Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTlARIGA RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTlARIGA RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3906
329
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
boshqarish / rejalashtirish / tashkilot / faoliyat / imkoniyat / xususiy turkumlar / tashkil etish / rahbarlik qilish / nazorat qilish / samaradorlik / ta’lim sifati / bilimdonlik / xabardorlik. / management / planning / organization / activity / opportunity / private categories / organization / leadership / control / efficiency / quality of education / knowledge / awareness.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulmira Alimovna Kamilova, Go’zal Rajab Qizi Qurbonova

Maktabgacha ta`lim tashkilotlarini boshqarish va rejalashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalardan sanaladi. Maqolada boshqarishning yangi usullari to`grisida fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN APPROACH TO LEADERSHIP AND MANAGEMENT IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

Management and planning of preschool education today is one of the most important tasks. The article proposes ideas for new management methods.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTlARIGA RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTlARIGA RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV

Gulmira Alimovna Kamilova Go'zal Rajab qizi Qurbonova

Buxoro davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Maktabgacha talim tashkilotlarini boshqarish va rejalashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalardan sanaladi. Maqolada boshqarishning yangi usullari to'grisida fikrlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: boshqarish, rejalashtirish, tashkilot, faoliyat, imkoniyat, xususiy turkumlar, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazorat qilish, samaradorlik, ta'lim sifati, bilimdonlik, xabardorlik.

MODERN APPROACH TO LEADERSHIP AND MANAGEMENT IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

ABSTRACT

Management and planning of preschool education today is one of the most important tasks. The article proposes ideas for new management methods.

Keywords: management, planning, organization, activity, opportunity, private categories, organization, leadership, control, efficiency, quality of education, knowledge, awareness.

Maktabgacha ta'lim tashklotini boshqarish, rejalashtirish va tashkil qilish ishini bajarish tufayli ta'lim tashkiloti jamoasi a'zolarining kuch-g'ayratini samarali birlashtirish uchun zarur, ammo yetarli bo'lmagan shart-sharoit yaratiladi. Amaliyotdan shu narsa ma'lumki, odamlar real bajarayotgan ishlar ularga qo'yilayotgan rasmiy talablarga har doim ham mos kelavermaydi. Ijtimoiy tashkilotlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ularga kiruvchi odamlar o'z sabablariga ega bo'lgan holda, o'z oldilariga o'zlari maqsad qo'yishga qodirdirlar. Ular nimanidir qilishni xohlashlari va xohlamasliklari va shunga qarab ishlashlari mumkin. Odamlar tashkilotga kelgach, u o'zlarining manfaatlarini amalga oshirish imkonini berishini xohlashadi. Bu hol yuz bermasa, ular yo tashkilotdan ketadilar yoki salohiyatlari va iqtidorlarini ishga to'liq safarbar etmaydilar.

Birgalikdagi faoliyat yaxshi rejalashtirilgan va uyushtirilgan bo'lsa, ijrochilar bu jarayonga tuzatish kiritishni talab qiladigan qandaydir ichki va tashqi shart-sharoit o'zgarmagunga qadar nimani, qaerda va qay yo'sinda bajarishlarini bilishgandagina u muvaffaqiyatli kechadi. Bu o'zgarishlar rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish

uchun xavf tuxdirishi yoki, aksincha, qandaydir yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin. Boshqaruv yuz berayotgan o'zgarishlarga o'z vaqtida munosabat bildirishi, buning uchun esa bu haqda axborotga ega bo'lishi lozim. Bunday axborotni olish va ishning borishiga tuzatish kiritish zarurligini aniqlash uchun nazorat qilish deb ataladigan maxsus boshqaruv harakatini amalga oshirish zarur.

Boshqaruv nazorat tufayli o'zi usiz faoliyat yuritmaydigan eng muhim tarkibiy qism — qayta aloqaga ega bo'ladi. Nazorat boshqaruvning «ko'zini ravshan» va o'zgarishlarga nisbatan ta'sirchan qiladi. Ushbu o'zgarishlarga munosabat esa rejalashtirish, tashkil etish va rahbarlik qilish orqali amalga oshiriladi. Natijada boshqaruv davrasi yopiq holga keladi.

Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish va nazorat qilish murakkab tuzilmaga ega bo'lib, o'zi ham ko'plab boshqa ishlardan tashkil topadi. Masalan, u rejalashtirish, vaziyatni tahlil etish, prognozlash, maqsad qo'yish, samaradorlikni baholash, ish rejasining biron-bir variantini tanlash haqida qaror qabul qilish kabilarni o'z ichiga olishi mumkin. Rahbarlik qilish qo'l ostidagi xodimlarga topshiriqlar berish, jamoa ahvolini tahlil qilish, qo'l ostidagi xodimlarning ishini baholash, taqdirlash va jazolash haqida qarorlar qabul qilish, xodimlarni xabardor qilish, nizoli vaziyatlarni hal qilishni va h. k. ko'zda tutadi.

Ta'lim tashkilotini boshqarishda bitta emas, balki ko'plab boshqaruv turkumlari amalga oshiriladi. Bu turkumlar ierarxik tuzilmaga ega — xususiy turkumlar nisbatan umumiylari tarkibiga kiradi. Masalan, ta'lim tashkilotida o'quv-tarbiya jarayonini boshqarishning umumiy turkumida boshlanQich va umumiy o'rta ta'limni rejalashtirish, tashkil etish, unga rahbarlik va uni nazorat etish turkumlari ajratib ko'rsatiladi. Bu turkumlar ham, o'z navbatida, murakkab tuzilmaga ega. Masalan, boshlang'ich ta'limni boshqarish turkumi ichida va ayrim sinflar, predmetlarni o'rganishni rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazorat qilish turkumlari ajratiladi.

Boshqaruv jarayonida, ayni paytda, turli boshqaruv turkumlari ishi amalga oshiriladi. Kimdir mashg'ulotlar jadvaliga tuzatishlar kiritishi, kimdir o'qituvchining ishini nazorat qilib borishi, yana kimdir pedagogika kengashining ish rejasini muhokama qilishi mumkin. Bu boshqaruv turkumlarini nafaqat bexabar kuzatuvchi uchun, balki aksariyat boshqaruv sub'ektlari uchun ham nooshkor holga keltiradi. Ammo boshqaruv faoliyatining yaxlitligi uchun javob beruvchi ta'lim tashkiloti rahbari ushbu turkumlarni tuzib, ularning har birini kuzatib borishi kerak.

Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat qilish hokimiyat munosabatlarini amalga oshirishi tufayli boshqaruv ishi deb hisoblanadi.

Samaradorlik tushunchasi, garchi ijtimoiy munosabatlar jarayonida ko'p qo'llanilsa-da, boshqaruv nazariyasida eng kam ishlangan tushunchalardan biridir. Samaradorlikning umumiy nazariyasi mavjud bo'lmaganligi bois ushbu yo'nalishdagi barcha urinishlar hozircha kutilgan natijaga olib kelmadi. Faoliyatning turli sohalarida

samaradorlikning o'z xususiy ko'rsatkichlaridan foydalaniladi. Ammo ta'limda bugungi kunda bunday ko'rsatkichlar yo'q. Shunga qaramay, samaradorlik tushunchasi sifatga yo'naltirishda juda muhim va foydalidir. Vazifaning butun murakkabligini anglagan holda, boshqaruv samaradorligi nima ekanligini aniqlashga urinib ko'ramiz.

Samaradorlik haqida gapirishdan oldin faoliyat unumdorligi tushunchasini kiritamiz. O'ar qanday faoliyat ozmi-ko'pmi unumli bo'ladi. Unumdorlik — bu qandaydir vaqt ichida olingan natijalarning foydaliligi va u bilan bog'liq xarajatlar o'rtasidagi nisbatni ko'rsatuvchi faoliyat xususiyati demakdir.

