Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR KOGNITIV SOHALARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATDAN O`RGANILISHI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR KOGNITIV SOHALARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATDAN O`RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha yosh / bola / psixik rivojlanish / axlokiy / kognitiv / intellektual / Geraklit / Protogor / D. Dyui / Ibn Rushd / shaxsiy rivojlanishi / muloqot / amaliy ko`nikma / tafakkur / xulq-atvor.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jo‘Rayev Nurbek

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv, intellektual, shaxsiy rivojlanishiga oid psixolog olimlarning g`oyalari, maktabgacha yoshdagi bolalar kognitiv, intellektual, shaxsiy rivojlanishini tashkil etish buyicha fikr-mulohazalar yuritiladi. Shuningdek, bolalarda kognitiv, intellektual, shaxsiy rivojlanishi amalga oshirish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR KOGNITIV SOHALARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATDAN O`RGANILISHI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR KOGNITIV SOHALARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATDAN ORGANILISHI

Jo'rayev Nurbek

Qoqon davlat pedagogika instituti prorektori, p.f.n., dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.11210124 Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv, intellektual, shaxsiy rivojlanishiga oid psixolog olimlarning goyalari, maktabgacha yoshdagi bolalar kognitiv, intellektual, shaxsiy rivojlanishini tashkil etish buyicha fikr-mulohazalar yuritiladi. Shuningdek, bolalarda kognitiv, intellektual, shaxsiy rivojlanishi amalga oshirish boyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so^zlar: maktabgacha yosh, bola, psixik rivojlanish, axlokiy, kognitiv, intellektual, Geraklit, Protogor, D. Dyui, Ibn Rushd, shaxsiy rivojlanishi, muloqot, amaliy ko nikma, tafakkur, xulq-atvor.

Abstract. This article discusses the pedagogical andpsychological ideas of scientists about the cognitive, intellectual, personal development of preschoolers, the organization of cognitive, intellectual, personal development of preschoolers. Also developed recommendations for the implementation of cognitive, intellectual, personal development in children.

Keywords: preschooler, child, mental development, moral, cognitive, intellectual, Heraclitus, Protogoras, D. Dewey, Ibn Rushd, personal development, communication, practical skills, thinking, behavior.

KIRISH. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bola rivojlanishining asosiy yo'nalishlari bo'yicha mashg'ulotlar sifati va samaradorligini oshirib borish bo'yicha ilg'or tajribalar, o'ziga xos yondashuvlar ijodkor pedagoglar tomonidan amalda qo'llanmoqda, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi barcha MTTlarda "Ilk qadam" davlat dasturi asosida ish olib borilmoqda. Bu dasturga muvofiq bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari quyidagi sohalarida belgilanadi:

• jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi;

• ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

• nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari;

• bilish jarayonining rivojlanishi;

• ijodiy rivojlanish.

Shunga ko'ra dasturda 3.2.2. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari ham alohida ko'rsatib o'tilgan. Bular quyidagilar bo'lib,

«Ijtimoiy-emotsional rivojlanish» sohasidagi o'quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so'ng 6-7 yoshli bola:

• o'z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to'g'risida tasavvurga ega bo'ladi;

• o'z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;

• o'zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;

• kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;

• murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo'llarini topadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv, intellektual va shaxsiy rivojlanish sohalari haqida so'z borganida albatta, kognitiv soha haqida to'xtalmasak bo'lmaydi.

