Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
boshqarish / rejalashtirish / tashkilot / faoliyat / imkoniyat / xususiy turkumlar / tashkil etish / rahbarlik qilish / nazorat qilish / samaradorlik / ta’lim sifati / bilimdonlik / xabardorlik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xamzayeva Dildora Baxtiyorjon Qizi

Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarini boshqarish va rejalashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalardan sanaladi. Maqolada boshqarishning yangi usullari to‘grisida fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIGA RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV

Xamzayeva Dildora Baxtiyorjon Qizi

Qo'qon universiteti, Ta'lim muassasalari boshqaruvi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11532005

Annotatsiya. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini boshqarish va rejalashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalardan sanaladi. Maqolada boshqarishningyangi usullari to'grisida fikrlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: boshqarish, rejalashtirish, tashkilot, faoliyat, imkoniyat, xususiy turkumlar, tashkiletish, rahbarlikqilish, nazorat qilish, samaradorlik, ta'lim sifati, bilimdonlik, xabardorlik.

Abstract. Management and planning of preschool education today is one of the most important tasks. The article proposes ideas for new management methods.

Keywords: management, planning, organization, activity, opportunity, private categories, organization, leadership, control, efficiency, quality of education, knowledge, awareness.

Аннотация. Управление и планирование организаций дошкольного образования является одной из актуальных задач современности. В статье высказываются идеи о новых методах управления.

Ключевые слова: управление, планирование, организация, деятельность, возможность, частные категории, организация, лидерство, контроль, эффективность, качество образования, знания, осведомленность.

Maktabgacha ta'lim tashklotini boshqarish, rejalashtirish va tashkil qilish ishini bajarish tufayli ta'lim tashkiloti jamoasi a'zolarining kuch-g'ayratini samarali birlashtirish uchun zarur, ammo yetarli bo'lmagan shart-sharoit yaratiladi. Amaliyotdan shu narsa ma'lumki, odamlar real bajarayotgan ishlar ularga qo'yilayotgan rasmiy talablarga har doim ham mos kelavermaydi. Ijtimoiy tashkilotlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ularga kiruvchi odamlar o'z sabablariga ega bo'lgan holda, o'z oldilariga o'zlari maqsad qo'yishga qodirdirlar. Ular nimanidir qilishni xohlashlari va xohlamasliklari va shunga qarab ishlashlari mumkin. Odamlar tashkilotga kelgach, u o'zlarining manfaatlarini amalga oshirish imkonini berishini xohlashadi. Bu hol yuz b ermasa, ular yo tashkilotdan ketadilar yoki salohiyatlari va iqtidorlarini ishga to'liq safarbar etmaydilar. Birgalikdagi faoliyat yaxshi rejalashtirilgan va uyushtirilgan bo'lsa, ijrochilar bu jarayonga tuzatish kiritishni talab qiladigan qandaydir ichki va tashqi shart-sharoit o'zgarmagunga qadar nimani, qaerda va qay yo'sinda bajarishlarini bilishgandagina u muvaffaqiyatli kechadi. Bu o'zgarishlar rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish uchun xavf tuxdirishi yoki, aksincha, qandaydir yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin. Boshqaruv yuz berayotgan o'zgarishlarga o'z vaqtida munosabat bildirishi, buning uchun esa bu haqda axborotga ega bo'lishi lozim. Bunday axborotni olish va ishning borishiga tuzatish kiritish zarurligini aniqlash uchun nazorat qilish deb ataladigan maxsus boshqaruv harakatini amalga oshirish zarur. Boshqaruv nazorat tufayli o'zi usiz faoliyat yuritmaydigan eng muhim tarkibiy qism — qayta aloqaga ega bo'ladi.

