MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TA'LIM TIZIMINI BOSHQARISHNING TAMOYILLARI VA
USLUBLARI
Salomova Dilrabo Nazarovna
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 22-DMTT metodisti https://doi.org/10.5281/zenodo.11240970
Maktabgacha ta'lim tashkilot menejmenti o'ziga xos murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, axborot beruvchi va tashkiliy-texnik hodisa, ish jarayoni bo'lib, obyektning holati, sifatlarining turlanishiga qarab o'zgarib boradi. Bu esa muayyan tamoyillar va bosqichlarning mavjud bo'lishini, ya'ni har qanday fanning predmetini tashkil etuvchi qonuniyatlar va tamoyillarni taqozo etadi. Vaqt o'tishi bilan ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, rivojlanish o'zgarishi bilan ushbu tizimning tarkibiy qismi bo'lgan barcha kichik tizimlarda o'zgarishlar sodir bo'ladi va bu bilan o'zaro uzviy bog'liq qonunlar va tamoyillar tizimi ham o'z navbatida o'zgaradi. Bu obyektiv zarurat. Bu o'rinda evolyutsiyani ham, keskin sakrashlarni ham, mushkul, chorasiz vaziyatlarni ham, maqsadlar va umidlarni ham sanab o'tish mumkin.
Boshqaruv qonunlari maxsus adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ayrimlar ularni bevosita bozor iqtisodiyoti qonunlari bilan bog'liqlikda tavsiflaydi. Boshqaruv qonuniyatlari hamda ularga taaluqli ba'zi tomonlari, jumladan, jarayonlar, tarkiblar, shakllar to'g'risida gap ketganda, ularga to'g'ri keladigan qonunlarni ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bozor iqtisodiyoti boshqaruviga tegishli qonunlar tizimida ham, har qanday sharoitda ham bevosita boshqaruvning o'ziga oid bo'lgan eng asosiy, umumiy qonunlari qatoriga: boshqaruv tizimining birlik qonuni; ishlab chiqarish(yoki xizmat ko'rsatish)ning va boshqaruvning o'zaro proporsionallik qonuni; boshqaruv funksiyalarining markazlashuv darajasining optimal mosligi qonuni kiradi; shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning inkor etib bo'lmaydigan yana ikki qonunini ta'kidlash lozim, bular: boshqaruvning demokratiyalashuvi qonuni; vaqt qonunidir.
Menejmentning asoslarini tashkil etuvchi qonuniyatlar bilan bir qatorda uning o'ziga xos tamoyillari ham mavjud. Menejmentning turi ko'p bo'lishiga qaramay, bozor, nodavlat tuzilmalarida boshqaruvning kadrlar, tashkiliy, iqtisodiy, axborot-jarayonli va ijtimoiy-ruhiy jihatlariga tegishli bo'lgan umumiy asoslar hamda tamoyillar ularning hammasiga xosdir, ammo ular faoliyat doirasi, ko'zlangan maqsadlar va menejmentga bo'lgan talablarga qarab turli tashkilotlar va turli rahbarlar tomonidan turlicha talqin qilinadi.
Asosiy tamoyillar quyidagilar:
1. O'z-o'zini boshqarishni va markazdan turib boshqarishni optimal mos ravishda qo'llash
2. Har bir bo'g'inda huquq va majburiyatlarning birligini ta'minlash
3. Boshqaruvning maqsadli yo'naltirilganligi
4. Boshqaruv harakatlarining ketma-ketligiga rioya qilish
5. Musobaqalashishga, raqobatga intilish
6. Qarorlar qabul qilishga ijrochilarni maksimal tarzda jalb qilishga intilish va boshqalar
7. San'atkorona elementlar bilan yo'g'rilgan va amalga oshiriladigan ilmiylik
8. Funksional ixtisoslashuv va universallikni mutanosib qo'llanilishi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuzaga kelgan yana bir turkum tamoyillar:
• imkon qadar kam ta'sir o'tkazish tamoyili, ya'ni boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o'ta markazlashuvga yo'l qo'ymaslik;
• qo'l ostida bevosita bo'ysunganlar sonini to'g'ri belgilash;
• har kim o'z joyida mas'uliyatni his etgan holda mustaqil qaror qabul qilishiga sharoit yaratish.
Barcha boshqaruv tamoyillari u yoki bu jamiyatning, iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlaridan hamda o'ziga xos an'analari, tajribasi va boshqalardan kelib chiqib shakllanadi. Boshqaruv tamoyillarida amalda kuzatilgan qonun va qonuniyatlar hamda o'zini oqlagan boshqaruv tajribasi umumlashgan. Tamoyillar jamiyatning mohiyatidan, uning ishlab chiqarish kuchlarining, madaniyatining rivojlanish darajasi va boshqa jihatlardan kelib chiqadi. Boshqaruv tamoyillari zamon talabiga ko'ra o'zgarishi tabiiy.
Boshqaruv tamoyillarining guruhlari:
• boshqaruv tizimining barcha tarkibiy qismlariga oid tamoyillar;
• muayyan ishlab chiqarish turini boshqarish uchun xos bo'lgan tamoyillar;
• boshqaruv tizimining alohida qismlariga oid bo'lgan tamoyil;
• boshqaruvning barcha turlari uchun umumiy bo'lgan tamoyillar.
