Научная статья на тему '“MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA” TO‘G‘RISIDAGI QONUNI MAKTABGACHA TA`LIM TIZIMINIG HUQUQIY ASOSI SIFATIDA'

“MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA” TO‘G‘RISIDAGI QONUNI MAKTABGACHA TA`LIM TIZIMINIG HUQUQIY ASOSI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / ta’rbiya / Qonun / davlat siyosati / nodavlat tashklotlari / bolalar salomatligi / inklyuziiv guruh / to’lov shakli

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maxammadjonova Munisa Sobirjon Qizi, M.A.Esonova

Mazkur maqolada “Maktabgacha ta’lim va ta’rbiya to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinish maqsadi, mazmunni-mohiyati v aba`zi moddalarning sharhi berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA” TO‘G‘RISIDAGI QONUNI MAKTABGACHA TA`LIM TIZIMINIG HUQUQIY ASOSI SIFATIDA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

"MAKTABGACHA TA'LIM VA TARBIYA" TO'G'RISIDAGI QONUNI MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMINIG HUQUQIY

ASOSI SIFATIDA

1Maxammadjonova Munisa Sobirjon qizi, 2M.A.Esonova

1Qoqon DPI Maktabgacha talim 206 -sirtqi gurux talabasi, 2Qoqon DPI dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11198350

Annotatsiya. Mazkur maqolada "Maktabgacha ta'lim va ta'rbiya to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinish maqsadi, mazmunni-mohiyati v aba zi moddalarning sharhi berilgan.

Kalit so^zlar: maktabgacha ta'lim, ta'rbiya, Qonun, davlat siyosati, nodavlat tashklotlari, bolalar salomatligi, inklyuziiv guruh, to'lov shakli

Аннотация. В данной статье представлен обзор цели, содержания и сущности принятия Закона «О дошкольном воспитании и образовании».

Ключевые слова: дошкольное образование, образование, Закон, государственная политика, общественные организации, здоровье детей, инклюзивная группа, форма оплаты.

Abstract. This article provides an overview of the purpose, content and essence of the adoption of the Law "On Preschool Care and Education".

Keywords: preschool education, education, Law, public policy, public organizations, children's health, inclusive group, form of payment.

Uzluksiz ta'lim-o'zaro mantiqiy izchiliika asosida bog'langan hamda soddadan murakkabga rivojlanib boruvchi va bir birini taqqozo etuvchi bosqichlardan iborat taxlit ta'limiy tizimdir. Maktabgacha ta'lim uzliksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog'lom va barkomol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda go'yat muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha ta'lim va ta'rbiya to'g'risidagi qonun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan O'RQ-595 hisoblanadi. Qonun 10 ta bob 58 moddadan iborat. Qonun maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasidagi asosiy tushunchalar, ta'lim jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburyatlarini tartibga solish, shuningdek, ilk marotaba milliy qonunchilik darajasida yosh bosqichlari rivijlantirish belgilangan. Ushbu qonuning maqsadi maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdir. Qonun bilan maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, shuningdek, maktabgacha ta'lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari aniq belgilab berildi.

Davlat ko'proq bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish va ularning to'liq tayyorlovini ta minlash maqsadida, har bir bolaning umumiy o'rta ta'lim tashkilotiga kirishdan bir yil oldin davlat maktabgacha ta'lim tashklotlarida umumiy o'rta ta'limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o'tishiga bo'lgan huquqni kafolatlaydi.

Qonunga muvofiq, maktabgacha ta'lim tashklotlari davlat va nodavlat tashklotlariga ajratildi. Bolalarni maktabga bepul tayyorlash bo'yicha 2018-2019 yillarda amalga oshirilgan loyiha asosida 6-7yoshli maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 494 ta guruh tashkil etildi.

Olingan natijalar negizida 2021-2022 o'quv yilida ushbu dastur bilan 6-7 yoshdagi bolalani 100% qamrab olish rejalashtirilmoqda

Maktabgacha ta'lim tashklotlari bolalar salomatligi va ularning rivojlanishidagi o'ziga xoslikni inobatga olgan quydagi turlari bo'yicha tashkil etiladi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

1. Umumiy turdagi maktabgacha ta'lim tashkiloti- rivojlanishida jismoniy yoki ruhuy nuqsonlari bo'lmagan bolalarni o'qitish;

2. Ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti- rivijlanishda jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar chun maktabgacha ta'lim va tarbiya berish;

3. Inklyuziiv guruhlarga ega maktabgacha ta'lim tashkiloti-rivojlanishda jismoniy yoki ruhiy nuqsoni bo'lgan bolalarni sog'lom bolalar bilan birgalikda o'qitish;

4. Qo'shma turdagi maktabgacha ta'lim tashkiloti-rivojlanishda jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalarning va rivojlanishda nuqsonlari bo'lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda shuningdek inklyuziiv guruhlarda birgalikda o'qishni hamda tarbiyalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Nodavlat MTTni yuridik shaxslar hususiy MTT shakli yoki davlat-hususiy sherikchilik asosidagi MTT shaklida yohud jismoniy shahislar ham yakka tartibdagi tadbirkor sifatida bir vaqtning o'ziada 25 nafardan ko'p bo'lmaga bolaga ta'lim berish mumkin bo'lmagan oilaviy nodavlat MTT ko'rinishida tashkil etishlari mumkin. Maktabgacha ta'lim uchun to'lovlar davlat MTTlariga to'lov qonunchilik belgilaydi, nodavlat MTT larni maktabgacha ta'lim va tarbiyaviy ishlari qiymatini mustaqil ravishda aniqlaydi (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).

Davlat MTT to'lovini shakllantirishga bir nechta omillar ta'sir ko'rsatadi:

- MTT joylashuvi;

- bollalarning MTT da kum davomida bo'lish vaqti;

- bir MTTga qatnovchi bir oila farzandlari soni.

"Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonun asosida maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti barcha maktabgacha ta'lim tashklotlari uchun majburiydir. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti kamida besh yilda birmarta qayta ko'rib chiqiladi. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat ta'lim dasturini, maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta'lim va tarbiya berish sohasidagi o'quv-uslubiy qo'llanmalarni, uslibiy tavsiyalarni ishlab chiqishda, shuningdek maktabgacha ta'lim tashklotlarini loyihalashtirishda, qurishda, jihozlashda hisobga olinishu shart. Maktabgacha ta'lim tashklotlarida o'quv yili joriy tilning 2-sentabridan keying yilning 31-mayigacha bo'lgan davrni, sog'lomlashtirish davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.

Xulosa o'rnida, har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati ijtimoiy -ma'naviy qudrati hayot darajasining yuksalishi ta'lim tizimining raqobatdoshligi, ilm-fan taroqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois O'zbekiston Respublikasini yanada takomillashtirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida ta'lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta'lim sifatini oshirish, intelektuval salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta'lim tizimini yaratish ko'zda tutildi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" Qonuni 595-sonli qonun.2019 yil 22-oktyabr.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 22-dekabrdagi Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti to'g'risidagi 802-sonli qarori.

3. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (takomillashtirilgan)., Toshkent 2022-yil

4. Esonova M. A., Maktabgacha pedagogika, Darslik. Toshkent 2022-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.