Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMDA METODIK FAOLIYATNI TASHKIL ETISHGA QO’YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR'

MAKTABGACHA TA’LIMDA METODIK FAOLIYATNI TASHKIL ETISHGA QO’YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
19
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kompetensiya / ta’lim jarayoni / nazorat / tahlil qilish / kuzatish / takomillashtirish / zamonaviy usullar / uslub.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Fayziyeva Mabudaxon Muxammadjonovna

So’nggi yillarda pedagogika fani oldida ta’lim jarayoni sifatini ta’minlashda uni boshqarish, metodik jihatdan nazorat qilishning ahamiyatini ochib berish muammosi turibda. Bu muammoni hal etishda ta’lim jarayonida metodik ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini qo‘llash va ularni takomillashtirish bilan belgilanadi.Tadqiqotchining nazariyasiga binoan, metodik ishlarni tashkil etishning zamonaviy tomonlari ochib berilgan. Metodist va uning ta’lim jarayonini tashkil qilish usullari bir qator olimlar tomonidan o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMDA METODIK FAOLIYATNI TASHKIL ETISHGA QO’YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR»

MAKTABGACHA TA'LIMDA METODIK FAOLIYATNI TASHKIL ETISHGA QO'YILADIGAN ZAMONAVIY

TALABLAR

Fayziyeva Mabudaxon Muxammadjonovna

o'qituvchi, mustaqil izlanuvchi Guliston Davlat universiteti https://doi. org/10.5281/zenodo.11274469

Annotatsiya. So'nggiyillarda pedagogikafani oldida ta'limjarayonisifatini ta'minlashda uni boshqarish, metodikjihatdan nazorat qilishning ahamiyatini ochib berish muammosi turibda. Bu muammoni haletishda ta'lim jarayonida metodikishni tashkil etishningzamonaviy usullarini qo'llash va ularni takomillashtirish bilan belgilanadi.Tadqiqotchining nazariyasiga binoan, metodik ishlarni tashkil etishning zamonaviy tomonlari ochib berilgan. Metodist va uning ta'lim jarayonini tashkil qilish usullari bir qator olimlar tomonidan o'rganilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, ta'lim jarayoni, nazorat, tahlil qilish, kuzatish, takomillashtirish, zamonaviy usullar, uslub.

Abstract. In recent years, the science of pedagogy faces the problem of revealing the importance of its management and methodical control in ensuring the quality of the educational process. The solution to this problem is determined by the use of modern methods of organizing methodical work in the educational process and their improvement. According to the theory of the researcher, the modern aspects of the organization of methodical work have been revealed. Methodist and its methods of organizing the educational process have been studied by a number of scientists.

Keywords: competence, educational process, control, analysis, observation, improvement, modern methods, method.

Аннотация. В последние годы перед педагогической наукой стоит проблема выявления значения ее управления и методического контроля в обеспечении качества образовательного процесса. Решение данной проблемы определяется использованием современных методов организации методической работы в учебном процессе и их совершенствованием. По теории исследователя раскрыты современные аспекты организации методической работы. Методика и ее методы организации учебного процесса изучались рядом ученых.

Ключевые слова: компетентность, учебный процесс, контроль, анализ, наблюдение, совершенствование, современные методы, метод.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrda "Raqamli O'zbekiston -2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-sonli farmoni qabul qilindi.[8] Farmonga asosan, barcha sohalarda, jumladan maktabgacha ta'lim tizimida ham boshqarishni raqamlashtirish, ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan holda ta'limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish vazifasi qo'yildi.

Zamonaviy jamiyat ta'lim sohasi ishtirokchilaridan ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishni ta'minlaydigan zarur bilim, ko'nikma va malakalarni ya'ni kompetensiyalarga ega bo'lishni talab etadi. Maktabgacha ta'lim tizimida uslubiy ishlarni tashkil etuvchisi va ta'lim sifati uchun mas'ul bo'lgan shaxs bu metodistlar hisoblanadi. Chet tillarini bilish, kompyuter savodxonligiga ega bo'lish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bilish va ishbilarmonlik kabi sifatlarga ega bo'lish

bugungi kun talabidir. Maktabgacha ta'limda uslibiy ishlar tashkilotchisidan axborot va kompyuter texnologiyalarini mukammal egallashni, eng yangi audiovizual o'quv vositalari va boshqa o'quv jihozlaridan foydalana olishni, zamonaviy metodik ishlarning yonalishlaridan biridir.[7]

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari metodislarida quyidagi kasbiy kompetensiyalar bo'lishi talab etiladi: kasbiy kompetentlilik, kommunikativ kompetentlilik, axborot kompetensiyasi va huquqiy kompetentlilik.[3]