Unumdorlikdan ko'pincha boshqaruv samaradorligi ko'rsatkichi sifatida foydalaniladi. Garchi faoliyat unumdorligi bilan boshqaruv samaradorligi bir-biriga bog liqligi shubhasiz bo'lsa-da, biroq ular bitta narsa emas. Ta'limning boshqa ta'lim tashkilotiga nisbatan yuqoriroq natijalari ushbu ta'lim tashkilotida boshqaruv sifati yuqori bo'lishidan har doim ham dalolat beravermaydi.

Masalan, ta'lim tashkiloti ajoyib moddiy bazaga ega bo'lsa, moliyalashtirishning qo'shimcha manbalari hisobiga o'qituvchilarga boshqa ta'lim tashkilotlaridagiga nisbatan yuqoriroq ish haqi to'lay olsa, ushbu barcha ne'matlardan mahrum bo'lgan oddiy ta'lim tashkilotidagiga qaraganda ta'lim sifati yuqoriroq bo'lishini ta'minlashi mumkin. Lekin masala har bir ta'lim tashkiloti o'zida mavjud imkoniyatlardan nechog'li yaxshi foydalanayotganligidadir.

Boshqaruv sifatini baholash aynan shu savolga beriladigan javobga boQliq. Boshqaruv o'z vazifasiga ko'ra foydali natija olish uchun imkoniyatlardan to'liq foydalanishni ta'minlashi kerak. Ushbu vazifani qanchalik yaxshi uddalasa, u shunchalik samarador bo'ladi.

Boshqaruv samaradorligi deganda erishilgan va erishish mumkin bo'lgan unumdorlik o'rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi xususiyatni tushunamiz.

Bunday ta'rifni faoliyat ko'rsatishni boshqarishga nisbatan ham, rivojlanishni boshqarishga nisbatan ham ishlatsa bo'ladi. Lekin bu holatlarning har birida turli natijalar va turli xarajatlar hisobga olinishi kerak. Ta'lim tashkiloti o'zi uchun ta'l im sifati iloji boricha yuqori darajada bo'lishini ta'minlay oladi (bu yuqori samaradorlik hamda faoliyat yuritishni boshqarishdan dalolat berishi mumkin), ammo ayni paytda u yangiliklarni o'zlashtirish va o'zining salohiyatini kuchaytirish uchun ob'ektiv tarzda ta'limning mavjud imkoniyatlaridan foydalanmasligi mumkin. Bu ta'lim tashkilotini rivojlantirishni boshqarish samaradorligi pastligidan dalolat beradi.

Ta'lim sifati ta'lim oluvchi yoshlarning xabardorligini rivojlantirishni ta'minlaydigan ta'lim faoliyatining turli jihatlarini, o'qitish mazmuni, shakllari va metodlarini, moddiy-texnika bazasini, kadrlar tarkibini va h. k. tavsiflovchi ko'rsatkichlar yig'indisi bilan belgilanadi.

«Bilimdonlik» («xabardorlik») termini menejmentda keng qo'llaniladi. Ammo uni ta'lim tizimida ishlatish u qadar ommalashmagan. O'quvchilar va talabalarga

nimani berish maqsad qilib qo'yilganligini aniqlash uchun ko'pincha bilim, qadriyat yoki ishonch va e'tiqod tushunchalaridan foydalanib kelingan va hozir ham shulardan foydalanilmoqda.

REFERENCES

1. Камилова Г. А., Курбанова Г. Р., Джаббарова С. З. Особенности формирования педагогических навыков у воспитателей дошкольно-образовательных учреждений //Academy. - 2020. - №. 5 (56). - С. 25-27.

2. Kamilova G. Maktabgacha talim muassasalarida ekologik tarbiyani tashkil etishda integrativ yondashuv //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

3. Olimovna K. G. The importance of the criteria of pedagogical technologies at training highly qualified personnel //Достижения науки и образования. - 2017. - №. 5 (18).