Kognitiv so'zi inglizcha (lotin) "cognize" so'zidan olingan bo'lib, u bilmoq, anglamoq, tushunmoq va fikrlamoq yoki "cognition"- bilish, tushunish kabi ma'nolarni bildiradi. SHu nuqta nazardan qaraganimizda, o'z o'rnida bilish faoliyati insonning voqelikni bevosita sezishi, his etishi bilan bog'liq hodisadir. Maktabgacha yoshdagi bolaning keyingi rivojlanishi aynan maktabgacha yosh davridagi kognitiv, intellektual va shaxsiy rivojlanish sohalariga bog'liqligi olimlar tomonidan ham uzoq tadqiq qilingan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. Ma'lumki qadimgi davrlardan boshlab olimlar maktabgacha yosh davridagi fiziologik, jismoniy va psixik tarqqiyoti bolaning keyingi yosh bosqichlarda rivojlanishining asosiy sharti ekanligi to'g'risida ko'plab tadqiqot ishlarini, izlanishlarni olib borganlar. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishiga doir manbalarni o'rganib, tahlil qilib tarixda yaratilgan pedagogik-psixologik nazariyalar bugungi kungacha o'z ahamiyatini yo'qotmaganligiga amin bo'ldik. Bola shaxsining rivojlanishi hamda unda ahloqiy, ijtimoiy xulq shakllanishi yunon olimi Protagor tomonidan asoslangan. Uning fikricha, jamiyatda yaxshilik va yomonlik, ezgulik va johillik tushunchasi mavjud. Shuning uchun bola shaxsiga ta'sir ko'rsatish, muloqotni ahloqiy mazmunda olib borish, hayotiy kiyinchiliklarni enga olish ko'nikma va malakalarini shakllantirish lozim. Bunday ta'sirdan maqsad, uning fikricha, nafaqat insonda axloqiy me'yorlarni takomillashtirish, balki u yashayotgan ijtimoiy sharoitlarga moslashishiga yordam berishdan iborat. Uning qarashicha, bola ruhiyatining tabiiy rivojlanishi uchun maqsadsiz yo'naltirilgan ijtimoiy ta'sir uning ijtimoiylashuviga yordam bermaydi.

Amerikalik psixolog E. Torndayk bolalarning «tabiiy kuchlari» va «tug'ma mayllar»ini psixik rivojlanishning etakchi omili qilib ko'rsatib, muhitning, ta'lim-tarbiyaning ta'siri ikkinchi darajalidir, deb aytadi.

Avstraliyalik psixolog K. Byuler bolalarning faqat aqliy taraqqiyotigina emas, balki axloqiy rivojlanishi ham nasliy tomondan belgilangandir, deb ta'kidlaydi.

Amerikalik pedagog va psixolog D. Dyui, inson tabiatini o'zgartirib bo'lmaydi, odam ehtiyojlari va psixik xususiyatlari bilan tug'iladi. Bu ehtiyojlar va psixik xususiyatlar tarbiya jarayonida namoyon bo'lib, ba'zida o'zgarishi tarbiyaning miqdorini belgilab beruvchi mezondir, deb hisoblaydi.

Taniqli arab olimi Ibn Rushdning fikricha, organizm va sezgi, hislar, fikrlash o'rtasida bog'liqlik bo'lib, inson qalbidagi o'ziga xos odatdagi jarayonlarni o'z boshidan o'tkazadi. Shifokor sifatida Ibn Rushd inson tanasi va sezgi a'zolarini o'rganib, atrof-olamni idrok etish bevosita asab tizimi xususiyatiga bog'liqligini ko'rsatadi.

Fransuz psixologi va faylasufi Rene Dekart inson ongi mazmunini o'rganib, quyidagi xulosaga keladi: g'oyalar mavjudligiga ko'ra 3 turga bo'linadi:

• natija va oqibatga ko'ra paydo bo'ladigan;

• tayyor g'oyalar;

• tug'ma va tabiiy g'oyalar.

Natija va oqibatga ko'ra paydo bo'ladigan g'oyalar hissiy tajribalar bilan bog'liq bo'lib, sezgi a'zolarimizning umumiy holatidan kelib chiqadi. Bu g'oyalarni bola mustaqil ravishda o'z tajribalarini tahlil qilishi natijasida oladi. Bu g'oyalar alohida narsa va buyumlar, hodisalar haqida bilim beradi, lekin atrof-olam haqidagi ob'ektiv qoidalarni anglashiga yordam bermaydi. Tug'ma

va tabiiy g'oyalar insonga atrof-olam, borliq hamda uning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlarni beradi.

Z.Freyd fikricha bola psixikasining rivojlanishida, uning atrof-muhitga moslashishida ko'pincha yomon muhit ham ta'sir ko'rsatadi.

