Научная статья на тему 'BOLA HAYOTINI MUHOFAZA QILISHDA OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING O’RNI'

BOLA HAYOTINI MUHOFAZA QILISHDA OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

392
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yetuk shaxs / sixik jarayonlari / psixik holatlari / individual psixologik xususiyatlar / bola hayotini va xavfsizligini ta‟minlash / sog`lig`ini muhofaza qilish / profilaktika. / mature person / mental processes / mental states / individual psychological characteristics / ensuring the child's life and safety / health protection / prevention

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nazokat Xusanovna Iskandarova

Ushbu maqolada bola xayotini muhofaza qilishda oila va maktabgacha ta‟lim tashkilotining o‟rni haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the role of the family and preschool education organization in protecting the child's life.

Текст научной работы на тему «BOLA HAYOTINI MUHOFAZA QILISHDA OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING O’RNI»

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 12 | 2022

ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

BOLA HAYOTINI MUHOFAZA QILISHDA OILA VA MAKTABGACHA

TA'LIM TASHKILOTINING O'RNI

Nazokat Xusanovna Iskandarova

Jizzax shahar Maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi 1-sonli DMTT tarbiyachisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bola xayotini muhofaza qilishda oila va maktabgacha ta'lim tashkilotining o'rni haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: yetuk shaxs, sixik jarayonlari, psixik holatlari, individual psixologik xususiyatlar, bola hayotini va xavfsizligini ta'minlash, sogTig'ini muhofaza qilish, profilaktika.

ABSTRACT

This article discusses the role of the family and preschool education organization in protecting the child's life.

Keywords: mature person, mental processes, mental states, individual psychological characteristics, ensuring the child's life and safety, health protection, prevention.

KIRISH

Maktabgacha ta'lim sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan dasturlarda maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini sifatida, bu jarayonda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining bolalar huquqiy savodxonligini shakllantirishdagi o'rni hamda, respublikada ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash, xar tomonlama yetuk shaxs etib tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishi ekanligi ta'kidlangan. Bu o'rinda esa maktabgacha ta'limda faoliyat olib boruvchi pedagog tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarning psixik jarayonlari, psixik holatlari, individual psixologik xususiyatlarining rivojlanish qonuniyatlarini ham bilishlari va ularni rivojlantirishga shuningdek, hayot faoliyati va xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor bilan qarashlari talab etiladi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama sog'lom, barkamol qilib tarbiyalash, bola hayotini va xavfsizligini ta'minlash Davlat ahamiyatiga molik bo'lgan

December, 2022

248

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

jarayondír. Chunki unda jamiyatning barcha a'zolari ishtirok etadilar. Shuning uchun ham Respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda. Shuning bilan barobarida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bola xayotini va xavfsizligini ta'minlash ham muhim sanaladi. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 25 oktyabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti

to'g'risidagi Nizomga muvofiq Ozbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni tashkil yetish tartibini belgilaydi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarning hayoti va soglig'ini muhofaza qilish maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta'lim tashkilotiga biriktirilgan sogliqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti ma'muriyati tomonidan bolalarning hayoti, soglig'i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya yetilishi doimiy ravishda nazorat qilib borilishi lozim. Ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar ular bilan maktabgacha ta'lim tashkiloti o'rtasida o'zaro munosabatlar bo'yicha shartnoma tuzilayotgan vaqtda ushbu Nizom talablari bilan tanishtirilishi lozim.

NATIJALAR

Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarning hayoti va soglig'ini muhofaza qilishda quyidagilar:

1. barcha telefon apparatlari oldida hamda maktabgacha ta'lim tashkilotining markazida yongin xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez yordam xizmatlari, ichki ishlar idoralarining telefon raqamlari va ularga boglanish tartibi ko'rsatilgan peshlavhalar mavjud bolishi;

2. MTTning barcha xodimlarida tashkilot mudiri hamda oz guruhidagi tarbiyalanuvchilarning yashash manzili, ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning telefon raqamlari mavjud bolishi shart.