Nazorat boshqaruvning "ko'zini ravshan" va o'zgarishlarga nisbatan ta'sirchan qiladi. Ushbu o'zgarishlarga munosabat esa rejalashtirish, tashkil etish va rahbarlik qilish orqali amalga oshiriladi. Natijada boshqaruv davrasi yopiq holga keladi. Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish va nazorat qilish murakkab tuzilmaga ega bo'lib, o'zi ham ko'plab boshqa ishlardan tashkil topadi. Masalan, u rejalashtirish, vaziyatni tahlil etish, prognozlash, maqsad qo'yish,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

samaradorlikni baholash, ish rejasining biron-bir variantini tanlash haqida qaror qabul qilish kabilarni o'z ichiga olishi mumkin. Rahbarlik qilish qo'l ostidagi xodimlarga topshiriqlar berish, jamoa ahvolini tahlil qilish, qo'l ostidagi xodimlarning ishini baholash, taqdirlash va jazolash haqida qarorlar qabul qilish, xodimlarni xabardor qilish, nizoli vaziyatlarni hal qilishni va h. k. ko'zda tutadi. Ta'lim tashkilotini boshqarishda bitta emas, balki ko'plab boshqaruv turkumlari amalga oshiriladi. Bu turkumlar ierarxik tuzilmaga ega — xususiy turkumlar nisbatan umumiylari tarkibiga kiradi. Masalan, ta'lim tashkilotida o'quv-tarbiya jarayonini boshqarishning umumiy turkumida boshlang'ich va umumiy o'rta ta'limni rejalashtirish, tashkil etish, unga rahbarlik va uni nazorat etish turkumlari ajratib ko'rsatiladi. Bu turkumlar ham, o'z navbatida, murakkab tuzilmaga ega. Masalan, boshlang'ich ta'limni boshqarish turkumi ichida va ayrim sinflar, predmetlarni o'rganishni rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazorat qilish turkumlari ajratiladi.

Boshqaruv jarayonida, ayni paytda, turli boshqaruv turkumlari ishi amalga oshiriladi. Kimdir mashg'ulotlar jadvaliga tuzatishlar kiritishi, kimdir o'qituvchining ishini nazorat qilib borishi, yana kimdir pedagogika kengashining ish rejasini muhokama qilishi mumkin. Bu boshqaruv turkumlarini nafaqat bexabar kuzatuvchi uchun, balki aksariyat boshqaruv sub'ektlari uchun ham nooshkor holga keltiradi. Ammo boshqaruv faoliyatining yaxlitligi uchun javob beruvchi ta'lim tashkiloti rahbari ushbu turkumlarni tuzib, ularning har birini kuzatib borishi kerak. Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat qilish hokimiyat munosabatlarini amalga oshirishi tufayli boshqaruv ishi deb hisoblanadi. Samaradorlik tushunchasi, garchi ijtimoiy munosabatlar jarayonida ko'p qo'llanilsa-da, boshqaruv nazariyasida eng kam ishlangan tushunchalardan biridir. Samaradorlikning umumiy nazariyasi mavjud bo'lmaganligi bois ushbu yo'nalishdagi barcha urinishlar hozircha kutilgan natijaga olib kelmadi. Faoliyatning turli sohalarida samaradorlikning o'z xususiy ko'rsatkichlaridan foydalaniladi. Ammo ta'limda bugungi kunda bunday ko'rsatkichlar yo'q. Shunga qaramay, samaradorlik tushunchasi sifatga yo'naltirishda juda muhim va foydalidir. Vazifaning butun murakkabligini anglagan holda, boshqaruv samaradorligi nima ekanligini aniqlashga urinib ko'ramiz. Samaradorlik haqida gapirishdan oldin faoliyat unumdorligi tushunchasini kiritamiz. O'ar qanday faoliyat ozmi -ko'pmi unumli bo'ladi.