Mamlakatimizdagi olimlardan M.Zufarova 7 yoshli bolalarning psixologik jihatdan maktab ta'limiga tayyorligini aniqlash, bunda bolalarning xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta'limni ratsional tashkil qilish yo'llarini belgilash, ta'limni o'zlashtirish qanday ixtiyoriy faollikni talab qiladi va bu ixtiyoriy faollik diqqat, idrok, xotira, tafakkur va nutq jarayonlarida qanday vujudga keladi, hamda uni qanday qilib faollashtirish mumkin, degan masalalarni asoslab bergan.

G. Djanpeisova tomonidan maktabgacha katta yoshdagi bolalarda elementar geometrik tasavvurlarni shakllantirishning metodik asoslari ishlab chiqilgan.

NATIJALAR VA MUNOZARA. Mashhur rus olimlaridan biri Lesgaftning fikricha, insonning bog'cha yoshdagi davri shunday bir davrki, bu davrda bolada kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo'lishi belgilanadi va ahloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.

Bog'cha yoshdagi bolalarning ko'zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularning serharakatligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin:bola uzluksiz faoliyat ko'rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va bir tomonlamaligidan charchab qoladi.Mana shu so'zlardan bog'cha yoshidagi bola tabiatining asosiy qonuni bo'lmish serharakatligini ortiq cheklab tashlamay, balki maqsadga muvofiq ravishda uyushtirish kerakligi yaqqol ko'rinib turibdi.

Bog'cha yoshdagi bolalar extiyoji va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. Bu avvalo keng doiraga chikish ehtiyoji, munosabatda bo'lish, o'ynash ehtiyojlarining mavjudligidir. Bog'cha yoshidagi bolalar nutqni bir muncha to'la o'zlashtirganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o'zlariga yaqin bo'lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosobatda bo'lish ehtiyoji tug'iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi qo'ni-qo'shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo'lib o'ynaydilar.

Hamma narsani bilib olishga bo'lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog'cha yoshidagi bola tabiatiga xos bo'lgan kuchli ehtiyojlardan yana bir uning har narsani yangilik sifatida ko'rib bola uni har tomonlama bilib olishga intilishidir. Bu yoshdagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan o'sishida qiziqishning roli ham kattadir. Qiziqish xuddi extiyoj kabi bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan murakkab psixik hodisa desa bo'ladi.

Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurrok bilishiga intiladi va binobarin uzoq vakt davomida qiziqqan narsasi bilan shug'ullanishdan zerikmaydi. Bu esa o'z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlarni o'stirishga va mustahkamlashishga yordam beradi.

5-6 yosh maktabgacha yoshdagi bolaning kognitiv sohasi, intellektual, shaxsiy rivojlanishda juda muhim yosh hisoblanadi.

Bu yoshni asosiy yosh deb atash mumkin, bunda bolada ko'plab shaxsiy jihatlar paydo bo'ladi, "men" pozitsiyasini shakllantirishning barcha daqiqalari ishlab chiqiladi. Bu 5-6 yoshda paydo bo'ladigan bolaning barcha shaxsiy xususiyatlarining 90% ni tashkil qiladi. Kelajakda inson qanday bo'lishini tushunishimiz mumkin bo'lgan juda muhim yosh.

5-6 yoshda bola barcha kognitiv ma'lumotlarni shimgich kabi o'zlashtiradi. Bu yoshdagi bola keyinchalik umrida hech qachon eslamaydigan darajada ko'p narsalarni eslab qolishi ilmiy

jihatdan isbotlangan! Bu yoshda bola tashqi dunyo bilan bog'liq hamma narsaga qiziqadi, ufqlarini kengaytiradi. Bu davr barcha kognitiv jarayonlar: diqqat, idrok, tafakkur, xotira, tasavvurning rivojlanishi uchun sezgir (hayotning muayyan psixologik xususiyatlari va xulq-atvor turlarini shakllantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratadigan davr) deb ataladi. Bu barcha jihatlarni rivojlantirish uchun o'yin materiali yanada murakkablashadi, u mantiqiy, intellektual bo'lib, bola o'ylash va fikr yuritishi kerak bo'lganda.5-6 yoshli bola bilan quyidagi o'yinlarni o'ynash yaxshidir:

• So'z o'yinlari, chunki bola o'z nutqida allaqachon sinonim, antonim so'zlardan foydalanadi, unli va undosh tovushlarni ajrata oladi, so'zdagi bo'g'inlar sonini, so'zdagi tovush o'rnini (so'z boshi, o'rtasi, oxiri) aniqlay oladi.

