Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI BILISH JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOSLIGI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI BILISH JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim tashkiloti / tarbiyalanuvchi / bilish jarayonlari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maziyayeva Muqaddasxon Esonovna

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini bilish jarayonlarini rivojlantirishning o‘ziga xosligining nazariy masalalari yoritilgan. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarning bilish jarayonlarini rivojlantirishning o‘ziga xosligi masalalari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI BILISH JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOSLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI BILISH JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOSLIGI Maziyayeva Muqaddasxon Esonovna

mustaqil datqiqiotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11047619

Annotatasiya. Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini bilish jarayonlarini rivojlantirishning o'ziga xosligining nazariy masalalari yoritilgan. Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarning bilish jarayonlarini rivojlantirishning o'ziga xosligi masalalari tahlil etilgan.

Kalitso'zlar: maktabgacha ta'lim tashkiloti, tarbiyalanuvchi, bilishjarayonlari.

Bugungi kunda ta'lim sohasida jiddiy o'zgarishlar yuz bermoqda. Uzuliksiz ta'limning boshlang'ich bo'g'ini makatabgacha ta'lim tizimida ham pedagog va tarbiyalanuvchilar uchun yangicha imkoniyatlar va o'zgarishlar kuzatilmoqda. Maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilgan o'zgarishlar pedagoglarga ham tarbiyalanuvchilarga ham ta'lim berishning shakl va usullarini erkin tanlash imkoniyatini yaratdi. Bugungi zamonaviy ta'lim sohasidagi asosiy natijani tarbiyalanuvchilar tomonidan qay darajada bilimni o'zlashtirib olingani, bu ularning rivojlanishiga, shaxsda interaktiv xislatlarning shakllanishiga qanchalik xizmat qilgani bilan belgilanadi. Pedagog tomonidan tanlab olingan ta'lim uslublari tarbiyalanuvchilarni intellektual jarayonlarining shakllanishiga, hal qilinishi lozim bo'lgan masalani yechimiga ijodiy yondashishiga, tashabbuskorlikka, mustaqillikka va mas'uliyatlilikka, mashq orqali o'z faoliyatini boshqarisga o'rgatmog'i lozim.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining rivojlanishini o'ziga xosligini hisobga oilshda avvalo shuni tushinib yetish kerakki, barcha tarbiyalanuvchilarning rivojlanishi ma'lum bosqichlarni bosib o'tadilar. Biroq, bunda har bir tarbiyalanuvchi noyob va takrorlanmasdir. Pedagoglar tarbiyalanuvchilarni aynan bir xil, o'xshash narsalar va faoliyat turlari bilan ta'minlashlari uchun ularning o'ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish ko'rsatkichlari to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lishlari lozim. Demak, pedagoglar bir xil yoshdagi tarbiyalanuvchlarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e'tiborli bo'lishlari o'ta muhimdir.

Maktabacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarga ta'lim berishning kompetensiyaviy yondashuvining asosi bo'lgan bilish jarayonlarida tarbiyalanuvchilarning bilish bilan bog'liq bo'lgan ehtiyojlari, muammolar va imkoniyatlarga samarali javob berish qobiliyatlarini shakllantirish, axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni rivojlantirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, shaxsini shakllantirish o'z ichiga oladi.

