Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI USLUBCHISINING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI'

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI USLUBCHISINING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
"Ilk qadam" / tarbiyachi / pedagog / metodik ishlar / ilg'or ish tajribasi / pedagogik texnalogiya / "metodik burchak".

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Z. Botirova, Mamataliyeva Nilufar Rustamjon Qizi

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkiloti uslubchisining metodik ishlarga rahbarligi va pedagogik kabinetning faoliyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI USLUBCHISINING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI USLUBCHISINING METODIK ISHLARGA

RAHBARLIGI 1Z. Botirova, 2Mamataliyeva Nilufar Rustamjon qizi

1FarDU katta o'qituvchisi, 2talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.11073100

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkiloti uslubchisining metodik ishlarga rahbarligi va pedagogik kabinetning faoliyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: "Ilk qadam", tarbiyachi, pedagog, metodik ishlar, ilg'or ish tajribasi, pedagogik texnalogiya, "metodik burchak".

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida metodik ishlar pedagogik jarayon sifatini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Ma'lum bir tizimda tashkil etilgan metodik ishlarning barcha shakllaridan o'tib, pedagoglar nafaqat o'zlarining kasbiy saviyasini oshiribgina qolmay, balki ular uchun yangi narsalarni o'rganish, hali bilmagan ishni qilishni o'rganish zaruratini tug'diradi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti ustavida har bir maktabgacha ta'lim tashkiloti tomonidan qabul qilingan ustaviga binoan uslubchining ish jarayonida huquq va vazifalari aniqlab belgilab beriladi, ya'ni u metodik jihatdan kuchli ma'naviy, siyosiy ongi, dunyoqarashi keng tadbirkor, kamida bitta xorijiy tilni biluvchi pedagoglardan tayinlanadi. Shuningdek, uslubchi quyidagilarni bilishi lozim:

- maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta'lim-tarbiyaviy ishga metodik;

-rahbarlikni amalga oshiradi;

- "Ilk qadam" dasturining bajarilishini ta'minlaydi va kontrol qiladi, ta'limtarbiyaviy ishning to'g'ri uyushtirilishi uchun javobgar;

- ilg'or pedagogik tajribani o'rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, Pedagogik kengashda ko'rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi;

- maktabgacha ta'lim tashkilotidagi metodik kabinetning ishini tashkil qiladi;

-bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo'llanmalar va o'yinchoqlarni tanlaydi;

- ota-onalar o'rtasida pedagogik bilimlarni targ'ibot qilish, turli guruh tarbiyachilari, shuningdek, Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab ishida uzviylikni ta'minlash bo'yicha ishni uyushtiradi. O'z hamkasblarining hurmatini qozonishi va ularga o'z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun uslubchi qanday rahbarlik sifatlariga ega bo'lishi lozim.

Uslubchi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni amalda qo'llash ko'nikmasiga ham ega bulishi zarur.Tajribali uslubchining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi: g'oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga olishiga qarab farqlanadi.

Uslubchi talablarni qo'yishda talabchan va qatiy bo'lishi kerak. Rahbarning o'ziga buysinuvchilar bilan muloqotning emotsional-irodaviy tomonini ifodolovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim hislatini, talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, xayrixoxlik, odamlarga hurmat bilan birga olib borish zarur.

Talabchanlik - bu qattiqqo'llik degan gap emas. Buyruqldar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan ko'ra zarari ko'proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti uslubchisining ta'lim-tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi uning obrusi ko'p jihatdan pedagoglar jamoaning jipslashganligiga,eng avvalo butun maktabgacha muassasa rahbar yadrosida birlik va o'zaro tushunishning mavjudligiga bog'liq bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta'minlash; jamoada jamoa fikrini, tarbiyachilarning bir-birlarining kamchiliklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnat faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini rag'batlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini ta'minlash kabi ijtimoiypsixologik masalalarini hal qilish uslubchi uchun birmuncha murakkablik qiladi. Har bir yosh mutaxassis ishini endi boshlayotgan yosh tarbiyachi maslaxatlar olib turishi uchun unga tajribaliroq murabbiy va obro'liroq tarbiyachini biriktirish lozim.

Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi butun metodik ishning markazi pedagogika kabinetdir. Metodika jarayonni uyushtirish, ota-onalar bilan ishlash, pedagogik mahoratlarini oshirish va mustaqil o'qishlarini tashkil qilishda tarbiyachilarga amaliy yordam ko'rsatishdagi yetakchi rol pedagogika kabineti zimmasidadir. Metodika kabineti maktabgacha ta'lim tashkiloti an'analari jamg'ariladigan joydir. Uslubchining vazifasi jamg'arilgan tajribaga «jon ato qilib» tushunarli qilish,tarbiyachilarni bolalar bilan ishlashda ularni ijodiy qo'llashga o'rgatishdir.

Metodika kabinetida to'g'ri yo'lga qo'yilgan ish barcha xodimlarning metodik tayorgarligini oshirishga, xususan, bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifalarini hal qilishga yordam beradi.

Metodika kabinetining asosiy vazifasi maktabgacha ta'lim tashkilotitarbiyachilariga metodik yordam ko'rsatish, ularning g'oyaviy-siyosiy va ilmiymetodik saviyalarining, pedagogik mahoratlarining o'sishi uchun sharoit yaratishdir. maktabgacha ta'lim muassasalardagi pedagogika kabineti, shuningdek, ilg'or pedagogik tajriba to'planadigan, umumlashtiriladigan va tarqatadigan boshlang'ich markaz hamdir. Kabinetning muhim vazifalaridan biri tarbiyachilarga o'z mehnatlarini ilmiy asosda tashkil qilishlarida yordam ko'rsatishdir.

Metodika kabineti bu vazifalarni hal etishi uchun uslubchi kabinetdagi materiallar mazmuniga oshirilgan talablar qo'yishi, uni tizimilashtirish va puxta o'ylab chiqishi kerak.

Metodika kabinetida tarbiyachilarni kabinetda mavjud materiallar bilan tanishtirish, yaxshi tajribani tashviqot qilish va yoyish maqsadida «axborot hizmati» uyushtiriladi. Axborot hizmati xilma-xil axborot byulletenlari, bolalar ta'limi va tarbiyasiga doir ayrim masalalar bo'yicha «axborot kunlari», yangi kitoblar annotatsiyasi havolasi bilan «Metodik adabiyotlar yangiliklari», «Tajriba, muammo, amaliyot», «Metodik burchak» stendlari va hokazolar bo'lishi mumkin.

Maktabgacha ta'lim muassasalar xodimlarining nutq madaniyatini doimo takomillashtirib borish maqsadida kabinetda hammaga zarur kitoblar o'rin oladi.

Metodika kabinetning butun ishi u maktabgacha ta'lim muassasalar metodik ishining markaziga aylanadigan qilib tuzilishi kerak. Tarbiyachilarga kabinet xizmatidan foydalanishni, unda saqlanayotgan materiallar bilan qiziqishi, o'rganish kerak. Bu sezilarli darajada maktabgacha ta'lim tashkiloti uslubchiining mahoratiga, tashkilotchilik qobiliyatlariga bog'liq bo'ladi.

Uslubchi kabinetning ish soatini aniqlashi, tarbiyachilarga o'z vaqtida yordam ko'rsatish maqsadida unda navbatchilikni uyushtirish kerak. Bu masalani hal qilishda maktabgacha ta'lim muassasalarining mudiri faol ishtiroq etadi.

Metodika kabineti ishining eng muhim tomonlaridan biri maktabgacha ta'lim muassasalar xodimlariga mustaqil o'qishlarini yaxshilashda yordam ko'rsatishdir.Metodika kabinetni ishida katta o'rinni yosh tarbiyachi bilan ishlash egallashi kerak.

Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida metodik ishlarni tashkil etishda tashkilot uslubchisining o'rni katta u har sohada tashkilotdagi jamoadoshlariga o'rnak bo'la olishi lozim. Uslubchi tashkilotda bo'layotgan pedagogik jarayonlarni tashkil qilishi va nazoratga olishi kerak. Shundagina

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga bilim berish darajasi yaxshilanadi o'zgarishlar sezilarli darajada ko'zga ko'rinadi, tarbiyachilar dunyoqarashi kengaya boshlaydi.

REFERENCES

1. Ta'lim menejmenti jurnali. - Toshkent: Sharq, 2005. № 1-2. - 218 b.

2. Botirova Z.A. "Maktabgacha ta'limda boshqaruv va manejment" Darslik, 2022 y.

3. Qodirova F.R., Toshpo'latova Sh.Q., Qayumova N.M., A'zamova N.M. "Maktabgacha

pedagogika" darsligi, 2019y.

4. WWW.TDPY.uz

5. WWW.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.