Научная статья на тему 'МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМДА ЎЙИНЛАР ОРҚАЛИ ТАРБИЯЛАНУВЧИЛАРНИ ЙЎЛ ҲАРАКАТИ ХАВФСИЗЛИГИГА ЎРГАТИШ МУАММОЛАРИ'

МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМДА ЎЙИНЛАР ОРҚАЛИ ТАРБИЯЛАНУВЧИЛАРНИ ЙЎЛ ҲАРАКАТИ ХАВФСИЗЛИГИГА ЎРГАТИШ МУАММОЛАРИ Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
мактабгача таълим / йўл ҳаракати хавфсизлиги / тарбияланувчилар / психико-физология / ролли ўйин / модел / методология / технология.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Исмадиярова Гуласал Шоймардановна

Мақолада мактабгача таълим ташкилоти(МТТ)да йўл ҳаракати хавфсизлиги(ЙҲХ)га ўқитиш муммолари ва уларнинг ечимига доир таклифлар берилган. Унда тарбияланувчиларнинг психологик-физологик ҳусусиятларига мос равишда сюжетли-ролли ўйинлар орқали уларга йўл ҳаракати хавфсизлик қоидалари бўйича таълим-тарбиянинг илмий-методологик асоси очиб берилган.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМДА ЎЙИНЛАР ОРҚАЛИ ТАРБИЯЛАНУВЧИЛАРНИ ЙЎЛ ҲАРАКАТИ ХАВФСИЗЛИГИГА ЎРГАТИШ МУАММОЛАРИ»

МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМДА УЙИНЛАР ОРЦАЛИ

ТАРБИЯЛАНУВЧИЛАРНИ ЙУЛ ^АРАКАТИ ХАВФСИЗЛИГИГА УРГАТИШ МУАММОЛАРИ

Исмадиярова Гуласал Шоймардановна

Тошкент ш. Чилонзор тумани 287-ДМТТ директори https://doi.org/10.5281/zenodo.11259698

Аннотация. Мацолада мактабгача таълим ташкилоти(МТТ)да йул %аракати хавфсизлиги(ЙХХ)га уцитиш муммолари ва уларнинг ечимига доир таклифлар берилган. Унда тарбияланувчиларнинг психологик-физологик %усусиятларига мос равишда сюжетли-ролли уйинлар орцали уларга йул %аракати хавфсизлик цоидалари буйича таълим -тарбиянинг илмий-методологик асоси очиб берилган.

Калит сузлар: мактабгача таълим, йул %аракати хавфсизлиги, тарбияланувчилар, психико-физология, ролли уйин, модел, методология, технология.

Аннотация. В статье раскрываются проблемы образования по безопасности дорожного движения в дошкольной образовательной организации и предложены пути их решения. Раскрываются научно-методические основы образования и воспитания безопасности дорожного движения посредством сюжетно-ролевых игр в соответствии с психоко-физиологическими особенностями воспитанников.

Ключевые слова: дошкольное образование, безопасность дорожного движения, воспитанники, психоко-физиология, ролевая игра, модель, методика, технология.

Abstract. The article reveals the problems of road safety education in a preschool educational organization and proposes measures to solve them. The scientific and methodological foundations of education and upbringing of road safety through role-playing games are revealed in accordance with the psycho-physiological characteristics of the pupils.

Keywords: preschool education, road safety, pupils, psycho-physiology, role-playing game, model, methodology, technology.

Muammoning qo'yilishi. O'zbekistonda bir yilda o'rtacha 10 mingdan ziyod yo'l harakatida avariyalar sodir etilib, ularda 9 mingdan ortiq kishilar jarohatlanmoqdalar. Jabrlanuvchilarning 2,5 mingga yaqini bolalar ishtirokida bo'lib, 260-270 nafari halok bo'lyotgani katta fojiadir [3]. Shuning uchun ham 2021-yilda Maktabgacha ta'lim tizimi uchun ishlab chiqilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturining noyabr oyining to'rt xaftasiga "Transport, yo'l harakati qoidalari. Hayot xavfsizligi asoslari"ga doir ta'lim-tarbiya berish mavzulari kiritilgan [2]. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yo'l harakati qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan yangi mazmundagi "Yo'l harakati qoidalari" amalga joriy etildi va uni MTTning o'quv rejalariga kiritish masalasi qo'yildi.

