Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMTASHKILOTLARINI NAZORAT QILISHNING USUL VA USLUBLARI'

MAKTABGACHA TA’LIMTASHKILOTLARINI NAZORAT QILISHNING USUL VA USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim jarayoni / nazorat / tahlil qilish / kuzatish / takomillashtirish / zamonaviy usullar / uslub. / Educational process / control / analysis / observation / improvement / modern methods / method.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Fayziyeva Mabudaxon Muxammadjonovna

Hozirda Maktabgacha pedagogika fani oldida ta’lim jarayonini nazorat qilishning ahamiyatini ochib berish muammosi turibda.Bu muammoni hal etishda ta’lim jarayonini tahlil qilishning zamonaviy usullarini qo‘llash va ularni takomillashtirish bilan belgilanadi.Tadqiqotchining nazariyasiga binoan, kuzatish va tahlil etishning zamonaviy tomonlari ochib berilgan. Ta’lim jarayonini tahlil qilish usullari bir qator olimlar tomonidan o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS AND METHODS OF SUPERVISION OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

Currently, the science of preschool pedagogy faces the problem of revealing the importance of monitoring the educational process. The solution to this problem is determined by the use of modern methods of analyzing the educational process and their improvement. According to the researcher's theory, the modern aspects of observation and analysis revealed. The methods of analyzing the educational process have been studied by a number of scientists.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMTASHKILOTLARINI NAZORAT QILISHNING USUL VA USLUBLARI»



ARTICLE

Received: 10th May 2024 Accepted: 17th May 2024 Online: 18th May 2024

KEYWORDS Educational process, control, analysis,

observation, improvement, modern methods, method.

METHODS AND METHODS OF SUPERVISION OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

Fayziyeva Mabudakhon Mukhammadjonovna

Teacher, independent researcher E-mail: fayziyevamabuda@gmail.com Gulistan State University Phone: 99 916 03 71 https://doi.org/10.5281/zenodo.11213086

ABSTRACT

Currently, the science of preschool pedagogy faces the problem of revealing the importance of monitoring the educational process. The solution to this problem is determined by the use of modern methods of analyzing the educational process and their improvement. According to the researcher's theory, the modern aspects of observation and analysis revealed. The methods of analyzing the educational process have been studied by a number of scientists.

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINI NAZORAT QILISHNING USUL

VA USLUBLARI

Fayziyeva Mabudaxon Muxammadjonovna

O'qituvchi, mustaqil izlanuvchi E-mail:fayziyevamabuda@gmail.com Guliston Davlat universiteti Tel:99 916 03 71 https://doi.org/10.5281/zenodo.11213086

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 10th May 2024 Accepted: 17th May 2024 Online: 18th May 2024

KEYWORDS Ta'lim jarayoni, nazorat, tahlil qilish, kuzatish, takomillashtirish, zamonaviy usullar, uslub.

Hozirda Maktabgacha pedagogika fani oldida ta'lim jarayonini nazorat qilishning ahamiyatini ochib berish muammosi turibda.Bu muammoni hal etishda ta'lim jarayonini tahlil qilishning zamonaviy usullarini qo'llash va ularni takomillashtirish bilan belgilanadi.Tadqiqotchining nazariyasiga binoan, kuzatish va tahlil etishning zamonaviy tomonlari ochib berilgan. Ta'lim jarayonini tahlil qilish usullari bir qator olimlar tomonidan o'rganilgan.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini nazorat qilishning bir qator usul va uslublari mavjut. Nazoratni talablar darajasida to'g'ri amalga oshirish maqsadida nazorat qilishning usul va uslublarini o'rganish muhimdir.

Nazorat qilishning asosiy usul va uslublari quyidagilar: -bolalar hayotini uyushtirish ta'limiy faoliyatlarda, kun tartibining turli jarayonlarini kuzatish va tahlil;

-pedagogik va moliyaviy, xo'jalik ish hujjatlarni o'rganish va tahlil qilish;_

-bolalar ishlarini tahlil qilish;

-tashkilot rahbari, tarbiyachilar, va boshqa pedagoglar, ota-onalar hamda bolalar bilan ularning dunyoqarashi, bilimi, ongi, nutqining rivojlanishini aniqlash maqsadida suhbatlashish;

-"Pedagogik kengash", "Ishlab chiqarish yig'ilishlari"da, ota-onalar kengashlarida ishtirok etish;

-jamoat tashkilotlari vakillari bilan suhbat o'tazishdan iborat.

