Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRUVCHI OMILLAR'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / ta’lim texnologiyasi / bolalar rivojlanishi / ta’lim sifati / boshqaruv kompetentligi / pedagog / intellektual qobiliyat

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Atoxonova Roziya Egambergonovna

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etishning yo’llari yoritilgan. Shuningdek maqolada, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi, ularni sog‘lom qilib tarbiyalash masalalari haqida ham ayrim fikr-mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRUVCHI OMILLAR»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TA'LIM SIFATINI OSHIRUVCHI OMILLAR

Atoxonova Roziya Egambergonovna

Xorazm viloyati, Shovot tumani, 2-Davlat maktabgacha talim tashkiloti direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11350833

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlaridapedagogikjarayonni tashkil etishning yo'llari yoritilgan. Shuningdek maqolada, maktabgacha ta'lim tashkilotidagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi, ularni sog'lom qilib tarbiyalash masalalari haqida ham ayrim fikr-mulohazalar yuritilgan.

Tayanch so'zlar: maktabgacha ta'lim, ta'lim texnologiyasi, bolalar rivojlanishi, ta'lim sifati, boshqaruv kompetentligi, pedagog, intellektual qobiliyat.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar o'zining natijasini ko'rsatmoqda. Barcha sohalarning jahon standartlari darajasida rivojlanishi uchun yo'l ochib berildi. Butun dunyo jamoatchiligi ham O'zbekistondagi o'zgarishlarni yangi ko'tarilish bosqichi sifatida tan olayapti.

Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ta'lim mazmunini oshirish, raqobatbardosh, yuqori bilim va ko'nikmalarga ega pedagog kadrlar tayyorlashda samarador bo'lgan pedagogik mexanizmlarni yanada takomillashtirish, uzluksiz ta'limning asosiy bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini oshirishni ta'minlash, bolalarning qobiliyati, iqtidori, kreativ kompetentligini shakllantirishni taqozo etadi.

Mamlakatimiz maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar ta'lim-tarbiya sifatining yuqori darajada bo'lishini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, ushbu yo'nalishda muvaffaqiyatni belgilovchi asosiy omillardan biri - maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining zamonaviy bilim, ko'nikma va malakalarni egallaganligi hamda ta'limning innovatsion axborot-didaktik shakllarini ilmiy tadqiq qilish hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tizimi yuqori sifatli ta'lim olishga, zamonaviy jamiyatda faol hayot kechirishga qodir shaxsning shakllanishi va rivojlanishini ta'minlashga yo'naltirilishi kerak. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini boshqarish muammosi ayniqsa dolzarb bo'lib qoldi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining boshqaruv kompetentligi maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim sifatini boshqarishni ifodalovchi tushuncha hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar orasidagi o'zaro munosabat va muloqotning bir necha turlari mavjud bo'lib, ular sust-ijobiy, barqaror-ijobiy hamda beqaror bo'ladi.

Ta'limiy omillarni yaratishga mo'ljallangan ta'lim texnologiyalari tarbiyachilarning tarbiyalanuvchilarga muloqot asosida ta'sir etish yo'llarini ham o'z ichiga oladi. Ayrim metodlar yoki muloqot turlari tarbiyalanuvchilarni intelektual qobiliyatini shakllantirishda alohida samaradorlikka ega. Ular ishontirish, isbotlangan natijalarga asoslanish, bevosita va bilvosita ta'sir, o'z-o'zini tarbiyalash va o'zaro ta'sir metodlaridir.

Ta'lim texnologiyalari maktabgacha ta'lim jarayonini yaxlit tizim sifatida tasavvur etish imkonini beradi. Maktabgacha ta'lim jarayoni ta'lim texnologiyasining asosi - ta'lim maqsadi, mazmuni, shakli, metodi, vositalari, tarbiyalanuvchi va tarbiyachilar o'zida mujassamlashtirgan tizimdir. Ular o'zaro aloqadorlikda maktabgacha ta'lim jarayonining mohiyatini belgilaydi.

Maktabgacha ta'lim jarayoni quyidagilarga muvofiq tarzda tashkil etiladi:

1. Bolalardagi intelektual qobilyat, kognitivlik, komunikativlik, ijtimoiylashish va rivojlanish kabi ehtiyojlaming vujudga kelishi;

2. Kognitivlikka bo'lgan qiziqshning uyg'onishi;

3. Tarbiyalanuvchilarga mo'ljallangan mashg'ulotlar mazmunini belgilash;

4. Innovatsion texnologiyalar asosida intelktual qobilyatni shakllantirish omillarining mavjudligi kabilar.

Amaliyotda oqlangan har qanday ta'lim texnologiyasi tarbiyalanuvchi shaxsini faollashtirishga va intelektualligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tarbiyalanuvchi shaxsining mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlikni his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlarini rivojlantirish shaxsga yo'naltirilgan ta'lim tizimi vositasida amalga oshiriladi.

