Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA YOʻL HARAKATI QOIDALARIGA OʻRGATISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUVI'

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA YOʻL HARAKATI QOIDALARIGA OʻRGATISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUVI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
23
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tarbiyalanuvchi / yoʻl harakati qoidalari / kompetensiya / taʼlim / atrof-muhit / makabgacha taʼlim / yoʻl-transport hodisalari / yoʻl harakati xavfsizli.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yu.R. Jumaev

Maqola Oʻzbekiston taʼlim tizimi darajalarining barcha meʼyoriy talablariga keng joriy etilgan, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini oʻrgatishda malakali yondashuvning oʻziga xos xususiyatlari ochib berilgan taʼlimga kompetent yondashuvga bagʻishlangan va tegishli tavsiyalar berilgan. milliy taʼlimni yanada shakllantirish taklif etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA YOʻL HARAKATI QOIDALARIGA OʻRGATISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUVI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA YO L HARAKATI QOIDALARIGA O'RGATISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUVI

Yu.R. Jumaev

MTTDMQTMOI "Maktabgacha ta'lim menejmenti katta o'qituvchisi" https://doi.org/10.5281/zenodo.11294942

Annotatsiya. Maqola O'zbekiston ta'lim tizimidarajalariningbarchame 'yoriy talablariga kengjoriy etilgan, yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini o'rgatishda malakaliyondashuvning o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan ta'limga kompetent yondashuvga bag'ishlangan va tegishli tavsiyalar berilgan. milliy ta'limniyanada shakllantirish taklif etiladi.

Kalit so'zlar: tarbiyalanuvchi, yo'l harakati qoidalari, kompetensiya,ta'lim, atrof-muhit,makabgacha ta'lim, yo'l-transport hodisalari, yo'l harakati xavfsizli.

Аннотация. Статя посвящена компетентному подходу в образовании, который широко внедряется во все нормативные требования ступеней образователной системы Узбекистана, где раскрывается спетсифические особенности компетентного подхода в обучении правилам безопасности дорожного движения, предложены соответствующие рекомендатсии по далнейшему формированию натсионалного образования.

Ключевые слова: ребенок, правила дорожного движения, компетентност, образование, окружающая среда, дошколное образование, дорожно-транспортные происшествия, безопасност дорожного движения.

Abstract. The article is devoted to the competent approach in education, which is widely introduced into all regulatory requirements of the levels of the educational system of Uzbekistan, where the specific features of the competent approach to teaching road safety rules are revealed, and appropriate recommendations for the further formation of national education are proposed.

Keywords: child, traffic rules, competence, education, environment, pre-school education, road traffic accidents, road safety.

O'zbekistonda 2021-yilning o'zidayoq 10 mingdan ziyod avariya sodir etilib, ularda 9 mingdan ortiq odam j arohatlandi, 2,5 mingga yaqin, jumladan 263 nafar bola halok bo'lgani katta fojiadir. Shuning uchun ham yo'l harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yo'l-transport hodisalarining oldini olish, yo'l harakati xavfsizligini nazorat qilish va samaradorligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil yo'llarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o'lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qaroriga muvofiq ravishda 2022-yilning 12-aprelida Vazirlar Mahkamasining "Yo'l harakati xavfsizligi to'g'risida"gi 172-sonli qarori qabul qilindi va ilova tariqasida yangi mazmundagi "Yo'l harakati qoidalari" amalga joriy etildi. Unga "Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari atrofidagi yo'llarda 300 metrgacha bo'lgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish" kabi qoidalar kiritildi.

Pedagoglar yo'l harakati xavfsizligini o'rgatishda ta'lim oluvchida diqqat, kuzatish, harakatlarni muvofiqlashtirish, fikrlashning moslashuvchanligi kabi fazilatlarni rivojlantirishga alohida e'tibor berishlari kerak. Bunday sharoitda barcha yoshdagi kishining imkoniyatiga tayangan holda, uning ko'cha va yo'llarda xavfsiz xulq-atvor qoidalariga o'rgatish bo'yicha

ishlarni olib borish o'ta muhimdir. Bunda ilk qadam maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchida atrof-muhitdagi hayotiy faoliyatning poydevori qo'yiladi va butun umri davomida uning xulq-atvorida "toshdek qotadi".

Yo'l harakati kompetensiya - shaxsni yo'l harakati qoidalariga dior layoqat, qobiliyat va mahorat darjasiga yoki tajribasiga egaligi. Uni jismoniy shaxs hayot faoliyatining turli jabhalari, jumladan ta'lim uchun ham ishlatishi mumkin. Kompetenitsiya degan tushunchani ta'limga ilk bor BMTning YuNESKO tashkiloti qoshida tuzilgan E.For boshchiligidagi komissiyaning 1972-yildagi "o'qimoq" degan ma'ruzasi orqali kirib kelgan. Komissiya o'zining "Hayot uchun ta'lim" konsepsiyasi, ya'ni qarashlar tizimida uzluksiz ta'lim jarayonida kishini kompetentligini to'rt darajada baholashni taklif qilgan:

bilimlardan foydalanmoq - ta'lim oluvchini keng umumiy bilimlar orqali tor doiradagi chuqurlashtirilgan holda harkat qilishi;

ishni bajarmoq - ta'lim oluvchini standart shaxsiy ko'nikmalardan tashqari komanda bilan ishlash;

birgalikda yashamoq - ta'lim oluvchini o'zgarlarni tushunish va muammolarni xal

qilishi;

rivojlanmoq - ta'lim oluvchini shaxsiy hislat va imkoniyatlarini kengaytirish orqali inson resursini oshirishga tayyorlash.