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Maqsad - MTTda syujetli-rolli o'yinlar orqali tarbiyalanuvchilarni YHX qoidalariga doir ta'lim-tarbiyaning ilmiy-metodologik asosini ishlab chiqish. Ushbu maqsadga erishmoq uchun tadqiqot oldiga quyidagi vazifalar qo'yildi: yo'l harakati qoidallarining yangi talablarini aniqlash; tarbiyalanvchilarning yoshiga xos psixoko-filologik hususiyatlarini o'rganish; MTTda YHXni olib borish modelini yaratish; yaratilgan model asosida ta'lim-tarbiya metodikasini yoritish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar berish.

Tadqiqot natijalari. Yangi mazmundagi "Yo'l harakati qoidalari"ga binoan [4] aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan, maktab va MTT atrofidagi yo'llarda 300 metrgacha bo'lgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish" kabi yangi qoidalar kiritildi. Yuqoridagi holatdan kelib chiqqan tarzda 2023-yil Maktabgacha ta'limining an'anaviy avgust Kengashida mazkur masalaga alohida urg'u berildi va har oyning bir kunini YHXga bag'ishlab o'tkazish zarurligi ta'kidlab o'tildi.

O'zbekiston maktabgacha ta'lim tizimida bolajonlarning psixiko-fiziologik xususiyatlariga qarab 4 ta guruhga ajratish tizimi joriy qilingan. Ularni YHX ishtirok etishga o'rgatish jarayonida pedagoglar quyidagi qoidalarga rioya etishga olib keladigan uchta asosiy xulq-atvor kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat [1]: diqqatni jamlash - tarbiyalanuvchi xavfli joyga o'tishda to'xtash, o'tish, vaziyatni nafaqat o'z ko'zi bilan, balki ongli baholash; kuzatish -tarbiyalanuvchi atrofidagi harakatlanayotgan yoki harakatsiz transport vositalari, yo'lni to'sib qo'ygan narsalarni ko'rish va ularni xavf sifatida qabul qilish; o'z-o'zini nazorat qilish -tarbiyalanuvchi yo'lga chiqayotganda shoshqaloqlik qilmaslik va hayajonni yo'qotish, ya'ni butunlay xotirjam bo'lish va yo'lni kesib o'tish uchun ketadigan vaqtda hech narsaga chalg'imaslikka o'rgatish.

MTTda bolajonlarga ta'lim-tarbiya berishda syujetli-rolli o'yin muhim o'rin tutadi va har bir tarbiyalanuvchi rollarni ijro etish orqali uning tasavvurini kengaytirish va moslashuvchanlikni yuzaga keltirish zarur. Metodologik nuqtayi nazardan unda bolajonlarning psixiko-fizologik jihatlarini inobatga olgan tarzda olib borish ta'lim-tarbiya samaradorligiga keskin ta'sir etadi. Masalan, kichik guruh bolalarining YHX qoidalariga rioya qilishni o'rgatishda quyidagi psixiko-fizologikjihatlariga e'tiborni qaratish kerak [1-jadval].

MTTda har bir rivojlantirish markazining yo'nalishiga mos ravishda YHX qoidalariga doir ta'lim-tarbiya faoliyatini olib borishning guruh bolalarining yosh jihatlarini inobatga olgan tarzdagi tizimlashtirilgan modeli ishlab chiqiladi. Ta'lim-tarbiya modelida quyidagi tarbibda tizimli metodologik ketma-ketlik aniqlanadi va ularning mazmuni yoritib beriladi:

1-jadval

3-4-yoshdi bolalarning psixiko-fizologik jihatlari

T/r Psixologik jihatlari Fizologik jihatlari

1. Yuqori hissiy-emotsional xarakterligi Doimo ham to'g'ri chiziq bo'yicha harakatlana olmasligi

2. Hayotiy quvonchlarda faoligi Yerdagi to'siqlarni xatlab o'ta olmasligi

3. Tashqi olamga ko'zlari bilan qiziqishi Ikki oyoqda sakray olmasligi

4. Yuragi va aqlining ijobiy ish hamda amallarga ochiqligi Bir oyoqda uzoq muvozanatni saqlay olmasligi

5. O'zini alohida odam ekanligini his etishi va quloq solmasligi Vertikal, oval va dumaloq chiziqlarni chizishi

6. Har qanday narsaga to'g'ridan to'g'ri tegish orqali uni o'zlashtirishi 3 tadan (qora, oq, qizil) 6 tagcha ranglarni (3 + yashil, ko'k, sariq) eslab qolishi va qaytarishi mumkinligi

7. Yo'l harakati ishtirokchi va vositalarining avval hajmi, shakli, rangi va ular o'rtasidagi aloqadorliklarga qiziqishi 3 tadan (yumuloq, to'rtburchak, uchburchak) 5 tagacha (3 + oltiburchak, kub, kvadrat) shakllarni anglay olishi.

8. Katta transport vositalaridan hayiqishi-qo'rqishi, kichiklaridan esa qo'rqmasligi Narsalarni shakli va hajmi bo'yicha jamlay olishi

9. Kattalar motivatsiyasi orqali mustaqil ravishda harakat va amallarni takrorlashga qodirligi Muvozatni yo'qotmagan tarzda yugura olmasligi

10. Kattalar harakatini qaytarishga intilishi Tashqi hodisa va holatlarga bo'lgan reaksiyasining pastligi

Birinchidan, modelning maqsadi - guruh tarb Diyalanuvchilarini YHX qoidalariga aniq bir

rivojlantish markazi orqali rioya qilishga tashyorlash.

Ikkinchidan, bolajonlarning YHXga doir 3 darajali - layoqat va qobiliyatiga mos ravishda mahorat olish kompetensiyasi belgilanadi.

Uchinchidan, har bir MTTning imkoniyatiga mos ravishda ta'lim va tarbiyaning tamoyillari, shakllari, metodlari va vositalari aniqlanadi.

To'rtinchidan, ta'lim va tarbiya jarayonining metodologik, o'zlashtiruvchi, korreksiyalovchi, yakunlovchi bosqilarida pedagogning olib boradigan faoliyat ketma-ketligi aniq qilib ko'rsatib beriladi.

Beshinchidan, guruh bolajonlarining YHX doir kompetensiyaviy mezonlari va shakllantirilganlik darajasi sifat jihatdan baholanadi. Kompetensiyaviy mezonlarining sifat baholanishi - ta'lim oluvchi "o'zlashtirdi" yoki "o'zlashtirmadi", shakllanganlik darjasi esa uning tegishli yoshga xos mahorati "yetarli darajada" yoki "yetarli darajada emas".

Oltinchidan, agarda ishlab chiqilgan model bo'yicha YHX qoidalariga MTTning tarbiyalanuvchisiga berilgan bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlar darajasi "o'zlashtirmadi" va "yetarli darajada emas" ko'rsatkichlariga olib kelsa modeldagi ta'lim-tarbiya mazmuni qaytadan ko'rib chiqiladi.

Tarbiyalanuvchilarning YHXga doir malakasining tizimlashgan tarzdagi model natijasi -ularda tegishli kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

Xulosa. MTT guruh tarbiyalanuvchilarini YHX qoidalariga rioya qilishni rivojlantish markazida rolli o'yin modelini har bir tashkilotning imkoniyatlarini inobatga olgan tarzda yo'l harakatiga doir kompetensiyalarni shakllantirish eng samarali metodik yo'llardan biri.

REFERENCES

1. Ахмадиева Р.Ш. Формирование компетенции безопасности жизнедеятельности на дорогах на основе принципа непрерывности // Вестник Казанского государственного университета культуры и искусств, 2011. № 2. С. 44-47.

2. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi. O'bekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun davlat o'quv dasturi /Takomillashtirilgan ikkinchi nashr.- Toshkent, 2022. 100 b.

3. Otaxonov F. Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashning tashkiliy-huquqiy masalalari/ https://mediator.uz/jangiliklar.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-aprel "Yo'l harakati qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi 172-son qarori.

5. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and

Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

7. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.