Nazorat chog'ida bu usul-uslublarni qo'llash - nazorat qilish turiga, qaysi guruhda tarbiyaviy jarayonning qaysi qismi yoki tashkilot moliyaviy-xo'jalik ishlarining qaysi tomonlari tekshirishga, nazoratchi-metodistning mutaxassisligi va ish tajribasiga bog'liqdir.

Bu ko'p qirrali usularni qo'llash - maktabgacha ta'lim ishini har tamonlama o'rganishda g'oyat ahamiyatlidir.

Frontal-yalpi tekshirishga barcha tipdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari, ularning kuchli yoki kuchsizligidan qat'i nazar tekshiriladi. Tekshirishda kuchsiz maktabgacha ta'lim tashkilotlariga e'tiborni ko'proq jalb qilishi lozimdir.

Yuqoridagi ma'lumotlar bilan tanishishda nazoratchi-metodist nimalarga ko'proq ahamiyat berish kerakligini belgilab olish imkonini beradi. Tashkilotni nazorat qilishni, albatta, tashkilot rahbarining ishtirok bilan o'tkazish kerak.

Yuqori turuvchi boshqaruv organlari tomonidan frontal-yalpi tekshirish olib borishning asosiy yo'llari quydagilardan iborat. Frontal-yalpi tekshirish nazoratchi-metodist va nazoratni amalga oshirish uchu shakllantirilgan guruh a'zolarining tashkilot rahbari bilan suhbatlashishdan boshlanadi. Suhbat chog'ida tekshirish maqsadi, komissiya ish tartibi, vaqti bilan tanishtiriladi, So'ngra direktor tashkilot haqida, unda nechta guruhlar faoliyat olib borayotganligi, tashkilotni nechanchi yili ochilganligi, tarbiyalanuvlarning guruhlarga taqsimlanishi, bolalarning kundalik davomati, tashkilotning texnikaviy materiallar bilan jihozlanishi, uning bazasi, kadrlar tarkibi, pedagogik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar bilan ta'minlanganligi, ularning ta'lim-tarbiyaviy ishlariga baho beriladi. Xodimlarning g'oyaviy-siyosiy va kasbiy malakalari, tashkilotdada mehnat va ishlab chiqarish intizomining ahvoli, jamoaning yutuq va kamchiligi, kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ko'rilayotgan choralar xususida, tuman maktabgacha ta'lim bo'limi va boshqa tashkilotlardan ma'lumotlar so'raydi. Bu o'tkazilgan suhbat tashkilot to'g'risidagi tekshirish ishiga dastlabki taassurot beradi. So'ngra nazoratchi-metodist turli bo'limlar bo'yicha tekshirish va o'rganish ishlarini boshlaydi.

Frontal-yalpi nazorat qilishning yakuniy tekshirish maqsadiga va vazifasiga bog'liqdir. Ish rejalarida tarbiyaning hamma qismlari rejalashtirilganligi, qaysi bo'lim rejadan tushirib qoldirilganligi, ularni yuzaga keltirgan sabablarni qidirib topishi kerak. Rejani tahlii qilishdan maqsad - dastur talablarini bajarish yo'llari, haftalik rejadagi ta'limiy faoliyatlarning turlari, ishning talab darajasida ekanligi, mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi mashg'ulot turlarining oddiydan murakkablashib borishini ko'rish mumkin.

Aniqiangan kamchiliklar o'z vaqtida muhokama qilinishi kerak, aks holda bu kamchilik va xatolar keyingi oylarda takrorianishi mumkin.

Quyidagi mavzularni tekshirish savolnomasiga kiritish mumkin:

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

1. Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta'lim-tarbiyaviy ishlarning ahvoli va "Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim-tarbiya dasturi va Davlat talablarining bajarilishi. Bolalarning ko'nikma va malakalari, bolalar bilimining sifati, tarbiyachining ishlash metodlari.

2. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish, kadrlarni tarbiyalash, ishlash malakalarini oshirish omillari. Tashkilotdagi metodik ishlar, metod kabinet faoliyati.

3. Tashkiliy-pedagogik va moliyaviy-xo'jalik ishlarning ahvoli. Xalq xo'jalik rejalarning bajarilishi, yo'llanmalar soni, bolalarning davomati.

4. Bolalarga tibbiy yordam tomonidan xizmat ko'rsatish sifati. Bolalar ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi.

5. Tashkilotda ishlab chiqarish masalalarining yo'lga qo'yilishi, hujjatlar, ularning to'g'ri jihozlashishi va saqlanishi.

6. Nazoratchi-metodistning tekshirish bo'yicha xulosalari va takliflari. Yakuniy Pedagogik kengashning o'tkazilishi kabi masalalarni kiritish mumkin.[6]

Rahbar ishini mavzuli (tematik) tekshirishda quydagilarga e'tibor qaratiladi:

a) direktorning guruhlardagi ishlarini tekshirish. Rahbar o'z vazifasida turli yosh guruhlardagi barcha jarayonlarini alohida kuzatishi, tahlil qilishi kerak. Nazoratchi-metodist huddi shu ishning sifatini, amalga oshirish yo'llarini tekshiradi.

b) guruhlarda sharoitning yaratilganligi. Turli yosh guruhlarida dastur talablari asosida ihozlanganligi;

v) tekshirilgan mavzuni Pedagogik kengashda jamoa bilan birgalikda muhoka qilinganligi;

g) maslahatlarning ishlashini o'stiruvchi vositalar. Guruh tarbiyachisining ishini avval tarbiyachining o'zi bilan muhokama qilinadi, keyin Pedagogik kengash ishiga olib chiqiladi. Yutuq, kamchiliklar, taklif-mulohazalar ochiqchasiga, oshkora holda chiqariladi. Tashkilot xodimlar uchun kerakli yo'llanma va metodik yordam o'z vaqtida ko'rsatiladi.

Nazoratni olib borishda eng samarali usullardan biri bu kuzatishdir.

Tashkiliy-pedagogik faoliyatni kuzatish jarayonida e'tiborni rahbarning o'z vazifalarini to'g'ri tashkil etganligiga, uning tarbiyaviy va xo'jalik ishlarini talablar darajasida olib borishiga, jamoa bilan munosabati, tarbiyachi va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar bilan suhbatning mazmuniga, ota-onalarni qabul qilish tartibiga qaratish kerak.[4]

Tekshirish yakunida kuzatilgan ishlar bo'yicha dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma nusxada tuzilib, birinchisi tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga, ikkinchisi maktabgacha ta'lim tashkilotiga taqdim etiladi. Dalolatnomani quydagi tartibda shakllantiriladi kuzatilgan jarayon, kuzatilayotgan kun, yil, oy, ish mazmuni, tayyorgarlik, tarbiyalanuvchilarning bilim, ko'nikma va malakasi, tarbiyachining bilim, ko'nikma va malakasi, ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan usul va usublar, ishdagi yutug'lar va kamchiliklar hamda taklif va mulohazalar qayd etiladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida uslubiy ishning eng muhim va murakkab bo'limlaridan biri nazoratni tashkil etishdir. Nazorat - yosh kadrlar tarbiyasining eng muhim omili hisoblanib, yosh mutaxassisning o'z vazifalarini bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish va mas'uliyatini oshirish imkonini beradi.

4t

Zamonaviy ilmiy va uslubiy adabiyotlarda nazorat turlarini tasniflashda yagona yondashuv mavjud emas. Bu borada ko'plab mualliflar ularni tavsiflab, o'z qarashlari va mulohazalarini bir-biriga zid kelishini kuzatishimiz mumkin. Har bir nazorat turining asosiy xususiyatlari uning maqsadi va metodologiyasidir.