Ushub ta'lim oluvchining kompetentlik darjasini egallashi uning butun umri davomida amalga oshiriladi va unga shaxsiy muammolar tug'ilgan tarzda ta'lim olish imkoniyatini beradi. Keyingi 15-20 yil davomida pedagogikada kolmpetentlikka qaratilgan ilmiy ishlar soni 70-90 barobarga ortgan. Lekin hanuzgacha uning asl ma'nosiga oid turli va qarama-qarshi mulohazalar mavjud. Odatda yo'l harakati bo'yicha ta'lim oluvchi:

yfanda - yo'l harakatida sodir bo'ladigan hodisa, jarayon, holat yoki voqeani ilmiy jihatdan asoslaydigan shaxs;

ta'limda - rasmiy ta'limda belgilangan yo'l harakati xavfsizligi standartlariga mos bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'lgan hamda ularni o'z hayotida qo'llaydigan shaxs;

^amaliyotda - yo'l harakati bo'yicha hayot tajribasiga ega bo'lgan va o'z faoliyatida kishilarga ustozlik qila oladigan shaxs sifatida qaraladi.

O'zbekiston ta'lim tizimida yo'l harakati xavfsizligi kompetentlik atamasini qo'llashada turlicha qarashlar mavjud. Masalan, birinchisi - tegishli yo'nalishdagi nazariy jihatdan olgan bilimlarini amalda qo'llay olish, deb tushuncha berish. Maktabda "Fizika" fanini to'rt yil o'qigan bitiruvchilarning aksariyati shaharlarda avtomobil tezligini cheklash qoidalarini belgilash sabablarini bilmaydilar, deb vaj keltiradilar. Aytish mumkinki, kompetensiya - bu nazariy olgan bilimlarini amalda qo'llay olish emas ekan.

Yo'l harakati ta'lim — kishini hayotga, jumladan mehnatga tayyorlash uchun unga tizimlashgan, muddatli, rasmiy ravishdagi yo 'l harakati xavfsizligiga doir, bilim, ko'nikma, malaka berish. Shuning uchun ham yo'l harakati xavfsizligiga doir ta'limda o'quvchilarda "kompetensiyani shakllantirish" emas, balki "kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim" deyish kerak. Unga quyidagicha ta'rif berish mumkin: yo'l harakatiga doir kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim — kishini hayotga tayyorlashni tizimlashgan, muddatli, rasmiy ravishdagi yo'l harakati xavfsizligiga tegishli bilim, ko'nikma va malakalarni berish orqali uni muayyan layoqat, qobiliyat va mahorat darjasiga yetkazish vositasi.

Yo'l harakati xavfsizligi nuqtayi nazardan maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar tanasi shakllanish holatda bo'lganligi uchun ham unda ko'plab jarayonlar beqaror bo'lib hisoblanadi.

Maktabgacha yoshdagi arbiyalanuvchilar katta yoshdagilar singari yo'l harakatlarida xavfsiz

ishtirok etish qobiliyatiga ega emas.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12-aprel 2022-yilda "Yo'l harakati qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi 172-son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun ILK QADAM davlat o'quv dasturi / takomillashtirilgan ikkinchi nashr/ Toshkent-2022. 102 b.

3. O'zbekiston Respublikasi qonunchilik to'plami, 2013. 20-son, 251 b.

4. Kompetensiya. Inglizcha-o'zbekcha, o'zbekcha-inglizcha lug'at.-T.: "O'qituvchi",2007.; Slovar inostrannbix slov.-M.: "Akademiya", 2014.- S.191.

5. Yermakov D.S.. Kompetentnbiy podxod v obrazovanii // J. Pedagogika. № 4.-M.,2011.- S. 815.

6. Chomsky N. Fspekt of the theory of syntax. Cambridge.- R.198-199.

7. Mayburov M. Vbisshee obrazovaniye v razvitbix stranax // J. Obrazovaniye za rubejom. № 2, 2003.- S. 132-144.

8. D.S.Yermakov. Kompetentnbiy podxod v obrazovanii. J. Pedagogika. № 4.-.M.- 2011. S. 815.

9. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi "Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1026-son qarori.

10. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi "Xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 25-son qarori.

11. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligining 2023-yil 9-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to'g'risida"gi 124-sonli buyrug'i.

12. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

13. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

14. Zaynutdinova M.B, Mavlonov N.Sh. Nutiqni tanishda ovozli interfeys texnologiyalaridan foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar taxlili va istiqbollari, TATU Qarshi filiali Respublika ilmiy-amaliy koferensiya 20-21-aprel 2018-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.