Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIM TIZIMINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI'

MAKTABGACHA TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIM TIZIMINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
inklyuziv ta’lim / maxsus ta’lim / uydagi ta’lim / resurs pedagog / integratsion ta’lim / imkoniyatlar / maktabgacha ta’lim / jismoniy rivojlanish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kasimova M.F

Maqolada inklyuziv taʼlim rasmiy taʼlimda tushunchasi ancha kengroq. Bu taʼlimda koʻproq oʻqishda, oʻrganishda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlanadi. Inklyuziv ta’lim orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limda qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash ko‘zda tutildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIM TIZIMINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI»

MAKTABGACHA TA'LIMDA INKLYUZIV TA'LIM TIZIMINI

JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

Kasimova M.F.

Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumani DMTT-30 direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11259857

Annotatsiya. Maqolada inklyuziv ta'lim rasmiy ta'limda tushunchasi ancha kengroq. Bu ta'limda koproq o'qishda, o'rganishda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlanadi. Inklyuziv ta'lim orqali maktabgachayoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'limda qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash ko'zda tutildi.

Kalit so'zlar: inklyuziv ta'lim, maxsus ta'lim, uydagi ta'lim, resurspedagog, integratsion ta'lim, imkoniyatlar,maktabgacha ta'lim, jismoniy rivojlanish.

Аннотация. В статье понятие инклюзивного образования в формальном образовании гораздо шире. Это образование в основном работает с детьми с ограниченными возможностями обучения. Посредством инклюзивного образования предусматривалось создать условия для всестороннего интеллектуального, нравственного, эстетического и физического развития детей дошкольного возраста, повысить доступность детей к качественному дошкольному образованию, обеспечить равный доступ к нему.

Ключевые слова: инклюзивное образование, специальное образование, домашнее образование, ресурсный педагог, интегрированное образование, возможности, дошкольное образование, физическое развитие.

Abstract. In the article, the concept of inclusive education in formal education is much broader. This education mainly works with children with learning disabilities. Through inclusive education, it was envisaged to create conditions for all-round intellectual, moral, aesthetic and physical development of preschool children, increase children's access to quality preschool education, and ensure equal access to it.

Keywords: inclusive education, special education, home education, resource pedagogue, integrated education, opportunities, preschool education, physical development.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi 46-sessiyasidagi nutqida strategik yo'nalishlar, jumladan, Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Butun dunyoda qariyb 1 milliardga yaqin nogironligi bo'lgan shaxslar borligi haqida o'ylab, fikr yuritsak, bu nihoyatda ahamiyatli tashabbus ekaniga amin bo'lamiz.Ushbu tashabbus mazmun-mohiyati haqida targ'ibot ishlarini izchil yo'lga qo'yish, nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish masalalarida parlament nazoratini kuchaytirish dolzarbvazifalar hisoblanadi. Parlament Qonunchilik palatasida O'zXDP fraksiyasi va Mehnat va ijtimoiy masalalar qo'mitasi hamkorligida o'tkazilgan davra suhbatida bu haqda deputatlar, nogironligi bo'lgan shaxslar manfaatlarini himoya qiladigan tashkilotlar mutasaddilari va mutaxassislari bu borada ko'plab fikr va takliflarni bildirishdi. Inklyuziv ta'lim va tarbiya bolalarning alohida ta'lim olishga bo'lgan ehtiyojlarni hamda individual imkoniyatlarni hisobga olgan holda ta'limva tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta'minlaydigan jarayon hisoblanadi. Inklyuziv ta'lim rasmiy ta'lim tushunchasidan ancha kengroq. Maktabgacha ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani

yanada takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash ko'zda tutildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoniga muvofiq O'zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 2020-2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Inklyuziv ta'lim bu o'zi nima? INKLYUZIV - (inklyuziya - inglizcha [inclusion] -uyg'unlashish) Hamkorlikdagi ta'lim bo'lib, butun dunyo hamjamiyati tomonidan eng samarali, eng insonparvar ta'lim sifatida tan olingan. Imkoniyati cheklangan bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga sog'lom tengdoshlari bilan birga ta'lim olishidir. Inklyuziv ta'lim pedagog xodimlar va ota-onalar tomonida ta'lim jarayoniga ijodiy yondashuvni o'zida aks ettiradigan tabiiy jarayon hisoblanadi. Inklyuziv ta'lim rasmiy ta'lim tushunchasidan ancha kengroq. Bu ta'limda ko'proq o'qishda, o'rganishda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlanadi. Inklyuziv bog'chada tarbiyachi qanday sifatlarga ega bo'lish kerak? Inklyuziv ta'limda pedagogning kasbiy mahorati bosh omil hisoblanadi. Avvalo, pedagoglar inklyuziv taffakkurga ega bo'lishi va ta'lim sifati ma'suliyatini o'z zimmasiga olishi shart.Bu konsepsiyada alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan maktabgacha ta'limda bolalarga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo'yicha quyidagi vazifalar belgilandi:

> alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar ta'lim oladigan ta'lim tashkilotlari binolariga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

> alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar o'qitiladigan ta'lim tashkilotlarini zarur adabiyotlar, metodik qo'llanmalar, turli kasblarga o'qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

> alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni o'qitish uchun inklyuziv ta'lim tizimini tashkil etish, umumta'lim tashkilotlarini maxsus moslamalar (ko'tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo'yicha mutaxassislar) bilan ta'minlash;

> alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta'minlash va boshqalar.

