Научная статья на тему 'Bola shaxsida ijtimoiy ongni shakilantirishimizda pedagogik va psixologik yondashuvlarning axamiyati'

Bola shaxsida ijtimoiy ongni shakilantirishimizda pedagogik va psixologik yondashuvlarning axamiyati Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
103
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
pedagog va psixologlar mutaxasislar / ta’lim-tarbiya / tarbiya jarayoni / uzluksiz ta’lim tarbiya jarayoni / ijtimoiy ong / psixologik bilimlar / namuna ko’rsatish / taqlid qilish / suxbat va hikoya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zulfizar Akmaljon Qizi To’Rayeva

Pedagog va psixolog mutaxasislar tomonidan ta’lim-tarbiyani eng samarali va eng maqbul ko’rinishda yo’lga qo’yish uchun uni harakatga keltiruvchi kuchi, ta’lim-tarbiya jarayoni manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi psixologik ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iboratdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Bola shaxsida ijtimoiy ongni shakilantirishimizda pedagogik va psixologik yondashuvlarning axamiyati»

Bola shaxsida ijtimoiy ongni shakilantirishimizda pedagogik va psixologik yondashuvlarning axamiyati

Zulfizar Akmaljon qizi To'rayeva Namangan davlat unversiteti

Annotatsiya: Pedagog va psixolog mutaxasislar tomonidan ta'lim-tarbiyani eng samarali va eng maqbul ko'rinishda yo'lga qo'yish uchun uni harakatga keltiruvchi kuchi, ta'lim-tarbiya jarayoni manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi psixologik ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iboratdir.

Kalit so'zlar: pedagog va psixologlar mutaxasislar, ta'lim-tarbiya, tarbiya jarayoni, uzluksiz ta'lim tarbiya jarayoni, ijtimoiy ong, psixologik bilimlar, namuna ko'rsatish, taqlid qilish, suxbat va hikoya

The importance of pedagogical and psychological approaches in the formation of social consciousness in a child

Zulfizar Akmaljon kizi Turayeva Namangan State University

Abstract: It is important for pedagogues and psychologists to know and take into account its driving force, the source of the educational process, in order to implement education in the most effective and optimal way. It consists of psychological internal and external contradictions in the educational process.

Keywords: pedagogues and psychologists are specialists, education and training, educational process, continuous education and educational process, social consciousness, psychological knowledge, modeling, imitation, conversation and story

Ta'lim-tarbiya jarayoni to'xtovsiz va uzluksiz davom etadigan jarayon bo'lib, unga raxbarlik qilish esa pedagog, tarbiyachilardan psixologik bilimlarga ham ega bo'lishni va tarbiyaning ayni vaqt uchun zarur bo'lgan maqsadini, shu maqsadni hal etishga xizmat etadigan psixologik faoliyatlarni ham belgilaydi. Tarbiyalanuvchi o'quvchilarning ushbu faoliyatga aktiv ishtirok etishini ta'minlash, ular o'rtasida ijtimoiy birdamlik, jamoaviy xatti-xarakat, sinfdoshlari va o'rtoqlari bilan samimiy aloqalari va munosabatlari uchun sharoit yaratadi.

Ta'lim-tarbiyani eng samarali va eng maqbul ko'rinishda yo'lga qo'yish uchun uni harakatga keltiruvchi kuchini, ta'lim-tarbiya jarayoni manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi psixologik ichki va tashqi qarama-

qarshiliklardan iboratdir.

Masalan, tarbiyalanuvchining o'zida shakilangan odobliligi, yetukligi bilan unga qo'yiladigan talab o'rtasidagi farq tarbiyachi va jamoa ta'siriga shaxsning o'z pozitsiyasi, ya'ni munosabati tarbiya jarayonining ichki qarama-qarshiligi bo'lsa, tarbiyachining talablari bilan shaxs mikro muhit ta'siri o'rtasidagi uzilish tashqi qarama-qarshilikdir. Yana biz shuni e'tiborga olishimiz kerakki, ta'lim-tarbiyada tarbiyalanuvchining tarbiyalanganlik dajarajasini ham e'tirof etish lozim. Bordi-yu, bu masala unutilib qo'yilsa, tarbiya jarayonida yana qarama-qarshiliklar vujudga keladi. Tarbiyalanuvchilarning faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta'minlash uchun shu faoliyat nima uchun ?, qaysi maqsadda ?, qancha muddatda ? bajarilishini ularning ongiga yetkazish, bajarish usuli va natijasini hisobga olishda esa o'zlariga havola qilish ma'qulroqdir. Bordi-yu, bolaga yaxshi faoliyat turi tavsiya qilinganda ularning onglilik va ishni bajarishga tayyorgarlik darajasi hisobga olinmasa, bolada bajarish istagi va xoxishi uyg'otilmasa, tarbiyachining o'rinishlari befoyda bo'ladi, talabalar passiv, behafsala bo'lib qolaveradilar. Bu jarayonda biz bolada quyudagi psixologik ko'nikmalarni shakilantirishimiz lozim.

