Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLANI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNING O‘RNI'

MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLANI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / bola / tarbiyachi / rivojlantiruvchi muhit / rivojlanish markazlari / “Qurish / konstruksiyalash va matematika” markazi / “Syujetli-rolli o‘yinlar va drammalashtirish” markazi / “Til va nutq” markazi / “Fan va tabiat” markazi / “San’at” markazi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jonqobilova Mubora Tutkievna

Mazkur maqolada rivojlantiruvchi muhit ta’limiy faoliyatni tashkil etishning asosiy omili ekanligi asoslangan. Maktabgacha ta’lim tashkilotidag rivojlantiruvchi muhit rang-barang o‘zgarib turuvchi, bolaning hissiyotlarini namoyon qiluvchi, do‘stona munosabatlarni shakllantirishga xizmat qilishi yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLANI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNING O‘RNI»

MAKTABGACHA TA'LIMDA BOLANI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHDA RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNING O'RNI

Jonqobilova Mubora Tutkievna

Samarqand viloyati, Payariq tumani, 47-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11242497

Annotatsiya. Mazkur maqolada rivojlantiruvchi muhit ta'limiy faoliyatni tashkiletishning asosiy omili ekanligi asoslangan. Maktabgacha ta'lim tashkilotidag rivojlantiruvchi muhit rang-barang o'zgarib turuvchi, bolaning hissiyotlarini namoyon qiluvchi, do'stona munosabatlarni shakllantirishga xizmat qilishi yoritilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, bola, tarbiyachi, rivojlantiruvchi muhit, rivojlanish markazlari, "Qurish, konstruksiyalash va matematika" markazi, "Syujetli-rolli o'yinlar va drammalashtirish" markazi, "Til va nutq" markazi, "Fan va tabiat" markazi, "San'at" markazi.

Аннотация. В данной статье оно основано на том, что развивающая среда является основным фактором организации образовательной деятельности. Подчеркивается, что развивающая среда в дошкольной образовательной организации разнообразна, отражает чувства ребенка, служит формированию дружеских отношений.

Ключевые слова: дошкольное образование, ребенок, воспитатель, развивающая среда, центры развития, центр «Строительство, строительство и математика», центр «Ролевые игры и инсценировки», центр «Язык и речь», центр «Наука и природа», центр «Искусство».

Abstract. In this article it is based on the fact that the developmental environment is the main factor in the organization of educational activities. It is emphasized that the developmental environment in a preschool educational organization is diverse, reflects the child's feelings, and serves to form friendly relationships.

Keywords: preschool education, child, teacher, developmental environment, development centers, "Construction, construction and mathematics" center, "Role playing and dramatization " center, "Language and Speech" center, "Science and Nature" center, "Art" center.

Jadal rivojlanish yo'lidan borayotgan mustaqil davlatimizda yuksak ma'naviyatli, raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan sanaladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar uchun ijodiy rivojlantiruvchi muhitni yaratish ularning to'laqonli ta'lim olishlarining asosiy omillaridan biridir. Rivojlantiruvchi muhit deganda, nafaqat ta'limiy faoliyat va ko'rgazmali qurollar, darslik va o'quv-metodik qo'llanmalar kabi didaktik vositalar, mebel jihozlari va kompyuter texnikasini, balki ta'lim jarayoni ishtirokchilarining o'zaro hurmati va ishonchga asoslangan ijodiy muhitni tushunish lozim. Shuningdek, rivojlantiruvchi muhit maktabgacha ta'lim tashkilotida bolani o'rab turgan, uning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadigan hamma narsani, shu jumladan, binolarning rejalashtirilishi va o'lchamlari, hovlidagi o'yin maydonchasi, guruhdagi mebel, materiallar, jihozlar, o'yinchoqlar, atrofda o'sib turgan yashil makonni o'z ichiga oladi. Guruh xonasining estetik jozibador bezatilishi bolalarga ham, tarbiyachilarga ham o'zlarini qulay his etishlari uchun yordam beradi. Yorqin, ajralib turadigan fragmentlar bilan almashinib turuvchi neytral ranglar, iliq tabiiy yoritilish, shinamlik va quvnoq harakatlanishni tartibga soladi, xavfsizlikni ta'minlaydi, shovqin darajasini