Inklyuziv ta'limda jarayoni imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi?

> o'z imkoniyatini o'zi uchun kashf etish imkonini beradi

> mustaqil harakatlanish birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyati orqali yuzaga

keladi;

> dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi;

> o'qishga bo'lgan ehtieji va qiziqishlari ortadi;

> o'zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi;

> ilgari sezilmagan imkoniyatlari ochiladi;

> yotsirash, yakkalanish kabi xususiyatlari yo'qoladi.

Inklyuziv ta'limni amalga oshirishda bolaning psixologik va aqliy rivojlanganligi muhim ahamiyatga ega. Zero, aqliy intelekti joyida lekin jismoniy rivojlanishdan ortda qogan bolalar ta'lim jarayonidagi bilim,ko'nikma va malakalarni o'zlashtira olishlari mumkin. Shunday ekan maktabgacha ta'limtashkilotida bunday bolalarni sog'lom bolalar orasida ta'lim-

tarbiya jarayoniga jalb qilish orqali samarali natijaga erishishimiz mumkin.Maktabgacha ta'lim tashkilotida yosh murg'ak qalbli bolajonlarga ta'lim berish bilan bir qatorda tarbiyaning bir qancha turlari ham shakllantirilib boriladi.Alohida ehtiyojga muhtoj bo'lgan bolalarga o'z nomi bilan ularga yon-atrofdagilarning ko'magi kerak bo'ladi. Demak sog'lom bolalar o'z guruhlarida tarbiyalanayotgan alohida e'tiborga muhtoj bolalargahar qanday vaziyatda qo'lidan kelgancha yordam berishlari, amaliy ko'maklashishlari muhim ahamiyatga ega.Bunday paytda tarbiyachining mahorati juda muhim o'rin tutadi.Ushbu jarayonda sog'lom bolalarning ongida alohida e'tiborga muhtoj bolalarga to'g'ri munosabatda bo'lishga, ularni o'zlari bilan teng huquqlilikda ta'limolish huquqiga ega ekanliklari haqida hamda do'stlashish, yordamga muhtojlarga mehr ko'rsatish, ko'mak berish kabi bir qator ma'naviy-ahloqiy sifatlarning ilk bosqichlari shakllanishini ta'kidlash joiz.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, maktabgacha ta'lim tizimida inklyuziv ta'limning ahamiyati shundaki, imkoniyati cheklangan bolalarni ilk yoshlaridanoq sog'lom bolalar qatoriga qo'shib sifatli ta'lim olishini ta'minlagan holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va haraktlarini rivojlantirishdir. Nuqsoni bor bolalarni har tomonlama tarbiyash orqali ularni ona-Vatanga, tabiatga nisbatan go'zallikni his etishga, tafakkurini rivojlantirishga, bolalarning talab-ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2022). Nutq ustida ishlashning tizimli yondashuvlari orqali eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarni inklyuziv ta'limga tayyorlash. Pedagogik ta'lim innovatsiyon klasteri, 1(1), 350-352.

2. Ibadullayeva, S. N., Masaliyeva, S. (2022). Inkluyziv ta'lim sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarini rivojlantirish omillari. Inklyuziv ta'lim, 1(2), 111-113.

3. Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2021). Nogironligi bo'lgan ota-ona qaramogida bo'lgan yetim bolalarni ijtimoiylashtirishning metodik klasteri. Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar, 6(1), 280-286.

4. Sh.N.Ibadullayeva magistrlik dissertasiya " Ta'lim klasteri asosida inklyuziv ta'lim samaradorligini oshirishning samarali omillarini aniqlash"2022 y.

5. D.S.Qaxarova "Inklyuziv ta"lim texnologiyasi" o'quv va metodik qo'llanma 2014-yil.

6. Valiyeva F.R., Sharipova G. N Innovative technologies in improving the management of preschool educational organizations// International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022

7. Kalmuratov T.N. Evaluation of the Effectiveness of Management of the Activities of NonState Pre-School Educational Organizations on the Basis of Public-Private Partnership. http://ijmmu.com editor@ijmmu.com ISSN 2364-5369 Volume 9, Issue 9 September, 2022 Pages: 336-340. 4-bet

8. Mavlonov Sh. The impact of the use of digital technologies on improving the quality of work of preschool organizations, "International bulletin of engineering and technology" xalqaro ilmiy jurnal 2023-yil 6-avgust, 489-492

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.