3. MTT xodimlari bola to'satdan kasal bo'lib qolsa yoki noxush holat yuzaga kelgan taqdirda, birinchi tibbiy yordam ko'rsatishga tayyor turishi lozim. Har bir guruhda bolalar tomonidan olishning imkoniyati bolmagan joyda kerakli dori-darmonlari bolgan aptechka bolishi shart.

4. MTTda pedagogik kengashlar, kasaba uyushmasi yig ilishlari va boshqa tadbirlarni bolalarning uyqu soatlarida tashkil yetish lozim. Bunda

albatta guruhda tarbiyachi yordamchisi qolishi shart.

December, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

5. MTTda ovqatlanishni tashkil yetish, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi va taomlarning tayyorlanishi Ozbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.

6. Bolalar sayr va yekskursiyaga olib chiqilganda, tarbiyachi tomonidan ularning hech qanday meva va o'simliklarni iste'mol qilmasliklari nazorat qilinishi lozim.

7. MTT hududidan uzoqroqqa sayr yoki yekskursiyaga chiqayotgan guruh kamida ikki nafar xodim bilan ta'minlangan bo lishi lozim. Bunda xodimlarning biri safning oldida, ikkinchisi safning orqasida harakatlanib borishi lozim.

8. Bolalarning tartibli ravishda sayr yoki yekskursiyaga olib chiqilishi ichki ishlar idoralari bilan kelishilgan holda o'rnatilgan tartibda yoT-patrul xizmati xodimlari kuzatuvida amalga oshirilishi kerak.

MUHOKAMA

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish maqsadida:

S maktabgacha ta'lim tashkiloti hududiga kirish eshigiga qo'ng'iroq o'rnatilishi;

S guruhda mavjud bo'lgan javon, ilgak, portretlar, shuningdek gul tuvaklarini joylashtirishga mo'ljallangan maxsus moslamalar devor yoki polga mahkamlab qo'yilishi lozim.

S Maktabgacha ta'lim tashkiloti hududida, shuningdek guruhlarda inson uchun xavfli bo'lgan o'simlik va buyumlardan foydalanish taqiqlanadi.

Mamlakatimizda bola tarbiyasi bilan quyidagi ijtimoiy institutlar: oila, davlat tizimidagi ta'lim va tarbiya beruvchi muassasalar, madaniy - ma'rifiy tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari ularni o'rab turgan tashqi muhit, o'rtoqlari shug'ullanadi. Ayniqsa, bolalarga atalgan vaqtli matbuot, bolalar va o'smirlar kitobi ularga ta'lim va tarbiya berishda juda katta o'rinni egallaydi. Tarbiyalanuvchi maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lgan vaqtda sog'lig'ining yomonlashuvi, shuningdek boshqa noxush holatlar kuzatilgan hollarda maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari tomonidan zudlik bilan tibbiyot hamshirasiga, shuningdek tarbiyalanuvchining ota-onasiga yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarga xabar beriladi. Bunda

XULOSA

tarbiyalanuvchining ota-onasi yoki ularning o'rinini bosuvchi

December, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,12 j ASI-Factor: 1,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1

shaxslar yetib kelgunga qadar tibbiyot xodimi tomonidan birinchi tibbiy yordam ko'rsatilishi lozim.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Maktabgacha ta'lim muassasalarini kurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash manzilli dasturi to'g'risida. 02.07.2018 y. PQ-3822. 2018 yil

2. Mirziyoyev Sh.M. Maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimcha kiritish to'g'risida. 08.08.2018 y. PQ-3904.

3. Kamolidinov M., Vaxobjonov B. Innovatsion pedagogik texnologiya asoslari savollar, javoblar. T.: "Talqin" 2010y, 220 bet.

4. L.Mirjalolova va boshq. "Mashg'ulotlarni o'tkazish texnologiyalari" moduli bo'yicha o'quv -uslubiy majmua. T.: 2018 y. 257 bet.

5.www.google.uz

December, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.