kamaytiradi, ijodiy kayfiyat muhitini yaratadi. Mebellarning muvofiq tarzda joylashtirilishi bino ichidagi maydondan samarali foydalanish imkoniyatlarini ko'rsatib beradi, bolalarning xona bo'ylab harakatlanishini osonlashtiradi, tarbiyachiga bolalarni kuzatib turishi uchun qulaylik yaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar har bir yoshda o'zini o'rab turgan muhitdan aynan o'zini qiziqtirgan hayotiy malakani oladi. Muhit qanchalik toza va musaffo bo'lsa bolaning inson sifatida shakllanishida shunday toza va musaffo ta'sir ko'rsatadi. Lekin bu jarayonning o'ziga xos qonuniyatlari mavjud. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarni to'laqonli maktab ta'limiga tayyorlashda kattalarning ular bilan mazmunli suhbatlari va bolalikni rivojlantiruvchi muhiti bilan boyitish zarur.

Shunday qilib, rivojlantiruvchi muhit, o'yinchoqlar, o'yin vositalari, moddiy resurslar, rivojlanish markazlaridagi jihozlar, ko'rgazmali qurollar yordamida bolani aqliy, jismoniy, psixologik rivojlantirishga pedagogik ta'sir o'tkazishni anglatadi.

Yaxshi jihozlangan rivojlantiruvchi muhitsiz to'laqonli ta'limiy faoliyatni tashkil etishning iloji yo'q. Chunki, uning asosiy poydevorini bolalar yangidan-yangi bilim oladigan "Rivojlantiruvchi markaz" tashkil etadi. Guruhda hech bir narsa shunchaki joylashtirilishi mumkin emas. Har bir buyum chuqur o'ylangan holda, bolalarning bilimini oshirishga xizmat qiladigan, tarbiyaviy xarakterga ega bo'lgan holda joylashtirilishi lozim, hattoki bir dona kartina bo'lsa ham.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi asosida ta'limiy faoliyat mazmuni quyidagi rivojlanish markazlari faoliyati bo'yicha yuritilishini nazarda tutadi:

1. Qurish, konstruksiyalash va matematika markazi.

2. Syujetli-rolli o'yinlar va drammalashtirish markazi.

3. Til va nutq markazi.

4. Fan va tabiat markazi.

5. San'at markazi.

Qurish, konstruksiyalash va matematika markazida turli xildagi va shakldagi predmetlar mavjud bo'lib, bolalar o'z xayollariga tayangan holda tarixiy obidalar, uylar, garaj, maktab, do'kon, bog'cha kabi inshootlarni bunyod etadilar. Qurilish bilan bog'liq bo'lgan bu yerda bolalarda quruvchi kasbiga nisbatan qiziqish, mehr va hurmat tarbiyalanib boradi.

Syujetli-rolli o'yinlar va drammalashtirish markazida odob-axloq, tarbiyaviy jihatlar namoyon bo'ladigan markaz hisoblanadi. Ushbu markaz qanchalik materiallarga boy bo'lsa, undagi voqea-hodisalar ham shunchalik rang-barang bo'ladi. Bu yerda bola hech kimga ko'rsatmaydigan iqtidorini namoyon etishi, syujetdagi bosh qahramon kabi qo'rqmas, dovyurak va mehribon bo'lishga intilishini ko'rsatishi mumkin. "Bir bor ekan, bir yo'q ekan" deb boshlanuvchi va "murod-maqsadiga yetibdi" deb yakunlanuvchi ertaklarni bolalar sevib sahnalashtiradilar, undagi atributlar hech bir bolani befarq qoldirmaydi.

Til va nutq markazi - tinch burchak ko'rinishidagi markaz hisoblanadi. Unda bolalarda kitobga bo'lgan mehr va qiziqish paydo bo'ladi. Tarbiyachi bolalarga kitobni ovoz chiqarib o'qiydi, bolalar ko'z o'ngida voqea-hodisa gavdalanadi. Shuning bilan birga bolalarda tinglash malakasi ham shakllanadi. Ushbu markazning asosiy maqsadi bolalarni syujetlarni o'ylab topish va ijro etish, hikoyalar eshitish, kichik hikoyalar tuzishga yo'naltiradi.