4. Камилова Г. А., Тураева О. С. ФОРМИРОВАНИЕ ДИАГНОСТИЧЕСКИХ НАВЫКОВ У СТУДЕНТОВ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Проблемы науки.

- 2021. - С. 50.

5. Eshova S. D., Rajabova K. I. Organization of didactic games for preschoolers.

6. Rajabova I. Ossobennosti organizatsii i provedeniya didakticheskix igr s detmi starshego doshkolnogo vozrasta //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1.

- №. 1.

7. Xamidovna R. I. Play as a means of developing the creative abilities of Preschool Children //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10.

8. Rajabova I. Ossobennosti organizatsii i provedeniya didakticheskix igr s detmi starshego doshkolnogo vozrasta //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

9. Хамроева Н. А. МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ РЕЧИ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы науки. - 2021. - №. 3 (62). - С. 74-76.

10. Хамроева Н. А., Назарова Д. Ж. Особенности речевого развития детей старшего дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 37.

11. ХАМРОЕВА Н. А. преподаватель кафедры дошкольного образования, факультет дошкольного и начального обучения //Бухарский государственный университет, Узбекистан.

12. Supkhonovna H. N. Technology for the development of the qualities of pedagogical competence in future teachers //ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH. - 2021. - Т. 10. - №. 5. - С. 372-382.

13. To'raqulovich J. U., Supxonovna H. N. Ways to shape a healthy lifestyle in the family of preschool children //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 11.

14. Хакимова Н. С., Хабибова Г. Г. А. АВЛОНИ-ПРОСВЕТИТЕЛЬ, ПЕДАГОГ И РЕФОРМАТОР ШКОЛЫ //Вопросы науки и образования. - С. 34.

15. Umarova G. Bolalarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishda matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg'ulotlarining ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

16. Sharipova I. F., Umarova G. U. Some methods for calculating limits //Journal: JOURNAL OF ADVANCES IN MATHEMATICS. - Т. 10. - №. 7.

17. Nurulloyev F. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarini axloqiy tarbiyalash //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

18. Nurulloyev F. Oilada sog'lom, ma'naviy-axloqiy muhit //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 5. - №. 5.

19. Nurulloyev F. Maktabgacha yoshdagi bolalarda oilaga nisbatan hurmat munosabatini hakllantirish //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

20. Жабборова С. З. Особенности труда в дошкольном возрасте //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

21. Джаббарова С. З. ЭТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ ДЕТЕЙ В СЕМЬЕ ЧЕРЕЗ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ЦЕННОСТИ //Проблемы науки. - 2021. - С. 61.

22. Jabborova S. Z. Forms, methods and ways of moral education of children in the family by means of national values //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 3. - С. 820-823.

23. Zarafshon J. Мактабгача таълимда жисмоний тарбияни шакллантириш методлари //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

24. Jalilov Z. B. Educational Value in Works of Eastern Thinkers and Principals of Their Use //Eastern European Scientific Journal. - 2017. - №. 1.

25. Zarafshon J. Мактабгача таълимда жисмоний тарбияни шакллантириш методлари //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

26. Zarafshon J. MAKTABGACHA TA'LIMNING SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA PEDAGOGIK JARAYONNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

27. Zarafshon J. MAKTABGACHA TA'LIMDA IQTISODIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA TARBIYACHINING ROLI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

28. Asadovna U. F., Baxshilloyevich Z. J. METHODOLOGICAL SUPPORT FOR EXTRA-CLASS ACTIVITIES OF A STUDENT //Scientific reports of Bukhara State University. - 2020. - Т. 4. - №. 1. - С. 321-325.

29. Жалилов З. Воспитание студентов в духе национальных ценностей //International scientific review. - 2016. - №. 2 (12).

30. Мирзаева, Дильфуза Шавкатовна, and Зулайксо Бахтиоровна Кенжаева. "Значение использования интерактивных методов в развитии дошкольного образования." Academy 5 (56) (2020): 57-59.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.