• Dizayner mantiqiy fikrlashni yaxshi rivojlantiradi. Bu erda muhim nuqta sxema bo'yicha katlama - oddiy naqshlardan boshlab namunadir. Kublar, turli xil jumboqlar, mozaikalar rang, shakl, o'lchamga e'tibor qaratib, rasmga muvofiq joylashtirilishi kerak.

• Mantiqiy jadvallar - barcha analizatorlarni ishlab chiqish - vizual, mantiqiy, og'zaki.

• "To'rtinchi qo'shimcha" - rasmlarda avtobus, yuk mashinasi, trolleybus va tramvay kabi turli xil narsalar tasvirlangan. To'rt elementdan bittasi ortiqcha. Bola bu qo'shimcha narsani o'ylab, tanlashi va nima uchun ortiqcha ekanligini aytishi va bir so'z bilan qolgan uchta narsani (bizning holatlarimizda, yo'lovchi transporti) nomlashi kerak. Va umumiy xususiyatga ko'ra guruhga birlashtirilgan bunday rasmlar juda ko'p bo'lishi mumkin. Bola keng dunyoqarashga ega bo'lishi, vaziyatni tahlil qilish va tushuntirish, o'z tanlovi haqida bahslasha olishi kerak. Muayyan, tematik tasnifga asoslangan barcha vazifalar bolaning e'tiborini, vizual idrokini va fikrlash faoliyatini amalga oshiradi.

• "Tartibga qo'ying." Bir mavzu bilan bog'liq, lekin noto'g'ri parchalangan bir qator rasmlar taklif etiladi. Bola rasmlarning qaysi biri oldin yoki keyin sodir bo'lgan voqeani tasvirlashini aniqlashi kerak - ya'ni uni tartibga soling. Bu erda u ketma-ketlikni ko'rishi, mantiqiy naqshni kuzatishi va asoslashi kerak.

• "Kim ko'proq kuzatuvchi". Bolaga xotira uchun jadval-mashq beriladi, bu erda ob'ektlar va ularning sxematik tasviri - belgilar chizilishi mumkin. Yodlash uchun biroz vaqt beriladi, keyin u ketma-ketlikni eslab, planshetni bo'lishi kerak bo'lgan tarzda takrorlashi kerak.

Bunday mantiqiy o'yinlarda maktabgacha yoshdagi bolaning shaxsiy jihati ham kuzatiladi. Mashqni to'g'ri hal qilib, bola quvonadi, o'ziga ishonch va g'alaba qozonish istagini his qiladi. Taslim bo'ladigan, o'ziga ishonmaydigan bolalar bor va ota-onalar yoki psixologning vazifasi bolada g'alaba qozonish istagini rivojlantirishdir. Muhimi, bola "men qila olaman" deb bilishi kerak.

5-6 yoshning yana bir muhim ko'rsatkichi bolaning o'ziga va boshqalarga nisbatan baholovchi munosabatidir.

- bolalar o'zlarining ba'zi kamchiliklarini tanqid qilishlari mumkin;

- tengdoshlariga shaxsiy xususiyatlarni bera oladi;

- kattalar va kattalar yoki kattalar va bolalar o'rtasidagi munosabatlarga e'tibor bering.

XULOSA. Ota-onalar uchun bolalarning intellektual sohasini rivojlantirish bo'yicha

quyidagi tavsiyalarni berishimiz mumkin:

1. Bolaning atrofidagi dunyo haqidagi bilimlarini to'ldirish (turli mavzudagi suhbatlar: idish-tovoqlar, o'yinchoqlar, uy va yovvoyi hayvonlar, sabzavotlar, mevalar, qushlar, o'simliklar, fasllar, transport, asboblar, elektr jihozlari, gullar, hasharotlar va boshqalar).

