Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARINING IJTIMOIY RIVOJLANISH KOMPITENSIYASINI SHAKLLANTIRISH USULLARI'

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARINING IJTIMOIY RIVOJLANISH KOMPITENSIYASINI SHAKLLANTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3562
114
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
competence / qobiliyat / tarbiyachi / ta'lim / ijtimoiy kompetentlik / mimika / pedagog / malaka / xulq-atvor.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Egamberdiyeva Muhlisa Yerkin Qizi

ushbu maqolada kompitensiya haqida, tarbiyachilarining ijtimoiy rivojlanish kompitensiyasini shakllantirishi, tarbiyachi-pedagoglarning pedagogik faoliyatiga qo‘yilgan talablar hamda ijtioiy kompitensiyani rivojlantirish ustida olib borilgan tadqiqot ishlari tahlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARINING IJTIMOIY RIVOJLANISH KOMPITENSIYASINI SHAKLLANTIRISH USULLARI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARINING IJTIMOIY RIVOJLANISH KOMPITENSIYASINI SHAKILLANTIRISH

USULLARI

Egamberdiyeva Muhlisa Yerkin qizi

Termiz davlat Pedagogika instituti 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7324381

Annotatsiya: ushbu maqolada kompitensiya haqida, tarbiyachilarining ijtimoiy rivojlanish kompitensiyasini shakillantirishi, tarbiyachi-pedagoglarning pedagogik faoliyatiga qo'yilgan talablar hamda ijtioiy kompitensiyani rivojlantirish ustida olib borilgan tadqiqot ishlari tahlili keltirilgan.

Kalit so'zlar: competence, qobiliyat, tarbiyachi, ta'lim, ijtimoiy kompetentlik, mimika,pedagog, malaka, xulq-atvor.

Hozirgi kunda rivojlanib borayotgan bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida asosiy o'rinni egallagan kuchli raqobat bardosh har bir mutaxassis kasbiy kompetentlikka ega bo'lishlari hamda ijrimoiylashuv jarayonida ijtimoy kompitentlikni izchil rivojlantirib borishlari lozim. Maqolada kompetentlik, Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining ijtimoiy kompetentlikning namoyon bo'lishi, pedagog o'zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarurligi haqida so'z yuritiladi.

Kompetentlik inglizcha "competence" so'zidan olingan bo'lib "qobiliyat" ma'nosini ifodalaydi. Kompetentlikning mazmuniga e'tibor beradigan bo'lsak "faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish"ni yoritishga xizmat qiladi[2].

Tarbiyachi endi rivojlanayotgan yosh avlodni mamlakatimizga munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek sharafli va mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga o'z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o'sishiga ko'maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o'zi yashab turgan o'lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi uchun ijtimoiy faol b o'lishi kerak[1,2].

Psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida "Kompetentlik" tushunchasi ta'lim sohasiga kirib kelgan. Psixologik jihatdan qaraganda kompetentlik "har qanday noan'anaviy vaziyatlarda va kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini tuta bilishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil

rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni anglatadi.

Tarbiyachi ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish natijasida ijtimoiy munosabatlarda faollik ko'rsatish ko'nikmasini, pedagogic malakaga egalik, kasbiy faoliyatda sub'ektlar bilan muloqotga kirisha olish kabi ko'nikmalarni hosil qiladi.

O'z faoliyatini endigina boshlayotgan tarbiyachilar va doimiy izlanishda bo'lgan tajribali tarbiyachilar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:

- har qanday pedagogik vaziyatlarda o'quvchining ichki va tashqi dunyosini to'g'ri tushunish malakasi;

- pedagogik vaziyatlarni to'g'ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;

- tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;

- tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati;

- xilma-xil pedagogik taktlardan o'zi uchun eng muhimini ajrata olish qobiliyati;

- ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to'g'ri qaror qabul qilish;

- tarbiyada ta'sir etishning turli usullaridan foydalana olish qobiliyati;

- o'tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan o'quvchilarning fikrlarini o'rganish;

- o'z-o'zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish;

- har bir o'quvchining yashirin ijobiy fazilatlarini ko'ra olish va takomillashtirish;

- o'quvchilarning ijtimoiy kelib chikishiga qarab toifalarga ajratmaslik, bir xil munosabatda bo'lish [1,3].

Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayoti davomida, o'yinlarda, mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo'ladigan muomalada ta'sir ko'rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur[4].

Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi o'z kasbini sevishi va bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqati o'qituvchi - tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Pedagog tarbiyachi shaxsiga qo'yiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o'z predmetini, uning metodikasini chuqur o'zlashtirgan bo'lishi zarur.

Tarbiyachi kasbiga xos bo'lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi-pedagog bo'la oladi.

Xulosa qilib aytganda ijtimoy kompetentlik - olingan bilimlarga asoslangan holda ijtimoiy munosabatlarda to'g'ri harakat qila olishlik demakdir. Kompetentlik -ijtimoiy amaliyot ko'rinishidagi bilim va ko'nikmalarning mavjudligi bo'lib, u ta'lim jarayoni natijalariga ijtimoiymadaniy talablar va jamiyat tomonidan talablar qo'yiladigan hollarda namoyon bo'ladi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. F.R.Qodirova, Sh.Q-Toshpulatova, N.M.Kayumova, M.NA'zamova . "Maktabgacha pedagogika" darslik / - Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2019. - 688 b.

2. Xabilova S.T. "Yosh pedagoglarning psixologik-pedagogik faoliyatidagi kompitentlik masalalariga oid ayrim mulohazalar" Research and education ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 1 | 2022 324-328 b

3. Yusupov E. Inson kamolotining ma'naviy asoslari. T. Universitet, 1998

4. G'ulomov. X.R. Raimov. va boshqalar. "Ta'lim-tarbiya sifati va qirralari". T; «Fan va texnologiyalar». 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.