Tarbiyalanayotgan o'quvchilarda Ijtimoiy ongni shakllantirishning eng maqbul va samarali usullaridan foydalangan xolda - talabalarning ongli, his tuyg'usi va irodasiga har tomonlama ta'sir ko'rsatishimiz bu usullar orqali esa umuman shaxs ongiga ta'sir ko'rsatishni asosiy maqsadlarimizdan biriga aylantira olishimiz lozim. Pedagoglar o'z faoliyatlarida psixologik bilimlaridan unumli foydalangan xolda Ijtimoiy ongni shakllantirishning quyudagi usullaridan foydalana olish ko'nikmasiga ega bo'lishi kerak. Psixologik bilimlardan foydalanish jarayonida biz pedagog va psixologlar quyudagi usullarni o'z o'rnida va kerakli yo'nalishlarda to'g'ri qo'lasalargina tarbiyalanuvchi o'quvchilarda ko'zlagan maqsadini amalga oshirishimiz mumkin. Eng asosiy usullardan biri tushuntirish, suxbat va o'rnak ko'rsatish usuularidir.

Birinchi biz etiborimizni qaratadigan usullaridan biri tushuntirishdir. Bu usul talabalarda e'tiqod hosil qilishning eng keng tarqalgan va samarali usulidir. Tushuntirish usulidan ko'zlangan maqsad shaxsga hatti-harakatlar, voqealar va hodisalarga u yoki bu talablarning ma'naviy, estetik, mazmunini ochib berish, unga hulq atvorga va insoniy munosabatlarga to'g'ri baho berishni shakllantirishda ko'maklashishdan iboratdir. Pedagogning jonli so'zi asosida amalga oshiriladigan Hikoya va suhbat shaxsni psixik jarayonlarini g'oyaviy va ma'naviy shakllantirishning ta'sirchan usuli hisoblanadi. Hikoya qilinadigan mavzu tarbiyalanuvchilar uchun dolzarb, shaxslarni ma'naviy ishonch, ijobiy his tuyg'ularni shakilantirishi va ularda xis tuyg'u ishonch sifatlaini vujudga keltirishga xizmat qilishi kerak.

Masalan, pedagog boshqa gurux jamoasini metallom yig'ishda yordam berganligini maroq bilan gapirib bersa, buning samaradorligi talabalarning qanday

quloq solishiga qarab tekshirish mumkin. Agar talabalar "Biz ham metallom terishda yordam beramiz" - degan umumiy istak bildirsa, demak, pedagogning hikoyasi o'quvchilarning ruhiy ongiga yetib borgan va bunga javoban biron maqsad yo'lida faoliyat ko'rsatishga tayyorgarlik tuyg'usini keltirib chiqaradi.

O'quvchilar ruhiyatiga psixologik tasir ko'rsatmoqchi bo'lsangiz suhbat xilma-xil mavzularda amalga oshirilishi lozim, masalan tarbiyalanuvchilarda etika- estetika mavzusida ya'ni insonni yurish-turishi, atrofdagi voqealar, hulq atvor, go'zalligi, davlatning ichki va tashqi siyosati, bilim olishi, talabalarni bilim doirasini kengaytirish va boshqa mavzularda olib borish zarur. Suhbat vaqtida talabalar passiv tinglovchilar emas, balki muhokama qilayotgan faol ishtirokchilarga aylanadi bu esa suhbat vaqtida pedagog va psixologlar tarbiyalanuvlarni tajribasiga, ularning bilimiga tayanishi lozim. O'tkazilayotgan suhbat talaba uchun ahamiyatliligini hisobga olish zarurdir. Yangi materiallarni tanlash, tarbiyalanuvchini o'ylashga, mazkur masala bo'yicha o'z bilimlarini orttirishga yordam beradi. Pedagogning o'zi qanchalik kam gapirsa, talabalar dunyosiga shunchalik yaxshiroq kirib borishi, ular bilan ajablanishi, quvonishi lozim, shunda suhbat muvaffaqiyatli olib boriladi.