Metodislarning egallashi lozim bo'lgan kompetensiyalar

Kasbiy kompetentlilik mutaxasislar tomonidan bilim, ko'nikma, malaka hamda shaxsiy sifatlarni egallanishi, pedagogik faoliyatga ijodiy, izlanuvchan yondoshishni talab etadi. Bundan tashqari, metodistdan o'zida zarur yo'nalishlar bo'yicha integrativ bilimlar hamda harakatlarni o'zlashtirishni, kasbiy faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishni ham qamrab oladi. Metodist ta'lim mazmunini belgilovchi ta'lim tamoyillarini va mezonlarini bilishi, ularga amal qilishi, ta'lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni hisobga olishi va ularni ta'lim jarayoniga uyg'unlashtira olishi nazarda tutiladi. Faoliyat bo'yicha ish rejalarini tuzish, nazorat qilish, amalga oshirilgan ishning natijalarini baholash qobiliyatiga ega bolishi kerak. Pedagogik faoliyatda uslubchining kasbiy kompetentlilik darajasi to'g'ridan-to'g'ri jamiyatning ijtimoiy va ma'naviy taraqqiyotiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Kommunikativ kompetentlilik bu pedagoglar, tarbiyalanuvchilar, mehnat jamoasi, jamoatchilik, mahalla va ota-onalar bilan munosabatini yo'lga qo'yishdir. Jamoani o'zaro muloqotga tez jalb etadigan suhbat texnikasini puxta bilish, pedagoglar va tarbiyalanivchilar ongiga ijobiy ta'sir etishning turli usullarini qo'llash metodlarini egallashdan iborat. Metodist jamoada ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishi, ularni boshqara olishi zarur.

Axborotli kompetentlilik minglab axborotlar oqimi orasidan sohaga oid eng to'g'ri, muhim va samarali ma'lumotlarni topish, saralash hamda ularni qayta ishlab, ta'lim jarayonida ulardan oqilona foydalana bilishi,o'z kasbiy faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olishidir. Pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ta'lim-tarbiya jarayonlari monitoringi va sifatini baholash mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.

Metodistning huquqiy kompetentliligi davlat tomonidan chiqarilgan qonunlar, qarorlar va farmoyishlar bilan tanish bo'lishi, ta'limga oid boshqa amaldagi huquqiy-me'yoriy hujjatlarni bilishi talab etiladi. Maktabgacha ta'lim sohasiga oid chiqarilgan me'yoriy asoslar bilan yaqindan tanish bo'lishi bilan birgalikda ularning mazmun-mohiyatini pedagogik jamoaga yetkazib borishi ham talab etiladi.[4]

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida uslubiy ishni asosiy boshqaruv funksiyasi sifatida qaralganda uni amalga oshirganda pedagogik tahlil, rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish, tuzatish va tartibga solish nazarda tutiladi. Metodik ishlar samarsi pedagoglar faoliyatini baholash bilan bog'liq.[6]

So'nggi yillarda ta'lim tizimida ta'lim sifatini miqdoriy baholashning nazariy asoslarini yaratish bilan bog'liq bo'lgan ilmiy va amaliyot sohasi-kvalimetriya yuzaga keldi. Shu jumladan, ta'lim jarayoni ishtirokchilari faoliyatini baholashda olingan ma'lumotlar miqdoriy me'yorlarga nisbatan baholanadi.

Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarni metodik jihatdan kuzatish va tahlil etish hamda nazoratda baholash me'yorlariga qo'yilgan talablar maktab ta'limiga qaraganda kam o'rganilgan. Shuning uchun, maktabgacha ta'lim tizimida ham maktab ta'limi singari qoidalarni belgilash hamda tartibga solishni talab etadi. Bu kabi talablarni belgilash soha pedagoglarini himoya qilish, faoliyat jarayonidagi ziddiyatli vaziyatlarni kelib chiqishini oldini olish, pedagoglar ishiga sub'ektiv baho berilishidan himoyalash, ta'limiy jarayonda pedagogik etikaning buzilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida ishlab chiqiladi. Mas'ul shaxslar tomonidan olib boriladigan nazoratni tashkil etish doimo rejali amalga oshirilishini talab etadi.Uni shunday tashkil etish kerakki, u pedagoglarda ta'limiy mashg'ulotlar jarayonida ijobiy tashabbus, o'z ishiga mas'uliyat, tarbiyalanuvchilarga nisbatan ijobiy munosabat hamda ta'limiy jarayonga bo'lgan javobgarlik hissini uyg'otsin. Shundagina biz, samarali metodik ishni olib borish orqali, sifatli ta'lim jarayonini ta'minlagan bo'lamiz.

Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida uslubiy ishlarni tashkil etishda metodistlar asosiy o'rinni edallaydilar.Ta'lim jarayonidagi ko'plab muammolarni o'rganib chiqish va hal etish uning malakasi, shasiy fazilatlariga hamda kasbiy mahoratiga bog'liq. Ko'pincha tizimda shu omilga yetarlicha e'tibor qaratilmaslik tufayli maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim jarayonining rivojlanishiga va sifatiga to'sqinlik qiladi. Uslubiy xizmatni to'g'ri tashkil etish esa, maktabgacha ta'lim tizimidagi mavjud muammolarni hal etish imkonini beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni O'RQ-595.-T.: 2019 y

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 802- son qarori.-T.:2020 y

3. Belaya K.Yu. Maktabgacha ta'lim muassasalarida uslubiy ishlar. Tahlil, rejalashtirish, shakl va usullar. - M .: Sfera, 2007. - 96 b

4. Fayzieva M.M. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini nazorat qilish texnikasi. Falsafa.2022.195 b

5. Fayziyeva M.M. Methods And Approaches for Monitoring and Assessing Educators Performance."The Peerian Journal 2024.48 b

6. Qodirova F.R.Maktabgacha pedagogika. -T.:"Tafakkur".2019.-562 b.

7. Pozdnyak L.V., Volobueva L.M. Zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari // Maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish. - 2006. - 5-son. - Bilan.

8. https://lex.uz/docs/

9. www.elibrary.ru/item.asp?id=41442733

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.