Fan va tabiat markazi - ushbu markazda bolalar ilk tabiiy-ilmiy tushunchalar bilan tanishadilar. Bolalar olgan bilimlarini ushbu markazda amaliyotda sinab ko'radilar. Shuning uchun bo'lsa kerak bu markaz bolalarning eng sevimli markazlaridan biri hisoblanadi. Bu markaz orqali bolalar atrof-olamda uchraydigan narsa-predmetlar bir kun kelib tugashi, yo'qolishi, kamayib ketishi mumkinligini bilib oladilar.

San'at markazi - bolalarning o'z ijodiy qobiliyatlarini sinovdan o'tkazish va amalga oshirishga rag'batlantiradi, ularga yangi materiallar bilan tanishishdan qoniqish olish imkoniyatlarini beradi, bolalarning sezish qobiliyatini boyitadi. Bu yerda bo'yoq, qog'oz, qaychi, bo'rchalar, qalamlar, gazlama bo'laklari va kesish hamda yelimlash uchun turli qiyqimlar mavjud. Shuningdek, tabiiy materiallar - yog'och, barg, qum-tuproqni ham qo'shib qo'yish foydadan xoli emas. Ushbu markazdagi mashg'ulotlar ijodiy qobiliyat, so'z orqali va so'zsiz muloqot, umumiy va nozik harakatlanish, aqliy qobiliyatni rivojlantirishga yo'naltirilgan.

Agar bola muntazam tarzda foydali va qiziqarli ish bilan band bo'lsa, bu pedagogning yutug'idir. Faol, tashabbuskor bola o'zi mehribonlik, rag'bat bilan qamrab olingan samimiy maktabgacha ta'lim tashkiloti va oilada kamol topadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida barcha yaxshi narsalar bolalar uchun bo'lmog'i zarur. Bolalarning to'laqonli rivojlanishi faqat uning ichki dunyosi emas, balki unga keng imkoniyat va kattalar dunyosi kerak bo'ladi. Shu boisdan ham maktabgacha ta'lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhit bola harakatlanishi uchun barcha imkoniyatlar manbai bo'lmog'i zarur. Bolalar nima bilan shug'ullanishlarini esa o'zlari tanlab olishlari uchun muayyan vaqt ajratishlari lozim. Tanlash qiziquvchanlikni, muammolarni hal etishga, boshqalar bilan muomalada bo'lishga hamda oldinga qo'yilgan maqsadlarga mustaqil erishishga yordam beradi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti bolalar uchun quvonch, shodlik tarqatuvchi maskan bo'lishi lozim. Kichkintoylar hatto dam olish kunlari ham kelishga intilishi lozim. M.Montessori pedagogikasi asosida yaratilgan muhit bunga misol bo'la oladi. Yaxshi yaratilgan bunday psixologik muhitda bola o'zini o'z uyidek tutadi, mustaqillik va barcha muammolardan xoli bo'ladi.

Bunday muhitda kundalik ish faoliyati davomida bolalar o'zlarini erkin tutishlari, bir-biriga nisbatan hurmat, muhabbat, o'zaro yordam berish kabi insonparvarlik tuyg'ularini shakllantiruvchi fikrlar vositasida hayotiy faollikka erishadilar va o'z qiziqishlari asosida taraqqiy etib boradilar. Bu muhit bolalarda u yoki bu mustaqil faoliyat bilan shug'ullanishni, turli-tuman ta'limiy o'yinlar va jihozlarni tanlash imkoniyatini yaratadi. Bola o'zini o'rab turgan atrof-olamni tahlil qiladi va uning atrofida ularni o'rganish uchun: munchoqlar, bankachalar, jadvallar, xumchalar va patnislar kabi turli-tuman narsalardan foydalanadi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitga e'tibor berish suv va havodek zarur deb hisoblayman. Chunki, tashkilotdagi ijodiy, rivojlantiruvchi muhitni yaratish - bu bolalarni maktab ta'limiga samarali tayyorlashning muvaffaqiyat garovidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-son qarori.

2. Shin.A.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., Grosheva I.V. va boshq. "Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida ta'lim jarayonini rejalashtirish" Metodik qo'llanma. Toshkent - 2020.

3. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi. Toshkent - 2022.

4. Kalmuratov T.N. Norboev A. Expansion of the network of non-public preschool educational institutions on the basis of publicprivate partnership: experience of uzbekistan. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 8, 2020 Part III ISSN 2056-5852 Bet. 98 102.

5. F.R. Valiyeva To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //Bosma //International Journal of Trend in Scientific Research and Development

(IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.