Bunda tarbiyalanuvchi ta'lim tizimiga moslashtirilmay, aksincha, ta'lim-tarbiya jarayonida erkinlikka intilishi, mustaqilligi, shaxsiy fikrlarning mutloq o'ziga xosligi, o'z-o'zini namoyon qilish ehtiyojining mavjudligi kabilarni hisobga olgan holda, unga uning o'ziga xosligini ta'kidlash, o'z-o'zini rivojlantirish imkonini berish va buning uchun qulay pedagogik sharoit yaratish lozim. Chunki, har qanday tarbiyalanuvchi o'ziga xosligini namoyon qilishga intiladi.

Maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi shaxsiga faoliyatli yondashuv texnologik tizimning konsepsiyasini ifodalab, bunda tarbiyalanuvchi shaxsining erkinlikka intilishi, bir butunligi, mustaqil bilim olishi, o'zligini namoyon etishi va faolligi ta'minlanadi

Demak, tarbiyalanuvchilarining intelektual qobiliyatini shakllantirishda quyidagi pedagogik imkoniyatlarni inobatga olish zarur sanaladi:

1. Maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkil etiladigan o'quv seminarlari, seminar-treninglar, ochiq mashg'ulotlar, o'zaro mashg'ulot kuzatishlar, turli kechalari, ilmiy-amaliy uchrashuvlar, masofadan o'qitish shuningdek, turli to'garaklar, fasllar bilan bog'liq tadbirlar, turli mavzularda tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy kechalar, davra suhbatlari hamda soha vakillari bilan uchrashuvlar uzluksizligi va uzviyligini ta'minlash.

2. Tarbiyalanuvchilarining intelektual qobiliyatini shakllantirish jarayonlarini samarali tashkil etish.

3. Turli mavzular bo'yicha tashkil etiladigan seminar-trening jarayonlarida tarbiyachilar innovatsion yondashuv asosida tarbiyalanuvchilar intelektual qobiliyatini shakllantirishga kteativ yondashishi, o'z ustida muntazam ishlashi, mustaqil ta'lim va ma'lumotlar olish ehtiyojlarini boyitib borish;

4. O'rganiladigan mavzularni o'zaro bog'liqligi, aloqadorligi va izchilligi hamda ketma-ketligini asosida rejalashtirish.

5. Tarbiyalanuvchilarining intelektual qobiliyatini shakllantirish jarayonlariga alohida e'tibor qaratish.

6. Tarbiyalanuvchilarining intelektual qobiliyatini shakllantirish jarayonlarini qiyosiy tahlil qilish.

Ushbu jarayonda tarbiyalanuvchi shaxsining tayanch kompetensiyalari jadal rivojlanishi, moddiy-ma'naviy qadriyatlarni o'zlashtirishi ta'minlanadi.

Agar tarbiyalanuvchi mashg'ulotlar mazmun-mohiyatini anglay olmasa, kerakli ma'lumotga ega bo'lmasa yetarlicha rivojlanmay qoladi. Shunday qilib, mashg'ulotlar mazmun-mohiyati tarbiyalanuvchi shaxsi rivojlanishining asosiy birligi hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayonida shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar bir qator o'ziga xosliklar bilan tarbiyaviy ta'siri jihatidan ajralib turadi. Mashg'ulotlarning asosiy maqsadi - tarbiyalanuvchilar tafakkurini, intelektual qobilyatini shakllantirish, ularni har tomonlama

rivojlantirish, maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat bo'lib, muayyan tushunchalar va ma'lumotlar, bilim elementlari tarbiyalanuvchilarga taqdim etiladi. Birgalikda ijodiy izlanish muhim pedagogik ahamiyatga ega bo'lib, aynan u tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarni ijodkorlik quvonchini namoyon qilish, yangiliklar yaratish, mustaqil izlanish va ijodiy faoliyatni tashkil etishga undaydi. Bunda tarbiyachilar ta'lim-tarbiya jarayonining birinchi subyekti sifatida namoyon bo'ladilar. Ular tomonidan bilish usullarini mustaqil belgilash, bolalarning bilish faoliyatini rag'batlantirish, ularni har tomonlama intelektual qobilyatini shakllantiri kabi pedagogik faoliyat amalga oshiriladi. Bu jarayonda tarbiyachilar o'z xatolarini tuzatish, shaxsiy tajribalariga tayanish, o'z layoqatlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan har qanday ta'limiy va tarbiyaviy jarayonlar tarbiyalanuvchilarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan pedagogik jarayon bo'lib, bu o'z navbatida maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat olib boradigan har bir xodimdan o'z vazifalariga mas'uliyat bilan yondashgan holda sifatli ta'limni tashkil etish zarurligini belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" gi O'RQ-595 son Qonuni. https://lex.uz/uz/docs/4646908

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-6097-sonli Farmoni. https://lex.uz/docs/5073447

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60 sonli Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/5841063

4. Shodmonova Sh. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi (o'quv-metodik qo'llanma). - T.: "Fan va texnologiya", 2008, 160 bet.

5. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

7. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.