Maktabgacha ta'lim sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar K. Yu. Belaya, L. V. Pozdnyaklarning fikricha eng keng tarqalgan uchta nazorat turi: operativ, mavzuli vayakuniy nazoratlardir.[7]

O'zbek olimlarimizdan F.R.Qodirova maktabgacha ta'lim tashkilotlarida frontal, mavzuli, qiyosiy nazorat turlari o'tkazilishi haqida aytadi.[6]

Metodik adabiyotlarda keltirilishicha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya ya'ni pedagogik jarayonni nazorat qilish quyidagi shaklda amalga oshiriladi. Bular operativ, frontal, mavzuli, qiyosiy nazorat turlaridan iborat.

Mazmun jihatidan turli mualliflar frontal, mavzuli, operativ, qiyosiy, o'z-o'zini nazorat qilish kabi boshqa nazoratlarni ham ajratib ko'rsatadilar.

Nazorat jarayonini tashkil etishning zaruriy sharti ta'lim jarayoni ishtirokchilari bo'lgan tarbiyachilarni o'tkazilishi lozim bo'lgan nazorat haqida o'z vaqtida xabardor qilishdir.

operativ

o'z-o'zini nazorat

mavzuli

qiyosiy I frontal

Mazmuni jihatidan nazorat turlari

Operativ (tezkor) nazorat bir bosqichda, ma'lum bir nuqtada jamoa va undagi alohida xodimlarning ish holatini aniqlashga, shuningdek, dolzarb masalalarni hal qilishga qaratilgan boladi. U oz xarakteriga ko'ra qisqa muddatli boladi. Operativ nazorat har kuni amalga oshiriladi. Operativ nazorat yordamida ishdagi kichik kamchiliklarni oldini olish va pedagoglarga aniq yordam ko'rsatish mumkin. Operativ nazorat har kuni amalga oshiriladi.

Bu kabi nazorat turlariga ekspress diagnostika, profilaktika va selektiv nazorat kiradi. Ammo ma'lum bir jarayonning sabablari har doim ham operativ nazorat yordamida aniqlanmaydi Boshqaruv faoliyati menejerlar tomonidan turli xil boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirish uchun javobgardir.

Tezkor nazoratning o'ziga xos xususiyati shundaki, undan ishdagi ayrim kichik buzilishlarni bartaraf etish, tavsiya va maslahatlar yordamida ayrim tarbiyachilar yoki butun jamoa faoliyatini tartibga solish uchun foydalanish mumkin. Tavsiyalarni amalga oshirish

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

muddatini oldindan belgilash juda muhimdir. Ba'zi kamchiliklar bir necha kun ichida, boshqalari esa bir-ikki hafta ichida bartaraf etilishi bilan ahamiyatldir.

Tezkor nazoratning o'ziga xos xususiyati tezkor javob berish, ayrim mayda kamchiliklarni zudlik bilan to'g'rilash bo'lib, u kunlik, haftalik, oylik ishlar tahlili, tabiiy me'yorlarga rioya qilish, sport ko'ngilocharlari, pedagoglar kengashi qarorlarini bajarish kabilar muhokama qilib boriladi.

Tezkor nazorat maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari, metodist, tashkilotga biriktirilgan shifokor yoki hamshira, kasaba uyushma qo'mitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, tezkor nazorat natijalarining oshkoraligini ta'minlash, uni jadvalda ko'rsatish, uning tegishli ustunlarida ushbu masala bo'yicha ishlarning holatini rangli va turli xil geometrik raqamlar yordamida ko'rsatish mumkin. Ushbu turdagi nazorat maqsadi yordam ko'rsatish, kelishi mumkin bo'lgan muammolarni bartaraf etishdir.

Shu munosabat bilan tezkor nazoratni turli shakllarda amalga oshirish mumkin: dastur mazmuni bo'yicha suhbatlar, pedagogning muayyan bo'limdagi ishini taqdim etishi mumkin, tarbiyachining kalendar rejasiga asosan bir bola bilan suhbatlar , bola bilan faoliyat turi haqida fikrni aniqlashtirish, har qanday bo'limda bolalar bilan ishlashning uzoq rejasini -muammolarni bartaraf etish bo'yicha ishni yo'lga qo'yish uchun tarbiyachiga yordam berish. Bu ayniqsa yangi ish boshlaganlar uchun foydalidir.