Tarbiyalanuvchi hayotining ilk kunlaridanoqnuning to'liq aqliy kamoloti uchun idrok etish jarayonini rivojlantirish haqida qayg'urish lozim. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning fikrlashlarini shakllantirish o'ta muhimdir.Tarbiyalanuvchilarning fikrlashlarini shakllantirishda narsa-buyumlar bilan tanishtirishga oid harakatlar foydalidir. Amaliy harakatlar asosida bola ob'eklarning qaiyoslash, tahlil etish, taqqoslash, guruhlarga ajratishni o'rganadi. Bu harakatlar asosida tarbiyalanuvchilarda fikrlashning ilk-ko'rgazmali-amaliy shakli rivojlanadi. Asta-sekin tarbiyalanuvchilar narsa-buyumlarni idrok etish orqali timsollar asosida fikrlash shakllanadi. Fikrlshning mazkur shakli narsa-hodisalar o'rtasidagi mavjud aloqalarni yo'lga qo'yishda namoyon bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Tarbiyalanuvchilar o'zlarining bilish jarayonlari orqali o'qish va o'rganishni, mustaqil ravishda izlanishni, tahlil qilish va atrof-olamni tushunish uchun kerakli ma'lumotlarni tanlash qobiliyatlarini o'z ichiga oladi. Harakat va o'zaro munosabatlar orqali tarbiyalanuvchilar bilim olish va o'rganish strategiyalarini ishlab chiqadilar. Ular atrof-olamdagi yangi ob'yektlarni o'rganadilar va kashf etadilar. Kattalar va tengdoshlari bilan o'yin va o'zaro muloqot jarayonida ularni kuzatadilar va tajriba o'tkazadilar. Ular muammolarni tushunish va hal qilsih uchun yangi imkoniyatlar topadilar. Pedagog va ota-onalar tomonidan yaratib berilgan shart-sharoit va e'tibor asosida ular o'zlarinng kashfiyotlarini o'rtoqlashadilar va asta-sekin mustaqil, o'z-o'zini boshqaradigan, tahlil qila oladigan va ijodkor shaxsga aylanadilar.

Tarbiyalanuvchilarni bilish jarayonlarini o'ziga xos jihatlaridan biri ularni qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, ularning kognitiv amal qilish, ijtimoiy va hissiy yetuklik darajasini nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari tarbiyalanuvchilarning tabiatga qiziqishlariga, tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o'z g'oyalarini tajribada sinab ko'rish xohish-istagini amalga oshirishga ko'maklashadi. Bunday bilish jarayonlaridan so'ng tarbiyalanuvchilarda paydo bo'lgan savollarga o'zlari javob topish imkonini beradi. Atrof-muhitni bilish maktabacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining tabiatiga xos bo'lgan xususiyatdir. Tarbiyalanuvchilar tomonidan eng ko'p beriladigan savol -"bu nima?" Mazkur savollar asosida tarbiyalanuvchilar narsa-buyumlarning xususiyatlari bilan tanishib chiqadilar va o'zlari uchun yangi aloqadorlikni hosil qiladilar. Bu esa ularda nutqning rivojlanishiga yordam beradi. Nutq orqali tarbiyalanuvchilarning bilimlari umumlashadi, narsa-buyumlarni idrok etish va tasavvurlari asosida tahlil qilish qobiliyatlari shakllanadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, XXI asrda yashayotgan tarbiyalanuvchilarni katta o'zgarishlar kutmoqda. Hayotning barcha jabhalarida rivojlanish darajasi ortib bormoqda, yangiliklar joriy etilmoqda. Texnologik inqiloblar davrida zarur bo'lgan ko'nikma va bilimlar hozirgi tarbiyalanuvchilar va ularning kelgusi hayotlari uchun kamlik qilib qolmoqda. Bo'layotgan o'zgarishlarning tezligi va keng qamrovliligi yosh avlodning uzuliksiz va puxta o'ylagan holda moslashuvini talab etmoqda. Tarbiyalanuvchilarning kelgusida ularni kutayotgan muammolarni hal qilishga tayyorlash uchun ularni butun hayoti davomida tinimsiz o'qib-o'rganishga odatlantirib borish o'ta muhimdir.

REFERENCES

1. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standariti.2020 yil.

2. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi.(Takomillashtirilgan) 2022-yil

3. Maktabgacha ta'limga yangicha yondashuv, Y.Dilafruz, J.Ma'rifatxon, Z. Eraliyeva,M.Muqaddasxon.121-123-betlar.

4. Yangi O'zbekistonda maktabgacha ta'limda islohatlar. M.Maziyayeva. Maktabgacha va boshlang'ich ta'limning dolzarb masalalari.;Muammo,yechimlar.2022-yil.46-47 betlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.