЕРХНЕЧЕЛЮСТНЫХ СИНУСИТОВ. In СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ КОМПЛЕКСНОЙ СТОМАТОЛОГИЧЕСКОЙ РЕАБИЛИТАЦИИ ПАЦИЕНТОВ С ДЕФЕКТАМИ ЧЕЛЮСТНО-ЛИЦЕВОЙ ОБЛАСТИ (pp. 62-66).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.