Menejmentning muhim tamoyillari o'z ichiga quyidagi jihatlarni olishi lozim:
• qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish;
• avvalgi tajribani o'rganib, amalda shu tajribani kelajakda hisobga olishni ta'minlash (ekstrapolyatsiya);
• xo'jalik yuritishda tashqi muhitda yuz berishi mumkin bo'lgan o'zgarish yo'nalishlarini va rivojlanish tendensiyalarini hisobga olish;
• strategik maqsadlarni va rivojlanish istiqbollarini hisobga olinishi;
• qabul qilinayotgan qarorlarning tezkor jihatiga moslashish;
• amalga oshirilayotgan o'zgarishlarga yo'nalish berishni ta'minlash;
• tashqi omillarning ta'sir va oqibatlarini oldindan mo'ljalga olib bo'lmasligini tan olish kabi jihatlarni oladi.
Amaliyot, tajriba zamonaviy menejment nazariyasining bir qator tizimiy tamoyillarini ishlab chiqdi, masalan:
• tizimning o'zini - o'zi tashkil qiluvchi va o'zini-o'zi boshqaruvchi innovatsiya elementlarini shakllantirish va rivojlantirish;
• vertikal tuzilmalarni markazdan tarqoqligini ta'minlash va maqsadli faoliyatni ta'minlovchi gorizontal aloqalarni kuchaytirish;
• ijobiy va salbiy oqimlarga tezkor ravishda e'tibor berish, firmada birgalikdagi harakatlar tashkil qilish borasida ko'rilgan tadbirlarni tijoriy va funksional natijalariga hamda ushbu natijalarga erishishga yordam berayotgan yoki samarali ishlashga g'ov bo'layotgan omillarga baho berish;
• zamon va makonda faoliyatni boshqarish, odamlarni boshqarish, ishlab chiqarishni yangilash uchun tashkilotdan tashqaridagi aloqalar usullari va jarayonlarini sintez qilish orqali ularni samarali birlashtirish.
Rivojlangan mamlakatlarda ta'limni boshqarishning quyidagi asosiy tamoyillaridan foydalaniladi. Bular:
• topshiriqni bajarishga qaratilgan tamoyillar;
• sifat o'zgarishlarga erishish uchun muntazam rejalashtirish, ya'ni siyosat-rejalashtirish-amalga oshirish-monitoring ishlab chiqish uzluksizligini ta'minlash;
• vaziyatdan kelib chiqadigan raxbariyat uslubi, ya'ni vaziyat va bo'ysinuvchilarga moslashuv qobiliyatini oshirish;
• o'zaro xamkorlik va idealga bir xil munosabat, ya'ni aniq kutishlar-umidvorlik, foydali qayta aloqa;
• muammoni yechishga ijodiy yondashuv, ya'ni o'zgarishlarga moslashish uchun tafakkurning barcha imkoniyatlaridan foydalanish.
Boshqaruv mehnatining mohiyati boshqaruv ishlab chiqarish jarayonining barcha turlarida, ya'ni ilmiy-texnik, texnologik, hisob, moliya va hok. turlarida, bajariladigan funksiyalarining yoki aniq ko'rinishdagi boshqaruv ishlari turlarining siklli tarzda qaytarilishidan iborat boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadi. Boshqaruv jarayoni muayyan ta'sir usullarini ishlab chiqishni, tashkiliy tuzilmalarni shakllantirishni, muayyan norma va normativlarni ishlab chiqishni, maxsus funksiyalarni bajarishni qamrab oladi.
Boshqaruv-aniq maqsadga yo'naltirilgan ishonchsiz tasavvur ham etib bo'lmaydigan odamlar bilan ishlash jarayoni. Zamonaviy rahbar, ayniqsa, ta'lim soxasidagi oldiga qo'ygan vazifalarga erishish maqsadida bo'ysinuvchilarga o'z ta'sirini o'tkazish uchun ishontirish vositasidan foydalana olishi lozim. Ishontirish vositasi bajaruvchining ongiga, shunday qilsa, ya'ni raxbar xoxlagandek, u o'z shaxsiy manfaatini ham qanoatlantirgan bo'lishini yetkazishdir, bunda bajaruvchi manfaatdor shaxsga aylanadi. Bu haqda obrazli qilib M. Meskon shunday degan edi: "Bajaruvchiga nima qilish kerakligini aytmaydigan, ishontirish yo'li bilan ta'sir etadigan rahbar unga nima qilish zarurligini "sotadi". Shunda bajaruvchi nimanidir g'oyasi o'ziga ham tegishliligini his etadi. Ishontirish amali, harakati, jarayoni ta'sir etishni to'rt turini o'z ichiga oladi: ma'lum qilish, tushuntirish, isbotlash va rad etishni.
REFEREENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" 802-son qarori.
2. Grosheva I.V., Evstafyeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/". Toshkent, 2022-y.
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 391-sonli qarori.
4. Maktabgacha ta'lim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi "Maktabgacha ta'lim tizimida uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to'g'risida" 128-sonli buyrug'i
5. Valiyeva F.R. Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi didaktik jarayonlarda shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarni qo'llashning ahamiyati // Multi disciplinary research studies and education, Kuala Lumpur, Malasiya 2021
6. Kalmuratov T.N. Xorijiy davlatlarda maktabgacha ta'lim sifatini boshqarishning o'ziga xos jihatlari. Ilim hám jámiyet. №4.2021. Bet 30-33. 3-bet