Unumdorlik — bu qandaydir vaqt ichida olingan natijalarning foydaliligi va u bilan bog'liq xarajatlar o'rtasidagi nisbatni ko'rsatuvchi faoliyat xususiyati demakdir. Unumdorlikdan ko'pincha boshqaruv samaradorligi ko'rsatkichi sifatida foydalaniladi. Garchi faoliyat unumdorligi bilan boshqaruv samaradorligi bir-biriga bog liqligi shubhasiz bo'lsa-da, biroq ular bitta narsa emas. Ta'limning boshqa ta'lim tashkilotiga nisbatan yuqoriroq natijalari ushbu ta'lim tashkilotida boshqaruv sifati yuqori bo'lishidan har doim ham dalolat beravermaydi. Masalan, ta'lim tashkiloti ajoyib moddiy bazaga ega bo'lsa, moliyalashtirishning qo'shimcha manbalari hisobiga o'qituvchilarga boshqa ta'lim tashkilotlaridagiga nisbatan yuqoriroq ish haqi to'lay olsa, ushbu barcha ne'matlardan mahrum bo'lgan oddiy ta'lim tashkilotidagiga qaraganda ta'lim sifati yuqoriroq bo'lishini ta'minlashi mumkin. Lekin masala har bir ta'lim tashkiloti o'zida mavjud imkoniyatlardan nechogli yaxshi foydalanayotganligidadir. Boshqaruv sifatini baholash aynan shu savolga beriladigan javobga bog'liq.

Boshqaruv o'z vazifasiga ko'ra foydali natija olish uchun imkoniyatlardan to'liq foydalanishni ta'minlashi kerak. Ushbu vazifani qanchalik yaxshi uddalasa, u shunchalik samarador bo'ladi. Boshqaruv samaradorligi deganda erishilgan va erishish mumkin bo'lgan unumdorlik o'rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi xususiyatni tushunamiz. Bunday ta'rifni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

faoliyat ko'rsatishni boshqarishga nisbatan ham, rivojlanishni boshqarishga nisbatan ham ishlatsa bo'ladi. Lekin bu holatlarning har birida turli natijalar va turli xarajatlar hisobga olinishi kerak. Ta'lim tashkiloti o'zi uchun ta'lim sifati iloji boricha yuqori darajada bo'lishini ta'minlay oladi (bu yuqori samaradorlik hamda faoliyat yuritishni boshqarishdan dalolat berishi mumkin), ammo ayni paytda u yangiliklarni o'zlashtirish va o'zining salohiyatini kuchaytirish uchun ob'ektiv tarzda ta'limning mavjud imkoniyatlaridan foydalanmasligi mumkin. Bu ta'lim tashkilotini rivojlantirishni boshqarish samaradorligi pastligidan dalolat beradi. Ta'lim sifati ta'lim oluvchi yoshlarning xabardorligini rivojlantirishni ta'minlaydigan ta'lim faoliyatining turli jihatlarini, o'qitish mazmuni, shakllari va metodlarini, moddiy-texnika bazasini, kadrlar tarkibini va h. k. tavsiflovchi ko'rsatkichlar yigindisi bilan belgilanadi. Ammo uni ta'lim tizimida ishlatish u qadar ommalashmagan. O'quvchilar va talabalarga nimani berish maqsad qilib qo'yilganligini aniqlash uchun ko'pincha bilim, qadriyat yoki ishonch va e'tiqod tushunchalaridan foydalanib kelingan va hozir ham shulardan foydalanilmoqda.

REFERENCES

1. Камилова Г. А., Курбанова Г. Р., Джаббарова С. З. Особенности формирования педагогических навыков у воспитателей дошкольно-образовательных учреждений //Academy. - 2020. - №. 5 (56). - С. 25-27.

2. Kamilova G. Maktabgacha talim muassasalarida ekologik tarbiyani tashkil etishda integrativ yondashuv //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

3. Olimovna K. G. The importance of the criteria of pedagogical technologies at training highly qualified personnel //Достижения науки и образования. - 2017. - №. 5 (18).

4. Eshova S. D., Rajabova K. I. Organization of didactic games for preschoolers.

5. Rajabova I. Ossobennosti organizatsii i provedeniya didakticheskix igr s detmi starshego doshkolnogo vozrasta //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. -№. 1.

6. Xamidovna R. I. Play as a means of developing the creative abilities of Preschool Children //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10.

7. Asadovna U. F., Baxshilloyevich Z. J. METHODOLOGICAL SUPPORT FOR EXTRA-CLASS ACTIVITIES OF A STUDENT //Scientific reports of Bukhara State University. -2020. - Т. 4. - №. 1. - С. 321-325.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.