2. Farzandingizga diqqatni, xotirani, fikrlashni, idrokni rivojlantirish uchun vazifalarni, turli o'yinlarni taklif qiling. (Ikki asosda ob'ektlarning sensorli tavsifidan foydalaning: Qaysi

kvadrat? - qizil, kichik yoki sariq, katta. Qanday to'q sariq? - yumaloq, to'q sariq. Qanday yomg'ir?

- sovuq, nam, shaffof, hidsiz va hokazo. 3.Bolada nozik vosita ko'nikmalarini rivojlantirish uchun siz quyidagilarni qo'llashingiz mumkin: Barmoq gimnastikasi; Barmoqlar, qo'llar, bo'yin massaji; Bog'lash (har qanday); Tugmalar, tugmalarni qadash (biz mahkamlaymiz); Plastilin (biz to'plarni aylantiramiz, tortib olamiz, turli xil manipulyatsiyalar qilamiz); qog'ozni yirtib tashlash; No'xat, loviya (saralash) va b.

4. Bola nutqini rivojlantirish - nutq o'yinlari va mashqlari, artikulyar gimnastika, syujet rasmlari asosida hikoyalar tuzish. Ilovaga qarang.

5. Bola bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil qiling, masalan, bu turli xil badiiy va ijodiy faoliyat (qo'shma rang berish, modellashtirish, applikatsiya, qo'l mehnati (hunarmandchilik, sovg'alar, otkritkalar, turli teatrlar yasash va ularni o'ynash, badiiy adabiyot o'qish, qayta hikoya qilish)) bo'lishi mumkin. o'qilgan.Ota-ona - tashkilotchi, hamkorlikchi, yordamchi sifatida.

6. Shuningdek, bolaning umumlashtirish va tasniflash qobiliyatini rivojlantirish. Nr.: qoshiq, vilkalar, plastinka, pan, pichoq - Bu nima, uni bir so'z bilan chaqiring - idishlar; olma, nok, banan, mandarin (bir so'z bilan ayting) - bularning barchasi mevalar; va hokazo. ; yoki qoshiq, vilka, tovoq, stul - Ortiqcha nima?- stul, Nima uchun? Shuningdek, bu yoshdagi bolalar uchun asosiy narsa shaklni idrok etishdir - doira, kvadrat, uchburchak, to'rtburchak, tasvirlar; ranglar -barchasi asosiy va kombinatsiyalangan: pushti, kulrang, ko'k, jigarrang, binafsha, to'q sariq; vaqt

- fasllar va ularning belgilari (qish, yoz, kuz, bahor, kunning qismlari (ertalab, tushdan keyin, kechqurun, tun).

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni. 2019-yil 16-dekabr. O'RQ-595-son. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 17.12.2019 y., 03/19/595/4160-son)

2. Alvested M. Pedagogy and interdisciplinarity: Research on the reformed kindergarten teacher education (KTE) in Norway

3. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ: FxGoFyzp5QC

4. G Nazirova. MaKTa6ra4a катта ёшдаги болаларда халк OF3am ижоди воситасида миллий Fypyp хиссини шакллантириш-ижтимоий педагогик зарурият сифатида. Science and innovation 1 (B8), 2067-2077

5. GM Nazirova. CONTENT AND PEDAGOGICAL CONDITIONS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF PEDAGOGUES-EDUCATORS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS/ International Academic Research Journal Impact Factor 7 (1), 6

6. NG Malikovna, MM Nurmatovna, Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education, ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact.

7. SN Anvarovna, H Mertol, Comparative Analysis of the Education Systems of Uzbekistan and Turkey: Generalization of the Study Experience // American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993)2024

8. Nurkhon Sultonova, Development Centers of Preschool Organizations and Children's Play Activities/American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (29932769) 2023/10/25 p428-431

9. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl= ru&user= =Rh71JaMAAAA

J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:Se3iqnhoufwC

10. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl= ru&user= =Rh71JaMAAAA

J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:IiCSPb-OGe4C

11. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl= ru&user= ozrGWXoAAAA

J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:WF5omc3nYNoC

12. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl= ru&user= ozrGWXoAAAA

J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:zYLM7Y9cAGgC

13. https://scholar.google.com/scholar7oi=bibs&cluster=18036205887568494610&btnI=1&hl=r

14. u https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl= ru&user= =Rh71JaMAAAA

J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:MXK kJrixJIC

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.