Ta'lim-tarbiya jarayonini nazorat qilish va ta'lim sifatini aniqlashda ta'limiy foliyatlarni tahlil qilish muhimdir.Ta'limiy va tarbiyaviy faoliyatlarni kuzatish va tahlililish uchun albatta ko'p yillik tajribaga ega hamda metodik jihatdan bilimli bo'lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.[5]

Dastlabki nazorat faol, bashoratli xususiyatga ega. Uning maqsadi kelib chiqishi mumkin bo'lgan xatolarning oldini olish, ta'lim jarayonlari boshlanishidan oldin ham kuzatilgan nosozliklarning oldini olishga yordam beradi. Xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashga ko'maklashadi. Dastlabki nazoratning maqsadi maktabgacha ta'lim standarti va maktabgacha ta'lim tashkilotida amalga oshiriladigan ta'lim dasturiasosida tashkil etilishini ta'minlaydi. Ushbu turdagi nazorat asosan yangi ish boshlagan xodimlarga tegishli.

Joriy nazorat pedagogik jarayonni amalga oshirish bosqichida amalga oshiriladi. Uning maqsadi oraliq natijalarni rejaga mosligini, erishilgan natijalarning belgilangan standartlar va me'yorlarga muvofiqligini aniqlashga xizmat qiladi.

N. S. Golitsyna ta'kidlaganidek: "Har qanday nazorat turining samaradorligi turli xil nazorat usullaridan mohirona foydalanishga bog'liq"[7]

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida quyidagi nazorat usullaridan foydalaniladi.

- kuzatish, bunda kuzatilgan ob'ektni tadqiq qilish va o'rganish amalga oshiriladi;

- tahlil qilish, bunda ta'lim jarayonidagi kamchiliklarni aniqlash va rivojlanish tendentsiyalarini belgilash talab etiladi;

- suhbat, suhbat amalga oshirilganda albatta jarayonni fikr almashish bilan aniqlash;

- anketa, oldindan belgilangan savollar bo'yicha so'rov o'tkazish;

- vaqtni belgilash, bunda vaqt bo'yicha pedadodlar faoliyatini o'rganish;

é

Ws,

- hujjatlarni o'rganish, tashkilotda rejalashtirish tizimi, ta'lim faoliyatini tashkil etish yoki har qanday ma'lumot olish tizimidagi muammolar bilan tanishish va aniqlash maqsadida;

- bilimlarni yozma yoki og'zaki tekshirish.

Kuzatush usuli -nazorat qilinadigan shaxs ishining borishini nazorat qilishning asosiy usulidir. Bu usul pedagogik faoliyatning holatini, tarbiyachining shakl, usul va uslublardan unumli foydalanishini o'rganish, mohiyatini tushunish va sodir bo'layotgan voqealarga xolisona baho berish imkonini beradi.

Kuzatish davrida olingan ma'lumotlar diqqat bilan tahlil qilinadi. Nazorat qilinadigan qoidalarning sabablari va oqibatlarini tushunish kerak. Qulaylik uchun kuzatuv jadvallari ishlab chiqiladi. Ular kuzatuvchiga ma'lum bir ob'ektni yoki butun ish jarayonini hech narsani o'tkazib yubormasdan batafsil o'rganish imkonini beradi.

Statistik usul - sonlar bilan ifodalangan miqdoriy o'zgarishlarni sifat jihatidan baholash bilan taqqoslashdir. Statistik usulning natijalari eng aniq grafik tarzda ifodalangan - jadval va diagrammalarda, rasmlardan iborat bo'adi.

Suhbat usuli - bu tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning bilim darajasini, faoliyat jarayonida duch keladigan muammolarni, bolaga yaratilgan shart-sharoitlar darajasini ochib beradi. Nazoratchi uchun suhbat o'zaro ishonchni, shuningdek, printsipial va ishbilarmonlik munosabatlarini o'rnatishga imkon beradi.