Suhbat natijasida yuzaga kelgan va qabul qilingan ahloqiy me'yor keyinchalik talabalar hulq atvori va faoliyatida amalga oshirilishi lozim. Bu esa keyingi davrga mo'ljallangan o'z hulq atvorini kuzatishlar bilan bog'liq bo'lgan topshiriqlar berish imkoniyatini beradi. Ta'lim tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi xayotiy faoliyatga intilar ekan, kattalar hurmat qiladigan kishilarni o'ziga namuna qilib oladi, ularga taqlid qiladi.

Chunonchi, tarbiyalanuvchilarning hayotiy tajribasi hali kam, barqaror xulq atvor ko'nikmasi yo'qligidadir. Tarbiyalanuvchilarning aktivlik bilan xatti-xarakatlari taqlid xarakteriga ega. Talaba kattalar tarjibasini o'zlashtirib borar ekan, ko'pincha o'zi hurmat qiladigan, o'ziga yoqtiradigan kishilarning hulq atvori obrazlarida foydalanadi, ulardan nusxa ko'chiradi. Taqlid ularda bir muncha tanlash xarakteriga ega. Ularni boshqa kishilarning xarakteridagi ma'lum xislatlar jalb qiladi.

Yoshlikdagi taqlid va ishtiyoq doirasi namunalar yordamida kengayib boradi. Taqlid qilish uchun ijobiy namunalar tanlashda ahloqiy, g'oyaviy, siyosiy omillarning ahamiyati kattadir. Tarbiyalanuvchilar va o'smirlarning taqlid qilishga moyilligi ko'pincha salbiy odatlarni ham o'zlashtirish imkoniyatini beradi. Ba'zan tarbiyalanuvchilarni o'quv muassasasi tartibini buzuvchilar, ularning qo'polligi soxta jasurligi jalb qiladi. Ota onalar va pedagoglar farzandiga ta 'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan o'rtoqlari bilan aloqa qilishini ta'qiqlasa bu aksincha tarbiyalanuvchining haligi tarbiyalanuvchi bilan birga bo'lish istagini yanada kuchaytiradi. Eng muhimi yomon ta'sirga ijobiy namunani qarama-qarshi qo'yish, oilada va o'quv muassasasida faoliyatni shunday tashkil etish kerakki, toki bu faoliyat unga zerikarli, mazmunsiz, majburiy bir narsa bo'lib tuyulmasin.

Xulosa o'rnida shuni malum qilamizki tarbiyalanuvchi shaxsiga faoliyat olib boradigan muhit ham imkoni boricha ijobiy ta'sir ko'rsatmog'i zarur. Tarbiya jarayonida taqlid qilish va nusxa ko'chirish bilan cheklanib qolmasligimiz lozim. Har bir shaxsning o'ziga xos tarzda alohida takrorlanmaydigan shaxs bo'lib uyg'ayishiga erishish uchun biz doimo o'quvchining individual shaxsiyatiga extiyotkorona munosabatda bo'lmog'imiz lozim. Namuna olish jarayonida tarbiyalanuvchi shaxsini onglilikni, ijobiy faollik va mustaqillikni rag'batlantirib turgandagina bunga erishsa bo'ladi. Bundan tashqari, bizning milliy mentalitemizda, o'zbek oilalarida tarbiyalanuvchi bolalar tarbiyasiga ularning ota-onalari, aka-uka va boshqa a'zolari ham pedagog sifatida o'rnak ko'rsatishlari mumkin. Bu kabi jixatlarni ham etiborga olishimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Pedagogik mahorat. Darslik / A. A. Xoliqov; 0 6zR Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - Т.: «IQTISOD-MOLIYA», 2011, -420 b.

2. A1 Buxoriy Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil. Sahihi Buxoriy: -jome' as-Sahih. //Ishonarli to'plam. 1- kitob. - Т.. 0 'zbekiston Milliy Lsiklopediyasi, 2008. -712 b.

3. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o'qituvchisining psixologiyasi- : 0 'zbekiston, 1999. - 29 b.

4. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.

5. Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.

6. Nishonova M.Ya., & Kamolova A.O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.

7. Усмонова Муаттар Баходиржоновна УКУВЧИЛАРДА МИЛЛИЙ ХАРАКТЕР ХУСУСИЯТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ФАНЛАРАРО АЛОКДНИНГ АХАМИЯТИ.- https:/ /doi.org/10.5281.zendo.6540896

8. Семенов И.Н. Психология рефлексии в организации творческого процесса мышления// Автореф. дисс. доктора психол. наук. - М., 1992.« 52 с

9. Bannayev, M. S. (2021). O'zbeksitonda maktabgacha ta'lim va umumiy o'rta ta'lim muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etish imkoniyati va muammolari. Science and Education, 2(7), 293-297.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.