Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʻLIM TASHKILOTIDA YOZGI SOGʻLOMLASHTIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH'

MAKTABGACHA TAʻLIM TASHKILOTIDA YOZGI SOGʻLOMLASHTIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sog‘lomlashtirish / harakat / jihoz / ochiq havo / profilaktik / sayr / koʻngilochar tadbirlar / muhiti / jarayonlar / o‘yin maydoni / chiniqtirish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yadgarova Nilufar Salamovna

Maqola maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sogʻlomlashtirish mavsumining maqsadi, vazifalari, jixozlanishiga, bolani sog‘lomlashtirish, rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʻLIM TASHKILOTIDA YOZGI SOGʻLOMLASHTIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH»

MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTIDA YOZGI SOG'LOMLASHTIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH

Yadgarova Nilufar Salamovna

Surxandaryo viloyati Termiz Shaxar 27-MTT derektori https://doi.org/10.5281/zenodo.11288755

Annotatsiya. Maqola maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog'lomlashtirish mavsumining maqsadi, vazifalari, jixozlanishiga, bolani sog'lomlashtirish, rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan.

Kalitso'zlar: sog'lomlashtirish, harakat, jihoz, ochiqhavo, profilaktik, sayr, ko'ngilochar tadbirlar, muhiti, jarayonlar, o'yin maydoni, chiniqtirish.

Аннотация. Статя посвящена цели, задачам, оборудованию летнего оздоровителного сезона в дошколных образователных организациях, вопросам здоровя и развития ребенка.

Ключевые слова: здорове, движение, снаряжение, открытый воздух, профилактика, прогулка, развлечение, окружающая среда, процессы, детская площадка, зарядка.

Abstract. The article is devoted to the goals, objectives, equipment of the summer recreational season in preschool educational institutions, issues of health and development of the child.

Keyword: health, movement, equipment, open air, prevention, walk, entertainment, environment, processes, playground, exercise.

Belgilangan vazifalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni sog'lom, jismoniy barkamol va har tomonlama rivojlanishlari uchun zarur shartsharoitlar yaratib berilishini inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog'lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini samarali tashkil etilishiga alohida e'tibor berish zarur.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni sog'lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish yozgi sog'lomlashtirish davri (iyun-tashkilotavgust)da amalga oshiriladi. Aynan, yoz faslida bolalarning ochiq havoda ko'proq sayr qilishlari, tanasini chiniqtirish, harakatda bo'lish va salomatligini mustahkamlash uchun maktabgacha ta'lim muassasalarida qulay va zaruriy shartsharoitlar yaratiladi. Shuningdek, yozda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o'tkaziladigan barcha tadbirlarni yengillashtirish, qiziqarli va yorqin o'tishini ta'minlash, charchoqyozdi mashqlar, turli ko'ngilochar tadbirlarni muntazam uyushtirish, kichik sayrlarni tashkillashtirish, ijodiy va amaliy ishlarni bajartirish, suv muolajalarini o'rinli qo'llash va alohida belgilangan kun tartibiga qat'iy amal qilish tavsiya etiladi.

Bugungi kunda ekologik vaziyatning yomonlashuvi yoshlarning, xususan, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning sog'lig'i, jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Natijada sog'liqni saqlash, umumiy rivojlanish va profilaktik vazifalarni hal qilishda sog'liqni himoyalash texnologiyalari, ularni optimal va oqilona tashkil etilishidan faol foydalanish kerak bo'ladi.

Bunday vazifalarni amalga oshirishning eng samarali shakllaridan biri yoz faslidir.

Yoz - bolalar juda ko'p yurish, chopish va sakrashi mumkin bo'lgan ajoyib va unumdor

vaqt.

YOZGI SOG'LOMLASHTIRISH MAVSUMINING MAQSADLARI:

salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash;

yozgi davrda maktabgacha yoshdagi bolalarning harakatlanish faolligini, xissiy va kognitiv rivojlanishini ta'minlash;

bolalarning bilim, ko'nikma va malakalarini mustahkamlashga

yo'naltirilgan ta'limiy-tarbiyaviy jarayonning samarali shakl va usullaridan foydalanish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish.

bolalarning shikastlanishi va kasallanishini oldini olish;

Yozgi sog'lomlashtirish mavsumining vazifalari:

- bolalarning salomatligini mustahkamlash;

- tabiiy omillardan keng foydalanish hisobiga bolalarni sog'lomlashtirish va jismoniy rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini amalga oshirish: havo, quyosh, suv;

- o'quv yili davomida olingan BKMni mustahkamlashga qaratilgan ta'limiytarbiyaviy jarayonni tashkil etish;

- sog'lom turmush tarzi va bilimga bo'lgan qiziqishni rivojlantirish;

- xavfsiz xatti-harakat ko'nikmalarini takomillashtirish;

-tabiat qo'yni (gulzor, bog', tajriba maydonchasi)da mehnatni tashkil etish, bilish faoliyati, turli xil ta'limiy va harakatli o'yinlarni tashkil etish, amaliy kuzatish, tajriba-eksperimentlar, samarali ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun tabiiy muhit (sharoit)dan foydalanish;

- ota-onalar o'rtasida tarbiya va sog'lomlashtirish masalalari bo'yicha pedagogik va sanitariya-targ'ibot ishlarini amalga oshirish, yozgi davrda ularni bolalar bilan birgalikdagi tadbirlarga jalb qilish.