Pedagogik monitoring usuli- bu faoliyatni nazorat qilishning yana bir usuli hisoblanadi. Bu uzluksiz ilmiy va prognostik jarayon bo'lib, ta'lim maqsadlari, vazifalari va ularni hal qilish vositalarini optimal tanlash uchun ta'lim faoliyatining holati va rivojlanishini monitoring qilishdir.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida nazorat ob'ekti pedagogik faoliyatdir

Maktabgacha ta'lim tizimidagi nazoratlarning yana bir turi nazoratni olib boruvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir:

- ma'muriy nazorat - maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi;

- jamoviy nazorat - bir guruh tashkilot xodimlari va boshqalar tomonidan amalga oshiriladi;

- o'zaro nazorat - xodimlar tomonidan rejali ravishda amalga oshiriladi;

- o'z-o'zini nazorat -to'g'ridan-to'g'ri xodim tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiyachining kasbiy faoliyatining muhim tarkibiy qismlari o'zaro nazorat va o'z-o'zini

nazorat qilish hisoblanadi. Ushbu faoliyat jarayonida tarbiyachi tomonidan olingan natijalar refleksli tarzda aniqlanadi va individual ravishda tuzilgan maqsadlarga nisbatan o'zi yoki boshqalar tomonidan baholanishi mumkin. Nazorat bilimlarni sinab ko'rish va materialni keng o'rganish imkoniyatini beradi. O'z-o'zini nazorat qilish tarbiyachining kasbiy faoliyatini rivojlantirish va shakllantirish jarayonida amalga oshiriladi.

V V

ma'muriy nazorat

W

jamoviy nazorat

i .il c

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

o'zaro nazorat

>

o'z-o'zini nazorat

Maktabgacha ta'lim tizimidagi subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlar

O'z-o'zini nazorat qilish ta'lim jarayonining sifatini oshirish uchun zarur bo'lib, mavjud yutuqlarni, shuningdek muammolar, qiyinchiliklar va ularni hal qilish yo'llarini aniqlash tartibidir.

O'z-o'zini nazorat qilish o'z faoliyatini tushunishga, uning samaradorligini kuzatishga va yanada muhim natijalarga erishish va ta'lim jarayoni sifatini yaxshilash uchun o'z faoliyatidagi mavjut kamchiliklarni tuzatish yo'llarini belgilashga yordam beradi.

O'z-o'zini nazorat qilish vazifalari quyidagilardan iborat:

- tarbiyachining o'z ishining natijalari uchun mas'uliyatini oshirish;

- tarbiyachining ijodiy va kasbiy faoliyatini rivojlantirishga ko'maklashish;

- ilg'or pedagogik tajribani joriy etish uchun shart-sharoitlarni yaratish.

O'z-o'zini tahlil qilish tarbiyachining kasbiy o'zini o'zi rivojlantirishga yordam beradi. Bunda o'zini o'zi o'rganishga bo'lgan faol intilish, his-tuyg'ularingizni va tajribangizni tahlil qilish, kasbiy faoliyatda amalga oshirishdagi to'siqlarni bartaraf etish, o'z imkoniyatlariga

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

ishonish, muloqotda ochiqlik, o'z kasbiy faoliyatini ob'ektiv baholash uchun fikr-mulohazalarni izlash imkonini beradi.

O'z-o'zini nazorat qilish - o'z ustida ishlaydigan tajribali tarbiyachining kasbiy mahoratini eng yuqori shaklidir. Bunday pedagog o'z-o'zini tahlil qilish shakllarini ishlab chiqadi, ta'limiy faoliyatda bolalarning yuqori rivojlanish natijalariga erishadi, maktabgacha ta'lim tashkilotining uslubiy ishlarida faol ishtirok etadi, kasbiy tajribani hamkasblari bilan baham ko'radi, yuqori pedagogik kompetensiyaga ega boladi.

Pedagogik kompetentsiya - tarbiyachining amaliyotda yuzaga keladigan kasbiy va pedagogik muammolarni hal qilishda namoyon bo'ladigan bilim, malaka va ko'nikmalar tizimidir.

Tarbiyachining kasbiy kompetentsiyasining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

1) Tarbiyachining o'z vazifalarini hisobga olgan holda o'z oldiga lavozimdan kelib chiqib maqsadlarini qo'yishi.

2) Pedagogik jarayonni bolani tarbiyalashga insonparvarlik yondashuvi asosida tashkil etish. Bolalar bilan ishlashda dastur mazmunini amalga oshirish va ularning ko'nikma va malakalarni egallash darajasi.

3) O'zining pedagogik faoliyati mezonlarini bilish.

4) Turli davrlardagi pedagogik harakatlarning aks etishi

Maktabgacha ta'lim va uning yuqori nazorat ko'rsatkichlari muvaffaqiyatli rivojlanishining markaziy bo'g'ini bu tarbiyachining o'zini o'zi rivojlantirish va o'z ustida ishlashdir. Ta'lim tashkilotining samarali faoliyat yuritishi va rivojlanishini ta'minlovchi ham tarbiyachidir.

Tarbiyachining o'zini o'zi nazorat qilish ham kundalik aks ettirish darajasida, ham ta'lim jarayonini tashkil etishga qo'yiladigan talablarni o'z ichiga olgan xaritalar, diagrammalar, anketalar, grafiklar, jadvallar ko'rinishidagi vositalar yordamida amalga oshirilishi kerak. Bular tarbiyachiga o'z-o'zini nazorat qilish va baholash imkonini beradi. Ta'lim jarayonining sifat mezonlari va ko'rsatkichlari bo'yicha o'z faoliyatini baholaydi.

Tarbiyachilarning o'zini o'zi boshqarishi o'zaro nazorat bilan chambarchas bog'liq.

é

Ws,

Xaritalar

Ta'lim jarayonini tashkil etishga qo'yiladigan talablar

Diagrammalar

Tarbiyachining o'zini o'zi nazorat qilishi vositalari

Tarbiyachining ta'lim jarayonini tashkil etishga qo'yiladiga ta'lablarni o'z ichiga olgan o'zini o'zi nazorat qilishi vositalari

O'zaro nazorat nazoratning maxsus shakli bo'lib, uning davomida tarbiyachilar bir-birining faoliyatini nazorat qiladi va baholaydi. Shu bilan birga, tarbiyachi faoliyatida o'z-o'zini tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Ta'lim-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va tashkil etishda yetarli professional darajaga ega bo'ladi, bolalarni tarbiyalashda yaxshi natijalarga erishadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etilgan o'zaro nazorat o'zaro ishonchga asoslangan ishning dialog shaklidir.

Tarbiyachilar o'rtasida o'zaro nazoratni to'g'ri tashkil etish jarayonida faoliyatni baholashda xolisona baholashni o'rganishlariga e'tibor qaratilishi lozim. Pedagoglar o'rtasida o'zaro tekshirishni joriy etishdan oldin tekshirish va baholash algoritmini joriy qilish kerak.

O'zaro nazorat baholash faoliyatiga kiradi, uning davomida tarbiyachi hamkasbi yoki jamoaning ishini ob'ektiv baholashi kerak. O'zaro nazorat bilan pedagoglar mehnatni mexanik baholashni o'rganishlari emas, balki ular o'z baholarini oqlay olishlari muhimdir.

Xulosa qilib aytgana, avvalo har bir tahlilni o'tkazuvchi mas'ul shaxs maqsadlarni to'g'ri belgilashi, tahlil metodlarini, tamoyillarini hamda bosqichlarini yaxshi bilishi zarur. Shundagina o'tkazdirilgan nazorat va tahlillar ta'lim sifatini oshirishga hizmat qiladi. Zero, nazoratlarni olib borishdan ko'zlangan maqsad ham shundan iboratdir.

References:

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni O'RQ-595.-T.: 2019 y

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 802- son qarori.-T.:2020 y

3. Belaya, K. Yu. Maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish [Matn]: nazorat - diagnostika funktsiyasi / K. Yu. Belaya. - M .: "Sfera" savdo markazi, 2003. - 64 b

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

4. Fayzieva M.M. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini nazorat qilish texnikasi. Falsafa.2022.195 b

5. Fayziyeva M.M. Methods And Approaches for Monitoring and Assessing Educators Performance."The Peerian Journal 2024.48 b

6. Qodirova F.R.Maktabgacha pedagogika. -T.:"Tafakkur".2019.-562 b.

7. Pozdnyak L.V., Volobueva L.M. Zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari // Maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish. - 2006. - 5-son. - Bilan. www.elibrary.ru/item.asp?id=41442733

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.