Yozgi sog'lomlashtirish mavsumida kattalarning asosiy vazifasi o'sib borayotgan organizmning dam olish, ijodiy faoliyat va harakatga bo'lgan ehtiyojini to'liq qondirishdir.

Yozgi sog'lomlashtirish davrini tashkil etishga oid me'yoriy hujjatlar:

1.O'zbekiston Respublikasining sanitar qoidalari, normalari va gigienik normativlari (SanPiN) №0355-18. Toshkent, aprel 2018-yil.

2.O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 30-may 2018-yildagi 03-02--/2-69 sonli xati (Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tayyorlangan MTMlar uchun yozgi sog'lomlashtirish davrini o'tkazish bo'yicha tavsiyalar).

3.O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2018-yil 30-apreldagi 20/1 sonli "Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to'g'risidaagi Nizomni tasdiqlash haqida" gi qo'shma qarori.

Maktabgacha ta'lim tashkilotining yozgi mavsumga tayyorligi mezonlari:

- o'yin va jismoniy tarbiya maydonchalarini SanPiN talablari asosida jihozlanishi, bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish bo'yicha ko'rsatmalarga rioya qilish;

- kerakli hujjatlarning mavjudligi: yozgi davr uchun MTTning ish rejasi, ichimlik rejimini tashkil etish, bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish, tashkilot hududiga yaqin joylarga ekskursiyalar va sayohatlarni tashkil etish, bolalarni zararli o'simlik va boshqa narsalar bilan zaharlanishining oldini olish bo'yicha ko'rsatmalar, davolashprofilaktika tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha hujjatlar, pedagog va ota-onalar uchun turli tavsiyalar va maslahatlar;

- qum va bolalar maydonchasini o'z vaqtida namlantirish uchun sharoit yaratish;

- bolalar bilan yozgi sog'lomlashtirish davrini tashkil etishni nazorat qilish tizimining mavjudligi.

Sport, harakatli o'yinlar, sport bayramlari, ekskursiya va boshqalarni o'tkazish, shuningdek, sayrlar davomiyligini oshirish tavsiya etiladi.

Sog'lomlashtirish jarayoni samarali bo'lishiga erishish uchun kun tartibiga bolalarning ochiq havoda maksimal darajada bo'lishlari, yoshga mos uyqu va dam olishning boshqa turlari nazarda tutiladi.

Yozgi sog'lomlashtirish davrida foydalaniladigan anjom va jihozlar:

Tashqariga olib chiqiladigan jihozlarning xavfsizligi (singan, teshilgan joylarini yo'qligi) tekshirilib, har kuni sayrdan keyin yuviladi, quritiladi va quti yoki savatlarga joylanadi. Sayrdan so'ng har bir jihoz ko'zdan kechiriladi.

Sayr va o'yinlardan so'ng ayvoncha, maydoncha va bolalar uychalari tozalanadi, suv bilan yuviladi.

Qum saqlanadigan joylar doimo tozalanib, qum elanib, nam holatda saqlanishi ta'minlanadi, o'ynab bo'lingandan so'ng qum ustini g'ilofi bilan berkitib qo'yiladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotda yozgi dam olish davriga tayyorgarlik barcha xodimlar tomonidan o'z lavozim vazifalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Yoz davrida tashkil etilgan ta'limiy jarayon bolaning 5 ta rivojlanish sohasini qamrab oladi:

jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; Г ~ nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari; k- -J Г 4 bilish j arayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish.

Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishini rejalashtirish va tashkil

etish

Maktabgacha ta'lim tashkiloti hududida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda harakatli, sport o'yinlarni tashkil qilish uchun joy, sport o'yinlarining elementlari bilan jihozlanganligi muhimdir. Jismoniy tarbiya yo'riqchisi yordamida "Sog'lomjon" markazini tashkil etish mumkin. Bu markazda sport inventarlari, turli harakatli o'yinlar uchun ishlatiladigan jihoz va anjomlar jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirishda yordam beradi. Markazda sayr va safarlarga chiqishga tayyorgarlik ko'rish

mumkin, shuningdek, haftalik syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish yoki jismoniy sport o'yinlarini rejalashtirish lozim.

Ijtimoiy-hissiy rivojlanishni rejalashtirish va tashkil etish.

Ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohasi vazifalari har kuni barcha faoliyat turlari va rivojlantirish markazlarida hal qilinadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning eng asosiy faoliyati bo'lgan o'yin faoliyatida ham shu vazifalar samarali amalga oshiriladi. Shuning uchun, yoz mavsumida bolalarning yoshi, o'yin malakalarini shakllantirishga qaratilgan ijodiy o'yinlarga alohida e'tibor qaratiladi.

Kichik guruh tarbiyachilari bolalarning bosh va qo'shimcha rollarni ijro etganda o'zaro hamkorlikda bo'lishlariga ahamiyat berishlari, katta guruhlarda esa o'yin syujetini yaratishga, syujetli-rolli o'yinlarda faollik ko'rsatishga e'tibor berishlari kerak.

Kattalarning o'yin jarayonidagi ishtiroki uyatchan, tortinchoq bolalarda liderlik (yetakchilik) sifatlarini shakllantirishga imkon bersa, o'ziga yuqori baho beradigan bolalar esa o'zaro kelishib birgalikda bajarishga, ikkinchi darajali rollarni ijro etishga undaydi.

Yozgi sog'lomlashtirish davrida bolalarni yo'l harakati va hayot xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish va ularni mustahkamlashga katta e'tibor berish lozim. Tarbiyalanuvchilar biror ertak qahramonlari yordamida yoshlariga mos ravishda yo'l belgilari bilan tanishishlari, ko'chada, uyda, jamoat joylarda, tabiat qo'ynida o'zlarini qanday tutishlari, xavfsizlik qoidalariga qanday rioya qilishlari lozimligi to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lib boradilar.

Bundan tashqari, kichik yoshdagi bolalarning moslashuvini tashkil qilish bo'yicha psixologlarning tavsiyalarini inobatga olish hamda "Onam bilan birga" moslashuv guruhlarini tashkil etish tavsiya etiladi.

Ijodiy rivojlanishni rejalashtirish va tashkil etish.

Teatrlashtirish, qo'shiq aytish, tinglash, shovqinli cholg'ularni chalish, rasm chizish, loy bilan ishlash yozning istiqbol rejasida mavjud bo'lishi kerak. Ushbu faoliyatni tashkil qilish o'quv yili jarayonidan farqli va o'zgacha bo'lishi kerak. Ya'ni:

-rassomning ustaxonasiga sayohat - bu soyabonli ayvonchadagi molbertlar, ijodkorlik uchun turli xil material, jihozlar mavjud, tajribali tarbiyachi esa har safar chizish uchun yangi texnikani taklif qiladi: "barmoq va kaftda rasm solish", "diatipiya va monotipiya", "plastilin va mozaik rasmlar", "sachratib rasm solish", "tabiat shakllarining bosmasi", "g'ijimlangan qog'oz bilan rasm chizish", "klyaksografiya", "xo'l qog'ozga rasm solish";

-"Kulolnikida mehmonda" maydonchasi, bu yerda loy, plastilindan buyumlar yasash mumkin;

- musiqa rahbari tashkil etgan musiqa markaziga tashrif. Bu parda yoki teatr shirmasi bilan jihozlangan sahna qo'rinishidagi maydoncha bo'lib, unda cholg'ular (qo'lda yasalgan yoki haqiqiysi): puflab chalinadigan, urib chalinadigan, shovqinli musiqiy cholg'u asboblari, stolda o'ynaladigan musiqiy-ta'limiy o'yinlar, ovozkuchaytirgich, disk, noutbuk (kompyuter) kabi anjomlar tashkil etilishi mumkin. Musiqa markazida teatr burchagi bo'lib, unda chodir va qo'g'irchoqlar bo'lishi mumkin. Maktabgacha ta'lim tashkilotida musiqiy faoliyatning quyidagi shakllari an'anaviydir: bo'sh vaqtni tashkil etish, bayramlar, ko'ngilochar tadbirlar, mustaqil musiqiy faoliyat, teatr tomoshalari va spektakllar, raqs va ertalabki musiqiy gimnastika. Noan'anaviy tadbirlar - musiqiy loyihalar, integratsiyalashgan musiqiy xordiqlar, bayram yoki ko'ngilochar tadbirlar. Masalan: noan'anaviy shakllardan foydalanish tarbiyachilar va ota-onalarning ijodiy salohiyatini oshirishga imkon beradi.

REFERENCES

1. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi.- T.:2022.

2. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'limi vazirining 2019-yil 30-avgustdagi "Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari to'g'risida"gi 155-sonli buyrug'i T.:2019

3. O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari va "Ilk qadam" davlat o'quv dasturini joriy etish bo'yicha trenerlar uchun qo'llanma. - T.: 2019.

4. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

5. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

6. Zaynutdinova M.B, Mavlonov N.Sh. Nutiqni tanishda ovozli interfeys texnologiyalaridan foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar taxlili va istiqbollari, TATU Qarshi filiali Respublika ilmiy-amaliy koferensiya 20-21-aprel 2018-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.